Ta'limda nima gap?
79.1K subscribers
289 photos
132 videos
110 files
1.07K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
KOLLEJ QABUL KVOTASI KUNDUZGI.pdf
434.6 KB
Respublika bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 9 587 ta etib belgilandi:

davlat granti asosida — 4 822 ta;
to‘lov-kontrakt asosida — 4 765 ta.
KOLLEJ QABUL KVOTASI KECHKI.pdf
298 KB
Respublika bo‘yicha kechki ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 60 ta etib belgilandi.

❗️Mazkur ta’lim shakli faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
KOLLEJ QABUL KVOTASI SIRTQI.pdf
352.6 KB
Respublika bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 4 050 ta etib belgilandi.

❗️Mazkur ta’lim shakli faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
KOLLEJ QABUL KVOTASI DUAL.pdf
354.9 KB
Respublika bo‘yicha dual ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 2 280 ta etib belgilandi:

davlat granti asosida — 600 ta;
to‘lov-kontrakt asosida — 1 680 ta.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍182🤷‍♂1🔥1
TEXNIKUM QABUL KVOTASI KUNDUZGI.pdf
970.6 KB
Respublika bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 67 725 ta etib belgilandi:

davlat granti asosida — 30 441 ta;
to‘lov-kontrakt asosida — 37 284 nafar.
TEXNIKUM QABUL KVOTASI KECHKI.pdf
284.1 KB
Respublika bo‘yicha kechki ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 1 450 ta etib belgilandi.

❗️Mazkur ta’lim shakli faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
TEXNIKUM QABUL KVOTASI SIRTQI.pdf
488.2 KB
Respublika bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 13 105 ta etib belgilandi.

❗️Mazkur ta’lim shakli faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
TEXNIKUM QABUL KVOTASI DUAL.pdf
505.1 KB
Respublika bo‘yicha dual ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 7 940 ta etib belgilandi:

davlat granti asosida — 5 480 ta;
to‘lov-kontrakt asosida — 2 460 ta.
TEXNIKUM QABUL KVOTASI YURIDIK-IJTIMOIY.pdf
286.9 KB
Adliya vazirligi yuridik texnikumlariga 2024/2025-oʻquv yili kirish sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar farzandlari, “Mehribonlik uyi”va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari, I guruh nogironligi bo‘lgan, shu jumladan ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun davlat granti asosida qo‘shimcha qabul kvotasi jami 59 ta etib belgilandi.

❗️Mazkur ta’lim shakli faqat davlat granti asosida amalga oshiriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍415🔥1😢1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⌛️Pulingizni va vaqtingizni tejang!

Keyingi yil imtihonlarni kutmasdan shu yildan talaba boʻling! (Video 00:00)


Abiturient yaqinlaringizga yuborib qoʻying

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍13🔥31
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Talabalikka tavsiya etilganlar diqqatiga!

Ayni paytda talabalikka tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari o‘z yakuniga yetdi.

Endilikda, 1-kurs talabalari davlat OTMlarining yotoqxonalariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalimy.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍154🔥1🥰1🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#One_ID

1-bosqichga tavsiya etilgan talabalar yotoqxonaga joylashish
bo‘yicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza yuborishlari uchun One ID tizimidan ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍123🔥1
⚡️Apellatsiya arizalarini qabul qilish bo‘yicha

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda 18-avgustdan 27-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin.

📌 Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

🔖 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

🏢 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak.

📆 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2024-yil 22-avgustdan boshlanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍121👏1
⚡️Yoshlar daftariga kiritilgan xususiy oliygoh talabalarining 17 mln so‘mgacha bo‘lgan to‘lov-kontrakt pullari to‘lab beriladi

Vazirlar Mahkamasining 312-sonli (7.06.2022) qarori 35-bandi va mazkur nizomning 8-ilovasiga ko‘ra, quyidagi toifalar:

Temir daftarga kiritilgan oila farzandi;
Ayollar daftariga kiritilgan ayollar farzandi;
Ijtimoiy himoya yagona reestri ATga kiritilgan oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;
Mehribonlik uyi yoki Bolalar shaharchasida tarbiyalangan o‘quvchi-talaba;
Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, vasiylikka olingan kam taʼminlagan o‘quvchi-talaba;
Oila aʼzolarining kamida bittasi I guruh yoki har ikkisi II guruh nogironligi bo‘lgan kam taʼminlagn oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;
Nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchi-talaba;
Oilasi kam taʼminlangan talabaga to‘lab berilishi nazarda tutilgan.

