Ta'limda nima gap?
79.7K subscribers
290 photos
132 videos
110 files
1.07K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
#Rasman

⚡️ Imtihondan yiqilganlar ham endi talaba bo'lishi mumkin!

Namangan xalqaro universitetida qabul jarayonlari davom etmoqda.

Unutmang, bu siz uchun oxirgi imkoniyat boʻlishi mumkin!

🚀 Yuqoridagi 8ta yoʻnalishdan birini tanlang va kirish imtihonlarida ishtirok etib(DTM balingiz 60 va undan yuqori boʻlsa imtihonsiz), talaba boʻling.

👉 Maxsus imkoniyatlar.

NamXU — kelajagingizni professionallarga ishoning!

🎓 O’qishga kirish va ko‘chirish uchun hujjat topshirish

📞 78-113-21-22   

Telegram | Instagram | web-sayt | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22😁53🔥3
🔥Avstraliyada bepul o'qish va Buyuk Britaniyada ishlash - siz uchun ajoyib imkoniyatlar

📌WIPO Global Health Innovation Fellowship
— Hindiston hukumati tomonidan biotexnologiya sohasidagi yosh mutaxassislar uchun ilmiy stipendiyalar. Nomzodlar turli ma'lumotga ega bo'lishi mumkin: muhandislik, tabiiy fanlar, informatika, biznes, huquq, tibbiyot.

Mezbon tomon barcha xarajatlarni qoplaydi: parvoz, turar joy, sarf materiallari. Muddati ikki yil. Bu vaqt davomida ishtirokchilar xalqaro jamoada sog'liq muammolarini hal qiladilar.

Tugash muddati: 1 sentyabr.

📌HDR Scholarships
— Yangi Janubiy Uels universiteti stipendiyalari - Avstraliyadagi eng yaxshi universitetlardan biri. Xalqaro talabalar uchun bir qator imkoniyatlar mavjud. Ulardan ba'zilari bir martalik to'lovni ta'minlaydi, boshqalari esa o'qish uchun to'lov, xona va ovqat uchun to'lovni to'liq to'lashni ta'minlaydi.

Tugash muddati: sentyabr, aniq sana dasturga bog'liq.

📌Institute of Ideas and Imagination Fellowship
— Grantning maqsadi - rassomlar va san'atkorlar odatdagidan tashqariga chiqadigan asarlar yaratish uchun birlashtirish. Buning uchun ularga Parijdagi ofis, tadqiqotni qo‘llab-quvvatlash va yiliga $75 000 to‘lovlar taqdim etiladi.

Kimlar ishtirok etishi mumkin: Ijodkorlar - dunyoning istalgan nuqtasidan kino ijodkorlari, rassomlar, yozuvchilar, bastakorlar, shoirlar, universitet professorlari va fan nomzodlari.

Ariza topshirish uchun sizga hujjatlar to'plami kerak bo'ladi: shaxsiy hujjatlar, rezyume, loyiha tavsifi, ish namunalari va tavsiyanoma.

Tugash muddati: 27 oktyabr.

📌Professional Development Grants for Environmental Journalism
— Ekologiya va atrof-muhit sohasidagi tadqiqotlar bilan shug'ullanadigan jurnalistlar uchun grant. Faqat tashkilotlar va ro'yxatdan o'tgan yuridik shaxslar murojaat qilishlari mumkin.

Loyiha uchun ajratilgan umumiy miqdor 85 000 € ni tashkil qiladi. U tadqiqot, malaka oshirish, kurslarni o'rganish uchun ishlatilishi mumkin.

Tugash muddati: 12 oktyabr.

📌Nottingham Research and Anne McLaren Fellowships
— Tadqiqotchilar uchun stipendiya dasturi. Nottingem universiteti 53,353 funt sterlinggacha bo'lgan ish haqini uch yilgacha taklif qiladi. Bundan tashqari, 75,000 funt sterlinggacha bo'lgan tadqiqot xarajatlari qoplanadi.

Nomzodlar PhD darajasiga ega bo‘lishi, jahon nashrlarida nashrlari va yaxshi obro‘ga ega bo‘lishi kerak.

