Ta'limda nima gap?
79.1K subscribers
289 photos
132 videos
110 files
1.07K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
⚡️O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari qanchaga ko’tariladi?

Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov ma’lum qildi.

Joriy yilda barcha yo’nalishlar uchun minimal o’tish bali oshiriladi, endi avvalgidek 56,7 ball bilan o’qishga kirish imkoni bo’lmaydi.

Keyin yilda esa, o’tish bali yanada oshiriladi.

Joriy yilgi, ya’ni 2024-2025- o’quv yili uchun o’tish ballari:

sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 75,6 ball;

boshqa yo‘nalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilanadi.


Kelasi yili, ya’ni 2025-2026- o’quv yili uchun o’tish ballari:

sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball;

boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi.


@talimationuz — TA'LIM DOIMO MUHIM!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍30🔥32👏1
20242025_o‘quv_yili_bakalavriat_ta’lim_yo‘nalishlari_uchun_qayta.pdf
259 KB
Tushunarli versiya

UzBMB abituriyentlarga osonroq tushunsa bo’ladigan jadvalni taqdim etdi.

Bunda fanlar majmuasining ostida qaysi yo’nalishlarni tanlash mumkinligi ko’rsatilgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍234🔥3🤯2🗿2
❗️ IMTIHONGA ROPPA ROSA 1 OY QOLDI!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍29😱196👏6
Forwarded from Abit.uz | Rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
4-5 Yil oldingi chiqarilgan suhbatdan parcha...

Videoda @Jafarxon_Isaxonov aytganidek:

"Davlat test markazida har yilgi sodiq an'ana bor, har yili Abituriyentlarga kutilmagan syurpriz tayyorlab qo'yishadi!" deya hazilomus tarzda aytilgan edi.

Mana shu gap bugun o'z tasdig'ini topdi!

Har yili 1-avgustdan boshlab o'tkaziladigan testlar vaqti taxminan 2 haftaga ertaroqqa surildi!

Bundan tashqari: Bugun e’lon qilingan yangilangan fanlar majmuasi ro‘yxati hamda ko‘plab yo‘nalishlarning qisqarib ketishi ham shu kabi noroziliklarga sabab bo‘lmoqda.

😀😃😄😊☺️

@abit_uz — Abituriyentlar uchun maxsus 🔴
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23😁7🗿5😢4👀21
📈 Davlat oliygohlariga kirish uchun ro'yxatdan o'tgan abituriyentlar soni 129 mingdan oshdi!

2024-yil 13-iyun 18:00 holatiga oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 129 111 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan:

👉 Qoraqalpog‘iston -- 5 251 nafar
👉 Andijon viloyati  -- 11 050 nafar
👉 Buxoro viloyati -- 7 033 nafar
👉 Farg‘ona viloyati -- 11 327 nafar

👉 So‘x tumani -- 194 nafar
👉 Jizzax viloyati -- 5 719 nafar
👉 Namangan viloyati -- 7 074 nafar
👉 Navoiy viloyati -- 9 254 nafar
👉 Qashqadaryo viloyati -- 10 435 nafar
👉 Samarqand viloyati -- 13 057 nafar
👉 Sirdaryo viloyati -- 4 786 nafar
👉 Surxondaryo (Termiz) -- 4 398 nafar

👉 Surxondaryo (Denov) -- 2 068 nafar
👉 Toshkent shahri -- 28 675 nafar
👉 Xorazm viloyati -- 8 790 nafar

       
👨‍🏫
joriy yil bitiruvchilari -- 56 412 nafar
💁‍♂️avvalgi yillar bitiruvchilari -- 72 699 nafar

🤵‍♂️ erkaklar -- 66 377 nafar
👩🏻‍🔧 ayollar -- 62 734 nafar

@talimationuz — TA'LIM DOIMO MUHIM!
👍42🤯6🤓2
📈 Abituriyentlar 195 mingdan oshdi!

15-iyun 18:00 holatiga ko'ra, oliy ta’lim muassasalariga 195 354 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.
       
Joriy yilgi bitiruvchilar: 97 722
☑️ Avvalgi yil bitiruvchilari: 97.632


#Qabul2024 #Abituriyent2024 #abituriyent

@talimationuz — TA'LIM DOIMO MUHIM!
👍48🤔51
⚡️O'qishni ko'chirish qachon boshlanadi?

