Ta'limda nima gap?
78.8K subscribers
290 photos
132 videos
110 files
1.07K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ertaga imtihoningga men kirib chiqaman o’rningga!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
😁186🔥6👍31
Yakuniy imtihon 2025.pdf
597 KB
9- va 11-sinflar uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari 2025-yil 26-maydan 15-iyungacha oʻtkaziladi (Jismoniy tarbiya va kasbiy taʼlim fani bundan mustasno).

Chet tili fanlari hamda umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikati boʻlgan oʻquvchilar imtihondan ozod qilinadi.

Tegishli fanlar boʻyicha, yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazilishi belgilangan kundan bir kun oldin, qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlanadi.

Tanlangan 2 ta imtihon variantlari vazirlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi va ushbu variantlar asosida respublika boʻyicha barcha bitiruvchilar yakuniy davlat attestatsiyasini topshiradi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍71
⚡️ Кириш имтиҳонларида тушавериб роса машхур бўлган Қўқон хонлигидаги ҳарбий мансаблар

1. МИНГБОШИ – Олий Қўмондон
2. ҚЎШБЕГИ – ўз қўшинига эга беклик ҳокими
3. БОТИРБОШИ – бекликдаги ҳарбий ишнинг аҳволи учун масъул
4. ВАЛИЙ ноиб – артиллерия қўмондони
5. ҚАЛЪАБОН – ҳарбий қалъалар учу масъул шахс
6. ҚЎРБОШИ – қурол-аслаҳа ишлаб чиқариш устахонаси ва омборхона бошлиғи
7. ЁВАР – амири лашкар махсус бўлинмаси бошлиғи
8. ТЎПЧИБОШИ – тўпчилар бўлинмаси бошлиғи
9. ТЎҚСАБО – ўз туғига эга бўлган ҳарбий бўлинма бошлиғи
10. ПОНСАДБОШИ – 500 нафардан иборат ҳарбий қўшин қўмондони
11. ХОС СОҚЧИЛАР – Ҳарбий ҳаракатлар вақтида аскарлари руҳлантириб тург
12. ҚОЗИ АСКАР – Ҳарбий ҳаракат бошланишидан олдин хон номидан жиҳод эълон қилган. Ўлжани баҳолаган ва қўшиннинг маънавий қиёфаси учун ҳам жавобгар бўлган
13. ҚОЗИ РАИС – Қўшин муфтийси берган фатво ижросини таъминлаган
14. 5 КИШИЛИК ГУРУҲ – Ҳарбий ҳаракатлар чоғида ҳар бир бўлиммада 5 кишилик  гуруҳ бўлган. Улар ярадор бўлган аскарларни жанг майдонидан олиб чиқиш ҳамдан ҳалок бўлганларни дафн этишган.


Такрорланг, тарқатинг ва ёдлаб қўйинг!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍1544
2000 ta Grant uchun(4%lik imtiyoz) xotin-qizlarga tavsiyanoma qachon beriladi?

— Ehtiyojmand oiladagi xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanoma uchun arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda 30-maydan 8-iyunga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.


🔴 Tavsiyanoma kimlarga beriladi?

• Kam ta’minlangan oila farzandi bo'lgan qizlarga;
• Ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan oila qizlariga;
• Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga;
• 14 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq bola o‘stirayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlariga;
• Ota-onasining nogironligi bo‘lgan qizlarga;
• Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalarga.

Tavsiyanoma egalariga qachon yetkaziladi?

Arizalar 10-iyungacha ko‘rib chiqiladi va 14-iyungacha elektron shaklda tayyor qilinadi. 15-iyungacha tavsiyanomaga loyiq ko‘rilgan hamma talabgorga o‘z tavsiyanomasi yetkaziladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍296
⚡️Rasman

📆 2025-yil 10-mart qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilanganligi sababli, 15-16 - fevralda o‘tkazilgan chet tili imtihonining gapirish bo‘yicha sinovi 12-mart sanasiga ko‘chirildi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

❗️ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍217🔥4
⚡️ Chet tili imtihoni (ko‘zi ojizlar) uchun ruxsatnomalar taqdim etildi

🔔 Ko‘zi ojiz talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari 2025-yil 14-mart kuni bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi va aniq vaqtini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

❗️Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida 30 daqiqa oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍135
#abituriyent2025
#fanlarmajmuasi

⚡️2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi

Eslatma: 2025/2026-o‘quv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari uchun fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi. Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda yoki yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.


