Ta'limda nima gap?
79.9K subscribers
290 photos
132 videos
110 files
1.07K links
Taʼlimda nima gap?

Biz buni yoritib boramiz...

🔔 Hamkorlik uchun: @ravshanjon_uz
Download Telegram
Qaysi holatlarda nodavlat OTM diplomi tan olinmaydi?

✔️Quyidagi holatlarda nodavlat OTM diplomi tan olinmasligi mumkin, jumladan:

➡️Tegishli litsenziyaga ega bo'lmagan nodavlat ta'lim tashkiloti tomonidan berilgan diplomlar;
➡️Litsenziyada ko'rsatilgan ta'lim yo'nalishlaridan boshqa yo'nalishlarida tahsil olgan talabalar uchun berilgan diplomlar;
➡️Joriy yildan sirtqi ta'lim shaklida tahsil olish uchun 5 yillik pedstaj talab etiladigan yo'nalishlar uchun stajsiz qabul qilingan talabalar bitirgandan so'ng berilgan diplomlar;
➡️Joriy yilda sirtqi ta'lim shakli yopilgan 14 ta ta'lim yo'nalishlarning sirtqi shakliga qabul qilingan talabalarga berilgan diplomlar;
➡️Sirtqi ta'lim shaklida 5 yil (maktabgacha ta'lim yo'nalishidan 4 yil) dan kam tahsil olgan talabalar uchun berilgan diplomlar tan olinmasligi mumkin.

Ayrim shaxslar yuqorida ko'rsatilgan sabablarni noto'g'ri talqin qilmasliklari uchun batafsil izohlaymiz.

1️⃣Litsenziyaga ega bo'lmagan nodavlat ta'lim tashkilot tomonidan berilgan diplomlar hech qanday huquqiy kuchga ega emas. Ya'ni, litsenziya olmagan tashkilot oliygoh sifatida tan olinmaydi va diplomi o'tmaydi;

2️⃣Oliygoh litsenziyada ko'rsatilgan (ruxsat berilgan) ta'lim yo'nalishlaridan boshqa (ko'rsatilmagan) yo'nalishlarda abituriyentlarni qabul qilib tahsil berishi noqonuniy hisoblanadi. Ya'ni, litsenziyada ko'rsatilmagan yo'nalishlarda tahsil olgan talabalar uchun berilgan diplomlar tan olinmaydi.

3️⃣2023/2024 o'quv yilidan boshlab quyidagi yo'nalishlarga 5 yillik pedstaj talab etiladi.

➡️boshlang‘ich ta’lim;
➡️tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
➡️musiqa ta’limi;
➡️jismoniy madaniyat;
➡️texnologik ta’lim.

Ya'ni yuqoridagi yo'nalishlarga 5 yillik pedstajsiz o'qishga qabul qilish mutlaqo mumkin emas va bu noqonuniy hisoblanadi.

4️⃣2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son qaroriga ko'ra, 2023/2024 oʻquv yili qabulidan boshlab sirtqi taʼlim shakliga qabul amalga oshirilmaydigan taʼlim yoʻnalishlari keltirilgan boʻlib, 14 ta ta'lim yoʻnalishlarga bu yilgi oʻquv yilidan sirtqi taʼlimga qabul boʻlmasligi belgilangan.

Ya'ni, 14 ta bakalavr yo'nalishlarining sirtqi shakli yopildi va ularga qabul qilish mumkin emas, ushbu yo'nalishlarga bu yili qabul qilingan talabalar bitirgandan so'ng diplomlarida muammolar yuzaga kelishi mumkin (sirtqi ta'lim shakli yopilgan 14 ta yo'nalish ro'yxati).

5️⃣Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 930-sonli “Oliy taʼlim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida” nizomi mavjud bo'lib, bakalavriat ta’lim yo'nalishlarining sirtqi ta'lim shakli 5 yil, maktabgacha ta'lim yo'nalishida 4 yil etib belgilangan.

Ya'ni, sirtqi ta'lim shaklida 5 yil (maktabgacha ta'lim yo'nalishidan 4 yil) dan kam tahsil olgan talabalar uchun berilgan diplomlar tan olinmasligi mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍563🔥2🙊2😱1
↪️Siz yo orzularingizni o‘zgartirishingiz yoki mahoratingizni oshirishingiz kerak

Jim Ron, tadbirkor, biznes murabbiy

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏18👍1211❤‍🔥1
💊Sentyabrdan tibbiyot yo'nalishi talabalari salkam 1 mlnlik stipendiya oladi

"IELTS" darajasi kamida 7.5, boshqa chet tili darajalari kamida C1 bo'lgan talabalar til sertifikati amal qilish muddati tugaguncha stipendiya olishlari mumkin.