Amaldagi qonunchilikka ko'ra, 15-iyul shanba kunidan rasman o'qishni ko'chirish uchun qabul jarayonlari boshlanadi va 5-avgust kuniga qadar davom etadi.

Ariza topshirish uchun quyidagi saytlar orqali onlayn ro'yxatdan o'tiladi:

👨‍💻 transfer.edu.uz — davlat oliygohining biridan boshqasiga;

👨‍💻 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliygohlariga.

@talimationuz — TA'LIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15👏1
⚡️Xususiy oliygohlarning 3-kurs talabalari ishlashi mumkin. Ularga ham oylik to'lanadi!

Oliy ta'lim muassasalarining pedagogika yo'nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo'limlarining 3-4-kurslarida o'qiyotgan shaxslar davlat maktabgacha ta'lim tizimida pedagogik faoliyatini amalga oshirishi mumkin.

Bunda ularga o'rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotga ega bo'lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.


@talimationuz — TA'LIM DOIMO MUHIM!
👍22
⚡️Rasman: Talabalar ham OTMga hujjat topshira oladi

OTMlarda o‘qishni xohlagan barcha, hujjat topshirishi mumkin. Hatto talaba bo‘lsa ham.

Faqatgina onlayn hujjat topshirish uchun talab qilinadigan 2 ta hujjat bo‘lishi shart:
1️⃣ Shaxsini tasdiqlovchi hujjat – pasport yoki ID karta;
2️⃣ umumiy o‘rta ta’lim olganligini tasdiqlovchi hujjat.

❗️Talabalar ham OTMga hujjat topshirishlari mumkin, lekin agar hujjat topshirgan OTMlariga o‘qishga kiradigan bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida 2 ta joyda o‘qishning imkoni yo‘q.

Sababi talabaning hujjatlari asli o‘zi o‘qiyotgan OTMda saqlanishi lozim. Tabiiyki, hujjatning asli bitta bo‘ladi va talaba shuning uchun ham bitta OTMda tahsil olishi kerak. Lekin omadni sinab ko‘rish imkoni chegaralanmagan.

#abituriyent  #qabul2024 #Talaba

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍513👏3😁1
Bu yil nega kam abituriyent hujjat topshirdi?

◾️Bu yil abituriyentlar soni 1 mlnga yetmadi. Jami 894 279 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

🤔 Sabab nima bo'lishi mumkin?

Ehtimol, bu yildan amal qiladigan yangi tartib: balli yuqori bo'lgan abituriyentlar o'rtasida eng birinchi grant taqsimlanishi tavakkalchi abituriyentlarni hujjat topshirib o'tirmaslikka undagandir.

➡️ Sizningcha, qanday sabablar bo'lishi mumkin?


Eslatma uchun: Avvalgi yillarda

2023-yilda 1 mln 18 ming abituriyent;
2022-yilda – 1 214 232 nafar;
2021-yilda – 948 ming nafar;
2020-yilda – 1 484 085 nafar;
2019-yilda – 1 066 925 nafar;
2018-yilda – 675 049 nafar;
2017-yilda – 729 950 nafar;
2016-yilda – 663 304 nafar abituriyent OTMga hujjat topshirgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41😁5🤔53
⚡️Ayrim davlat oliygohlarini xususiylashtirish rejalashtirilgan

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida tajriba tariqasida davlat ulushining 51 foizdan kam boʻlmagan qismini saqlab qolgan holda ayrim davlat oliy taʼlim muassasalarini (oliy harbiy taʼlim muassasalari bundan mustasno) davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, ularda korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etish belgilangan.

Bundan tashqari institut maqomidagi oliygohlarning mavjud quvvati bosqichma-bosqich oshirilib, universitet maqomiga o'zgartiriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍403
Imtihonga yaxshi tayyorlanish uchun 5 ta usul

📌 Kirish imtihonlari ham yaqinlashyapti. Ko‘proq narsa o‘qib o‘zlashtirishga shoshilayotgan bo‘lsangiz kerak. Unda bu post sizga yordam beradi.

O‘qish uchun yetarli vaqt ajratish lozim. Qancha dars tayyorlash, qancha dam olish samarali bo‘lyapti? O‘zingiz uchun belgilab oling.

🪑 Dars qilish uchun qulay sharoit qiling. Siz dars qiladigan xona qorong‘u emasmi? O‘tiradigan stulingiz sizga qulaymi? Hamma narsa siz uchun qulay bo‘lsin.

📊 Diagramma va turli vizual shaklli usullar yordamida bilimingizni mustahkamlashga harakat qiling.

