Ta'limda nima gap?
79.7K subscribers
290 photos
132 videos
110 files
1.07K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😂Talabalar yotoqxonasi oldida tarvuz sotishning oqibati...

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣88😁12👍103
🥸 Endi o‘qituvchilar tanlov asosida ishga olinadi — prezident

Bundan buyon o‘qituvchilikka qabul qilish tanlov asosida bo‘ladi.

✔️Ilk bor qabul qilingan nomzodlar 1 yil o‘qituvchi-stajyor bo‘lib ishlaydi va yil yakuni bilan kasbiy sertifikat olishi lozim bo‘ladi.

Kelgusida bu tizim barcha o‘qituvchilar uchun bosqichma-bosqich joriy qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24🤔7
💲Ta'lim krediti olish uchun onlayn ariza topshirish mumkin

Taʼlim kreditini olish jarayoni endi yanada osonlashdi o‘rtoqlar! Endilikda kreditga ariza berish uchun Talim-krediti.uz maxsus platformasiga kirib ariza yuborsangiz bo‘ldi. Bankka bormasdan kreditga ariza yuborishingiz mumkin.

Buning uchun:

✔️Kreditga ariza yuborishda arizachi:
☑️Pasporti yoki ID raqami;
☑️Tug‘ilgan sanasi (kun, oy va yil);
☑️FISH kiritiladi.

✔️Manzil:
☑️Manzilingiz(viloyat tuman mahalla ko‘cha/xonadon raqami va telefon raqami kiritiladi;

✔️Kredit maʼlumotlari:
☑️Yaʼni taʼlim shakli, oliy taʼlim muassasasi maʼlumotlari, moliyalashtiruvchi bank manzili, kontrakt summasi va garov turi kiritiladi.

✔️Kredit olish jarayoni quyidagicha:
☑️Onlayn ariza qoldirish;
☑️Arizani ko‘rib chiqish;
☑️Hujjatlarni rasmiylashtirish;
☑️Kredit ajratish.

🔽Ariza yuborish uchun ta'lim krediti olish ni bosing.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍292🔥1😁1
❤️‍🔥Ideal ta'lim muhiti:

🔴toza stol;
🔴yopiq xona;
🔴quyosh allaqachon botgan, yorug'lik faqat stol ustidagi chiroqdan;
🔴zarur ish yuritish materiallari;
🔴qo'lyozma yozuvlar;
🔴noutbuk / planshet / darsliklar;
🔴diqqatni jamlash uchun sokin musiqa;
🔴bir chashka qahva yoki choy.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍287🔥3👏2🥰1
✔️Ta'lim kreditlarini qaysi banklardan olsa bo'ladi?

Yangi tartib asosida beriladigan ta’lim kreditini qaysi banklardan olish mumkin degan savol bugungi kunda talabalar uchun juda dolzarbdir. Moliya Vazirligi e’lon qilgan ta’lim krediti ajratadigan banklar ro’yxatiga ko’ra quyidagi 11 ta bank hozidgi vaqtda ta’lim kreditini ajratadi:

🗣️Talaba yigitlarga 14%, xotin-qizlarga esa 0% dan kredit ajratuvchi banklar ro'yxati

🏦Agrobank
🏦Aloqabank
🏦Asakabank
🏦Ipoteka-bank
🏦MKBank
🏦Orient finans bank
🏦Turonbank
🏦Xalq banki
🏦O‘zmilliybank
🏦O‘zsanoatqurilishbank
🏦Qishloqqurilishbank
🏦Hamkorbank

Ushbu banklarning istalgan filialiga ta’lim krediti olish uchun murojaat qilish mumkin. Qanday hujjatlar talab etilishini bu yerda o'qishingiz mumkin.

Ta’ilim krediti uchun arizalar sentyabr oyidan boshlab qabul qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍28👏62🤯2
📌Yangi o'quv yili boshlanganda men nafaqat o'qishim, balki:

☑️sevimli mashg'ulotimga vaqt ajrataman;
☑️shoshilmiman;
☑️birinchi navbatda ruhiy salomatlikni qo'yaman;
☑️ko'p yuraman;
☑️o'z-o'zini rivojlantirish bilan shug'ullanaman:
☑️turli mavzularda muloqot qilaman.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26🔥3❤‍🔥2😁2
👮‍♀️Xususiy sheriklik asosida kelgusi yilda 50 ta (35 ming o‘quvchi o‘rni) maktabni barpo etish ishlari boshlanadi.

