Ta'limda nima gap?
75.6K subscribers
377 photos
157 videos
155 files
1.21K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
⚡️Navro‘z bayrami munosabati bilan dam olish kunlari (ish haftasidan qat'iy nazar)

21-mart - Navro‘z bayrami;
22-mart - qo‘shimcha dam olish kuni;
23-mart - dam olish kuni; (6 kunliklarga qo‘shimcha)
24-mart - dam olish kuni;

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍22🔥4❤1🥰1
⚡️ Vazir jamg‘armasiga saralashning 1-bosqich test sinovlari natijasi e’lon qilindi

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama olishga nomzodlarni saralashning 1-bosqich test sinovlari o‘tkazilgan edi.

🔴
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan mazkur test sinovlari natijalari e’lon qilindi.

👉Test natijalarini mazkur havola orqali bilib olish mumkin: https://my.uzbmb.uz/result

📄 Eslatma: Natijalarni bilish uchun nomzodning pasport yoki ID karta hamda ko‘rsatilgan boshqa ma’lumotlarni kiritish lozim.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤36🔥27👍23🥰22🤩8👏5
Saqlab qoʻying kerak boʻladi!

Majburiy blok savollarida tushadi.


✅2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili”

1991-yil — Alisher Navoiy yili.
1992-yil — Hamshiralar yili.
1993-yil — Ahmad Yassaviy yili.
1994-yil — Mirzo Ulug‘bek yili.
1995-yil — Abu Ali ibn Sino yili.
1996-yil — Amir Temur yili.
1997-yil — Inson manfaatlari yili.
1998-yil — Oila yili.
1999-yil — Ayollar yili.
2000-yil — Sog‘lom avlod yili
2001-yil — Ona va bola yili.
2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili.
2003-yil — Obod mahalla yili.
2004-yil — Mehr-muruvvat yili.
2005-yil — Sihat-salomatlik yili.
2006-yil —Homiylar va shifokorlar yili.
2007-yil —Ijtimoiy himoya yili.
2008-yil — Yoshlar yili.
2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili.
2010-yil — Barkamol avlod yili.
2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili.
2012-yil — Mustahkam oila yili.
2013-yil — Obod turmush yili.
2014-yil — Sog‘lom bola yili.
2015-yil — Keksalarni eʼzozlash yili.
2016-yil — Sog‘lom ona va bola yili.
2017-yil— Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili.
2018-yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili.
2019-yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili.
2020-yil — Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili.
2021-yil — Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili.
2022-yil — Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili.
2023-yil — Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili.
2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili”

© Manba

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31🥰20👏19❤15🔥10🤩9
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona davlat universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti yangi o‘quv binosining ochilish marosimidan

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍21🔥4👏4🗿3❤1
"Ochisleniya" bo'lgan talabalar ham o'qishini ko'chirishi mumkin!

Ayni vaqtda xorijda va Respublikamizdagi nodavlat oliygohlarda tahsil olayotgan ayrim talabalar o'z vaqtida to'lov-kontrakt pulini to'lamaganligi yoki boshqa sabablarga ko'ra o'qishdan chetlatilgan. Ushbu toifadagi talabalar ham o'qishini davlat OTMlariga ko'chirishi mumkinmi?

Buning uchun o'qigan davri ko'rsatilgan transkripti (yoki akademik ma'lumotnoma) hamda talabalar safidan chetlatilganligi to'g'risida buyruq kerak bo'ladi. Ushbu hujjatni o'qishni ko'chirish arizasiga ilova qiladi hamda imtihonlarda bemalol qatnashishi mumkin. Bunda huquqiy tomonlama hech qanday cheklov yo’q!

Xulosa qilib shuni aytish mumkin-ki, o'qishdan chetlatilgan talabalar ham bemalol Respublikadagi davlat oliygohlariga o'qishini ko'chirishi mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
❤52👍40🔥22🤩16👏10🥰6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 To'langan kontrakt pulidan 12 foizni qaytarib olish videoqo'llanmasi

➖ Davlat hamda nodavlat ta'lim muassasasi talabalari to'lagan kontraktidan 12 foizni miqdorida daromad soligʻini, soliq organlariga bormasdan, masofadan qaytarib olishi mumkin.

