Ta'limda nima gap?
79.7K subscribers
290 photos
132 videos
110 files
1.07K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
Toshkentda O’zbekiston-Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining II forumi o‘z ishini boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan ushbu xalqaro anjuman “2030-yil: O‘zbekiston va Tojikistonda oliy ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusiga bag‘ishlandi.

Unda ikki tomondan 100 ga yaqin oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, vazirlik hamda idoralar mas’ullari ishtirok etmoqda.

Anjuman davomida universitetlarning fan va ta’lim integratsiyasi, ilmiy tadqiqotlar yaqinlashuvi borasidagi O‘zbekiston va Tojikiston tajribasi muhokama qilinib, ta’lim sifatini ta’minlash, bilimlarni baholash va samarali boshqaruv masalalari bo‘yicha tajriba almashilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston va Tojikiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi xalqaro aloqalar xususiyatlari bo‘yicha fikrlar tinglanib, hamkorlikdagi istiqbolli rejalar ko‘rib chiqilmoqda.

Forum yakunida oliy ta’lim, ilm-fan sohalarida hamkorlikni mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashinuvni kengaytirish va manfaatli aloqalarning boshqa dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha 50 dan oshiq anglashuv memorandumi, bitim va “Yo‘l xaritalari” imzolanishi rejalashtirilgan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍867👏6😁1
⚡️ Attestatsiyani onlayn kuzatadigan sayt ishga tushirildi

Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlarini shaffof tashkil etish maqsadida test sinovlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir (real vaqt rejimida) orqali kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

🎞 Jarayonlarni kuzatish uchun havola

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41🦄1
#Eslatma

⚡️ Rasman: Bu yilgi qabulda abituriyentlar 2 marta ro‘yxatdan o‘tadi

2024-yildan abituriyentlar uchun "avval test, keyin tanlov" tartibi amal qiladi. Bunda abituriyent avval imtihon topshirib, keyin to‘plagan balliga qarab OTM yo‘nalishlarini tanlaydi.

Yangi tartibga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tish 2 bosqichdan iborat bo‘ladi:

1️⃣-bosqichda abituriyentlar agentlik tizimiga o‘zining shaxsiy ma’lumotlari bilan birgalikda faqatgina test topshirish fanlari, test topshirish tili va joyini tanlaydi. Lekin OTMlar va yo‘nalishlarni tanlamaydi. Dastlabki ma’lumotlar abituriyentlarning test sinovida ishtirok etishi uchun yetarli bo‘ladi xolos.

So‘ng abituriyentlar imtihonga kirib chiqadi. Mana shundan keyin abituriyentning qo‘lida o‘z to‘plagan balli bo‘ladi va u prognoz qila oladi.

2️⃣ To‘plagan ballari aniq bo‘lgach, shunga qarab 2-bosqichdagi ro‘yxatdan o‘tishda yo‘nalish tanlashadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍108🤔22🗿127🔥7🥰1
Endi texnikum talabalarining chet tili o‘rganish pulini davlat to‘lab beradi

🇺🇿 Hukumatning yangi qaroriga ko‘ra, chet tili o‘rganishni xohlovchi professional ta’lim muassasa o‘quvchilariga yengilliklar berilyapti.

Unga ko‘ra, professional ta’lim muassasalariga jalb etilgan ta’lim oluvchilar chet tilini mustaqil ravishda o‘rganib, xalqaro yoki unga tenglashtirilgan sertifikatni taqdim etgan taqdirda, ta’lim oluvchi tomonidan chet tilini o‘qish uchun sarflangan xarajatlarning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan oshmagan qismi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

BHMning 10 baravari 3,4 mln so‘mga teng.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍50👏6🔥21
⚡️Davlat oliy ta'lim muassasalarida kontraktni bo'lib to'lash muddatlari

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar:
— belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25% ni uchun 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha)

Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari:
1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

Barcha kurs talabalari:
— belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50% 1-yanvargacha;
— 75% 1-aprelgacha;
— 100% 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

👉 xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;

❗️Nodavlat oliygohlarda kontrakt to'lash muddatlari talaba va OTM o'rtasidagi shartnomaga asosan belgilanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍57🤔65🔥2
⚡️ Rasman: huquqshunoslik fanidan ham milliy sertifikat olish mumkin bo'ladi

▪️ Bu haqida Bilimlarni baholash agentligi ma'lum qildi.