📝 Sinov imtihonlarida qatnashib ko‘ring. Sababi undagi savollar formati asosiy imtihondagiga o‘xshash bo‘lsa, qiyinchiliklaringizni kamaytiradi.

💬 Javobingizni boshqalarga tushuntirib bering. Masalan, nimaga testga bu javob tanlanganini og‘zaki aytib berish uni keyinchalik esdan chiqarmaslikka yordam beradi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍474😢3🔥2
⚡️ 2024-yilda kvota OTMga taqsimlanmaydi. Bu nima degani?

Endi davlat grantini OTMlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etiladi.

Bu nima degani?

X.Xudoyberdiyevning tushuntirishicha, endi davlat grantlari falon universitet uchun berilmaydi, balki yo‘nalish uchun ajratiladi. Masalan, Toshkent davlat yuridik universiteti uchun aniq grant o‘rni bo‘lmaydi, balki yurisprudensiya yo‘nalishi uchun umumiy grant kvotasi ajratiladi.

Bunda respublikadagi barcha OTMlardagi yurisprudensiya yo‘nalishiga topshirgan abituriyentlar orasida kvota doirasida eng yuqori ball to‘plaganlari, qaysi OTMga topshirganidan qat’i nazar, grantga kiradi. Bu degani endi ayrim OTMlarda grantga kirgan bironta talaba bo‘lmasligi mumkin.

Rejaga ko‘ra, davlat grantining barcha kvotasini bitta OTM olib qo‘yishining oldini olish maqsadida OTM uchun 50% lik cheklov qo‘yiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍49🥱96🗿4🆒42
Saqlab qoʻying kerak boʻladi!

Majburiy blok savollarida tushadi.

1991-yil — Alisher Navoiy yili.
1992-yil — Hamshiralar yili.
1993-yil — Ahmad Yassaviy yili.
1994-yil — Mirzo Ulug‘bek yili.
1995-yil — Abu Ali ibn Sino yili.
1996-yil — Amir Temur yili.
1997-yil — Inson manfaatlari yili.
1998-yil — Oila yili.
1999-yil — Ayollar yili.
2000-yil — Sog‘lom avlod yili
2001-yil — Ona va bola yili.
2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili.
2003-yil — Obod mahalla yili.
2004-yil — Mehr-muruvvat yili.
2005-yil — Sihat-salomatlik yili.
2006-yil —Homiylar va shifokorlar yili.
2007-yil —Ijtimoiy himoya yili.
2008-yil — Yoshlar yili.
2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili.
2010-yil — Barkamol avlod yili.
2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili.
2012-yil — Mustahkam oila yili.
2013-yil — Obod turmush yili.
2014-yil — Sog‘lom bola yili.
2015-yil — Keksalarni eʼzozlash yili.
2016-yil — Sog‘lom ona va bola yili.
2017-yil— Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili.
2018-yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili.
2019-yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili.
2020-yil — Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili
2021-yilYoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili.
2022-yil — Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili.
2023-yil — Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili.
2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili”

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍100🔥86👏5
“–Sho‘rginam qursin… ko‘rmaysizlarmi… Besh-olti yildan beri bitta paypoq olib bergani yo‘q-ku, ishlab-ishlab topgan pulimga qilgan hamma kiyimlarimga kerosin sepib o‘t qo‘ydi… Shu ustimdagi ish kiyimim bilan qoldim…”– ushbu parcha qaysi hikoyadan olingan?
Anonymous Quiz
35%
Shoyim Bo‘tayev “Qarz”
23%
Abdulla Qodiriy “Uloqda”
37%
Abdulla Qahhor “Jonfig‘on”
6%
Nazar Eshonqul “Qo‘l”
😁59👍52🔥8👏8🥰3😱3
⚡️Xususiy oliygoh litsenziyasi haqiqiy yoki soxta ekanligini tekshirish!

Ushbu usul bilan istalgan litsenziyani haqiqiy yoki soxta ekanligini aniqlay olasiz.

1-Qadam: Litsenziyaning osti burchak qismida joylashgan QR kodni qurilmangiz orqali scanner qilasiz.