👉 Yuklab olish

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍5💯4🔥2
⚡️ O‘zbekiston universitetlari 2025 yilgi reytingda: yangi natijalar va yutuqlar

12-mart kuni xalqaro nufuzli QS Quacquarelli Symonds agentligi tomonidan dunyoning eng yaxshi universitetlarining fan sohalari bo‘yicha reytingi — QS World University Rankings by Subject 2025 natijalari e’lon qilindi. Ushbu reytingda jahonning 101 ta davlatidan 1756 ta universitet 55 ta fandan baholandi.

2025-yilgi reytingda O‘zbekistonning 5 ta oliy ta’lim muassasasi 8 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha Top 1000 universitetlar ro‘yxatidan joy oldi. O‘zbekiston uchun ushbu natija mamlakat tarixidagi eng yuqori natija bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan universitetlar soni 2 taga, yo‘nalishlar soni esa 4 taga ortdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/39947

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍156🔥4
❗️O‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qarab talabalarga grantlarni qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi

Joriy yildan boshlab kontraktdagi talaba yaxshi o‘qisa, grantga o‘tadi, grantdagilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi past bo‘lsa, kontraktga tushadi.

Grantdagi talabaning GPA ko‘rsatkichi 3,5 dan past bo‘lsa, avtomat ravishda kontraktga tushadi. Lekin 3,5 dan baland bo‘lsa, granti 100% davom etadi, degani emas. Bunda u har yili qaytadan tanlovda qatnashadi. Agar kontraktda o‘qiydigan ko‘pchilik talabaning natijalari yaxshi bo‘lsa, GPA 3,5 dan baland bo‘lgan grantdagi talabalar ham kontraktga tushib qolishi mumkin.

Grant uchun tanlovda GPA 3,5 dan baland bo‘lgan istalgan talaba qatnashishi mumkin. Bunda nafaqat o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qaraladi, balki ijtimoiy faollik ham inobatga olinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍1053🔥1
Telegramda kitoblarga oid kanallar ko'p, ammo bookblogerlar o'z yo'nalishlari bilan kanalni o'zgacha olib borishadi.

Shunday bookbloging kanallardan biri kitobxo'r Mille))) ning shaxsiy sahifasida zerikmasligingiz aniq!

Ushbu sahifada o'qib bo'lingan va o'qilishi kerak bo'lgan kitoblarga taqriz, ulardan iqtiboslar, va tafsiyalar berib boriladi. Kitobli tanlovlar ham o'tkaziladi...

Barchasi shu manzilda: @mille_uz
👍75🔥4
Moliyaviy mustaqil oliygohlar har yili 1 mlrd so‘mgacha grant e’lon qiladi

Moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotida GPA ko‘rsatkichi 3,3 dan 4 gacha bo‘lgan belgilangan toifadagi talabalarga navbatdagi o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkiloti granti taqdim etiladi.

Bunda moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotlari har yili o‘zlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan miqdorda oliy ta’lim tashkiloti grantini taqdim etadi.

Bunda oliy ta’lim tashkiloti granti taqdim etilgan talabaning GPA ko‘rsatkichi:

3.3- 3,39 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 20 foizi;
3.4- 3,49 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi;
3.5- 3,59 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 40 foizi;
3.6- 3,69 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 50 foizi;
3.7- 3,79 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 60 foizi;
3.8- 3,89 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 70 foizi;
3.9- 3,99 bo‘lganda — to‘lov-kontrakt summasining 80 foizi miqdoridagi qismi ushbu oliy ta’lim tashkilotining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.


Bunda talabgorlar o‘z arizalari bilan har yili 20-iyulga qadar oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tadi. Natijalar har yili 5-sentyabrga qadar e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun: bunday qo‘shimcha grant beriladigan toifalar ro‘yxati Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍105
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☄️ Agar siz talaba, o‘qituvchi yoki muhandis bo‘lsangiz, Sizda tanlovda qatnashib elektromobil, xorijiy davlatlarga stajirovka yoki pul mukofotlarini yutib olish imkoni mavjud.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi muhandislik sohasida “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida tanlov e’lon qiladi.