⚖️ Agentlik tomonidan huquqshunoslik fanlaridan ham milliy sertifikat imtihonlarini tashkil etish ustida ish olib borilayotgan bo‘lib, joriy yilning 3-may kuni aprobatsiya test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

📱 Bunda huquqshunoslik fanlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan va huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar https://my.uzbmb.uz/service/98 havolasi orqali aprobatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

📍 Huquqshunoslik fanlaridan aprobatsiya test sinovlari Toshkent (200 nafar), Buxoro (600 nafar), Namangan (600 nafar) va Urganch (600 nafar) shaharlarida tashkil etiladi.

📆 Aprobatsiya sinovlarida ishtirok etish bepul bo‘lib, talabgorlarni ro‘yxatga olish 28-aprelgacha davom etadi.

🖥 Aprobatsiyada ishtirok etuvchilar soni cheklangan bo‘lib, ma’lum bir hududda o‘rinlar soni to‘lganda, ro‘yxatga olish muddatidan oldin yakunlanishi mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍394🔥4😍2
⚡️Endilikda huquqshunoslik fanidan ham milliy sertifikat yo'lga qo'yilmoqda!

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi orqali abituriyentlar ayni vaqtda quyidagi fanlar bo'yicha sertifikat uchun imtihon topshirib oldindan ballni naqd qilib qo'yish mumkin:

1️⃣ Matematika
2️⃣ Biologiya
3️⃣ Kimyo
,
4️⃣ Fizika
5️⃣ Ona tili va adabiyot
6️⃣ Tarix
7️⃣ Geografiya
8️⃣ Rus tili va adabiyoti
9️⃣ Qoraqalpoq tili va adabiyoti

Shuningdek, bu ro'yxatga huquqshunoslik fani ham qo'shilmoqda. 3-may kuni ilk marta huquqshunoslik fanidan sertifikat uchun testlar aprobatsiyasi bo'ladi.

Sertifikat berilmaydi.
Aprobatsiyada qatnashish bepul!


Ro'yxatdan o'tish:
https://my.uzbmb.uz/service/98

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41👏52🔥2🥰1🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔠Bola partaga qo‘lini qo‘yib o‘tirishi — sovet tizimidan qolgan

"Bola partada erkin o‘tirishi kerak. Qo‘lni partaga qo‘yib o‘tirish, bolani mute, qul qiladi", dedi jurnalist, jamoatchilik faoli Sherzod Qudratxo‘ja.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍97🥱11🤔10💯6👏2🔥1
‼️Zo‘r xabar: endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi.

Bu haqda bugun Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’lim tizimi bo‘yicha bo‘lgan taqdimotda aytildi.

Davlatimiz rahbari bu tizimni adolatli yo‘lga qo‘yish, yoshlarga va ota-onalarga yetkazish zarurligini ta’kidladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍74👏114😱31
O'qituvchilarga 40 foiz ustama. Kimlarga beriladi?

▪️ 2024-2025-oʻquv yilidan boshlab oʻqitish va bilimni baholashning yangi tartibini samarali joriy etgan, oʻquvchilari ijobiy koʻrsatkichlarni qayd etayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ularning tarif stavkasiga nisbatan 40 foizgacha ustama berish tartibi joriy etiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍43🤔8😁7❤‍🔥3🔥2
Qisqa vaqtda professional REPETITORGA aylanishni xohlaysizmi?

1️⃣ oyda quyidagi mutaxassisliklardan birini qo‘lga kiriting:

Mnemonika (Super xotira)
Mental arifmetika
Tez o‘qish

🔖 Qonuniy sertifikat olib, ta'til vaqtida o‘z ta'lim biznesingizni yo‘lga qo‘ying!

24 soat uchun 92% mega chegirma berildi, foydalanib qoling!

👉 KURS HAQIDA 👈

Eng qizig‘i ta'limni hozirdanoq boshlashingiz mumkin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24🥰32
📌 Minimal kirish ballari oshiriladi.

O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish balini 2 bosqichda oshirib, sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanishi kutilmoqda (amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball).

Bu haqida matbuot anjumanida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri xabar berdi.

Bu degani 74 balldan kam ball olgan abituriyent kvota to'lmasa ham o'qishga tavsiya etilmagan hisoblanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍74🤔5🤗21
📈 Kontrakt narxi oshishi kutilmoqda!

🇺🇿 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Shohruh Daliyevning aytishicha, bir talabani oʻqitish davlatga yiliga 12–15 million soʻmga tushmoqda.

“Talabalar uchun stipendiyalar miqdorini oshirish masalasini oʻylab koʻrishimiz kerak. Toʻlov–kontrakt miqdori ham pandemiya davridan beri oshirilmadi. Bir talabaga sarflanayotgan pul, u toʻlayotgan kontrakt miqdoridan ancha koʻp”.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢61👀50👍43🤯27😱17🤷‍♀6