Ta'limda nima gap?
79.1K subscribers
289 photos
132 videos
110 files
1.07K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
Nima sababdan “avval test, soʻng tanlov” tizimiga oʻtildi?

Qachon rektorlarni jamoatchilik saylaydi?

Taʼlim granti har yili qayta taqsimlansa, poraxoʻrlik avj olmaydimi?

Nega sirtqi taʼlimdan voz kechilmoqda?

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🤔32
🧐 "Davolash ishi" yo'nalishi qaysi oliygohlarda bor va oʻtish ballari qanday?

Ta'lim shakli: kunduzgi
Ta'lim tili: o'zbek tili
Oliygohlar soni: 15 ta.

1. Andijon davlat tibbiyot instituti
📊 Grant - 169.10 ball | Kontrakt - 153.10 ball

2. Buxoro davlat tibbiyot instituti
📊 Grant - 167.30 ball | Kontrakt - 146.60 ball

3. Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti
📊 Grant - 167.50 ball | Kontrakt - 147.50 ball

4. Guliston davlat universiteti
📊 Grant - 153.80 ball | Kontrakt - 140.30 ball

5. Jizzax davlat pedagogika instituti
📊 Grant - 161.20 ball | Kontrakt - 146.40 ball

6. Namangan davlat universiteti
📊 Grant - 164.90 ball | Kontrakt - 145.70 ball

7. Navoiy davlat pedagogika instituti
📊 Grant - 154.00 ball | Kontrakt - 142.40 ball

8. Qarshi davlat universiteti
📊 Grant - 163.70 | Kontrakt - 141.90 ball

9. Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti
📊 Grant - 151.10 ball | Kontrakt - 138.80 ball

10. Toshkent davlat stomatologiya instituti
📊 Grant - 172.10 ball | Kontrakt - 154.10 ball

11. Toshkent davlat pediatriya tibbiyot instituti
📊 Grant - 175.40 ball | Kontrakt - 159.10 ball

12. Toshken tibbiyot akademiyasi
📊 Grant - 180.50 ball | Kontrakt - 161.30 ball

13. Toshken tibbiyot akademiyasi Termiz filiali
📊 Grant - 157.10 ball | Kontrakt - 143.50 ball

14. Toshken tibbiyot akademiyasi Urgancha filiali
📊
Grant - 162.10 ball | Kontrakt - 139.10 ball

15. Samarqand davlat tibbiyot instituti
📊 Grant - 169.50 ball | Kontrakt - 156.70 ball

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍749🔥3👌3😘3😁1
Endi 75.6 balldan kam toʻplaganlar oʻqishga kirolmaydi!

📈 Joriy yilda barcha yoʻnalishlar uchun minimal oʻtish bali oshiriladi, endi avvalgidek 56,7 ball bilan oʻqishga kirish imkoni boʻlmaydi. Keyin yilda esa, oʻtish bali yanada oshiriladi.

Joriy yilgi, yaʼni 2024-2025- oʻquv yili uchun oʻtish ballari:

👉 sogʻliqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yoʻnalishlari uchun – 75,6 ball; bu
👉 boshqa yoʻnalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilanadi.

Kelasi yili, yaʼni 2025-2026- oʻquv yili uchun oʻtish ballari:

👉 sogʻliqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yoʻnalishlari uchun – 94,5 ball;
👉 boshqa yoʻnalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi.

#abituriyent  #qabul2024

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍82😱45❤‍🔥10🤯74😁2
⚡️Hozircha sayt ishlamayapti, lekin bugun qabul boshlangan!

Prezident farmoniga ko‘ra, bugun, 5-iyundan boshlab abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro'yxatdan o'tishlari mumkin. Lekin hozircha ro'yxatdan o'tish ochilmadi, o'tgan yili ham kunning ikkinchi qismida ochilgan edi.

Yana bir yangilik, saytga xususiy OTMlarning ma'lumotlari ham yuklanyapti, bunda maqsad nima ekani hozircha noma’lum, lekin katta ehtimol kelgusida xususiy OTMlarga kirish ham faqat DTM (BMB) orqali amalga oshirilishi mumkin.