Tugash muddati: 6 oktyabr.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🔥32❤‍🔥2🕊1
👀1-kurslar uchun talabalar turar joyi tarqatish bo‘yicha ayrim tushuntirishlar:

1️⃣-rasm: 30-avgustgacha kelib tushgan arizalar o‘rtasida dastlabki taqsimot o‘tkaziladi. Dastlabki taqsimotga taxminan 50% o‘rin ajratiladi. Yaʼni shu sanagacha nechta ariza kelib tushgan bo‘lsa, ular orasidan avval ehtiyojmand va birinchi navbatda berilishi kerak bo‘lgan talabalarga, shundan so‘ng boshqalarga beriladi. Keyingi taqsimot ehtiyojga qarab, sentyabr oyida o‘tkazilishi mumkin. Siz birinchi taqsimotga ilinishingiz uchun 30-avgustgacha onlayn ariza yuboring;

2️⃣-rasm: ayrim toifadagi abituriyentlar uchun OTM tanlash imkoniyati ochilmayapti. Faqat “Tanlang” degani chiqyapti-yu, undan nariga o’tmayapti. Bunday holat quyidagilarda kuzatilmoqda:

➡️Imtiyozli asosda to’g’ridan-to’g’ri o’qishga kirganlar (ularning masalasi tez orada hal bo’ladi, biroz sabr qilishi kerak);
➡️sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim shakliga kirganlar. Ularga yotoqxonadan joy berish hozircha ko’zda tutilmagan. Eng avvalo kunduzgi ta’limdagilarga beriladi, shuning uchun ularda OTM tanlash va ariza yuborish imkoniyati yo’q;

3️⃣-rasm: agar siz Yagona portalda ro‘yxatdan o‘ta olmayotgan bo‘lsangiz, yaʼni "bunday pasport maʼlumoti bilan avval ro‘yxatdan o‘tilgan' deyilayotgan bo‘lsa, unda Kirish sahifasidan parolni tiklashni bosing. Agar mabodo parolni tiklash uchun avvalgi telefon raqamingiz hozir mavjud bo‘lmasa yoki begona telefon raqamga biriktirilgan bo’lsa, unda siz istalgan o‘zingizga yaqin Davlat xizmatlari markaziga shaxsan borishingiz kerak bo‘ladi. Shunda sizning maʼlumotlaringizga hozirgi ishlab turgan telefon raqamni bog‘lash mumkin bo‘ladi;

4️⃣-rasm: Yotoqxona olish uchun bir marta ariza yuborish yetadi. Qayta-qayta ariza yuborishdan foyda yo‘q, baribir takroran yuborgan arizalaringiz rad etiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32😁63🤔3🥱2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👏«Men sen bilan faxrlanaman» – Shavkat Mirziyoyev Garvard universitetiga $100 000 grant asosida o‘qishga kirgan talabaga minnatdorchilik bildirdi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍335🔥5🏆1
⚡️Aloqa xati qachon beriladi?

‼️O'qishni ko'chirish imtihonlarida yetarli ball to'plagan talabgorlar endilikda o'qishlari ko'chirishga tavsiya etilgan oliygoh telegram kanalini kuzatib borishlari tavsiya etiladi.

Sababi oliygohlar qachondan boshlab aloqa xati berishlarini rasmiy sahifalarida e'lon qilishadi va o'sha sanadan boshlab aloqa xatini olish uchun oliygohga borishingiz lozim bo'ladi.

🗣️Aloqa xatini olganidan so'ng, talabgor talab qilingan hujjatlarni to'liq holatda o'z vaqtida o'qishini ko'chirgan oliygohga taqdim eta olmasa, uning "perevodi" rad etiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17😱51
ℹ️Mustaqillik bayramida quyidagi 3 kun dam olish kuni bo’ladi:

1-sentyabr, juma – bayram (ishlanmaydigan) kuni;

2-sentyabr, shanba:

✔️ 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun Farmonga muvofiq qo‘shimcha dam olish kuni;
✔️ 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun odatdagi dam olish kuni;

3-sentyabr, yakshanba – barcha uchun odatdagi dam olish kuni.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥3🤣21
☝️Yaponiyaning turizm kompaniyasi O‘zbekistonlik talabalarni amaliyotga jalb qilmoqchi

🇯🇵Yaponiyaning sayyohlik kompaniyasi o‘zbekistonlik talabalarni amaliyotga jalb qilmoqchi. Bu haqda “Dunyo” nashri xabar berdi.

Bu bo‘yicha O‘zbekiston elchixonasi xodimlari bilan Yaponiyaning “H.I.S. Co. Ltd” sayyohlik kompaniyasi menejerlari o‘rtasida o‘tkazilgan onlayn uchrashuvda muhokama qilindi.

