Ta'limda nima gap?
80.3K subscribers
290 photos
132 videos
110 files
1.07K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
⚡️Bitiruvchi sinflar uchun yakuniy davlat attestatsiyasi sanalari tasdiqlandi

Umumtaʼlim maktablarining 11-sinf oʻquvchilari quyidagi sanalarda koʻrsatilgan fanlardan imtihon topshiradilar:

Ona tili va adabiyot

28-may, 2025 (yozma shaklda)
180 daqiqa

Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)
28-may, 2025 (yozma shaklda)
150 daqiqa

Matematika (Asosiy)
31-may, 2025 (yozma shaklda)
180 daqiqa

Matematika (Chuqurlashtirilgan)
31-may, 2025 (yozma shaklda)
240 daqiqa

O‘zbekiston tarixi
4-iyun, 2025 (yozma shaklda)
180 daqiqa

Tanlov fanlari
7–10-iyun, 2025 (yozma yoki yozma va ogʻzaki shaklda)
Imtihon davomiyligi tanlangan fanga qarab belgilanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍2233🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📢 SIRTQI TA’LIMGA QABUL BEKOR QILINDI!
Prezident farmoniga ko‘ra,
2025/2026-o‘quv yilidan boshlab:
▫️ Hech qaysi yo‘nalishda sirtqi ta’limga qabul bo‘lmaydi
▫️ Bu qaror davlat va xususiy OTMlarga teng tatbiq etiladi
▫️ Yangi sirtqi talabalar olinmaydi, faqat hozirgi talabalar o‘qishni davom ettiradi
▫️ Sirtqining o‘rniga masofaviy yoki part-time (kunduzgiga yaqin) ta’lim shakllari joriy etiladi
▫️ Muqobil ta’limga kvota kunduzgi qabulning 50% dan oshmasligi lozim
▫️ Endilikda magistratura bosqichida ham masofaviy o‘qish mumkin.

@talimationuz - Taʼlim doimo muhim!
👍28💯64😁43🔥2
⚡️ Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi

📣 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

✏️imtihonning yozma qismi — 10 - 11-, 14 - 19-may kunlari;

🎤 gapirish
ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 12-maydan 13-iyun kunlariga qadar bo‘lib o‘tadi (shanba, yakshanba va bayram kunlaridan tashqari).

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

🆔 Talabgorlarni test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritish:

⚠️ 1-smena uchun soat 7:00 dan 8:30 ga qadar amalga oshiriladi. (1-smenada soat 8:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).
⚠️ 2-smena uchun soat 13:00 dan 14:30 ga qadar amalga oshiriladi. (2-smenada Soat 14:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).

Izoh: Test sinovi natijalari VMQ-73 son qaroriga muvofiq 20-iyunda e’lon qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1443💯2
Ta'limda nima gap?
⚡️ Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi 📣 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi.  Unga ko‘ra: ✏️imtihonning yozma qismi — 10 - 11-, 14 - 19-may kunlari; 🎤 gapirish ko‘nikmasini…
⚡️Chet tili imtihonida ishtirok etuvchi talabgorlar diqqatiga!

👍 2025-yil 10 - 11, 14 - 19-may kunlari chet tili imtihonida ishtirok etuvchi talabgorlardan imtihon o‘tkaziladigan binolarga ortiqcha narsalarni (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv materiallari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va shunga o‘xshash) olib kelmaslik so‘raladi.

🆔 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.

📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-05-08-4

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53💯2
⚡️Prezidentning 2025-yil 5-maydagi PF-76-son Farmoni bo‘yicha eng ko‘p berilgan savollarga javoblar.

1. Sirtqi ta’lim shakli yopiladimi?

✔️ JAVOB: Joriy 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab barcha ta’lim tashkilotlari (davlat va nodavlat)da sirtqi ta’limga qabul to‘xtatiladi.

2. Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar taqdiri nima bo‘ladi?