🇺🇿 O'zbekistondagi istalgan ta'lim yo'nalishlari uchun 2023-2024-o'quv yilidagi o'tish ballarini @DTMSTAT_BOT orqali bilishingiz mumkin!


@talimationuz — TA'LIM DOIMO MUHIM!
👍38😁42🤔1
⚡️ 2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi

2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

📑 Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.

📆 Ro‘yxatga olish 2024-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

🇺🇿 O'zbekistondagi istalgan ta'lim yo'nalishlari uchun 2023-2024-o'quv yilidagi o'tish ballarini @DTMSTAT_BOT orqali bilishingiz mumkin!


@talimationuz — TA'LIM DOIMO MUHIM!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍30👏2🔥1
image_2024-06-07_18-02-32.png
312.2 KB
Matematika va Fizika fanlarini oʻqib qaysi yo’nalishlarga hujjat topshirish mumkin?

1-fani — Matematika
2-fani — Fizika

📊 Eng past va baland yoʻnalishlar roʻyxati

📚 Fanlar:
#Matematika_Fizika
🇺🇿 Taʼlim tili: #Õzbek
💰 Tartiblash turi: #Kontrakt bo'yicha

Keyingi fanlar ketma-ketligi qaysi bo’lishini istaysiz, izohlarda yozib qoldiring!

🇺🇿 O'zbekistondagi istalgan ta'lim yo'nalishlari uchun 2023-2024-o'quv yilidagi o'tish ballarini @DTMSTAT_BOT orqali bilishingiz mumkin!


@talimationuz — TA'LIM DOIMO MUHIM!
👍27🥰4🔥21
#Qabul2024 #Abituriyent #statistika

⚡️35.692 abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi!

📈 Oliy o‘quv yurtlari, kollejlar va texnikumlarning bakalavriat bosqichiga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish statistikasi

7-iyun soat 18:00 holatiga ko‘ra, 35 692 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgan. Ularning 23 ming 296 nafari o‘tgan yil, 12 ming 396 nafari joriy yil bitiruvchilaridir.


@talimationuz — TA'LIM DOIMO MUHIM!
🔥13👍105😁2
Kimlar abituriyent sifatida o‘qishga topshira olishadi?
#abituriyent #Qabul2024

Yuqoridagi savolga bittada javob berishga harakat qilaman. Demak, OTMlarning bakalavriat bosqichiga quyidagilar hujjat topshira olishadi:

1️⃣ Umumiy o‘rta taʼlimning 11-sinfini tugatganlar.

Bunda barcha maktablar, shu jumladan Prezident va ijod maktablari, ixtisoslashgan va harbiy maktablar, litseylar, gimnaziyalar, kasb-hunar maktablari, xullas barchasi kirib ketadi. Muhim jihati albatta 11-sinf negizida shahodatnoma bo‘lishi kerak, 10-sinfni tugatib topshirib, talaba bo‘lib o‘qish imkoni yo‘q;

2️⃣ Professional va o’rta maxsus taʼlim tashkilotini tugatganlar.

Bunda akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va texnikumlar kiradi. Faqat bir jihati, agar kollejga 9-sinfni tugatib kirganlar bo’lsa, hujjatni kollej diplomi bilan topshiradi, agar kollejga 11-sinfni tugatib kirgan bo’lsa, unda maktab shahodatnomasi bilan topshiradi.

Akademik litsey bitiruvchilari — diplomi bilan;
Texnikum bitiruvchilari — 11-sinf shahodatnomasi (yoki litsey diplomi) bilan topshiradi. Texnikum diplomi bilan emas.

3️⃣ Kasb-hunar kolleji va texnikumda o’qiyotganlar

Bugungi kunda professional ta’lim tashkilotida o’qiyotganlar garchi hali o’qishi tugamagan bo’lsa-da, bemalol hujjat topshira oladi. Faqat yuqorida aytganimdek, ular 11-sinf shahodatnomasi bilan topshiradi;

4️⃣ Oliy taʼlimda o‘qiyotgan talabalar.