Xususiy sektorga qo‘shimcha sharoitlar yaratish orqali yiliga kamida 25 ming o‘quvchi o‘rni tashkil qilinadi.

💬Buning uchun tadbirkorlarga xususiy maktab tashkil qilish uchun kreditning 7 foiz qismi byudjetdan qoplab beriladi.

Yangi maktab qurish uchun yer maydonlari faqat maktab qurish uchun maqsadli auksionga chiqariladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍172🔥1
⚡️Talabalar to‘lov shartnomasini onlayn olishi mumkin

Talabalikka tavsiya etilganlar to‘lov-shartnoma uchun oliy ta’lim muassasasiga borishi shart emas. Buni maxsus portal orqali onlayn amalga oshirish mumkin.

‼️Barcha talabalar, shu jumladan, birinchi kursga tavsiya etilgan talabalar ham yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab shartnomalarni elektron shaklda onlayn olishi mumkin.

Buning uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus elektron portalida ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Shuningdek, ushbu portal orqali «super-kontrakt» uchun ham ariza qoldirish va shartnoma rasmiylashtirish mumkin.

✔️Qonunchilikka ko‘ra, talabalarga kontrakt to‘lovini qismlarga bo‘lib to‘lash imkoniyati ham berilgan:

Jumladan:

kontraktning kamida 25 foizini I kurslar 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda II va undan keyingi kurslar 1-oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

kontraktning kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1 aprelgacha va 100 foizi 1 iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

xorijiy fuqarolar OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha.

Super-kontraktni to‘lash muddati va miqdorlari Davlat qabul komissiyasi tomonidan (o‘quv yilining birinchi yarmi uchun), qolgan qismi OTM rahbariyati tomonidan belgilanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26🤔32👌1
🎒Kelgusi yilda 50 ta, 2025 yilda yana kamida 100 ta maktabni xususiy sheriklik asosida quriladi

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kelgusi yilda 50 ta, 2025-yilda yana kamida 100 ta maktabni xususiy sheriklik asosida qurish bo‘yicha investorlar bilan kelishuvga erishib, amaliy ishlarni boshlash topshirildi.

🎒Umuman, 2030-yilgacha har yili 100 tadan maktab qurilishiga xususiy sheriklarni jalb qilish vazifasi qo‘yildi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🥰21
✔️Davlat xizmatlari markazlariga borib yotoqxonaga ariza berish mumkin

1-kurslar yotoqxonaga arizani my.gov.uz orqali bepul elektron tarzda jo‘natishi mumkin.

Lekin agar buni qilishda qiynalayotgan bo‘lsangiz, o‘zingizga yaqin Davlat xizmatlari markaziga borib o‘sha yerda ariza topshirishingiz mumkin.

❗️Eslatma: bu xizmat faqat 1-kurslar uchun. Katta kurs talabalari OTMga ariza yuboradi.

1-kurs talabalari, yotoqxonaga ariza topshirib bo‘ldingizmi?

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥21
🎓Magistratura qabul natijalari e’lon qilinmoqda

2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan 20 054 nafar fuqaroning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

✔️Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlardan 9 074 nafarining hujjati belgilangan talab darajasida bo‘lmaganligi sababli asoslantirilgan holda rad etildi. Talab darajasida bo‘lgan 10 980 nafar talabgor arizasi tanlovda ishtirok etdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, 6 393 nafar talabgor o‘qishga tavsiya etildi, shundan:
◀️davlat granti — 3 238 nafar;
◀️to‘lov-kontrakt — 3 155 nafar.

To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan talabgorlarning 2 160 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi.

☝️Talabgorlar natijalarni http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

‼️Eslatma: Prezident qaroriga asosan, oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍83🔥2
🇺🇿O‘zbekistonda talabalar uchun nomli stipendiyalar ro‘yxati yangilandi — ular kimlarga beriladi?

“A’lo”ga o‘qiydigan hamda ijodiy ishda qatnashadigan talabalar uchun nomli davlat stipendiyalari ta’sis etildi.

✔️O‘zbekistonda talabalar uchun nomli stipendiyalar ro‘yxati yangilandi. Bu haqda prezidentning PF-132 sonli farmoni bilan kiritilgan o‘zgartirishlarda nazarda tutilgan.