Tanlov yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha alohida 3 ta kategoriya — 40 yoshdan oshmagan professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda amaliyotchi muhandislar o‘rtasida o‘tkaziladi.

Har bir ishtirokchi Tanlovning faqatgina bir yo‘nalishida ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda:
🥇-o‘rinni qo‘lga kiritgan g‘oliblar elektromobil (9 ta),
🥈-o‘rin g‘oliblari xorijiy davlatlarga stajirovka yo‘llanmasi,
🥉-o‘rin g‘oliblari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Tanlov joriy yilning aprel-iyun oylarida 3 bosqichda o‘tkaziladi.

Tanlovga arizalar joriy yilning 31-mart kuniga qadar muhandis.edu.uz veb-sayti orqali qabul qilinadi.

💾 TANLOV NIZOMI

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
📞 (55) 520-08-08 (357), (90) 065-05-09.


@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1672
❗️Super yangilik! Xalqaro fan olimpiadasi g‘oliblariga salkam 1 mlrd so‘m pul mukofoti beriladi!!!

Prezident farmoniga ko‘ra, 2025-yil 1-iyundan nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘olib va sovrindorlariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotining amaldagi miqdorlari 5 baravarga oshiriladi.

Masalan, endi eng nufuzli 5 ta olimpiadada (IMO — matematika, IBO — biologiya, IChO — kimyo, IPhO — fizika, IOI — informatika) g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘quvchilarga quyidagicha mukofot pullari beriladi:

🥇1-o’rin: 937 mln 500 ming so‘m (BHM 2500 baravari);

🥈2-o’rin: 562 mln 500 ming so‘m (BHM 1500 baravari);

🥉3-o‘rin: 375 mln so‘m (BHM 1000 baravari).

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍2014🔥2
⚡️Kontraktni to’liq to’lamaganlarni yakuniy yoki oraliqlarga kiritmaslikka OTM mas’ullarining haqqi bormi?

Yo’q bunga haqqi yo’q, yakuniy va oraliqlarga talabani kiritmaslik uchun kontraktni to’lamaslik asos bo’la olmaydi. Agar talaba umuman kontrakt to’lamagan bo’lsa uni talabalar safidan chetlatishi mumkin xolos.

Talabani oraliqqa yoki yakuniyga kiritmaslik, ataylab fandan yiqitish, darsga kiritmay nb qo’yib qo’yish, va boshqa g’ayriqonuniy harakatlar amalga oshirish umuman mumkin emaa.

📑 Kontrakt to'lash muddatlari:

Abituriyentlar uchun kontraktning 25 foizini – 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha)
ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun – 1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);
To‘lov miqdorining kamida 50 foizi – 1 yanvargacha;
Kontraktning 75 foizi – 1-aprelgacha;
Kontraktning 100 foizi – 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍164🔥3
⚡️1- va 2-bosqich talabalar qanday holatlarda akademik qarzdor hisoblanadi?

➡️1-holat: Agar talaba bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizi va undan ortiq hajmini sababsiz qoldirsa;

➡️2-holat: Fan yakunida joriy nazorat bo‘yicha to‘plagan o‘rtacha bali 60 dan kam bo‘lsa;

➡️3-holat: Agar talaba fan yakuni bo`yicha oraliq yoki yakuniy nazorat imtihonlaridan 60 dan kam bal to'plasa.

(Bunda talabaga ONni qayta topshirish uchun 2 marta (dekanat ruxsati va koordinatsion kengash qarori asosida), YaNni qayta topshirish 2 marta (1-marta dekanat ruxsati bilan, 2-marta koordinatsion kengash qaroriga binoan pullik asosida attestatsiya davrida amalga oshiriladi, bunda to‘lov qiymati yozgi semestr uchun to‘lanadigan pul miqdorining 30%ni tashkil qiladi) imkoniyat beriladi.


Akademik qarzdor talabalarga o‘z xohishiga ko‘ra, yozgi ta’til vaqtida o‘rnatilgan tartibda to'lovni amalga oshirgandan so‘ng qayta ta'lim olishi imkoniyati beriladi.

✉️ Huquqiy asos

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍114🔥3
⚡️Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga! ID-karta olishni unutmang

Joriy yilda maktabni tamomlab, oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishni rejalashtirgan 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida fuqarolik pasporti, ya’ni ID-karta olishlari shart.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda 16 yoshga to‘lgan 23 ming (5,1%) bitiruvchi ID-karta olmagan.

