Ta'limda nima gap?
79.4K subscribers
289 photos
132 videos
110 files
1.07K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#abituriyent   #test2024

Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bo‘yicha yo‘riqnoma (2024-2025-o‘quv yili uchun)

Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 27-iyuldan 10-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.

Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.

Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi.

Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi.

Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin.

📱 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.

🖥 Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin.

❗️Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin.

🗓 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍616🔥3
56.7 va 68 minimal o'tish ballari saqlanib qoladigan bo'ldi!

O'tish balli 57 bo'lganda agar siz 57.2 to'plagan bo'lsangiz kontraktga kirish ehtimolingiz bo'ladi

Xuddi shu kabi grand o'tish bali 68 bo'lsa sizda 69 ball bo'lsa siz grandga qabul qilinishingiz mumkin degani

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍279🤣4724🔥16😇16👏10
⚡️ "Perevod" uchun qabul qachongacha davom etadi?

15-iyuldan OTMlarda o‘qishni ko‘chirish jarayonlari boshlangan.

🗂 O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 5-avgustga qadar davom etadi va quyidagi 2 ta platforma orqali qabul qilinadi:

👉 transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga

🎓 O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga kochirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:

👰‍♀️Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
🧑‍✈️Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.

💵 O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍76🔥3😁32🥰2
❗️Ball tushadigan koʻrinadi!

Oʻrtacha oʻtish ballari juda-juda PAST!

Hududlar kesimidagi o'rtacha ballar:

1. Buxoro viloyati: 79.64 ball
Hujjat topishirgan Buxorolik abituriyentlar soni: 38084 ta

2. Toshkent shahri: 78.41 ball
Abituriyentlar soni: 39518 ta

3. Farg'ona viloyati: 74.105 ball
Abituriyentlar soni: 73146 ta

4. Xorazm viloyati: 72.075 ball
Abituriyentlar soni: 41854 ta

5. Namangan viloyati: 71.488 ball
Abituriyentlar soni: 46480 ta

6. Samarqand viloyati: 70.053 ball
Abituriyentlar soni: 87570 ta

7. Navoiy viloyati: 69.782 ball
Abituriyentlar soni: 32725 ta

8. Qashqadaryo viloyati: 68.904 ball
Abituriyentlar soni: 84874 ta

9. Jizzax viloyati: 68.633 ball
Abituriyentlar soni: 43232 ta

10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi: 68.097 ball
Abituriyentlar soni: 51502 ta

11. Surxondaryo viloyati: 67.739 ball
Abituriyentlar soni: 57199 ta

12. Toshkent viloyati: 67.709 ball
Abituriyentlar soni: 59188 ta

13. Andijon viloyati: 67.401 ball
Abituriyentlar soni: 59951 ta

14. Sirdaryo viloyati: 67.332 ball
Abituriyentlar soni: 25028 ta


© Manba

❗️♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating!

#Qabul2024 #Abituriyent2024 #abituriyent


@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍50❤‍🔥61
​​​​Abituriyentning hozirgi kun tartibi:

1. Nonushtaga yo'q ishtaxa bilan 2 ta mandatli tuxum va mandatli choy...

2. Nonushtadan keyin uydagilar bilan mamdat haqida suhbat...

3. MandatNet va MandatGram da mandat haqida yolg'on ma'lumotlar tarqatayotgan ba'zi kanallarda mandat haqida postlarni ko'rib chiqish...

4. Tushlik uchun yemay ham qo'yaveramiz ...😉😂

5. Ovqat emas mandat bilan to'la qoringa bitta mandatli qisqa uyqu... (Mandatli tushlar bilan...)

6. Uyqudan uyg'onib yana nonushtadan keyingi mandatli faoliyatni qaytarish...

7. Kechki ovqatga mandatli nimadir yeb bo'lgach, Zohidning "Qaydasan mandat", Ummoning "Mandatginam", ... va shu kabi mandatli qo'shiqlar...

8. Mandat... mandat ... mandaaaaaatttttttt...

🤪🤪 Bu ketishda tomim aniq mandat bo'lib qoladi...

🤪 Alpomish mandatni ushlab hey menga qara ifffffflllll......... deb quyidagi misralarni aytib turgan joyi ekan:

Butun xalqning og'zidasan, beting bormi?

Bo'gib tashlay desam seni eting bormi?

Vada berib chiqmadingku, bordir ginam,

Kampirlarni g'iybatida mandatginam... 🤣🤣🤣

Nima ham derdik, har kuningiz mandat bo'lsin deya ikki yoshga mandatli umr tilayman!

Xullas, rostan tomim ketdi shekilli...

✍️
Elyorbek Sulaymonov
🤣134👍41🤯10🔥4💯4👏3
Super-kontrakt miqdorlari 2024 (1).pdf
668.9 KB
⚡️Super-kontrakt narxlari-2024

Mazkur faylda 2024/2025 oʻquv yili uchun yo‘nalishlar kesimida tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.