✔️JAVOB: Ular amaldagi ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘z o‘qishlarini davom ettirib, diplom olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

3. Sirtqi ta’lim o‘rniga qanday muqobil ta’lim shakllari joriy qilinmoqda?

✔️JAVOB: Sirtqi o‘rniga kechki, masofaviy va maqbullashtirilgan kunduzgi (part-time education) ta’lim shakllari bo‘yicha qabul kvotalari oshiriladi.

4. Muqobil ta’lim shakllariga qabul qanday amalga oshiriladi?

✔️JAVOB: Muqobil ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy qabul kvotasi kunduzgi ta’lim shakli natijalarining 50 %idan oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

5. Maqbullashtirilgan kunduzgi (part-time education) ta’lim shakli qanday va qachondan yo‘lga qo‘yiladi?

✔️JAVOB: Bu yangi ta’lim shakli bo‘lib, ish bilan band aholi uchun haftaning ma’lum kunlarida taqdim etiladigan o‘qish turi hisoblanadi. Ushbu ta’lim shakli bo‘yicha o‘qitishga tegishli nizom va tartiblar ishlab chiqilgandan so‘ng ruxsat beriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍164💯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Grantdagi talabalarni kontraktga, kontraktdagilarni grantga o’tkazish tartibi

1. Bu tartib qanday ishlaydi?
2. Nechanchi kurslarga taalluqli?
3. Magistrlarga taalluqlimi?
4. Imtiyoz bilan grantga kirganlarga ham amal qiladimi?
5. Maqsadli qabul bilan kirganlargachi?

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍204
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2025-yil 10-11-may kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📝 Unda jami 47,2 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 112 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

👍 Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari 14 - 19-may kunlari davom etadi.

🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 12-maydan 13-iyun kunlariga qadar bo‘lib o‘tadi (shanba, yakshanba va bayram kunlaridan tashqari).

Izoh: Test sinovi natijalari VMQ-73 son qaroriga muvofiq 20-iyunda e’lon qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍227🔥6💯3
⚡️Ayrim oilalarning talaba qizlariga maxsus stipendiya to‘lanadi

“Kambag‘al oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF-84-son, 08.05.2025-y.) qabul qilindi.


🔰Farmonga ko‘ra, 2025-yil 15-maydan Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan va ushbu reyestrga tushish xavfi bo‘lgan oilalar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga taqsimlanadi hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari ularning toifasiga qarab ko‘rsatiladi.

🔴“Qizil” toifaga – oila a’zolarining har biriga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromadi minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lgan va quyidagi mezonlarning biriga javob beradigan oilalar kiritiladi:

— a’zolarining kamida 1 nafari sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lmagan;
— parvarishga muhtoj a’zosi, shu jumladan, nogironligi mavjud farzandi bo‘lgan;
— o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi yoki yolg‘iz keksa yoxud yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxsdan iborat bo‘lgan;
— boquvchisini yo‘qotgan yoki boquvchisi jazoni ijro etish muassasasida bo‘lgan oila.

⚡️2025-yil 1-iyundan “qizil” toifaga kiritilgan oilalarning “a’lo” baholarga o‘qigan talaba qizlariga bazaviy stipendiyaning 2 baravari miqdoridagi maxsus stipendiya to‘lanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2211🔥5💯2
project-5937-v3.pdf
494.4 KB
📌 Endilikda har bir universitet va institut talabalari uchun maxsus talaba formasi joriy etiladi

2025-yil 1-avgustga qadar har bir oliy taʼlim tashkiloti o'z tarixiy rivojlanishi, ijtimoiy vazifasi va zamonaviy talablarga asoslangan noyob imij va brend konsepsiyasini ishlab chiqishi lozim.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍35🔥13😁97💯3
⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2025-yil 23-24-25-may (juma-shanba-yakshanba) kunlari matematika va tarix fanlaridan bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.


