Ta'limda nima gap?
79.3K subscribers
289 photos
132 videos
110 files
1.07K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
⚡️ Test sinovlari uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi

Oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va test sinovida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi.

Ruxsatnomani my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetdan yoki my.uzbmb.uz saytidagi “Abituriyent ruxsatnomasi” bo‘limidan (JShShIR, pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda), agar saytda muommolar kuzatilsa @ruxsatnomalarbot dan olish mumkin.


Ruxsatnomani yuklab olgandan so‘ng, undagi ma’lumotlar bilan sinchiklab tanishib chiqing, ayniqsa eslatma bilan.

Test sinovida belgilangan vaqtdan kechikmagan holda, shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan keling.

Pasport nusxasi bilan kelgan yoki kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍374🔥1🌚1
​​Xorijga chiqish pasporti yoki haydovchilik guvohnomasi bilan testga kirsa boʻladimi?

Abituriyentlar test sinovlariga quyidagi shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar bilan kirishlari mumkin:

1️⃣ Biometrik pasport (yashil rangli);
2️⃣ ID-karta;
3️⃣ Xorijga chiqish pasporti (qizil rangli);
4️⃣ Haydovchilik guvohnomasi (faqat yangi shakldagisi boʻlsagina);
5️⃣ harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnoma (harbiyda ishlamaydiganlar uchun oʻtmaydi).

Yuqoridagilar Oʻzbekiston Respublikasi hududida shaxsni tasdiqlovchi rasmiy hujjatlar hisoblanadi va ularning istalgan biri bilan test sinovlariga kelishingiz mumkin. Faqat hujjat bilan birga abituriyent ruxsatnomasini ham olishni unutmang.

📌 Ta’limga oid yangiliklar albatta @talimkanali da!
👍39🤔211
⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

📆 Ma'lumki, 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan boshlanadi.

Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” my.uzbmb.uz sayti orqali berilmoqda.

🖨️ Test sinovlari boshlanishiga sanoqli kunlar qolganligi bois abituriyentlardan o‘zlariga tegishli “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olishlarini hamda chop etib qo‘yishlarini so‘raymiz.

Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyentlarga boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.

📑 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

‼️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍63👌43🔥2🤔2
⚡️Ikkinchi mutaxassislikka hujjat topshirish boshlandi.

Hukumat qarori (606-son, 24.09.2021 y.) bilan Oliy taʼlim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ko'ra: oliy maʼlumotga ega boʻlgan bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega shaxslar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olishlari mumkin.

Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim boʻyicha qabul parametrlari OTM kengashi tomonidan belgilanadi.

Oʻqishga kirish uchun abituriyentlar har yili 10-iyuldan 10-avgustgacha (shu kuni ham) my.edu.uz elektron tizim orqali roʻyxatdan oʻtadi.

Qabul tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon oʻtkazish muddatlari) har yili 1-iyulgacha OTM rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

Qabul natijalari har yili 30-avgustgacha OTM tomonidan eʼlon qilinadi.

Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda oʻqish 2-kursdan boshlanadi. Bunda oʻqish davomiyligi tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun belgilangan muddatdan bir yilga kam etib belgilanadi.


@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍443🔥31
Nodavlat OTMlar (nodavlattalim) (3).pdf
370.3 KB
⚡️Diplomi O‘zbekistonda tan olinadigan oliygohlar nechta?

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, bugungi kunda 96 ta nodavlat OTM oliy ta'lim xizmatlarini koʻrsatish vakolatiga ega.

Ilova qilinayotgan 96 ta oliygohlar diplomi Respublika hududi bevosita tan olinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍30🔥4💯4
⁉️Abituriyent qaysi hollarda imtihondan chetlashtiriladi?

Vazirlar Mahkamasining tegishli (03.04.2018 yildagi 261-son) qarori bilan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi belgilangan.
 
Unga ko‘ra, quyidagi hollarda abituriyent test sinovlari jarayonidan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmasligiga asos bo‘ladi:
 
– test sinovlari o‘tkaziladigan hududga yoki binoga kirishda mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan bo‘lsa yoki ulardan test sinovlari davomida foydalansa;
– test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki ularga yordam bersa;
– test sinovlari jarayonida bir-biri bilan gaplashsa;
– test materiallarini binodan tashqariga olib chiqsa, test topshiriqlari kitobi varag‘ini yirtsa;
– test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng test materiallarini topshirishdan bosh tortsa;
– test sinovlari jarayonida videokuzatuvlar orqali abituriyentning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa.