Ushbu super-kontrakt narxlari 2024/2025 oʻquv yili uchun stipendiyasiz bazaviy kontrakt miqdori asosida hisoblandi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍30😱156🔥4🥱2
Universitetga kirishni qiyin deb o’ylaysizmi?

📊 Har yili millionlab abituriyentlar universitetga hujjat topshiradi-yu, ularning faqatgina 200 mingtasi talaba bo’lishga erishadi.

⚠️ Buni o’zgartirish vaqti keldi, talabalik endi muammo emas. Axir, biz bilan universitetga kirish endi oson! Qanday qilib deysizmi?

✔️ 10avgust.uz saytiga kiring va bizga qo’shiling. Yangilik 10-avgust kuni e’lon qilinadi. Barcha savollaringizga bizda yechim bor.
👍64🕊86🔥4🤔4🤷‍♂2
Ikkinchi mutaxassislik nima?

➡️ 2-mutaxassislik — o‘zi oliy ma’lumotga ega abituriyentning yana bir oliy ma’lumot olish uchun o‘qishi. Bunda abituriyent imtihondan o'tsa, to‘lov-kontrakt asosida 2-kursdan o‘qiydi. Ya’ni 2-mutaxassislik bilan kirgan talabalar boshqalardan bir yil kamroq o‘qiydi.

Imtihon qanday bo‘ladi?

Hamma OTM 2-mutaxassislik uchun imtihon qanday bo‘lishini, baholash mezonlarini o‘zi tanlaydi. Bu degani 2-mutaxassislik uchun imtihon suhbat bo‘lishi ham mumkin va kirish imtihoniga qaraganda imkoniyat ko‘proq bo‘ladi.

2-mutaxassislikka qabul iyul oyida bo'ladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30🔥81
Maqsadli qabul bilan grantga kirishning nimasi foyda, nimasi zarar?

📌 Agar siz maqsadli qabuldan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, unda bu postni, albatta, o‘qing.

Maqsadli qabulda kimlar qatnasha oladi?
Kvota tasdiqlangach, maqsadli qabul o‘rinlari hududlar kesimida bo'linadi. Aynan bir hududga ajratilgan maqsadli qabul kvotasidan foydalanish uchun o‘sha hududda doimiy yashaydigan (propiskasi bor) abituriyent maqsadli qabuldan foydalanadi.

📄Abituriyentning umumiy o‘rta yoki o‘rta ta’limni tugatganligi to‘g‘risida hujjati, ya’ni shahodatnomasi ham bo‘lishi kerak.

Maqsadli qabulga kvotalar qanday taqsimlanadi?

Kvotalar yo‘nalishlar kesimida va yo‘nalishlar kesimidagi o‘rinlar esa hududlar kesimida taqsimlanadi. Masalan, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi kabi yo‘nalishlar alohida ajratiladi.

Maqsadli qabulda yetarli ball to‘plolmaganlar o‘qishdan yiqiladimi?

Maqsadli qabul tanlovida qatnashgan abituriyent kerakli ballni yig‘sa, u grant asosida talaba bo‘ladi. Lekin to‘play olmasa, boshqa abituriyentlar bilan birgalikda umumiy tanlovda qatnashadi. Balli yetsa, albatta, talaba bo'ladi.

O‘qishga topshirayotganda maqsadli qabul qanday tanlanadi?

OTMga kirish uchun onlayn ariza topshirayotgan abituriyent maqsadli qabulni tanlasa, ham maqsadli, ham umumiy tanlovda ishtirok etadi. Masalan, Toshkent tibbiyot universitetining Davolash ishi yo‘nalishiga abituriyent yashayotgan hududga 2 ta joy ajratilgan bo‘lsa, u ham shu 2 ta joy uchun, ham ajratilgan umumiy kvota uchun tanlovda qatnashadi.

❗️Maqsadli qabul bilan pastroq ball to‘plab ham grantga kirish mumkin.
Lekin 2 ta narsani hisobga olish kerak:

Maqsadli qabul bilan o‘qishga kirgan talabaga "perevod"ga ruxsat berilmaydi;

➡️ Keyinchalik o‘qishni tugatgandan so‘ng o‘z hududida 5 yil ishlab berish majburiyati qo‘yiladi.

❗️♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating!

#Qabul2024 #Abituriyent2024 #abituriyent


@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍775🤷‍♂4
❗️Ta'lim shaklini tanlashda e’tibor bering: Taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talabalarga ajratiladi

Kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 10-avgustga qadar oliy ta’lim muassasalari, ta’lim yo‘nalishlarini va ta’lim shaklini tanlashlari lozim.

Shu o‘rinda bir muhim faktni unutmaslik lozim Prezidentining Farmoni (27.05.2024-yildagi PF-82-son) asosan endi taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talabalarga ajratiladi.

Xuddi shunday xotin-qizlarga ajratiladigan imtiyozli foizsiz taʼlim krediti ham endi faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiydiganlarga ajratiladi.