❌ Ko'chama-ko'cha ovora bo'lish shartmas!

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
❤54🥰29👍26👏25🤩16🔥10
Imtiyozlar reyestri.pdf
1.3 MB
#Bilasizmi

Oʻqishga kirishda 41 imtiyoz bor

🔠 Davlat qabul komissiyasining 2022-yil 29-dekabrdagi 10-son majlis bayoni bilan “Davlat OTMlariga kirish uchun berilgan imtiyozlarning yagona REYESTRI” tasdiqlangan.

Reyestrdan 41 ta imtiyoz turi oʻrin olgan:

1. Imtihonsiz qoʻshimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (15 ta);
2. Imtihonsiz bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (4 ta);
3. Tegishli fan boʻyicha imtihondan ozod etilib, maʼlum miqdorda ball berish boʻyicha imtiyozlar (5 ta);
4. Toʻplangan ballga nisbatan qoʻshimcha ball berish boʻyicha imtiyozlar (2 ta);
5. Qoʻshimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish boʻyicha imtiyozlar (12 ta);
6. Qoʻshimcha imtiyozlar (3 ta).

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
👍60❤44🔥35🥰32🤩26👏22
⚡️Ta'lim krediti ajratayotgan banklar ro'yxati

Ayni vaqtda 5 ta bank tomonidan imtiyozli taʼlim krediti ajratilmoqda (ro'yxat banklarning Bosh ofis masʼul xodimlari tomonidan berilgan maʼlumot asosida tayyorlandi).

🏦 HAMKORBANK – 1256

🏦 IPAK YOʻLI BANKI – 1296

🏦 BRB –1254

🏦 MKBANK – 1285

🏦 TURONBANK – 1220

Kredit shartlari:
➖ Foizi: Yigitlarga 14% Qizlarga 0%;
➖ Muddati: Oʻqish davri + 7.5 yil
➖ Miqdori: Oʻquv yili uchun talaba va OTM oʻrtasida tuzilgan shartnoma summasi.

⚡️ Qo'llab quvvatlash

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤41👍38👏17🤩11🥰9🔥6
⚡️ "Open budjet"ga ovoz yig‘ishga majburlagan rahbarlar javobgarlikka tortiladi

Yana ovoz berish sezoni boshlanib, ayniqsa, o‘qituvchilar ovoz olishga kirishib ketishdi. Ko‘p maktablarda o‘qituvchilarga nechtadir ovoz yig‘ish normasi qo‘yilgan.

📌 Lekin bu — qonunchilikka zid. Xodimlarni ovoz to‘plashga majburlash - majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi.

Majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha (33 mln so‘mgacha) jarima belgilangan. Takroran majburiy mehnatga majburlash esa jinoiy javobgarlikka tortilishga sabab bo‘ladi.

✉️ Postni ovoz yig‘ishga qiynalib yurgan o‘qituvchi tanishlaringizga yuboring.

⚡️ Qo'llab quvvatlash

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰43👍33❤23🔥19👏14🤩3
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

✅ 2024-yil 3-martdan 12-martga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❕ Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (20-22-mart) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

⚡️ Qo'llab quvvatlash

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰42👍40🤩19👏14🔥12❤10
⚡️ Vazir jamg'armasi imtihoni bo'yicha shikoyat yuborish mumkin

✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama olishga nomzodlarni saralashning 1-bosqich test sinovlari natijasi eʼlon qilingan.

☝️ Mazkur test natijalaridan norozi boʻlgan pedagoglar Bilim va malakalarni baholash agentligiga ushbu havola orqali oʻz shikoyatlarini yuborishlari mumkin.
https://my.uzbmb.uz/xtv/result

🖥 Buning uchun pedagoglar mazkur manzilga kirib "Roʻyxatdan oʻtish" tugmasini bosadi va quyidagi so’ralgan maʼlumotlarni kiritish orqali "Shaxsiy kabinet" yaratadi:

➖nomzodning pasport (ID karta) maʻlumotlari (seriya va raqami);
➖jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (14 ta raqamdan iborat);
➖nomzodning shaxsiy telefon raqami;
➖soʻralayotgan matematik amaliyot javobi (masalan: 9+8=17).