Hujjatga ko‘ra, barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari “a’lo” (ko‘pi bilan 25 foizi “yaxshi”) bo‘lgan hamda ijodiy ishda qatnashadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qiyotgan oxirgi ikki kurs talabalari uchun nomli davlat stipendiyalar ta’sis etildi.

◀️Stipendiyalar:
👉texnika yo‘nalishlarida — Beruniy;
👉tibbiyot yo‘nalishlarida — Ibn Sino;
👉gumanitar yo‘nalishlarda — Navoiy;
👉tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarida — Kamoliddin Behzod;
👉tabiiy yo‘nalishlarda — Ulug‘bek;
👉kinematografiya yo‘nalishida — Xudoybergan Devonov;
👉tarix va geografiya yo‘nalishlarida — Bobur;
👉jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida — Pahlavon Mahmud;
👉O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida — Imom al-Buxoriy;
👉Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalarida — To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov;
barcha yo‘nalishlarda — Islom Karimov nomli.

➡️Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Kamoliddin Behzod va Ulug‘bek nomli davlat stipendiyalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori kurslarning har ming nafar talabasiga bittadan tayinlanadi.
➡️Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasiO‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining uch nafar yuqori kurs talabasiga beriladi.
➡️Xudoybergan Devonov nomli davlat stipendiyasikinematografiya sohasi uchun kadrlar tayyorlovchi har bir oliy ta’limmuassasasining bir nafar yuqori kurs talabasi uchun mo‘ljallangan.
➡️Bobur nomli davlat stipendiyasi tarix va geografiya yo‘nalishlari uchun kadrlar tayyorlovchi har bir oliy ta’limmuassasasining bir nafar yuqori kurs talabasigaga beriladi.
➡️Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasijismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlari uchun kadrlar tayyorlovchi har bir oliy ta’lim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasi uchun tayinlanadi.
➡️To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi har bir oliy ta’lim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga beriladi.
➡️Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi esa har bir oliy ta’lim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga tayinlanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🤔31
🗂Ta'lim krediti olish uchun talab qilinadigan hujjatlar:

Ariza;
Pasport;
Kreditni qaytarish bo‘yicha ta’minot;
Ta’lim muassasasi bilan tuzilgan shartnoma.

‼️Ta'lim kreditlarini banklardan olish mumkun.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍5🔥1
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasiga 2023/2024 o‘quv yili uchun tanlov jarayoni yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasiga tanlov jarayoni nihoyasiga yetdi.

☝️Mazkur tanlovlarda “Prokurorlik faoliyati”, “Korrupsiyaga qarshi kurashish”, “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” mutaxassisligi bo‘yicha ta’limning kunduzgi, shuningdek “Prokurorlik faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha ta’limning sirtqi shakli uchun jami 442 nafar nomzod ishtirok etdilar.

📌Nomzodlar to‘plagan ballari bilan o‘z pasport (ID-karta) raqami orqali quyidagi ro‘yxatda tanishishlari mumkin.

Tanlov yakuniga ko‘ra, ushbu mutaxassisliklar bo‘yicha nomzodlar to‘plagan ballarni umumlashtirish yakunlariga asosan eng yuqori natijalarga erishgan 45 nafar nomzod ta’limning kunduzgi shakli hamda 27 nafar nomzod esa ta’limning sirtqi shakli bo‘yicha 2023/2024 o‘quv yilida Akademiya magistraturasi tinglovchilari safiga tavsiya etildi.

Shuningdek, “Tergov faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha tanlovda ishtirok etgan jami 157 nafar nomzoddan 34 nafari o‘qishga tavsiya etilgani ma’lum qilinadi.

✔️Ta’limning kunduzgi shakliga tavsiya etilgan nomzodlar joriy yilning 4 sentyabr kuni soat 10:00 da Akademiyaga quyidagi hujjatlar bilan hozir bo‘lishi so‘raladi:

1️⃣Shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli (pasport yoki ID-karta);
2️⃣Tanlovga taqdim etgan diplomi va diplom ilovasining asli.

☝️Ta’limning sirtqi shakliga tavsiya etilgan nomzodlar Akademiyaga taklif etiladigan sana haqida qo‘shimcha xabar beriladi.

