Ta'limda nima gap?
79.6K subscribers
289 photos
132 videos
110 files
1.07K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
⚡️Birinchi kurs talabalariga ham ijara summasi to‘lab beriladimi?

✍️Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 sentyabrdagi “Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 2021 yil 1 maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan qoplab berilishi belgilab qo‘yilgan.

◀️Mazkur qonun endigina talabalikka tavsiya etilganlar uchun ham amal qiladimi?
Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, talabalikka tavsiya etilganlar davlat OTMlarining talabalar turar joyiga joylashishi uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin. Bunda birinchi bosqich talabalaridan sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.

☝️Shuningdek, joriy yildagi yangi tartibga ko‘ra, talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismi ijara summasidan qat’i nazar Toshkent shahrida – bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (330 ming so‘m), qolgan hududlarda – bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (165 ming so‘m) miqdorida amalga oshiriladi.

Har bir oliy ta’lim muassasasida “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi” tashkil etilgan bo‘lib, unda talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlari haqida ma’lumotlar olish imkoniyati yaratilgan. Joriy yilda mazkur markazlarimiz yordamida talabalarni o‘z vaqtida turar joy (yotoqxona yoki ijara uylari) bilan ta’minlanishi nazoratga olingan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥2😱2🤯1
⚡️Yotoqxona to‘lovida kimlarga imtiyoz berilishi mumkin?

Yotoqxona to‘lovi bo‘yicha imtiyozni oliy ta’lim muassasalari Kengashi belgilaydi va bu imtiyoz quyidagi shakllarda berilishi mumkin:

😇yotoqxona to‘lovlaridan butunlay ozod etiladi

👉ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi borlar;
👉chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etganlar) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etganlar);
👉mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;
👉hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar.

😇umumiy to‘lovdan 50 foiz chegirma beriladi

👉umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironlari;
👉vazifasini namunali bajarayotgan talabalar Kengashi raisi, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun mas’ul talabalarga.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍182🤔1
🎓Magistraturaga oʻqishga kirgan talaba qizlar uchun kontrakt pullarini toʻlash tartibi quyidagicha

Bu yil magistraturaga kontraktga kirgan talaba xotin-qizlar — 2,1 ming. Ularning hammasiga kontrakt to'lab beriladi.

➡️Magistraturada tahsil olayotgan talaba qizlar 15-sentabrgacha oʻz oliy taʼlim muassasasi rektoriga ariza topshirishlari lozim. Ushbu sanadan keyin taqdim etilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi.
➡️Talabalardan toʻplangan arizalar tegishli Oliy taʼlim vazirligiga yuboriladi.
➡️15-oktabrga qadar oliy taʼlim muassasalari rektorlari talablarga javob beradigan abituriyentlarga kontrakt pullarini toʻlash toʻgʻrisida buyruq oladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥31🤔1
✔️13,5 ming nafarga yaqin abituriyent qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etildi

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning:

🔸180 ming nafarga yaqini — umumiy qabul parametrlari doirasida;
🔸13,5 ming nafarga yaqini — imtiyozga ega abituriyentlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida tavsiya etilgan.

Jumladan:

🔹nogironligi bo‘lgan shaxslar — 3,5 ming nafar;
🔹 “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar — 261 nafar;
🔹muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar — 4,2 ming nafar;
🔹harbiy xizmatchilarning farzandlari — 2,1 ming nafar;
🔹ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari — 720 nafar;
🔹ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar — 1,9 ming nafar;
🔹kamida 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar — 351 nafar.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🔥32
‼️Super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lgan abituriyentlar nimalarni bilishi kerak?

Tabaqalashtirilgan kontrakt to‘lovi abituriyentga qancha ball yetmay qolganiga bog‘liq.

➡️1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;

➡️1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;

➡️2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;

➡️3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 3,0 barobarini to‘laydi.

➡️4,05 balldan ko‘proq yetmay qolgan, lekin 56,7 balldan kam to‘plamagan abituriyentlar ko‘proq pul to‘laydi. Ular belgilangan bazaviy kontrakt miqdorining ma’lum baravarini to‘lash orqali talaba bo‘lishlari mumkin. Bu miqdor yo‘nalishlarga qarab farqlanadi.