🔹Shundan soʻng shaxsiy kabinetga kirib “Vazir jamgʻarmasi uchun test sinovlari (MMTV) 2024” boʻlimi orqali “Apellyatsiya” tugmasini bosadi va ochilgan maydonda oʻz shikoyatini qoldiradi.

❗️Eslatma: Pedagoglar tomonidan yuborilgan mazkur shikoyatlar 3 (uch) kun davomida (2024-yil 23-mart kuni soat 17:00 ga qadar) qabul qilinadi.

⚡️ Kanal rivoji uchun ovoz berish

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤67👍43🥰32👏17🤩17🔥14
⚡️ Ona tilidan milliy sertifikat imtihonida esseda so‘z sanalmaydi

▪️ Bilimlarni baholash agentligiga ko‘ra:

Esse yozish jarayonida buyuk shaxsdan iqtibos keltirilishi kerakligi borasida, shuningdek, so‘zlar soni xususida qatʼiy talab mavjud emas. Lekin talabgor mavzu doirasida o‘z fikrlarini dalillar asosida yoritishi lozim.

Tajribaga ko‘ra, so‘zlar hajmi belgilansa, talabgor o‘z fikrlarini to‘liq bayon etgan bo‘lsa-da, so‘zlar sonini belgilangan talabga yetkazish maqsadida sunʼiy tarzda esseni davom ettirishga majbur bo‘ladi. Esseni tekshirish jarayoni avtomatlashtirilgan bo‘lib, platforma tekshiruvchilarga ixtiyoriy esse (tanlama usulda) talabgorning ism va familiyasi ko‘rsatilmagan holda yuboriladi.

🚪 Ona tilidan sertifikat olmoqchi bo‘lgan abituriyentlarga yuboring.

⚡️ Kanal rivoji uchun ovoz berish

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍101🥰98❤44👏22🔥15🤩10
nodavlat texnikumlar ro'yxati.pdf
46 KB
#nodavlat_texnikum

⚡️Diplomi O‘zbekistonda tan  olinadigan texnikumlar nechta?

Bugungi kunda 30 ta nodavlat texnikum professional taʼlim xizmatlarini koʻrsatish vakolatiga ega.

Ilova qilinayotgan 30 ta professional taʼlim tashkilotlari tomonidan berilgan ta'lim hujjatlari Respublika hududi bevosita tan olinadi. (Faylda ro'yxat keltirilgan)

Asos: “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunning 31-moddasi

⚡️ Kanal rivoji uchun ovoz berish

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍98🥰42👏22🤩21❤18🔥15
❓ "Temurbeklar maktabi"ga qachondan o‘qishga kirish mumkin?

🔎 "Temurbeklar maktabi"ga 9-sinfni tugatgan, shahodatnomasi bor talabgorlar qabul qilinadi. O‘qish davri — 2 yil.

📄 O‘quvchilar saralash asosida qabul qilinadi. Bu 3 ta imtihon: dastlabki tanlash, harbiy-kasbiy tanlov va test sinovlaridan iborat. Shuningdek, ular tibbiy ko‘rikdan ham o‘tkaziladi.

🔗 Ulardan diktant ham olinadi, yakkama-yakka suhbat o‘tkaziladi. Oxirida esa Bilimlarni baholash agentligi tomonidan 5-9-sinf darsliklari doirasida test sinovlari olinadi. Hammasidan o'tganlar o'qishga qabul qilinadi.

⭐️ Yuqoridagi jadval respublika bo'yicha "Temurbeklar maktabi" ro'yxati.

⚡️ Kanal rivoji uchun ovoz berish

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍125❤46🥰39🔥22👏22🤩9
⚡️ Attestatsiyaning ikkinchi bosqichi test shaklida o‘tkaziladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan pedagog.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan pedagog kadrlar uchun attestatsiyaning ikkinchi bosqichi test shaklida o‘tkazilishi belgilandi.