Akademiya jamoasi magistraturaga tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni tabriklab, ularga ilm-fan, ta’lim va amaliyot cho‘qqilarini egallashlarida ulkan zafarlar tilaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍223🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😂 O'qishdan uyga qaytib 2 hafta yashagandan keyin talabalar hozir:

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁52👍17😢3❤‍🔥21
1️⃣-sinfdan kompyuter savodxonligi, yuqori sinflarda moliyaviy savodxonlik darslari joriy etiladi

Yuqori sinfda o‘qitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga qisqarishi e’lon qilindi.

☝️Oliygohga kirishga ishtiyoqi bor bo‘lgan 10-11 sinf o‘quvchilariga "kimyo – biologiya", "matematika – fizika", "matematika – chet tili", "ona tili va adabiyot – chet tili" fanlari ularning tanlovi asosida chuqurlashtirib o‘qitiladi.

Kasb-hunar egasi bo‘lish istagidagi o‘quvchilarga esa maktabning o‘zida tayyor mutaxassis bo‘lib yetishib chiqish imkoniyati yaratiladi.

‼️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga sentyabrdan boshlab ushbu tajribani salohiyati va tayyorgarligi bor 135 ta maktabda yo‘lga qo‘yish topshirildi. Kelgusi o‘quv yilidan kamida 1 mingta maktab ushbu tizimga o‘tkaziladi.

Darslarning mazmuni ham o‘zgarishi ta’kidlandi. Bunda 1-sinfdan kompyuter savodxonligi, yuqori sinflarda moliyaviy savodxonlik darslari joriy etiladi.

📌Shuningdek, bu yil maktab darsliklariga byudjetdan 920 milliard so‘m ajratildi, boshlang‘ich sinflar uchun to‘liq yangi darsliklar ishlab chiqildi.

Boshlang‘ich sinflar uchun tayyorlangan darsliklarning ikkinchi qismini ham to‘liq hajmda chop etishga topshiriq berildi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24🔥7😁4
🧑‍💻Test sinovlarida abituriyentlar past ball olishining asosiy sababi nima?

Test natijalariga ko‘ra, 193 ming 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan. Ammo testga kirgan abituriyentlarning salkam yarmi 56,7 ballni ham to‘play olmagan. Xo‘sh, abituriyentlarning test sinovlaridagi past ko‘rsatkichlari sababi nimada?

✔️Mazkur savol yuzasidan Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori M.Karimov quyidagilarni ma’lum qildi:

👉OTMlar uchun tayyorlanadigan test mezonlari har yili soddalashtirilsa soddalashtiriladiki, takomillashtirilmaydi, – deydi M.Karimov. – Umuman, dinamikani olib qaraydigan bo‘lsak, yildan-yilga o‘tish ballari va ko‘rsatkichlar pasayib bormoqda. Bu past ko‘rsatkichlarning asosiy sababi uchun maktablarni ayblamoqchi emasman. Juda ko‘p holat abituriyentning o‘ziga bog‘liq. O‘rganish jarayonlarida shunga guvoh bo‘ldikki, aksariyat abituriyentlar test sinovlari boshlanganiga yarim soat bo‘lmasdan turib chiqishni boshlaydi.

‼️Joriy yil bitiruvchilarda 56,7 ball olgan abituriyentlar 30 foizdan ziyodroqni tashkil etmoqda. 56,7 balldan kam to‘plagan abituriyentlarning 70,5 foizi avvalgi yillarda o‘qishni tugatganlar degan taxmin ham mavjud. Oldingi yillarda test jarayonini ozgina filtrlash maqsadida sinovlarni takomillashtirish, talablarni oshirish holatlari ham bo‘lgan. Ammo so‘nggi yillarda barcha savollar soddalashtirilgan tartibda tuzilmoqda. Abituriyentlar past ball olishining asosiy sabablari mutaxassislar ishtirokida o‘rganilishi, chuqur tahlil qilinishi lozim.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍35🥱102
⚡️Yuqori ball olmagan barcha abituriyentlar xususiy universitetga imtihonsiz talabalikka qabul qilinadi

Abituriyentlardan talab qilinadigan hujjatlar:

1. Rektor nomiga ariza;
2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa)
5. 3,5x4,5 foto 12 ta;

◀️Hujjatlar shu yilning 30-avgustiga qadar onlayn shaklda yagona internet portal orqali va unversitetning hududiy bo‘limlarida qabul qilinadi.

Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarori bilan foizsiz kredit orqali kontrakt summasi to‘lanishi mumkin va o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

mandat.uzbmb.uz saytiga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ma’lumotlari joylashtirilgan barcha talabgorlar o‘qishni IMTIHONSIZ "perevod" qilishlari mumkin.

