Ta'limda nima gap?
79K subscribers
289 photos
132 videos
110 files
1.07K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
⚡️Xalqa banki tomonidan imtiyozli taʼlim kredit ajratish boshlandi!

Kredit shartlari quyidagicha:
◦ Miqdori — Shartnoma asosida;
◦ Muddati — oʻqish davri + 7.5 yil;
◦ Foiz stavkasi — 13.5% (xotin-qizlar uchun 0%);

🏦 Murojaat uchun: 1106

Eslatma: Taʼlim kredit olish uchun talim-krediti.mf.uz portaliga OneID orqali kirib va ariza yuboriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🥱31👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

⁉️Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash tartibi qanday? Bunday bo‘lib to‘lash imkoniyati “super” kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlarga ham tegishlimi?

📹 Ushbu savollarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Qurbonnazar Ortiqov batafsil javob berdi

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍10
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Xabaringiz bor, chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha imtihonlar sanasi 27–29-sentabrdan 22-sentabrga o‘zgartirilgan edi. Shunga ko‘ra imtihon sanasi sifatida 27–29-sentabrni tanlagan talabgorlar uchun ham test sinovlari quyidagi sanalarda bo‘lib o‘tadi:

✍️ test sinovining yozma qismi — 22-sentabr kuni;

🎤 gapirish
ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 23–27-sentabr va 2–4-oktabr kunlari (dam olish kunlaridan tashqari) bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

📌 Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tilini-bilish-09-16

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍181
Maxsus pedagogika yo'nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashi mumkin?

✔️ Maxsus pedagogika (defektologiya) yoʻnalishi – sogʻlom hamda nogironligi boʻlgan/imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash uchun zaruriy pedagog kadrlarni tayyorlaydi.

Maxsus pedagogika 4 ta yoʻnalishni oʻz ichiga oladi:

➡️ oligofrenopedagogika (aqliy rivojlanishi orqada qolgan bolalar);
➡️ surdopedagogika (eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalar);
➡️ tiflopedagogika (koʻrishida nuqsoni boʻlgan bolalar);
➡️ logopediya (nutqida nuqsoni boʻlgan bolalar).

Ishga joylashish imkoniyatlari:
Hozirgi kunda maxsus pedagogika yo‘nalishi koʻp qirrali boʻlib,
bitiruvchi talabalar sogʻlom bolalarga moʻljallangan maktabgacha taʼlim muassasalarida logoped;
maxsus maktabgacha taʼlim muassasalarida defektolog;
umumtaʼlim maktablarida logoped;
maxsus maktab va maktab-internatlarda defektolog;
oilaviy poliklinikada logoped lavozimida faoliyat yuritishlari mumkin.


@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ota-onalar va abituriyentlar diqqatiga!!!

Kollej va texnikumlarda o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlar uchun qo‘shimcha imkoniyat – 25-sentyabrga qadar professional ta’lim muassasalariga qo‘shimcha qabul bo‘lib o‘tadi. Buning uchun my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali onlayn yoki bevosita ta’lim muassasasining o‘ziga murojaat qilgan holda hujjat topshirish mumkin.

Qabul jarayonida yangi imkoniyatlar ham taqdim etilmoqda. Qadrli abituriyentlar 25-sentyabrga qadar ushbu imkoniyatdan foydalaning.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/22053

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍21😁41
⚡️«Yosh ziyokor» uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan nodavlat OTMlar reytingi

Xotin-qizlar tanlovi katta bo‘lgan OTMlar (100 talabaga to‘g‘ri keladigan ayol talaba):
Urganch Innovatsion Universiteti - 91
Xalqaro Nordik universiteti - 88
Profi University Navoiy filliali - 86
Yangi Asr Universiteti - 85
Ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti - 80

O‘qituvchilar soni bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichga ega OTMlar (100 talabaga to‘g‘ri keladigan professor-o‘qituvchi):
Samarqand Xalqaro Texnologiya Universiteti - 43
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti - 25
Toshkent xalqaro universiteti - 12
British Management University in Tashkent - 10
IMPULS tibbiyot instituti - 10

Grantlar taqdim etish ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yaxshi natija ega OTMlar (100 talabaga to‘g‘ri keladigan grant o‘rinlari):
Toshkent xalqaro universiteti - 15
British Management University in Tashkent - 13
Japan Digital University - 13
Samarqand Xalqaro Texnologiya Universiteti - 10
Acharya Universiteti - 10

Boshqa viloyatlardan kelib o‘qish ko‘rsatkichi bo‘yicha yuqori OTMlar (100 talabaga to‘g‘ri keladigan boshqa viloyatlik talabalar):
Nukus innovatsion instituti - 100
Ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti - 99
Xalqaro innovatsion universitet - 99
Toshkent gumanitar fanlar universiteti - 95
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti - 94

Nodavlat OTMlar orasida sirtqi ta’limga e’tibor kuchli bo‘lishiga qaramay, ularning 20 tasida sirtqi ta’lim shaklida ta’lim olayotgan talabalar mavjud emas.