Majburiy va navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tish uchun pedagog.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan barcha pedagog kadrlarning bilim darajalari test sinovlari orqali aniqlanadi.

Test jarayonlari amaldagi Nizomning 36-bandiga muvofiq joriy yilning mart-may oylarida o‘tkaziladi.

Test kunlari to‘g‘risida qo‘shimcha vazirlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi hamda pedagog.edu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish jarayonida pedagog tomonidan qoldirilgan telefon raqamga SMS xabarnoma yuboriladi.

⚡️ Kanal rivoji uchun ovoz berish

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍131🥰32❤27🔥25👏22🤩12
🔥 Ruhan sinmang!

🍀 Nima hodisa ro‘y bermasin, aslo ruhan tushkunlikka tushmang. Jisman yiqilsangiz, sizni turib ketmog‘ingizga yordamga keluvchilar topiladi, ammo ruhan yiqilsangiz, sizni tepib o‘tib ketadilar.

O‘zingizni aslo ruhan sindirmang. Nima bo‘lsa ham boshingizni mag‘rur ko‘taring, o‘ta kuchli sabr egasiga aylaning, tishni tishga qo‘ya biling.

⚡️ Kanal rivoji uchun ovoz berish

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍164🔥101🥰47❤34👏33🤩11
🔍 Abituriyentlar haqida sun'iy intellekt nima deydi?

📔 Abituriyent kim?
Abituriyent - bu oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarida qatnashayotgan va universitet, akademiya yoki institut kabi oliy ta'lim dasturlariga kirishni maqsad qilgan shaxslarga beriladigan nom. Bu jarayon odatda imtihonlarga tayyorgarlik, tanlov qilish va universitetlar belgilagan mezonlarga ko‘ra tanlash jarayonlarini o‘z ichiga oladi.

⌛️ Imtihonga tayyorlanish uchun abituriyent kuniga qancha o'qishi kerak?
Imtihonga tayyorlanishda sarflanadigan vaqt har bir abituriyentning o‘qish qobiliyati, maqsadlari va mavjud vaqtiga bog‘liq. Umumiy tavsiya sifatida, ko‘pchilik mutaxassislar kuniga kamida 3-4 soat samarali o‘qishni maslahat beradi. Biroq, bu vaqt imtihon davri yaqinlashganida yoki qiyin mavzular ustida ishlayotganda oshishi mumkin. Eng muhimi, sifatli va muntazam tayyorgarlik ko‘rishdir.

😴 Abituriyent sutkasiga qancha uxlashi kerak?
Ko'pchilik sog'liq mutaxassislari kattalar uchun kuniga taxminan 7-9 soat uyqu tavsiya etadi. Abituriyentlar ham bu umumiy qoidaga amal qilishlari kerak, chunki etarli darajada uyqu olgan odam diqqatni jamlash, yaxshi eslash va umumiy samaradorlikni oshirish qobiliyatiga ega bo'ladi. Imtihonlarga tayyorgarlik ko'rayotgan paytda sog'lom uyqu rejimini saqlash, ayniqsa, muhimdir.

⚡️ Kanal rivoji uchun ovoz berish

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍244🥰57👏37🤩32🔥29❤25
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rektorlar

Bugun "Madaniyat va ma’rifat" telekanalining “Akademik soat” koʻrsatuvida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja jurnalistika sir asrorlari haqida soʻz yuritadi.

Soat 22:15 da albatta koʻring!