O‘tgan 2022-yilda super-kontrakt narxlari stipendiyasiz shartnoma puli miqdori asosida hisoblangan.

☝️Eslatib o‘tamiz: hali yangi o‘quv yili uchun kontrakt miqdorlari tasdiqlanmadi. Kontrakt miqdori tasdiqlangach, super-kontrakt pullari ham tasdiqlanadi. So‘ng abituriyent o‘zi o‘qimoqchi bo‘lgan OTMga super-kontrakt bo‘yicha murojaat qiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍385🤯4🔥3
📌AQShda bir bolani o‘quv qurollari bilan to‘liq ta’minlash qancha turadi

AQShda ota-onalar farzandlarining joriy yilning 28 avgustidan boshlanadigan ta’lim jarayoniga faol tayyorgarlik ko‘rmoqda. Kazinform muxbiri bolani Amerika maktabining birinchi sinfiga tayyorlash uchun qancha mablag‘ talab qilinishini o‘rganib chiqdi.

🇺🇸AQShda o‘quvchilar uchun yagona talab - bu majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tish va kerakli emlashlarni olishdir, ularsiz bolalarning o‘qishiga ruxsat etilmaydi. Maktabga kirishdan oldin ota-onalarga sotib olinishi kerak bo‘lgan o‘quv qurollari ro‘yxati taqdim etiladi.

O‘qish uchun birinchi sinf o‘quvchisi quyidagilarni sotib olishi kerak:

◀️maktab sumkasi - 9 dollardan 29 dollargacha;
◀️12 ta №2 qora qalamdan iborat to‘plam - 4 dan 8 dollargacha;
◀️har birida 24 dona bo‘lgan ikkita rangli qalamlar qutisi - 12 dan 24 dollargacha;
◀️keng uchli 8 rangli flomasterlarning bitta to‘plami - 6 dan 20 dollargacha;
◀️bir to‘plam yelim-qalam (kattasi) - 7 dan 18 dollargacha;
◀️ko‘k, qizil, sariq va yashil rangdagi, ikkita cho‘ntakli to‘rtta papka - 10 dan 15 dollargacha;
◀️ikki quti salfetkalar - 8 dan 36 dollargacha;
◀️ikki to‘plam o‘tkir uchli qora markerlar - 18 dollardan 46 dollargacha;
◀️spiralsiz ikkita bloknot - 8 dan 16 dollargacha;
◀️insholar uchun bitta qalin daftar - taxminan 6 dollar;
◀️o‘lchami bir gallon (4,5 litr)ga teng bo‘lgan quti - 6 dan 24 dollargacha;
◀️o‘lchami bir kvart (0,94 litr)ga teng quti - 6 dollardan 14 dollargacha;
◀️ikki to‘plam qalin rangli qog‘ozlar - 14 dan 24 dollargacha;
◀️bir to‘plam nam salfetkalar - 6 dan 13 dollargacha;
◀️ikki flakon qo‘lni tozalash vositasi - 5 dan 13 dollargacha;
◀️ikki juft naushnik - 18 dan 42 dollargacha;
◀️bitta qalam qutisi - 8 dan 15 dollargacha.

➡️Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, aytish mumkinki, agar siz eng past narxlarda tovarlar sotib olsangiz, Amerika maktabida birinchi sinf o‘quvchisi uchun barcha kerakli o‘quv qurollarini sotib olish taxminan 150 dollarga tushadi. O‘rtacha xarajat 230 dollar bo‘lishi mumkin va maksimal xarajat taxminan 360 dollargacha ko‘tarilishi mumkin.

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun xayriya yordami diniy va jamoat tashkilotlari tomonidan o‘quv qurollarini bepul taqdim etadi. Biroq, bunday yordam cheklangan va barcha muhtojlar uchun yetarli emas.

‼️Shuni ta’kidlash kerakki, Amerika davlat maktablarida ta’lim bepul, biroq ota-onalar ma’lum xarajatlarni o‘z zimmalariga olishlari kerak. Jumladan, farzandlarining ovqatlanishi uchun kuniga 5,25 (nonushta - 2 va tushlik - 3,25 dollar), oyiga 105 dollar sarflashadi. Biroq, agar ota-onalarning daromadi past deb hisoblansa, bolalar bepul yoki arzonlashtirilgan ovqat olish huquqiga ega.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍467🔥3👏2
🤝Prezident granti uchun qancha abituriyent da’vogarlik qilmoqda?