🗣️Shu bilan birga, mamlakatdan sayyohlar oqimini oshirish, hamkorlikda yangi turizm kontentlari sifatida ekoturizm, gastronomik, ekstrim turizm yo‘nalishlari bo‘yicha turpaketlar ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

👉Yakunda tomonlar o‘rtasida kelishuv amalga oshirildi. Bu O‘zbekiston OTMlarining turizm yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarni “H.I.S” kompaniyasida qisqa muddatli amaliyot o‘tash masalasini o‘z ichiga oladi.

Avvalroq Yaponiyaning “Muroo” kompaniyasi yapon tilini o‘rgatishga ixtisoslashgan O‘zbekiston OTMlarida bakalavriatning oxirgi bosqichlarida o‘qiyotgan talabalarni o‘qishni bitirgungacha tayyorlab, “yuqori malakali ishchi” toifasida mamlakatda ishga qabul qilishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.

‼️Bu borada yapon kompaniyasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va OTM o‘rtasida uch tomonlama shartnoma asosida ishlarni tashkil etishga tayyor ekani ta’kidlangan. Natijada, yiliga 100 ga yaqin o‘zbekistonliklar Yaponiyada ish bilan ta’minlanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😂Talabalar yotoqxonasi oldida tarvuz sotishning oqibati...

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣88😁12👍103
🥸 Endi o‘qituvchilar tanlov asosida ishga olinadi — prezident

Bundan buyon o‘qituvchilikka qabul qilish tanlov asosida bo‘ladi.

✔️Ilk bor qabul qilingan nomzodlar 1 yil o‘qituvchi-stajyor bo‘lib ishlaydi va yil yakuni bilan kasbiy sertifikat olishi lozim bo‘ladi.

Kelgusida bu tizim barcha o‘qituvchilar uchun bosqichma-bosqich joriy qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24🤔7
💲Ta'lim krediti olish uchun onlayn ariza topshirish mumkin

Taʼlim kreditini olish jarayoni endi yanada osonlashdi o‘rtoqlar! Endilikda kreditga ariza berish uchun Talim-krediti.uz maxsus platformasiga kirib ariza yuborsangiz bo‘ldi. Bankka bormasdan kreditga ariza yuborishingiz mumkin.

Buning uchun:

✔️Kreditga ariza yuborishda arizachi:
☑️Pasporti yoki ID raqami;
☑️Tug‘ilgan sanasi (kun, oy va yil);
☑️FISH kiritiladi.

✔️Manzil:
☑️Manzilingiz(viloyat tuman mahalla ko‘cha/xonadon raqami va telefon raqami kiritiladi;

✔️Kredit maʼlumotlari:
☑️Yaʼni taʼlim shakli, oliy taʼlim muassasasi maʼlumotlari, moliyalashtiruvchi bank manzili, kontrakt summasi va garov turi kiritiladi.

✔️Kredit olish jarayoni quyidagicha:
☑️Onlayn ariza qoldirish;
☑️Arizani ko‘rib chiqish;
☑️Hujjatlarni rasmiylashtirish;
☑️Kredit ajratish.

🔽Ariza yuborish uchun ta'lim krediti olish ni bosing.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍292🔥1😁1
❤️‍🔥Ideal ta'lim muhiti:

🔴toza stol;
🔴yopiq xona;
🔴quyosh allaqachon botgan, yorug'lik faqat stol ustidagi chiroqdan;
🔴zarur ish yuritish materiallari;
🔴qo'lyozma yozuvlar;
🔴noutbuk / planshet / darsliklar;
🔴diqqatni jamlash uchun sokin musiqa;
🔴bir chashka qahva yoki choy.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍287🔥3👏2🥰1
✔️Ta'lim kreditlarini qaysi banklardan olsa bo'ladi?

Yangi tartib asosida beriladigan ta’lim kreditini qaysi banklardan olish mumkin degan savol bugungi kunda talabalar uchun juda dolzarbdir. Moliya Vazirligi e’lon qilgan ta’lim krediti ajratadigan banklar ro’yxatiga ko’ra quyidagi 11 ta bank hozidgi vaqtda ta’lim kreditini ajratadi:

🗣️Talaba yigitlarga 14%, xotin-qizlarga esa 0% dan kredit ajratuvchi banklar ro'yxati

🏦Agrobank
🏦Aloqabank
🏦Asakabank
🏦Ipoteka-bank
🏦MKBank
🏦Orient finans bank
🏦Turonbank
🏦Xalq banki
🏦O‘zmilliybank
🏦O‘zsanoatqurilishbank
🏦Qishloqqurilishbank
🏦Hamkorbank

Ushbu banklarning istalgan filialiga ta’lim krediti olish uchun murojaat qilish mumkin. Qanday hujjatlar talab etilishini bu yerda o'qishingiz mumkin.

