Ta'limda nima gap?
79.4K subscribers
289 photos
132 videos
110 files
1.07K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
19-21-avgust oralig‘ida o’qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda

Bilimni baholash agentligining mutaxasislari o‘qishni ko‘chirish uchun test sinovlari 19-21-avgust kunlarida o’tkazilishi rejalashtirilayotganligini e’lon qildi. Imtihon sanasi aniq bo‘lganda, agentlikning rasmiy sahifalarida xabar qilinadi.
 
Shuningdek, imtihon bo‘lib o‘tadigan manzil, ruxsatnoma talabgorlarning shaxsiy kabinetlariga imtihondan oldin yuboriladi.
 
@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍305🔥2
⚡️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha yuborilgan arizalarning kamchiliklarini bartaraf etish imkoni berilmoqda

2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalararo talabalar o‘qishini ko‘chirish, tiklash (koʻchirib tiklash) bo‘yicha transfer.edu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 2024-yil 15-avgust kuni soat 17:00 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin.

15-avgust soat 17:00 dan keyin texnik kamchiliklarni tuzatish to‘xtatiladi.

❗️Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan u yoki bu hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati yo‘q.


@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍264🥱4👌3🔥2
Maktablarda yangi o‘quv yili 4-sentabrdan boshlanadi

Maktab vazirligi xabariga ko'ra, qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanganligini inobatga olib, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yangi — 2024-2025-o‘quv yili joriy yilning 4-sentabr kunidan boshlanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍14🥰8🤣4🔥2🎉2
#foydali #IT

💥Business Intelligence kurslarida GRANT evaziga oʻqib, kafolatlangan ish joyiga ega boʻling!

IT Park va “MAAB Innovation” BI boʻyicha kurslarni yoʻlga qoʻymoqda. Dastur davomida Data Analytics va Data Engineering (maʼlumotlar tahlili va muhandisligi) boʻyicha taʼlim beriladi.

Muvaffaqiyatli nomzodlar kurs narxining 70 foizigacha boʻlgan miqdorda grantlarni qoʻlga kiritishi mumkin.

🔰Dasturning oʻziga xos jihatlari:

— Har bir muvaffaqiyatli bitiruvchi 100 foiz kafolatlangan ish oʻrniga ega boʻladi;
— Dasturni tamomlagach, Oʻzbekistondan turib xorijiy kompaniyalarda masofaviy ishlash mumkin;
— Taʼlim jarayoniga maʼlumotlar va bulutli texnologiyalar sohasidagi yetakchi ekspertlar jalb qilinadi, bu esa yuqori darajadagi tayyorgarlikni taʼminlaydi.

❗️Maʼlumot uchun, bugungi kunda dunyoda 2 milliondan ortiq BI mutaxassisiga ehtiyoj mavjud. 2026-yilga borib esa bu koʻrsatkich 12 millionga yetishi kutilmoqda.

“MAAB Innovation” kompaniyasi aynan shu soha boʻyicha Oʻzbekiston va AQSHda 700 dan ziyod malakali mutaxassislarni oʻqitib, ularning 99 foizini ishga joylashtirgan. Ayni paytda dasturni tamomlaganlar “Microsoft”, “Google”, “Amazon”, “Meta”, “EPAM”, “Exadel”, “Vention” kabi yirik kompaniyalarda faoliyat yuritmoqda.

Batafsil maʼlumot uchun: Telegram
👍131🔥1
⚡️Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari e'lon qilindi

📆 Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib:

1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan - jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍122🥰1
#o‘qishni_ko‘chirish #kasbiy_ijodiy_imtihon

⚡️ Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 16–17-avgust kunlari o‘tkaziladi


Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 16–17-avgust kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.

Talabgorlar imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan olishlari mumkin.

Unda kasbiy (ijodiy) va test sinovi imtihonlarining o‘tkazilish joyi, sanasi hamda vaqti haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

⚠️ ESLATMA: kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnashgan talabgorlar, majburiy fanlar (ona tili, matematika, tarix)dan o‘tkaziladigan test sinovlarida ham ishtirok etishlari shart. Aks holda, ularning kasbiy (ijodiy) imtihonda olgan ballari inobatga olinmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍171
#qabul2024 #ikkinchi_mutaxassislik

⚡️ Bugun, soat 17:00da ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha yuborilgan arizalarni tahrirlash yakunlanadi

🔰 2024/2025-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga (ikkinchi mutaxassislikka) qabul uchun my.edu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 2024-yil 16-avgust kuni soat 17:00 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari lozim.