O‘zbekistonda bu yil 302 nafar abituriyent Prezident granti uchun da’vogarlik qiladi. Bu yil o‘tish balli 186.8 ballni tashkil qildi.

Qarorga ko‘ra, OTMga kirish imtihonlarida respublika bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlarning 200 nafari Prezident grantiga da’vogar bo‘ladi.

mandat.uzbmb.uz saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, 198-o‘rindan 302-o‘ringacha abituriyentlar bir xil — 186,8 ball to‘plagan, shu sababli barchasi Prezident grantiga da’vogarlik qiladi.

Endi ular garchi kontraktga kirgan bo‘lsa ham, davlat granti asosida o‘qiydi.

👆Ma’lumot uchun, ushbu 302 nafar da’vogar Prezident stipendiyasiga teng miqdorda 200 AQSh dollarigacha stipendiya olishi mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍45🥱54
👀Qabul-2023: eng yomon natija ko‘rsatgan maktab bitiruvchilari qaysi hududlarda ekani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda 2023 yilda maktabni bitirgan abituriyentlarning test sinovida ko‘rsatgan natijalari jadvali e’lon qilindi. Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev mazkur jadvalga tushuntirish berdi.

🗣️Unga ko‘ra, joriy yilgi maktab bitiruvchilarining 36 foizi 56,7 balldan kam to‘plagan. Maktab ta’limi eng yaxshi hududlar: Buxoro, Navoiy hamda Toshkent shahri bo‘lsa, maktab ta’limi eng yomon hududlar: Andijon, Toshkent viloyati hamda Surxondaryo.

Mandat saytidagi ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda jami abituriyentlarning salkam yarmi (49,4 foiz) o‘tish balining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 balni ham to‘play olmagani aytilgandi. Ma’lum bo‘ldiki, 56,7 balldan kam to‘plagan abituriyentlarning 70,5 foizi avvalgi yillarda o‘qishni tugatganlar, 29,5 foizi joriy yilgi bitiruvchilar bo‘lgan.

Joriy yilda maktablarni tugatgan 359 ming 790 nafar yoshlar testga kirgan. Shularning 36 foizi (129 ming 609) 56,7 balldan kam to‘plagan. 2023 yilda eng yomon ko‘rsatkich, Andijon viloyatida (41,9 foiz), eng yaxshi ko‘rsatkich esa Buxoro viloyatida (27,1 foiz) qayd etilgan.

‼️Ya’ni Buxoroda joriy yili maktabni tugatgan o‘quvchilarning 72,9 foizi 56,7 balldan ko‘proq natija ko‘rsatgan. Maktab bitiruvchilarining o‘rtacha bali 76,1 balni tashkil qilmoqda. Ushbu natijalar hududlar kesimida ta’lim sifati qayerda yaxshiligini ham ko‘rsatadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍46👏6🤯4🤔2👌21
📣Rasman: Sentyabrdan 10-11-sinf o‘quvchilari o‘zi xohlagan fanlarni tanlab o‘qiydi

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yangi o‘quv dasturlari amaliyotga kiritiladi.

Bunda 10–11-sinf o‘quvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos bo‘lgan ixtisoslashgan dasturlar asosida bilim berish amaliyoti joriy qilinadi.

👉10–11-sinflardagi 14 ta majburiy fanlar takomillashtirilgan yangi o‘quv reja asosida o‘quvchilarga 8 ta majburiy fan va 2 ta tanlov fan (kimyo-biologiya, matematika fizika, tarix-huquq, ona tili va adabiyot-chet tili)ni tanlash imkoniyati yaratiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣35👍27🕊6👏2🔥1🥰1
☄️ Energiyani yo'qotadigan narsalar

➡️o'tmishdagi xatolaringizni eslash;
➡️biz bo'lmagan odam bo'lishga harakat qilish;
➡️atrofingizdagi hammaga o'z qadringizni isbotlashga harakat qilish;
➡️biz nazorat qila olmaydigan narsalarni boshqarishga harakat qilish.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍191🔥1
🚇 Toshkent metropolitenining yangilangan xaritasi bilan talabalar bilan bo'lishing

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍83
🫠Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning 48 foizdan ziyodi ayollar

Joriy yilda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun 948 491 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Bunda:

🙋🏻‍♂️erkaklar — 419 327 nafar (44,2 %) ni;
🙋🏻‍♀️ ayollar — 529 164 nafar (55,8 %) ni tashkil etdi.