 
Bundan tashqari, abituriyentning test sinovlarini topshirish vaqtida guruhdan chiqishi taqiqlanadi, chiqqan abituriyentlar qaytadan test sinovlariga qo‘yilmaydi. Test materiallarisiz, guruh nazoratchisi kuzatuvi ostida guruhdan chiqish hollari bundan mustasno.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25🥱7🤣53🔥1
⚡️Yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar o'z xohishlariga ko'ra, super-kontrakt asosida o'qishlari mumkin.

👉 Super-kontraktning miqdori quyidagicha:

Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 1.5 barobarini to'laydi;
Agar 1,1 baldan — 2,0  ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2 barobarini to'laydi;
Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2.5 barobarini to'laydi;
Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 3 barobarini to'laydi;

👉 Agar 4,0 balldan ortiq ball yetmasa va u sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun 75,6 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun – 66,5 ball va undan ortiq ballni to'plagan bo'lsa tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdorini to'laydi. Bu miqdor yo'nalishlarga qarab bazaviy kontraktning 8 barobardan 25 barobargacha belgilanishi mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
🤯53👍44🤣12😱11🗿8🤔4
❗️Testga kelmaganlar yoki kechikib kelganlar uchun qo’shimcha test o’tkazilmaydi
#abituriyent

Ayrim abituriyentlar turli sabablar (oilaviy, betobligi va hk) bilan yoki sababsiz test sinovlariga kela olmayapti.

Shuningdek, testga kechikib kelayotgan abituriyentlar ham yetarlicha. Kechikib kelganlar testga kiritilmayapti.

Bundan tashqari ayrim abituriyentlar testga o’z vaqtida kelsa ham, lekin yonida tegishli hujjati yo’qligi sababli testga kiritilmayapti.

Shu kabi holatlarda boshqa kuni testga kirsak bo’ladimi, deya so’rashmoqda.

JAVOB: Yo’q, boshqa kuni testga kirishga ruxsat berilmaydi. Qanday sabablarga ko’ra, testga kelmaganidan qat’i nazar (masalan, betob bo’lgan bo’lsa ham).

Pandemiya davridagina koronavirusga chalingan yoki karantinga olingan abituriyentlarga keyinchalik qo’shimcha kunlar tashkil qilingan edi. Ammo hozir bunaqa tartib yo’q.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ham abituriyentlardan test sinoviga shaxsni tasdiqlovchi hujjat va abituriyent ruxsatnomasi bilan imtihonlar o‘tkaziladigan joyga ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtdan kechikmay kelishlarini so‘ragan.

📍Test sinovlari o‘tkaziladigan binolarning aniq manzili, joylashuvini quyidagi bot orqali bilib olishingiz mumkin:
@imtihon_qayerda_bot

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍25👀32
Bakalavr KVOTA-2024.pdf
4.2 MB
❗️Qabul kvotalari tasdiqlandi

Bakalavr va magistratura qabuli uchun jami 44 203 ta davlat granti o‘rinlari ajratildi

Prezidentning 2024-yil 19-iyuldagi F–36-son farmoyishi bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:
—bakalavr kunduzgi ta’lim shakliga – 34 838 nafar;
—magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 9 365 nafar grant o‘rinlari ajratildi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍252
#Qabul_2024 |#Akademik_litsey

⚡️Akademik litseylarga kirish test sinovlari oʻtkazilish sanasi va vaqti aniq boʻldi

‼️Akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga!

📆Kirish test sinovlari 25–26-iyul kunlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada oʻtkaziladi.

🕒 Test sinovlarini oʻtkazilish vaqti:

25-iyul kuni – 1 smenada o‘tkazilib, soat 15:00 da;

26-iyul kuni – 2 smenada o‘tkazilib:
1 - smena soat 9:00 da;
2 - smena soat 15:00 da boshlanadi.

Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar test sinovlariga kirish ruxsatnomasini:

my.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga o‘zining login va paroli bilan kirgan holda yuklab olishi;

yoki bevosita hujjat topshirgan akademik litseydan borib olishi mumkin.

Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍254🔥2
#eslatma #Akademik_litsey #qabul2024

⚡️Testga kechikmang, aks holda binoga kiritilmaysiz!

Akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar va ularning ota-onalariga ESLATMA!


📆 Bugundan akademik litseylarga kirish test sinovlari boshlanib, maxsus belgilangan hududlarda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladi.