Respublikamizdagi professional taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan davlat, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallarida:

bakalavriatning
kunduzgi
,
sirtqi
va
kechki
shaklida;
magistraturaning
kunduzgi
yo‘nalishida taʼlim olayotgan talablarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarining bir qismi to‘lab beriladi.


Ushbu xarajatlarni to‘lab berish yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida to‘lov-kontraktining 50 foizigacha, biroq BHM ning 50 baravari (17.000.000 so‘m) dan oshmagan miqdorda sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

To‘lov-kontrakt xarajatlarining bir qismini qoplab berish quyidagilar toifalarlarga amal qilmaydi:

ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik;
qo‘shma taʼlim dasturlari;
tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida taʼlim olayotganlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.


@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍496🔥2❤‍🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rasman: Kontrakt pulidan 12% qaytarib olish mumkin. Hattoki xususiy universitetdan ham!

OTMlarda oʻqiyotgan talabalar toʻlagan kontrakt pulidan yoki xususiy bog’cha va maktablar uchun qilingan to’lovlardan 12% qaytarib olish mumkin va buning uchun soliq organlariga borish shart emas🙅🏻‍♂.

Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
▫️kontrakt;
▫️ipoteka kreditlari;
▫️nodavlat bog’cha va maktablar.

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

👉 Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma;

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍344🤗1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tezkor #kontrakt #shartnoma

Barcha talabalar diqqatiga (1-kurslar ham)
❗️

⚡️Bugundan to‘lov shartnomasini olishga onlayn ariza yuborishingiz mumkin.


🖥 Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn ariza yuboring!

Arizalar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi.

Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz so‘raladi.

Ma’lumot uchun, shartnoma uchun arizalarni “KONTRAKT EDU” mobil ilovasi orqali ham yuborish mumkin.

Ilovani yuklab olish:👇
📲 iOS uchun 📲 Android uchun

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🥰1
Talaba bo'lganlar OTMga qanday hujjatlar berishi kerak?

1. Rektor nomiga ariza;
2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
3.
Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa)
5. 3,5x4,5 foto 12 ta;
6. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel);
7. Konvert A5 formatida;
8. Talabalar turar joyi (sharoiti og‘ir va kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjati bor talabalar uchun) ariza (kerak bo‘lsa)
9. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, agar bo‘lsa).

Eslatma: Bu hujjatlar Qabul komissiyasi 2022-yilda tasdiqlagan variant. Bu yil ro'yxatda o'zgarish bo'lishi mumkin. Kanalni kuzatib borsangiz, bu haqida xabar beramiz.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍434🔥2🥰1
⚡️Yangi o‘quv yilining boshlanish sanalari

✔️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra 2024/2025-o‘quv yili:

oliy ta’lim muassasalarida – 9-sentyabr;
akademik litseylarda – 4-sentyabr;
kasb-hunar maktablarida – 4-sentyabr;
kollej va texnikumlarning 2- va undan yuqori kurslari uchun – 4-sentyabr kunidan boshlanishi belgilandi.

🔹Kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun 2024/2025-o‘quv yilining boshlanishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍253
⚡️Shoshiling, ikki kun qoldi! 56.7 balldan kam to‘plaganlar ham kollej/texnikum tanlovida qatnasha oladi

Xabaringiz bor ayni kunlarda oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar my.uzbmb.uz saytida kollej yoki texnikumlarning kasb va mutaxassisligi hamda ta’lim shaklini tanlamoqda. Tanlov 27-avgustga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Bunda amaldagi tartibga ko‘ra kirish imtihonlarida qatnashgan barcha abituriyentlar tanlovda ishtirok etishi mumkin. Kollej/texnikumlarga qabulda minimal o‘tish ballari belgilanmagan.