Xorijiy talabalar ta’lim olishi ko‘rsatkichi bo‘yicha holat ijobiy emas. Masalan, Andijon iqtisodiyot va pedagogika universitetida 100 ta talabaga bor yo‘g‘i 1 ta xorijiy talaba to‘g‘ri kelsa, boshqa nodavlat OTMlarda bu qiymat nolga teng.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍264
⚡️Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga 50 foiz koʻproq stipendiya beriladi

Qonunchilikka koʻra, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar davlat bogʻchalari va maktablarga navbatga qoʻyilmasdan joylashtiriladi.
 
Ularga texnikum, kollej, akademik litsey yoki OTMda oʻqiyotganda har oʻquv yilida 1 marotaba oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun BHMning 5 baravari (1 mln 700 ming soʻm) miqdorida subsidiya beriladi.
 
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar oʻqishni davlat OTMlarida davom ettirganda ularga stipendiya 50 foizga oshirilgan holda toʻlanadi.

Batafsil: https://lex.uz/docs/5569689

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍42🕊4🔥3👏2
Fanlar majmuasi 2025:2026-oʻquv yili qabuli uchun.pdf
228 KB
⚡️2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi

📌 Eslatma: 2025/2026-o‘quv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari uchun fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi. Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda yoki yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍252🔥2
PISA 2025 buyruq (1-ilova_maktablar).docx
31.6 KB
⚡️PISA 2025 tadqiqotida ishtirok etuvchi maktablar tanlab olindi

PISA 2025 tadqiqotida qatnashish uchun xalqaro tashkilotlar tomonidan respublikamizdagi 233 ta maktab tasodifiylik tamoyili asosida tanlab olindi. Mazkur maktablardagi 9050 nafar 15 yoshli o‘quvchi tadqiqotda qatnashishi nazarda tutilgan.

2025 yildagi tadqiqotda dunyoning 91 ta mamlakatlari qatorida O‘zbekiston maktablarining munosib ishtirokini ta’minlash bo‘yicha Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) bilan hamkorlikda qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Tadqiqot jarayonlari 2025 yilning aprel va may oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib,  sinovlar kompyuter yordamida onlayn tarzda tashkil etiladi.

Ma’lumot uchun: 2022 yildagi tadqiqotda jami 81 ta davlat ishtirok etgan bo‘lib, O‘zbekistondan 202 ta maktabdan 7 293 nafar o‘quvchi qatnashgan.

@talimationuz — TA'LIM DOIMO MUHIM!
👍115🔥3👏2🎉1
⚡️Respublikada 22 ta texnika universiteti tashkil qilinadi!

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-yanvar kuni oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi.

2025-yilda oliy ta’limda ilmiy salohiyatni 55 foizga chiqarish, xorijda 5 ming nafar pedagog malakasini oshirish rejalashtirilgan. Ilg‘or muhandislik maktablarini 25 taga yetkazib, sanoat korxonalari bilan loyihalar qiymatini 10 barobar oshirish maqsad qilingan.

Nukus, Buxoro, Farg‘ona va Namangan texnika universitetlarini tashkil etish loyihalari taqdimot qilindi.


Umuman, bu yo‘nalishdagi 35 ta muassasani yiriklashtirish hisobiga, 22 ta texnika universiteti tashkil qilinadi. Shu yil oxirigacha yana 17 ta muhandislik maktabi ochiladi.


@talimationuz — TA'LIM DOIMO MUHIM!
👍112🔥2
⚡️Bitta jurnalning obuna narxi 63 million so‘mToshkent davlat texnika universiteti

Toshkent davlat texnika universiteti tomonidan 2025-yilga Rossiyada (!) chop etiladigan jurnallarga 679 002 588 so‘mlik obuna shartnomasi tuzibdi.

