Ta'limda nima gap?
80.3K subscribers
290 photos
132 videos
110 files
1.07K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
📌 O'ZINGIZNI QIZIQISHLARINGIZ VA HOBBIYINGIZNI INGLIZ TILI BILAN BOG‘LANG!

🔍 Agar siz o‘zingiz qiziqqan materiallar va muhim ma'lumotlar bilan o‘rgansangiz, ingliz tili hechqachon zerikarli bo‘lmaydi. Buning uchun siz bir parcha qog‘oz oling va o‘zingizni qiziqishlaringizni, hobbiyingizni va sizni kundalik hayotingizda ruhlantiruvchi mavzularni yozib chiqing.

🇬🇧O‘ylagan mavzularingizni har birini ingliz tiliga bog‘lashga harakat qiling. Misol uchun, agar siz futbolni yaxshi ko‘rsangiz va u haqida ma'lumotlarni ona tilida o‘qiyotgan bo‘lsangiz, bunday qilishni to‘xtating va ingliz tilida o‘qishni boshlang.


🚫 O‘zingiz uchun zerikarli bo‘lgan tekstbuklarni o‘qishni to‘xtating. Motivatsiya bu sizning ta'lim olishingizni huddi o‘choqqa olov yoqganday yondiradigan narsa, shuning uchun o‘zingiz ruxlanadigan narsalarni o‘qing.

😩Ko‘pgina til o‘rganuvchilari o‘zlari yoqtirmagan narsalarni o‘qib zerikib ketishadi va ohir oqibat ingliz tilini o‘rganishda muvaffaqiyatsizlikka uchrashadi. Bu xatoni takrorlamang! Turli xil o‘zingiz uchun foydali va yaxshi ishlaydigan materiallarni toping va qaysi biri siz uchun maqul kelsa shuni o‘rganishni boshlang.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2410🔥5💯2
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2025-yil 5-6-aprel kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📝 Unda jami 31,7 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 27 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

🎤 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 7-apreldan 25-aprelga qadar bo‘lib o‘tadi.

Izoh: Test sinovi natijalari 2025-yil 2-mayda e’lon qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍353
⚡️Samarqand davlat tibbiyot universiteti diplomi dunyo miqyosida tan olinadigan bo‘ldi

Samarqand davlat tibbiyot universitetining ta’lim faoliyati sifatining jahon standartlari va mezonlariga muvofiqligi yaqinda “ECAQA” (Ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasida akkreditatsiya va sifatni ta’minlash bo‘yicha Yevroosiyo markazi) mustaqil akkreditatsiya va reyting agentligi tomonidan tahlildan o‘tkazildi hamda xalqaro institutsional akkreditatsiya sertifikati topshirildi.

2030-yilga qadar amalda bo‘ladigan mazkur akkreditatsiya nafaqat universitet, balki unda o‘qiyotgan minglab talabalar uchun ham katta imkoniyatlar eshigini ochib, bitiruvchilarning diplomlari xorijiy davlatlar va ish beruvchilar tomonidan tan olinishiga zamin yaratadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍34137💯5🔥4
#tanlov
#muhandislik_oyligi
#yoshlar_akademiyasi

🔻“3D modellashtirish” tanlovida qatnashing!

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan “Muhandislik oyligi” doirasida yosh muhandislarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli musobaqalar va tanlovlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, 15–16-aprel kunlari Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “3D modellashtirish” yo‘nalishida tanlov bo‘lib o‘tadi. Unda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan, sohaga qiziquvchi barcha yoshlar qatnashishi mumkin.

❗️ Eslatib o‘tamiz, rasmiy sayt orqali ro‘yxatdan o‘tmaganlarga ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.

Ro‘yxatdan o‘tish

📍 Manzil: Toshkent arxitektura-qurilish instituti
🗓 Sana: 15–16-aprel
🕖 Soat: 9:00

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍19🔥54
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 GPA qanday hisoblanadi?

GPA (Grade Point Average) – bu o‘rtacha baho ko‘rsatkichi bo‘lib, u talabalar bilim darajasini baholash uchun ishlatiladi. O‘zbekiston universitetlarida GPA odatda 4 yoki 5 ballik tizim asosida hisoblanadi.

GPA hisoblash formulasi:

GPA = (Baholar × Kredit soati) / Jami kredit soati

🔹 Misol:
Agar talaba 3 ta fan o‘qigan bo‘lsa:
• Matematika – Baho: 4.0, Kredit: 3
• Fizika – Baho: 3.0, Kredit: 2
• Ingliz tili – Baho: 3.5, Kredit: 3

👉 GPA = (4.0×3 + 3.0×2 + 3.5×3) ÷ (3+2+3) = 3.56

Eslatma:
— Davlat universitetlarida 100 ballik yoki 5 ballik tizim ishlatilishi mumkin, va bu 4 ballik GPA tizimiga aylantiriladi.
— Xususiy universitetlarda esa xalqaro GPA tizimi ishlatilishi mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍266🔥4
⚡️Test sinovlarida qatnashish uchun to'lov miqdori ko'tarildi

Oliy ta'limga kirish imtihonlari va o'qishni ko'chirish test sinovlarida qatnashish uchun bu yil abituriyent va "perevodchilar" 187 500 so‘m to‘lov qiladilar.