Sirtqi, kechki yoki masofaviy ta‘lim shaklini tanlagan talabalarga taʼlim krediti ajratilmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍6311😢9🥰5😱5🔥2
19-21-avgust oralig‘ida o’qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda

Bilimni baholash agentligining mutaxasislari o‘qishni ko‘chirish uchun test sinovlari 19-21-avgust kunlarida o’tkazilishi rejalashtirilayotganligini e’lon qildi. Imtihon sanasi aniq bo‘lganda, agentlikning rasmiy sahifalarida xabar qilinadi.
 
Shuningdek, imtihon bo‘lib o‘tadigan manzil, ruxsatnoma talabgorlarning shaxsiy kabinetlariga imtihondan oldin yuboriladi.
 
@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍305🔥2
⚡️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha yuborilgan arizalarning kamchiliklarini bartaraf etish imkoni berilmoqda

2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalararo talabalar o‘qishini ko‘chirish, tiklash (koʻchirib tiklash) bo‘yicha transfer.edu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 2024-yil 15-avgust kuni soat 17:00 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin.

15-avgust soat 17:00 dan keyin texnik kamchiliklarni tuzatish to‘xtatiladi.

❗️Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan u yoki bu hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati yo‘q.


@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍264🥱4👌3🔥2
Maktablarda yangi o‘quv yili 4-sentabrdan boshlanadi

Maktab vazirligi xabariga ko'ra, qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanganligini inobatga olib, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yangi — 2024-2025-o‘quv yili joriy yilning 4-sentabr kunidan boshlanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍14🥰8🤣4🔥2🎉2
#foydali #IT

💥Business Intelligence kurslarida GRANT evaziga oʻqib, kafolatlangan ish joyiga ega boʻling!

IT Park va “MAAB Innovation” BI boʻyicha kurslarni yoʻlga qoʻymoqda. Dastur davomida Data Analytics va Data Engineering (maʼlumotlar tahlili va muhandisligi) boʻyicha taʼlim beriladi.

Muvaffaqiyatli nomzodlar kurs narxining 70 foizigacha boʻlgan miqdorda grantlarni qoʻlga kiritishi mumkin.

🔰Dasturning oʻziga xos jihatlari:

— Har bir muvaffaqiyatli bitiruvchi 100 foiz kafolatlangan ish oʻrniga ega boʻladi;
— Dasturni tamomlagach, Oʻzbekistondan turib xorijiy kompaniyalarda masofaviy ishlash mumkin;
— Taʼlim jarayoniga maʼlumotlar va bulutli texnologiyalar sohasidagi yetakchi ekspertlar jalb qilinadi, bu esa yuqori darajadagi tayyorgarlikni taʼminlaydi.

❗️Maʼlumot uchun, bugungi kunda dunyoda 2 milliondan ortiq BI mutaxassisiga ehtiyoj mavjud. 2026-yilga borib esa bu koʻrsatkich 12 millionga yetishi kutilmoqda.

“MAAB Innovation” kompaniyasi aynan shu soha boʻyicha Oʻzbekiston va AQSHda 700 dan ziyod malakali mutaxassislarni oʻqitib, ularning 99 foizini ishga joylashtirgan. Ayni paytda dasturni tamomlaganlar “Microsoft”, “Google”, “Amazon”, “Meta”, “EPAM”, “Exadel”, “Vention” kabi yirik kompaniyalarda faoliyat yuritmoqda.

Batafsil maʼlumot uchun: Telegram
👍131🔥1
⚡️Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari sanalari e'lon qilindi

📆 Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib:

1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan - jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash hamda javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun 3 soat vaqt beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍122🥰1
#o‘qishni_ko‘chirish #kasbiy_ijodiy_imtihon

⚡️ Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 16–17-avgust kunlari o‘tkaziladi


Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi, shuningdek, O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 16–17-avgust kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.

Talabgorlar imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan olishlari mumkin.

Unda kasbiy (ijodiy) va test sinovi imtihonlarining o‘tkazilish joyi, sanasi hamda vaqti haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

⚠️ ESLATMA: kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnashgan talabgorlar, majburiy fanlar (ona tili, matematika, tarix)dan o‘tkaziladigan test sinovlarida ham ishtirok etishlari shart. Aks holda, ularning kasbiy (ijodiy) imtihonda olgan ballari inobatga olinmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍171
#qabul2024 #ikkinchi_mutaxassislik

⚡️ Bugun, soat 17:00da ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha yuborilgan arizalarni tahrirlash yakunlanadi

🔰 2024/2025-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga (ikkinchi mutaxassislikka) qabul uchun my.edu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 2024-yil 16-avgust kuni soat 17:00 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari lozim.

☝️Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

❗️Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati mavjud emas.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍31🗿64🥰3
⚡️Ertadan kollej-texnikumlarga qabul boshlanadi

Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 18-avgustdan 27-avgustga qadar 10 kun davomida my.uzbmb.uz saytida professional ta’lim muassasasi (kollej yoki texnikum), kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlashlari lozim.

❗️Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin.

🗓 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27🥰3