🕒 Test sinovlarini oʻtkazilish vaqti:

25-iyul kuni soat 15:00 da boshlanadi;

26-iyul kuni 2 smenada o‘tkazilib:
1️⃣ - smena soat 9:00 da;
2️⃣ - smena soat 15:00 da boshlanadi.

Test sinovlariga kirish ruxsatnomasini my.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga o‘zining login va paroli bilan kirgan holda yuklab olish mumkin.

Oʻquvchilardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Qayd etish kerakki, hukumatning 320-son qaroriga muvofiq test kuni imtihon vaqtidan kechikkan, shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnomasi bo‘lmagan oʻquvchi sinov o‘tkaziladigan binoga kiritilmaydi.

Shuningdek, oʻquvchi ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqt qat’iy hisoblanib, unga boshqa sana va vaqtda testga kirish uchun ruxsat berilmaydi.

👉 Test sinovlari o‘tkaziladigan binolar BU YERDA.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍333🔥1
⚡️“Super-kontrakt”ga kirgan talabalar ham keyinchalik grant asosida o‘qishi mumkin

Prezidentning (24.05.2024-yil PF-81-son) Farmoniga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi.

Bu tartib mazmunan, super-kontrakt orqali o’qishga qabul qilingan talabalarga ham tatbiq qilinishi mumkin. Chunki, ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida qayta taqsimlanadi.

Bu jarayonda, 1-kursda o‘zlashtirishi yuqori bo‘lgan talabalar keyingi yildan grant asosida tahsil olishi mumkin.

Ta’kidlash lozim, mazkur tartib faqatgina 2024-25 o‘quv yilidan boshlab OTMga qabul qilingan talabalarga amal qiladi.

Ma’lumot uchun, ushbu tartibning nizomi Hukumatning tegishli qarori bilan tasdiqlanishi lozim.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍549👏5🔥2
Forwarded from Ta'limda nima gap?
⚡️Yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar o'z xohishlariga ko'ra, super-kontrakt asosida o'qishlari mumkin.

👉 Super-kontraktning miqdori quyidagicha:

Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 1.5 barobarini to'laydi;
Agar 1,1 baldan — 2,0  ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2 barobarini to'laydi;
Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2.5 barobarini to'laydi;
Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 3 barobarini to'laydi;

👉 Agar 4,0 balldan ortiq ball yetmasa va u sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun 75,6 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun – 66,5 ball va undan ortiq ballni to'plagan bo'lsa tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdorini to'laydi. Bu miqdor yo'nalishlarga qarab bazaviy kontraktning 8 barobardan 25 barobargacha belgilanishi mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
🤯58👍46😭28🗿8👏64
⚡️Joriy yilda 65 ming 243 nafar abituriyent testga kelmagan, 94 nafar abituriyent esa testdan chetlashtirilgan

Joriy yilda 737 ming 351 nafar abituriyent test sinovlariga kirgan. Shulardan 65 ming 243 nafar abituriyent testga kelmagan, 94 nafar abituriyent esa testdan chetlashtirilgan.
 
Testga kirgan abituriyentlarning hududlar kesimidagi taqsimoti quyidagicha:
 
Samarqand — 87 570;
Qashqadaryo — 84 874;
Fargʻona — 73 146;
Andijon — 59 951;
Surxondaryo — 57 199;
Toshkent viloyati — 56 188;
Qoraqalpogʻiston — 51 502;
Namangan — 46 480;
Jizzax — 43 232;
Xorazm — 41 854;
Toshkent shahri — 39 518;
Buxoro — 38 084;
Navoiy — 32 725;
Sirdaryo — 25 028.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍107😱38🔥12👏76😇3
Sog‘liqni saqlash (maqsadli) - 2024-yil.pdf
428.5 KB
❗️Kvotalar tasdiqlandi!

2024-2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim shakllari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlandi.

Kunduzgi: 127 995 ta
Sirtqi: 52 129 ta
Kechki: 9158 ta
Masofaviy: 5 610 ta
Maqsadli qabul


@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍49👏43
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#abituriyent   #test2024

Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bo‘yicha yo‘riqnoma (2024-2025-o‘quv yili uchun)

Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 27-iyuldan 10-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.

Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.

Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi.

Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi.

Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin.

📱 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosilgandan so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.

🖥 Ma’lumotlar tasdiqlanganidan so‘ng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin.

❗️Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin.

🗓 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍616🔥3