☝️Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

❗️Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati mavjud emas.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍31🗿64🥰3
⚡️Ertadan kollej-texnikumlarga qabul boshlanadi

Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 18-avgustdan 27-avgustga qadar 10 kun davomida my.uzbmb.uz saytida professional ta’lim muassasasi (kollej yoki texnikum), kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlashlari lozim.

❗️Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin.

🗓 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27🥰3
❗️Joriy yilda texnikum yoki kollejlarga alohida ro‘yxatdan o‘tib, imtihon topshirilmaydi

Prezidentning PF-81-son farmoniga asosan my.uzbmb.uz sayti orqali 5–25-iyun kunlari onlayn ro‘yxatdan o‘tib, kirish imtihonlarida qatnashgan abituriyentlar o‘z xohishiga ko‘ra, bugun 18-avgustdan kollej va texnikumlarga qabul tanlovida ham ishtirok etishi mumkin.

Buning uchun 27-avgustga qadar (shu kuni ham) my.uzbmb.uz saytida mutaxassislik fanlari (1- va 2-fan)ga mos kollej yoki texnikumning kasb va mutaxassisligi hamda ta’lim shaklini tanlashlari lozim. Shundan so‘ng abituriyentlar OTMga kirish imtihonlarida to‘plagan ballari bilan tanlovda ishtirok etadi.

Kollej va texnikumlar uchun ta’lim shakllari bo‘yicha kvotalar post ostida joylanadi.

Shunigdek, Adliya vazirligi yuridik texnikumlari uchun qo‘shimcha kvota: bu yerda.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍174🔥2
KOLLEJ QABUL KVOTASI KUNDUZGI.pdf
434.6 KB
Respublika bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 9 587 ta etib belgilandi:

davlat granti asosida — 4 822 ta;
to‘lov-kontrakt asosida — 4 765 ta.
KOLLEJ QABUL KVOTASI KECHKI.pdf
298 KB
Respublika bo‘yicha kechki ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 60 ta etib belgilandi.

❗️Mazkur ta’lim shakli faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
KOLLEJ QABUL KVOTASI SIRTQI.pdf
352.6 KB
Respublika bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 4 050 ta etib belgilandi.

❗️Mazkur ta’lim shakli faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
KOLLEJ QABUL KVOTASI DUAL.pdf
354.9 KB
Respublika bo‘yicha dual ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 2 280 ta etib belgilandi:

davlat granti asosida — 600 ta;
to‘lov-kontrakt asosida — 1 680 ta.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍182🤷‍♂1🔥1
TEXNIKUM QABUL KVOTASI KUNDUZGI.pdf
970.6 KB
Respublika bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 67 725 ta etib belgilandi:

davlat granti asosida — 30 441 ta;
to‘lov-kontrakt asosida — 37 284 nafar.
TEXNIKUM QABUL KVOTASI KECHKI.pdf
284.1 KB
Respublika bo‘yicha kechki ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 1 450 ta etib belgilandi.

❗️Mazkur ta’lim shakli faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
TEXNIKUM QABUL KVOTASI SIRTQI.pdf
488.2 KB
Respublika bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 13 105 ta etib belgilandi.

❗️Mazkur ta’lim shakli faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
TEXNIKUM QABUL KVOTASI DUAL.pdf
505.1 KB
Respublika bo‘yicha dual ta’lim shakliga qabul kvotasi jami 7 940 ta etib belgilandi:

davlat granti asosida — 5 480 ta;
to‘lov-kontrakt asosida — 2 460 ta.
TEXNIKUM QABUL KVOTASI YURIDIK-IJTIMOIY.pdf
286.9 KB
Adliya vazirligi yuridik texnikumlariga 2024/2025-oʻquv yili kirish sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar farzandlari, “Mehribonlik uyi”va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari, I guruh nogironligi bo‘lgan, shu jumladan ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun davlat granti asosida qo‘shimcha qabul kvotasi jami 59 ta etib belgilandi.

❗️Mazkur ta’lim shakli faqat davlat granti asosida amalga oshiriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍415🔥1😢1