Shunday ekan, sizlarda 2 kun vaqt qolmoqda.

❗️Ma’lumot uchun joriy yilda texnikum yoki kollejlarga alohida ro‘yxatdan o‘tib, imtihon topshirilmaydi. Yoʻnalish tanlab qoʻysa boʻldi. Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin.

Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari (MANDAT) tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍221🔥1
⚡️Talaba qanday holatlarda akademik taʼtil olishi mumkin?

harbiy xizmatni oʻtash uchun;
salomatligini tiklash uchun;
homiladorlik va tugʻish uchun;
bolalarni parvarish qilish uchun;
oilasining betob aʼzosini (otasi, onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar, turmush oʻrtogʻi, farzandi) parvarish qilish uchun akademik taʼtil beriladi.

SAVOL: Talabaning akademik ta’til olish haqidagi murojaati qay tartibda ko‘rib chiqiladi?

JAVOB:
Akademik ta’til olish uchun talaba tomonidan OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qilinadi.

Arizaga akademik ta’til olish uchun sabab bo‘lgan holatni asoslovchi hujjat (talabani harbiy xizmatga chaqirish haqidagi chaqiruv qog‘ozi yoki talaba doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi yoxud oilasining betob a’zosi doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi) ilova qilinadi.

Murojaat bir haftalik muddatda ko‘rib chiqilib, ta’til berish OTM rektorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Unda akademik ta’tilning boshlanish va tugash sanasi ko‘rsatiladi.

Eslatma:
— Talabaga akademik taʼtil berilishi uni oliy taʼlim muassasasidan chetlashtirish deb hisoblanmaydi.
— Talabalarga akademik taʼtil davrida stipendiyalar toʻlanmaydi.
— Akademik taʼtildan belgilangan muddatda qaytgan talabalarga ilgari oʻzlashtirilgan fanlarni qayta oʻzlashtirish majburiyati yuklatilmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍19
🇺🇿 Xususiy oliygohlar ro'yxati

Profi University
IT Park University
Central asian university
Acharya University
Alfraganus University
Angren universiteti
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
British management university
Buxoro innovatsion ta'lim va tibbiyot universiteti
Buxoro innovatsiyalar universiteti
Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti
Central Asian Medical University
Central asian university
Digital university
Diplomat University
EMU-university
Fan va Texnologiyalar Universiteti
Farg'ona shahridagi Koreya xalqaro universiteti
Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot instituti
Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti
Impuls BSR
International school of finance technology and science
Ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti
IT Park University
Japan digital university
Maʼmun universiteti
Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi
Millat umidi universiteti
Navoiy innovatsiyalar instituti
Nukus innovatsion instituti
Oriental universiteti
Osiyo texnologiyalar universiteti
Osiyo xalqaro universiteti
PDP University
Perfect University
Qarshi xalqaro universiteti
Qo‘qon universiteti
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti
Renessans ta'lim universiteti
Samarqand xalqaro texnologiya universiteti
SAMBHRAM universitet
STARS International University
Tashkent international university
Tashkent international university of education
Tashkent Metropolitan University
TEAM University
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
The Oxus universiteti
TMC institute
Toshkent amaliy fanlar universiteti
Toshkent gumanitar universiteti
Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti
Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti
Toshkent kimyo xalqaro universiteti
Toshkent menedjment va iqtisodiyot instituti
Toshkent Xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
Turan International University
Turon universiteti
University of Business and Science
University of economics and pedagogy
University of management and future technologies
Urganch Innovatsion Universiteti
Urganch RANCH texnologiya universiteti
Xalqaro innovatsion universitet
Xalqaro Nordik universiteti
Yangi Asr Universiteti
Zarmed Universiteti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3610👏2🥰1