⚡️ Kanal rivoji uchun ovoz berish

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍125🥰39❤37🔥32👏22🤩11
❓ Talabalikka erishish uchun nimalar qilishimiz kerak:

➡️ Raqobat. Raqobatchi tanlayotganda o‘zimizdan kuchli bo‘lgan tengdoshlarimiz, aniqrog‘i, tajribali abituriyentlarga e’tibor qaratish foydali. Kuchsiz abituriyentni doimo yengib yurishdan hech qanday naf yo‘q. Raqobatlashayotganda raqibimizni ixtiyoriy yo‘l bilan emas, faqat bilim orqali yengishga urinishimiz lozim. Masalan, ko‘chirish orqali undan o‘zib ketish sizga o‘sha vaqtdagina xursandchilik olib keladi, xolos;

➡️ Yordam so‘rash. Raqobatchi do‘stlaringiz, ayni vaqtda, sizning yo‘ldoshlaringiz ham. Ular bilan tajriba almashish siz uchun ayni muddao. Aslida, raqobatchi do‘stingiz ham sizga o‘rgatish orqali bilimlarini takrorlab, mustahkamlab oladi. Lekin so‘rash kerak ekan deb hamma narsani so‘rayverish ham to‘g‘ri emas. Fikrlash kerak bo‘lgan o‘rinlarda tafakkurni ham ishga solish lozim;

➡️ To‘g‘ri tanlov. Ko‘pchilik abituriyentlarni “tajribali abituriyent”ga aylantirayotgan muhim omil to‘g‘ri tanlovni amalga oshirmaslikdir. Qaysidir viloyatda aynan sizning yo‘nalishingizda o‘tish balli 142 ball bo‘layotganda Toshkentdagi 195 balli oliy o‘quv yurtiga kirishingiz shartmi? Ustiga, o‘zingiz ham o‘sha viloyatdan bo‘lsangiz. Modomiki, Toshkentda o‘qish birlamchi masala bo‘lsa, past balli joylar juda ham ko‘p.

⚡️ Kanal rivoji uchun ovoz berish

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍190🤩101🥰55❤41👏28🔥21
​​​​​​​Talaba boʻlmoqchimisiz, unda, albatta, oʻqing!

Abituriyent - bu hayotini oʻzgartirish uchun yoʻlga chiqqan shaxs. Hamma ham odam boʻlib tugʻiladi, ammo kimdir inson boʻlib, kimdir odamligicha vafot etadi. Dunyoda birovga yomonlik qilmasdan yashaganing sening yaxshi inson ekanligingdan dalolat emas.

Agar hamma narsaga loqayd boʻlsang, faqat oʻzingni oʻylasang, dangasa, tanbal boʻlsang va hech boʻlmasa, bir marta hayotingni oʻzgartirishga urunib koʻrmasang, insonlikka daʼvo qilma.

Inson uchun doimo harakatda boʻlmoq - tiriklikning belgisi.

☝️Sen bugundan abituriyentsan, bu degani talabalik tomon yoʻl olding. Demak, sen hayotingni oʻzgartirishni xohlaysan. Shunday ekan, quyidagilarni yodda tut:

Hech qachon vaqtim yoʻq dema!
– Hohish boʻlsa, vaqt topiladi. Dunyoni boshqarayotgan mashhurlarning sutkasi senikidan ortiq emas.

Hech qachon eslab qololmayman dema!
— Inson istasa, hammasini yodda saqlaydi, Alloh senga bergan xotiraga shubha qilma. Xotirangni boʻysundir.

Hech qachon tushunmayman dema!
— Dunyoda tushunish qobilyati va ong berilgan yagona tirik jon sensan.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍171🥰44❤37🔥23👏23🤩14
Forwarded from Ustoz.uz | Rasmiy kanal
❓Хусусий университетларнинг лицензияси ҳақиқийлигини қаердан текширса бўлади?

✅ Жавоб: Одатда олийгоҳлар лицензияларини бинонинг кириши қисмига илиб қўйишади. Консалтинглар эса сизга электрон (PDF) қилиб ташлаб беришлари ёки офлайн кўрсатишлари мумкин. Сиз лицензиядаги QR кодни сканер қилиш орқали ҳужжат маълумотларини текширишингиз мумкин.

☝️ Энг афзал йўли – license.gov.uz сайтига кириб, сайтнинг "Реестр" бўлимида “Ҳужжат рақами”га лицензия рақами (масалан, 123456) киритилса чиқиб келади.

⁉️ O'zi nima gap? – Долзарб хабарлар
👍92🥰46❤34🔥23👏18🤩10