👨‍🎓Test sinovi natijalariga ko‘ra 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning:

🔹 100 491 nafari (52 %)erkaklar;
🔹 92 930 nafari (48 %)ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi.

🎓Abituriyentlarning test sinovida to‘plagan ballariga e’tibor qaratilsa, ayollar erkaklarga nisbatan yuqoriroq ball to‘plagan holda talabalikka tavsiya etilganini ko‘rish mumkin.

🟢 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning o‘rtacha o‘tish bali davlat granti asosida:

👉 erkaklarda — 112,4 ballni;
👉 ayollarda — 125,1 ballni;

🔵 to‘lov-kontrakt asosida:

👉 erkaklarda — 88,9 ballni;
👉 ayollarda — 98,5 ballni tashkil etgan.

📈 Erkaklar va ayollarda o‘rtacha o‘tish ballarining bunday farq qilishi ular ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan ta’lim yo‘nalishlari va ulardagi o‘tish ballari bilan bog‘liq.

▶️Ta’lim sohalari bo‘yicha foiz hisobida olinganda:

🔸Ijtimoiy ta’minot(91,7 %), “Tillar” (88,5 %) va “Ta’lim” (78,7 %) sohalariga ayollar;
🔸“Transport xizmatlari(93,5 %), “Arxitektura va qurilish” (84,8 %) va “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” (75,3 %) sohalariga erkaklar ko‘proq talabalikka tavsiya etilgan.

⬇️Abituriyent (erkak va ayol) larning ta’lim sohalari kesimida talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichlari bilan quyidagi rasmda tanishish mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30🤔43👏2🥰1
⚡️Talaba-yoshlar uchun ajoyib yangilik!

Bu ajoyib tashabbusga o'xshaydi! “MAAB Innovation” MChJ tomonidan taqdim etilayotgan “Roommate” ilovasi oliy o‘quv yurtiga kirayotgan talabalar uchun o‘z universitetidan mos ijaraga turar joy va potentsial xonadoshlarni topish uchun qulay platformani taqdim etadi.

🌐Ushbu innovatsion ilova yordamida yashash uchun joy izlayotgan talabalar oʻz universitetidagi boshqalar bilan bogʻlanib, ijaraga uyni baham koʻrish uchun mos xonadosh topishlari mumkin.

Ushbu tashabbus talabalar uchun munosib turar joy topish jarayonini osonlashtirish va universitet talabalari oʻrtasida hamjamiyat hissini rivojlantirishga qaratilgan.

📱Ilovani yuklab olish: Android | iOS

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10👏1
🏠 Yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi

‼️Bugun Samarqand iqtisodiyot va servis institutida 240 o‘rinli davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan yangi talabalar turar joyining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

☝️Unda institut faollari, ota-onalar hamda talabalar ishtirok etdi. Yangi binoda dars tayyorlash uchun alohida xonalar, kutubxona, karaoke zali, kompyuter xonasi, qizlar hamda yigitlar uchun alohida sport xonalari mavjud bo‘lib, unda talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari mumkin.

📌Shuningdek bugun 375 o‘rinli talabalar turar joyining taqdimoti ham o‘tkazildi. Taqdimot ishtirokchilariga yotoqxonaning avvalgi va hozirgi holati, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar namoyish etildi. Qayd etilganidek, turar joy sport maydoniga katta o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lib, futbol maydoni to‘liq sun’iy chim bilan qoplangan. Mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun qo‘shimcha sport jihozlari o‘rnatilib, binoning hovli qismi obodonlashtirilgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍181
🔥 Kunning imkoniyati

Justus & Louise van Effen Excellence Scholarships

Gollandiyada magistratura dasturlari uchun to'liq stipendiya. Qabul qiluvchi davlat Delft Texnologiya Universiteti, dunyodagi eng yaxshi texnik universitetlardan biri.