OTMlarga abituriyentlarning hujjatlari onlayn qabul qilinadi. Onlayn hujjat topshirishda abituriyentlar yoki biometrik pasport, yoki ID-karta ma’lumotlarini kiritish talab etiladi.

❗️Shu bois, 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida, yana ham aniqrog‘i OTMga qabul jarayonlari boshlangunga qadar ID-karta olish harakatida (hozir biometrik pasport bermayapti, faqat ID-karta beriladi) bo‘lishlarini tavsiya etamiz.

Ertaga hujjat topshirish boshlanganda navbatlar ko‘payib ketib, qiynalib qolmishingiz mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍136🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Oʻzbekistonda har yili 3–7 foiz talaba fanlarni oʻzlashtira olmagani sabab kursda qoldirilishi aytildi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍7💯643
Faqat ahmoqlargina sakkiz soat uxlaydi.pdf
1.5 MB
«Faqat ahmoqlargina 8 soat uxlaydi»

© Erdal Demirkiran

"Bir sohada yuksalish" aslo uyqu qochiradigan maqsad bo'la olmaydi.
Maqsad - o'z nomi bilan maqsad. Ya'ni maqsading aniq bo'lishi lozim. Yuksalish istagan joyingning nomi bo'lishi kerak. Agar samarali bir maqsading bo'lmasa, kam uxlashning ham hech qanday ma'nosi yo'q. Hatto mumkin bo'lsa, bor uxla va tanang ko'tara olsa aslo uyg'onma. Chunki, maqsadsiz insonning uyg'oq bo'lishi ham o'zi uchun, ham butun insoniyat uchun azobdir.


Yaqinlarga yuborib qo'ying!

@talimationuz - Ta'lim doimo muhim!
💯14👍96
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining muhandislik sohasida e’lon qilingan tanlovga avvalroq to‘ldirilgan arizalarni tahrirlash imkoni paydo bo‘ldi!

Endilikda siz ushbu tanlovga avvalroq to‘ldirgan arizangizni tahrirlash, ma‘lumotlarni qayta yuklash va nizom bo‘yicha talab etiladigan hujjatlarni qayta ko'rib chiqib taxrirlash imkoniga egasiz!

Eslatib o‘tamiz, tanlov “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida bo‘lib o‘tadi.

Har bir ishtirokchi tanlovning faqatgina bir yo‘nalishida ishtirok etishi mumkin.

G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

🥇1-o‘rin egalariga: elektromobil (9 ta):
🥈2-o‘rin uchun: xorijiy davlatlarga stajirovka yo‘llanmasi;
🥉3-o‘rin uchun: pul mukofotlari.

Tanlovda qatnashing va 9 ta elektromobildan biriga ega bo‘ling!


🗓 Tanlovga arizalarni yuborish va uni tahrirlash joriy yilning 10-aprel kuniga qadar muhandis.edu.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

📋 TANLOV NIZOMI

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
📞 555200808 (357), 900650509.


@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍83🔥3
⚡️Ham perevod, ham abituriyent sifatida hujjat topshirish mumkin!

Sizda bir vaqtning o‘zida abituriyent sifatida ham, o‘qishni ko‘chirish (perevod) uchun ham hujjat topshirish imkoniyati bor!

📌 15-iyun – 15-iyul oralig‘ida my.uzbmb.uz sayti orqali:

Abituriyent sifatida hujjat topshirish
— Diplom yoki attestat raqamini kiritish kifoya.
— Agar hujjatni oliygohga topshirgan bo‘lsangiz va raqamini bilmasangiz, taxminiy raqam ham kiritish mumkin.

📌 15-iyul sanasidan boshlab:

O‘qishni ko‘chirish (perevod) uchun hujjat topshirish
— Buning uchun faqat transkript yuklash kifoya.

⚠️ Muhim!
🗄 Abituriyent va perevodchilar imtihoni bir vaqtda bo‘lmaydi, shu sababli ikkala jarayonda ham qatnashib, keyin o‘zingizga mos variantni tanlashingiz mumkin.
🗄 Bir vaqtning o‘zida ikki jarayonda hujjat topshirish mumkin, lekin ikkita oliygohda bir vaqtda o‘qish imkonsiz!


@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍114🔥3💯2