2-Qadam: QR kod sizni Adliya vazirligining license.gov.uz rasmiy sahifasiga olib boradi. Ushbu veb-sayt orqali oliygohning barcha ma‘lumotlari bilan tanishsangiz bo'ladi. Siz ahamiyat berishingiz kerak bo‘lgan qism "Faoliyat turlari" bo‘limida "oliy ta’lim xizmatlari" statusi aks etishi kerak. Agar boshqa status bo‘lsa, bu tashkilot oliygoh sifatida tan olinmaydi va diplomi Respublikamiz hududida tan olinmaydi.

QR kod license.gov.uz saytidan boshqa manzilni ko‘rsatishi uning "qo‘lbola" ekanligini anglatadi!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍33🔥51👏1🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

2024/2025 o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini o‘tkazish hamda magistraturaga qabul tartibi bo‘yicha fuqarolardan kelgan savollarga javoblar

00:18 Oliy ta’lim muassasalariga imtihonlar qachondan boshlanadi?

01:03 Imtihonga kirish uchun ruxsatnomalarni qayerdan olsa bo‘ladi?

01:45 Ro‘yxatdan o‘tgan telefon sim kartasi yo‘qolib qolsa, qanday qilib ruxsatnoma olinadi?

02:36 Kechikib kelgan abituriyentlarga imtihonga kirishga ruxsat beriladimi?

02:59 Test sinovi kuni ayrim sabablarga ko‘ra boshqa viloyatda bo‘lib qolgan abituriyent o‘sha viloyatda test sinovidan o‘tsa bo‘ladimi?

03:28 5 tagacha yo‘nalishni tanlash saqlab qolinganmi?

03:58 Magistraturaga talabalar qay tartibda qabul qilinadi?

04:25 Magistraturaga o‘qishga qabul qilingan yoki qabul qilinmaganligi to‘g‘risidagi natija qachon e’lon qilinadi?

04:54 Ijtimoiy tarmoqlarda talabalar o‘qishini nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliygohlarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish tartibiga izoh.

👉 Matnli shaklda o‘qish

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍4011🔥3🗿1
⚡️O'qishni ko'chirish jarayonlari boshlanishiga 8 kun qoldi

15-iyul shanba kunidan rasman o'qishni ko'chirish uchun qabul jarayonlari boshlanadi va 5-avgust kuniga qadar davom etadi.

Ariza topshirish uchun quyidagi saytlar orqali onlayn ro'yxatdan o'tiladi:

transfer.edu.uz — davlat oliygohining biridan boshqasiga;
my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliygohlariga.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍36🤩54🔥4🥰2👌2
⚡️ Test sinovlari uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi

Oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va test sinovida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi.

Ruxsatnomani my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetdan yoki my.uzbmb.uz saytidagi “Abituriyent ruxsatnomasi” bo‘limidan (JShShIR, pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda), agar saytda muommolar kuzatilsa @ruxsatnomalarbot dan olish mumkin.


Ruxsatnomani yuklab olgandan so‘ng, undagi ma’lumotlar bilan sinchiklab tanishib chiqing, ayniqsa eslatma bilan.

Test sinovida belgilangan vaqtdan kechikmagan holda, shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan keling.

Pasport nusxasi bilan kelgan yoki kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍374🔥1🌚1
​​Xorijga chiqish pasporti yoki haydovchilik guvohnomasi bilan testga kirsa boʻladimi?

Abituriyentlar test sinovlariga quyidagi shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar bilan kirishlari mumkin:

1️⃣ Biometrik pasport (yashil rangli);
2️⃣ ID-karta;
3️⃣ Xorijga chiqish pasporti (qizil rangli);
4️⃣ Haydovchilik guvohnomasi (faqat yangi shakldagisi boʻlsagina);
5️⃣ harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnoma (harbiyda ishlamaydiganlar uchun oʻtmaydi).

Yuqoridagilar Oʻzbekiston Respublikasi hududida shaxsni tasdiqlovchi rasmiy hujjatlar hisoblanadi va ularning istalgan biri bilan test sinovlariga kelishingiz mumkin. Faqat hujjat bilan birga abituriyent ruxsatnomasini ham olishni unutmang.

📌 Ta’limga oid yangiliklar albatta @talimkanali da!
👍39🤔211
⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

📆 Ma'lumki, 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan boshlanadi.

Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” my.uzbmb.uz sayti orqali berilmoqda.

🖨️ Test sinovlari boshlanishiga sanoqli kunlar qolganligi bois abituriyentlardan o‘zlariga tegishli “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olishlarini hamda chop etib qo‘yishlarini so‘raymiz.

Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyentlarga boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.

📑 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

‼️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍63👌43🔥2🤔2