💵 O'tgan yili test sinovlarida qatnashish uchun to'lov miqdori 170 ming so‘mni tashkil etgan, bu yil bu miqdor 187 500 so'mni tashkil etmoqda.

Amaldagi tartibga ko'ra, test sinovlarida ishtirok etish uchun BHM ning 50% miqdori to'lov amalga oshiriladi. O'tgan yili BHM miqdori 340 ming so'mni tashkil etgan. Bu yil BHM miqdori 375 ming so'mga ko'tarilgani sababli test sinovlarida qatnashish 187500 so'mni tashkil etmoqda.


🔰Quyidagi abituriyentlar to'lovdan ozod etilganlar:

o‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar;
nogironligi bo‘lgan shaxslar;
mehribonlik uylari bolalari;
bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
“Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov qilmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3410😁6
⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari OTM ga kirishda qanaday imtiyoz beradi.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball.

❗️Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍4120💯4🔥21
🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️🙇‍♂️

Milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi


🇺🇿 2025-yil 19–20-aprel kunlari ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi.

🗺 Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📝 Unda jami 42 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 10 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍238🔥6
7488105.pdf
1.4 MB
❗️Oʻzbek tili — barcha bitiruvchilar uchun majburiy fanga aylandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrugʻiga asosan, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Yangi tartibga muvofiq, taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflarning bitiruvchilari ham oʻzbek tili fanidan yakuniy davlat attestatsiyasi (imtihon) topshirishi majburiy hisoblanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍20😁5🔥4💯43
⚡️3 ta oliygoh tugatilib, o’rniga bitta Universitet tashkil etilyapti

Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya instituti tugatilmoqda.

Ularning negizida yangi Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi.

Hozir o’qiyotgan talabalar nima qiladi?


JAVOB: 2025/2026-o‘quv yilidan Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya institutida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini Universitetda davom ettiradi.

Joriy yilda bitiruvchi kurs talabalariga esa Universitet diplomi beriladi (akademiya yoki institut diplomi emas).

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍29🔥854💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣ 5️⃣5️⃣5️⃣

💬“Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovi o‘tkaziladi

✔️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi sizni “Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovida ishtirok etishga chorlaydi!

❗️Tanlovda oliygohlarda faoliyat olib borayotgan 35 yoshgacha boʻlgan yosh olimlar, ilmiy izlanuvchilari va talabalar qatnashishlari mumkin.

➡️G‘oliblar iyun oyining 5-sanasiga qadar aniqlanib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🥇-o‘rin - BHMning 25 baravari miqdorida;
🥈-o‘rin - BHMning 20 baravari miqdorida;
🥉-o‘rin - BHMning 15 baravari miqdorida.

🎚 Arizalar joriy yilning 1-10-may kunlari qabul qilinadi.

📃Tanlov nizomi

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍165💯52🔥1😁1
❗️Xorazmda Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi

Urganch shahri Al-Xorazmiy shaharchasida asos solinayotgan universitetda 3 ta fakultet bo‘ladi. Bular:

🔹 matematika va informatika fakulteti;
🔹 aerokosmik texnologiyalar muhandisligi fakulteti;
🔹 sun’iy intellekt fakulteti.

Ularda iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, sanoat, xavfsizlik, energetika va ekologiya kabi sohalar uchun mutaxassislar tayyorlanadi.

Darslar o‘zbek va ingliz tillarida, kredit-modul tizimi asosida olib boriladi.

🗓 Qabul jarayonlarini 2025/2026-o‘quv yilidan boshlash rejalashtirilgan. Jami talabalar soni 4-6 ming atrofida bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

🏫 Shaharcha hududida Toshkentdagi Muhammad al-Xorazmiy maktabining filiali ham tashkil etiladi. Unga 4-sinf bitiruvchilari tanlab olinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍2496😁2
⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2025-yil 12-may (dushanba) kuni geografiya va 13-may (seshanba) kuni fizika fanlaridan bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

❗️ Talabgorlarni test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritish:
⚠️ 1-smena uchun soat 7:30 dan 8:30 ga qadar amalga oshiriladi. (1-smenada soat 8:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).
⚠️ 2-smena uchun soat 13:30 dan 14:30 ga qadar amalga oshiriladi. (2-smenada Soat 14:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).

IZOH: Talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda tarix va matematika fanlaridan milliy sertifikat imtihoni may oyi davomida o‘tkaziladi. Aniq imtihon sanalari imtihondan bir hafta oldin e'lon qilinadi.

👝 Test topshiruvchilardan imtihon o‘tkaziladigan binoga elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv materiallari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va shunga o‘xshash ortiqcha narsalarni olib kelmaslik so‘raladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍209🔥42