‼️Bundan tashqari kontrakt summasini 4 ga bo‘lib to‘lash mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥43🥰1
🇺🇿O‘zbekistonda maksimal ball to‘plasa-da, kontraktga kirgan abituriyentlar to‘g‘risida ma’lumot berildi

📌2023 yil 23 avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida “2023/2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari yakunlari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida 189 ball olgan abituriyentlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbari Majid Karimov bu masala davlat komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilishini bildirib o‘tdi.

🗣️“189 ball olgan abituriyentlar soni 61 ta bo‘ldi. Bundan tashqari, Temurbeklar maktabi bitiruvchilariga OTMga kirishda 15 foiz qo‘shib beriladi. Shu sababli ularning balli 189 balldan yuqori bo‘ldi. Kimga imtiyoz beriladi, kimga alohida kvota beriladi... Bularning vakolati Bilimni baholash agentligida ham emas, Oliy ta’lim vazirligi vakolatida ham emas. Birinchi navbatda ta’lim muassasalariga qabul qilish davlat komissiyasi bor. Bu ana shu komissiya vakolatidagi vazifa. Agar imtiyoz berilsa, o‘sha asosida ishlaymiz, berilmasa, inobatga olmaymiz. 189 eng maksimal ball, bu ballni olgan hech qaysi abituriyent e’tibordan chetda qolmaydi. Bu masalani davlat komissiyasi ham ko‘radi. 189 ball olib kontraktga kirsa, bu juda katta muammo. Bu o‘rganiladi. Balki Temurbeklar maktabi ham alohida parametrga kirgizilar. Bu qizlarimiz baland ball olib, nohaqlikka duch keldi, degani emas. Biz ham bu narsani tahlil qilib, davlat komissiyasiga taklif sifatida kirgizamiz”, — deydi Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbari Majid Karimov.

‼️Shuningdek, maksimal ball olgan abituriyentlarga prezident granti berilishi haqida Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining qabul jarayonlarini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Abdusamat Mamanazarov ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, har yili eng yuqori natija qayd etgan 200 nafar abituriyentlarga prezident granti beriladi. Bu bo‘yicha tahlillar olib borilyapti.

“Albatta, 189 ball olgan abituriyentlar ajratilgan kvotalarga tushsa kerak. Sababi hozir tahlillar o‘z yakuniga yetmadi”, — deydi Abdusamat Mamanazarov.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍39🤯6🔥2
⚡️Birinchi kurs talabalariga ham ijara summasi to‘lab beriladimi?

✍️Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 sentyabrdagi “Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 2021 yil 1 maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan qoplab berilishi belgilab qo‘yilgan.

◀️Mazkur qonun endigina talabalikka tavsiya etilganlar uchun ham amal qiladimi?
Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, talabalikka tavsiya etilganlar davlat OTMlarining talabalar turar joyiga joylashishi uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin. Bunda birinchi bosqich talabalaridan sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.

☝️Shuningdek, joriy yildagi yangi tartibga ko‘ra, talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismi ijara summasidan qat’i nazar Toshkent shahrida – bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (330 ming so‘m), qolgan hududlarda – bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (165 ming so‘m) miqdorida amalga oshiriladi.

Har bir oliy ta’lim muassasasida “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi” tashkil etilgan bo‘lib, unda talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlari haqida ma’lumotlar olish imkoniyati yaratilgan. Joriy yilda mazkur markazlarimiz yordamida talabalarni o‘z vaqtida turar joy (yotoqxona yoki ijara uylari) bilan ta’minlanishi nazoratga olingan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥2😱2🤯1
⚡️Yotoqxona to‘lovida kimlarga imtiyoz berilishi mumkin?

Yotoqxona to‘lovi bo‘yicha imtiyozni oliy ta’lim muassasalari Kengashi belgilaydi va bu imtiyoz quyidagi shakllarda berilishi mumkin:

😇yotoqxona to‘lovlaridan butunlay ozod etiladi

👉ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi borlar;
👉chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etganlar) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etganlar);
👉mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;
👉hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar.

😇umumiy to‘lovdan 50 foiz chegirma beriladi

👉umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironlari;
👉vazifasini namunali bajarayotgan talabalar Kengashi raisi, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun mas’ul talabalarga.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍182🤔1