📅 23-may kuni 3 ta smenada talabgorlarni test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritish:
⚠️ 1-smena uchun soat 7:30 dan 8:30 ga qadar amalga oshiriladi. (1-smenada soat 8:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).
⚠️ 2-smena uchun soat 11:00 dan 12:00 ga qadar amalga oshiriladi. (2-smenada soat 12:00 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).
⚠️ 3-smena uchun soat 15:00 dan 16:00 ga qadar amalga oshiriladi. (3-smenada soat 16:00 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).


📅
24-25-may kuni 2 ta smenada talabgorlarni test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat
(pasport yoki ID-karta)
asosida kiritish:
⚠️ 1-smena uchun soat 7:00 dan 8:30 ga qadar amalga oshiriladi. (1-smenada soat 8:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).
⚠️ 2-smena uchun soat 12:30 dan 14:00 ga qadar amalga oshiriladi. (2-smenada soat 14:00 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).


👝 Test topshiruvchilardan imtihon o‘tkaziladigan binolarga ortiqcha narsalarni (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv materiallari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va shunga o‘xshash) olib kelmaslik so‘raladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3411🔥7
Ne’matov Sherzod Qalandarovich Qarshi davlat texnika universiteti rektori etib tayinlandi.

U bunga qadar Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori edi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍5077🔥6
Milliy Sertifikatning BMBA (kirish) imtihonlarida abituriyentlarga beradigan bali ⚡️

Umuman olganda quyidagicha hisoblashingiz mumkin, sertifikatingizda umumiy ballga nisbatan foiz koʻrsatkichi p% boʻlsa:

Matematika 1-blok fan boʻlganda:
Ball=93×p%+11
Matematika 2-blok fan boʻlganda:
Ball=63×p%+11

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5811🔥9💯8
Imtiyozlar reyestri.pdf
1.3 MB
Oʻqishga kirishda 41 imtiyoz bor!

🇺🇿 Davlat qabul komissiyasining 2022-yil 29-dekabrdagi 10-son majlis bayoni bilan “Davlat OTMlariga kirish uchun berilgan imtiyozlarning yagona REYESTRI” tasdiqlangan.

Reyestrda 41 ta imtiyoz turi mavjud:

1. Imtihonsiz qoʻshimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (15 ta);
2. Imtihonsiz bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (4 ta);
3. Tegishli fan boʻyicha imtihondan ozod etilib, maʼlum miqdorda ball berish boʻyicha imtiyozlar (5 ta);
4. Toʻplangan ballga nisbatan qoʻshimcha ball berish boʻyicha imtiyozlar (2 ta);
5. Qoʻshimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish boʻyicha imtiyozlar (12 ta);
6. Qoʻshimcha imtiyozlar (3 ta).


@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5012🔥9
2 ta kanalga aʼzo boʻling shunda yutish imkoniyati boʻladi

1. @talimationuz
2. @talim_xabarlari24
👍3318🔥13
Qabul qachondan boshlanadi?

Bakalavr uchun qabul (5-iyundan – 25-iyunga qadar)
👉🏻 my.uzbmb.uz

Magistratura mutaxassisliklariga qabul (1-yuldan 30-iyulga qadar)
👉🏻 magistr.edu.uz

Ikkinchi mutaxassislikka qabul (10-iyuldan 10-avgustga qadar)
👉🏻my.edu.uz

— O‘qishni ko‘chirish
(15-iyuldan 5-avgustga qadar)
👉🏻 transfer.edu.uz  — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉🏻 my.uzbmb.uz  — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.

@talimationuz — Taʼlim doimo muhim!
👍4121🔥14
#Tayinlov

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Dilnoza Shavkatovna Xo‘jayeva Qo‘qon davlat universiteti rektori etib tayinlandi.

D. Xo‘jayeva bungacha Qo‘qon davlat pedagogika instituti rektori lavozimida ishlagan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3432🔥15
⚡️Milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi

2025-yil 23-24-25-may (juma-shanba-yakshanba) kunlari matematika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi.

📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📝 Unda jami 57,6 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 35 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Izoh: Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
1👍763112🔥7💯6