Ro‘yxatda bir dona jurnal narxi 63 million so‘m deb ko‘rsatilgan! Yana bittasiniki 61 million so‘m! Shu ikki dona jurnalning o‘zi bitta avtomobilning narxiga teng. Qolgan summalar haqida ham gapirishning ham hojati yo'q.

Tasavvur qilyapsizmi oddiy jurnal uchun shu qadar katta summa?! Bu summaga yarasha jurnalda shu qadar qimmatli ma'lumotlar bitilganmikin deb o'ylab qolasan kishi?

👏Mutaxassislar odatda obuna masalasini qurilish mavzusi kabi "pul yeyish vositalaridan biri" sifatida ko'rishadi.

PS. Bu shartnomaning qonuniyligi o‘rganilishi lozim...

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍114🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Litsenziya haqiqiymi yoki soxta?!

Bugun davlat oliy ta'lim tashkilotlari bilan birgalikda xususiy universitetlar ham faoliyat olib bormoqda.

Lekin barcha universitetlar ham davlat tomonidan berilgan litsenziyaga egami?

Videoda Ulug‘bek Po‘latovdan xususiy universitetlar litsenziyasi haqida barcha kerakli ma'lumotlar berilgan


‼️Siz o‘qimoqchi bo‘lgan universitetingiz litsenziyasini tekshirib ko‘rdingizmi?

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍73🔥1🆒1
⚡️O‘zbekistonda eng ko‘p maosh oladigan kasblar qaysilar?

2024-yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda o‘rtacha nominal ish haqi 5,3 mln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 17,4% ga o‘sgan.

Maoshlar bo‘yicha eng yuqori o‘sish Toshkent shahrida kuzatildi – bu yerda o‘rtacha oylik ish haqi 9 mln so‘mga yetib, 21,4% ga oshdi.

Eng yuqori maosh to‘lanadigan sohalar:

🔺Moliya sohasi – 15,2 mln so‘m
🔺Aloqa sohasi – 13,1 mln so‘m
🔺Transport sohasi – 8,1 mln so‘m

O‘rtacha darajadagi maoshlar:


🔸 Sanoat – 6,4 mln so‘m
🔸 Savdo – 6,2 mln so‘m
🔸 Qurilish – 5,9 mln so‘m

Eng kam maosh oladigan sohalar:

🔻 Sog‘liqni saqlash – 3,4 mln so‘m
🔻 Ta’lim sohasi – 3,6 mln so‘m

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍46🤣34😁166🔥5🙊5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️20 ta davlat universitetlari yopilishi rejalashtirilmoqda

Bu haqida Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ma’lum qildi.

"Prezident topshirig‘iga asosan bitiruvchilarini 5-10 foizgina ish bilan ta’minlagan, talabga javob bermaydigan davlat universitetlar yopiladi. Hozirda ushbu OTMlar ro'yxati shakllantirilmoqda.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍22😱9🤔4🔥2👨‍💻2😁1
⚡️Muddatli harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari davom etmoqda

Ayni kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik dasturlarini o‘zlashtirganlik darajasi test sinovlaridan o‘tkazilmoqda.

📅 Test sinovlari 21-fevralga qadar davom etadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18
⚡️Matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun roʻyxatga olish boshlandi

❗️Yuqoridagi fanlardan milliy sertifikat uchun talabgorlarni ro’yxatga olish 3-fevraldan 9-fevralga qadar bo’lib o’tadi.
To‘lovlar esa 10-fevralgacha amalga oshirilishi mumkin.

Test sinovlari 22-23-fevral kunlari o‘tkaziladi.

📑 Natijalar 25-mart kuni e’lon qilinadi.

Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda roʻyxatga olinadi.

📍Roʻyxatdan oʻtishda talabgorlar oʻzlariga qulay boʻlgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥81🤔1
#Sayyor_qabul
Buxoro viloyatida sayyor qabul

📋 Bilimni baholash agentligi tomonidan Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

📆 Navbatdagi sayyor qabul Bilimni baholash agentligi direktori Majid Karimov tomonidan Buxoro viloyatida o‘tkaziladi.

Sayyor qabul:

📍7-fevral kuni soat 11:30 da – Bilimni baholash agentligining Buxoro viloyatidagi bo‘limi binosi(Buxoro tumani "Bog‘idasht" MFY. Mo‘ljal: Buxoro shahri 7-kichik tuman 43-maktab orqa tomoni)da bo‘lib o‘tadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8👏3🔥1