Ta’ilim krediti uchun arizalar sentyabr oyidan boshlab qabul qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍28👏62🤯2
📌Yangi o'quv yili boshlanganda men nafaqat o'qishim, balki:

☑️sevimli mashg'ulotimga vaqt ajrataman;
☑️shoshilmiman;
☑️birinchi navbatda ruhiy salomatlikni qo'yaman;
☑️ko'p yuraman;
☑️o'z-o'zini rivojlantirish bilan shug'ullanaman:
☑️turli mavzularda muloqot qilaman.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26🔥3❤‍🔥2😁2
👮‍♀️Xususiy sheriklik asosida kelgusi yilda 50 ta (35 ming o‘quvchi o‘rni) maktabni barpo etish ishlari boshlanadi.

Xususiy sektorga qo‘shimcha sharoitlar yaratish orqali yiliga kamida 25 ming o‘quvchi o‘rni tashkil qilinadi.

💬Buning uchun tadbirkorlarga xususiy maktab tashkil qilish uchun kreditning 7 foiz qismi byudjetdan qoplab beriladi.

Yangi maktab qurish uchun yer maydonlari faqat maktab qurish uchun maqsadli auksionga chiqariladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍172🔥1
⚡️Talabalar to‘lov shartnomasini onlayn olishi mumkin

Talabalikka tavsiya etilganlar to‘lov-shartnoma uchun oliy ta’lim muassasasiga borishi shart emas. Buni maxsus portal orqali onlayn amalga oshirish mumkin.

‼️Barcha talabalar, shu jumladan, birinchi kursga tavsiya etilgan talabalar ham yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab shartnomalarni elektron shaklda onlayn olishi mumkin.

Buning uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus elektron portalida ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Shuningdek, ushbu portal orqali «super-kontrakt» uchun ham ariza qoldirish va shartnoma rasmiylashtirish mumkin.

✔️Qonunchilikka ko‘ra, talabalarga kontrakt to‘lovini qismlarga bo‘lib to‘lash imkoniyati ham berilgan:

Jumladan:

kontraktning kamida 25 foizini I kurslar 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda II va undan keyingi kurslar 1-oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

kontraktning kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1 aprelgacha va 100 foizi 1 iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

xorijiy fuqarolar OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha.

Super-kontraktni to‘lash muddati va miqdorlari Davlat qabul komissiyasi tomonidan (o‘quv yilining birinchi yarmi uchun), qolgan qismi OTM rahbariyati tomonidan belgilanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26🤔32👌1
🎒Kelgusi yilda 50 ta, 2025 yilda yana kamida 100 ta maktabni xususiy sheriklik asosida quriladi

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kelgusi yilda 50 ta, 2025-yilda yana kamida 100 ta maktabni xususiy sheriklik asosida qurish bo‘yicha investorlar bilan kelishuvga erishib, amaliy ishlarni boshlash topshirildi.

🎒Umuman, 2030-yilgacha har yili 100 tadan maktab qurilishiga xususiy sheriklarni jalb qilish vazifasi qo‘yildi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🥰21
✔️Davlat xizmatlari markazlariga borib yotoqxonaga ariza berish mumkin

1-kurslar yotoqxonaga arizani my.gov.uz orqali bepul elektron tarzda jo‘natishi mumkin.

Lekin agar buni qilishda qiynalayotgan bo‘lsangiz, o‘zingizga yaqin Davlat xizmatlari markaziga borib o‘sha yerda ariza topshirishingiz mumkin.

❗️Eslatma: bu xizmat faqat 1-kurslar uchun. Katta kurs talabalari OTMga ariza yuboradi.

1-kurs talabalari, yotoqxonaga ariza topshirib bo‘ldingizmi?

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥21
🎓Magistratura qabul natijalari e’lon qilinmoqda

2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan 20 054 nafar fuqaroning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

✔️Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlardan 9 074 nafarining hujjati belgilangan talab darajasida bo‘lmaganligi sababli asoslantirilgan holda rad etildi. Talab darajasida bo‘lgan 10 980 nafar talabgor arizasi tanlovda ishtirok etdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, 6 393 nafar talabgor o‘qishga tavsiya etildi, shundan:
◀️davlat granti — 3 238 nafar;
◀️to‘lov-kontrakt — 3 155 nafar.

To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan talabgorlarning 2 160 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi.

☝️Talabgorlar natijalarni http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

‼️Eslatma: Prezident qaroriga asosan, oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍83🔥2