Universitetning istalgan bo'limiga murojaat qilishingiz mumkin. Grantlar o'qish to'lovlarini qoplaydi va talabalarga yashash uchun nafaqa beradi.

Grantning muddati ikki yil.

Tugash muddati: 1 dekabr.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍41🐳1
‼️Bugun apellatsiya arizalarini qabul qilishning so‘nggi kuni

2023-yil 22-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlangan edi.

🖥 Shuningdek, 25-avgust kuni talabalar o‘qishini xorjiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan edi.

👨‍💻 Apellatsiya arizalarini qabul qilish my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshirilmoqda va bugun (31-avgust) arizalarni qabul qilishning so‘nggi kuni hisoblanadi.

🔖 Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

🏢 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi lozim.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🤔42
👩‍👩‍👦Ota-ona istalgan payt bolasining sinfini o‘zgartira oladimi?

✔️Ha, ota-onalar o‘quv yili davomida yoki undan keyin farzandlarining sinfini o‘zgartirishi mumkin. Buning uchun ular maktab direktori nomiga o‘tkazish sababini ko‘rsatgan holda ariza yozishlari kerak. Tegishli hujjatga ko‘ra!

👀Direktor rad etishi ham mumkinmi?

Arizani direktor 1 ish kunida ko‘rib javob aytishi kerak. Sinfdagi o‘quvchilar soni normadan ko‘p bo‘lganda o‘quvchini boshqa sinfga o‘tkazishni rad qilish mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍233🔥1
➡️Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovi natijalari

📆 2023-yil 29-30-avgust kunlari o‘tkazilgan Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨‍💻Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👍31
📌 O‘qituvchilar toifa oladigan imtihon o‘zgaryapti

Endi o‘qituvchilar oldingiday test ko‘rinishida emas, balki boshqacha 2 ta bosqichli imtihondan o‘tib toifa oladi.

1️⃣-bosqichda pedagogning bilimi dastlabki imtihonda baholanib, 70 foizdan ko‘p ball to‘plaganlar 2-bosqichga o‘tadi.

2️⃣-bosqichda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llashi, o‘quvchilar bilan ishlash metodikasi va baholashdagi yondashuvlari tekshiriladi, bilim va mahorati natijalariga qarab, muallimga malaka toifasi beriladi.

Yangi tartib bu yil 20 ta tumanda sinovdan o‘tadi.

◀️Butunlay qachon amalga kiritiladi?

O‘zi Ta’lim inspeksiyasi tugatilib, bahorgi attestatsiya o‘tkazilmagandi. O‘qituvchilarga birdan yangi tartib bo‘yicha imtihon topshirishlari aytilgandi. Endigi vaziyat qanday bo‘ladi, 20 ta tumanda yangi tartib qo‘llansa, qolganlar eski tartib bo‘yicha attestatsiyadan o‘tib turadimi, bu aniq emas.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍212
🎓1-kurs talabalari o‘qish uchun nimalar sotib olishi kerak?

📣 O‘qishga kiyish uchun forma yoki klassik uslubdagi kiyim.

Kanselyariya buyumlaridan:

Qalam (rangli ixtiyoriy)
Daftar (5-6 dona)
Matnni belgilash uchun markerlar
Mavzularni yozib olish uchun kundalik
Fayllar
Qog'oz qisqichlari
Stapler
Oddiy qalam
Lineyka (foydali)

💻 Yana har bir talabaga turli taqdimotlar qilish va uyga vazifalarni bajarish uchun kompyuter kerak bo‘ladi. Boshlanishiga bu ishlarni planshet yoki qotmaydigan telefonda qilib tursa ham bo‘ladi.

📌 Yana nimalar kerak bo‘lishi hamma talabaning qayerda o‘qishiga qarab farqlanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍49😁199🤣8🤔6🔥2
14 ta ta'lim yo'nalishlari uchun sirtqi qabul yopilgan

Prezident qaroriga muvofiq 2023/2024-o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining ilovada ko‘rsatilgan 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi.

📝2023/2024 o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarida sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati bilan tanishib o'tishingiz mumkun.

📣 Ushbu tartib Respublikadagi barcha davlat va nodavlat oliygohlar uchun taalluqlidir.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍28🤔53🤯3🔥2