Bunda hozirda O‘zbekistondagi davlat yoki nodavlat, shuningdek xorijdagi OTMlarda talaba bo‘lib o‘qiyotganlar maktab, litsey, kollej va h.k. diplomlari bilan o‘qishga hujjat topshirishlari mumkin. O‘qishga kirgan taqdirda qayerda o‘qishini o‘zi tanlaydi, xohlasa hozirgi talabaligini davom ettiradi, xohlasa yangi kirgan joyida o‘qiydi.

Talabalarning o‘qishga topshirishi hech qanday muammo (masalan, o‘qishdan chetlatish) olib kelmaydi. Ammo Sizlardan iltimosim, shunchaki o‘yin uchun topshirib o‘tirmang, mabodo o‘qishga kirsangizu, keyin tashlab ketsangiz, bitta abituriyent joyini behudaga band qilgan bo‘lasiz, keyinchalik bo‘shab qolgan o‘ringa hech kimni olishmaydi;

5️⃣ OTMlarni tugatgan diplomli oliy maʼlumotlilar.

Allaqachon bir marta oliy maʼlumot olib bo‘lgan shaxslar ham bemalol yana qayta bakalavriat bosqichiga hujjat topshirib ko‘rishlari mumkin. Ular ham xuddi hozirgi talabalar singari maktab, litsey, kollej va h.k. diplomlari bilan o‘qishga hujjat topshirishadi, universitet diplomi bilan emas. Bu yerda yana bir jihat, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bir marta oliy maʼlumot olib bo‘lganlarning (grant yoki kontraktda o‘qiganligidan qatʼi nazar) ikkinchi marta talaba bo‘lishi faqat to‘lov-kontrakt asosida bo‘ladi. Yaʼni ular grantga daʼvogarlik qila olmaydi, kirsa ham faqat kontraktda o‘qishadi.

Xullas, mana shu yuqoridagi 5 ta toifadagi shaxslar bemalol my.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent sifatida hujjat topshirib ko‘rishlari mumkin. Barchaga omad!

@talimationuz — TA'LIM DOIMO MUHIM!
👍565🔥4
#foydali

Abituriyentlar uchun ilm olish sirlari

1️⃣. Qibla tomonga qarab dars qiling. Qibla tomonga qarab dars qilsangiz, olgan bilimingiz ziyoda va barakali bo'ladi.

2️⃣. Maqsad qo'ying. Dars qilishga yoki kitob o'qishga o'tirganingizda o'z oldingizga maqsad qo'ying. Uni yakunlamaguncha o'rningizdan turmang.

3️⃣. Chalg'ituvchi omillarni cheklang. Darsni hech kim sizni chalg'itmaydigan joyda qiling. Telefoningizni o'chirib qo'ying va bor diqqatingizni ilm olishga qarating.

4️⃣. O'tirgan xolda dars qiling. Hech qachon yotgan holatingizda kitob o'qimang, dars qilmang. Chunki uxlab qolish extimolingiz juda yuqori.

⚡️Barcha abituriyentlarga tarqating!

@talimationuz — TA'LIM DOIMO MUHIM!
👍32🔥6🥰4👏1
⚡️O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari qanchaga ko’tariladi?

Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov ma’lum qildi.

Joriy yilda barcha yo’nalishlar uchun minimal o’tish bali oshiriladi, endi avvalgidek 56,7 ball bilan o’qishga kirish imkoni bo’lmaydi.

Keyin yilda esa, o’tish bali yanada oshiriladi.

Joriy yilgi, ya’ni 2024-2025- o’quv yili uchun o’tish ballari:

sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 75,6 ball;

boshqa yo‘nalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilanadi.


Kelasi yili, ya’ni 2025-2026- o’quv yili uchun o’tish ballari:

sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball;

boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi.


@talimationuz — TA'LIM DOIMO MUHIM!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍30🔥32👏1
20242025_o‘quv_yili_bakalavriat_ta’lim_yo‘nalishlari_uchun_qayta.pdf
259 KB
Tushunarli versiya

UzBMB abituriyentlarga osonroq tushunsa bo’ladigan jadvalni taqdim etdi.

Bunda fanlar majmuasining ostida qaysi yo’nalishlarni tanlash mumkinligi ko’rsatilgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍234🔥3🤯2🗿2
❗️ IMTIHONGA ROPPA ROSA 1 OY QOLDI!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍29😱196👏6