✔️Barcha tibbiyot yo'nalish talabalarini xabardor qiling.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26😱17🔥43😁3👏1
☝️O'qituvchilar tibbiy ko'rikdan o'tishlari kerak, aks holda ular dars bera olmaydi.

😳“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 46-moddasiga ko‘ra o‘qituvchilar o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart. Tibbiy ko'rikdan o'tmagan o'qituvchi bunday faoliyat bilan shug'ullana olmaydi va bolalarga dars bera olmaydi.

📌Oliy Majlis Qonunchilik palatasida vazirlik va idoralar bu boradagi tartib-taomillarni amalga oshirishga yetarlicha e’tibor bermayotgani tanqid qilindi. Endilikda Qonunning ushbu moddasi jiddiy nazorat ostida.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26😁16👀6🔥2🤯1
⚡️Yangi oʻquv yilidan boshlab “Kundalik.com” platformasi “e.maktab.uz” sifatida oʻz faoliyatini davom ettiradi

e.maktab.uz” nafaqat elektron kundalik va elektron jurnalni, balki o‘qituvchilar uchun “aqlli kundalik” tizimini ham o‘z ichiga oladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19😁5🤣32
➡️Turkiya Oliy taʼlim kengashining soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, Turkiyada tahsil olayotgan Markaziy Osiyolik talabalar soni:

🇹🇲 Turkmaniston - 18250 talaba;
🇰🇿 Qozog'iston - 8864 talaba;
🇺🇿 O'zbekiston - 4794 talaba;
🇰🇬 Qirg'iziston - 2026 talaba.

Sizning fikrizcha bu qanchalik foydali O'zbekiston uchun? fikringizni kommentaryada qoldiring
👇

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26🤔6🔥54
📰 Yaxshi xabar: O‘zbekistondagi barcha muzeylarga kirish bepul bo‘ladi

🏛1 sentyabrdan boshlab barcha maktab oʻquvchilari va 18 yoshgacha boʻlgan bolalar madaniy meros obʼyektlari, koʻrgazmalar, tarixiy obidalar va davlat muzeylariga bepul tashrif buyurishlari mumkin.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁27👍24😢21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😎 1-kursga qabul qilingan do'sting sentyabrda

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣106😁34👍24🔥1🤔1
⚡️Endi maktablar B2 sertifikati bo‘lmagan chet tili o‘qituvchilarini qabul qilmaydi

‼️Hukumat qaroriga ko'ra, 2022/2023 o'quv yilidan boshlab chet tili o'qituvchilari B2 sertifikatisiz maktablarga ishga qabul qilinmasligi qayd etildi. Biroq, bu talab o'tgan yildan beri bajarilmagan.

✔️Biroq, yangi o'quv yilidan boshlab B2 dan kam bo'lmagan chet tili sertifikatiga ega bo'lmagan o'qituvchilar umumta'lim maktablariga ishga qabul qilinmaydi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51🔥43👏2🤔2❤‍🔥1
#Rasman

⚡️ Imtihondan yiqilganlar ham endi talaba bo'lishi mumkin!

Namangan xalqaro universitetida qabul jarayonlari davom etmoqda.

Unutmang, bu siz uchun oxirgi imkoniyat boʻlishi mumkin!

🚀 Yuqoridagi 8ta yoʻnalishdan birini tanlang va kirish imtihonlarida ishtirok etib(DTM balingiz 60 va undan yuqori boʻlsa imtihonsiz), talaba boʻling.

👉 Maxsus imkoniyatlar.

NamXU — kelajagingizni professionallarga ishoning!

🎓 O’qishga kirish va ko‘chirish uchun hujjat topshirish

📞 78-113-21-22   

Telegram | Instagram | web-sayt | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22😁53🔥3
🔥Avstraliyada bepul o'qish va Buyuk Britaniyada ishlash - siz uchun ajoyib imkoniyatlar

📌WIPO Global Health Innovation Fellowship
— Hindiston hukumati tomonidan biotexnologiya sohasidagi yosh mutaxassislar uchun ilmiy stipendiyalar. Nomzodlar turli ma'lumotga ega bo'lishi mumkin: muhandislik, tabiiy fanlar, informatika, biznes, huquq, tibbiyot.

Mezbon tomon barcha xarajatlarni qoplaydi: parvoz, turar joy, sarf materiallari. Muddati ikki yil. Bu vaqt davomida ishtirokchilar xalqaro jamoada sog'liq muammolarini hal qiladilar.

Tugash muddati: 1 sentyabr.

📌HDR Scholarships
— Yangi Janubiy Uels universiteti stipendiyalari - Avstraliyadagi eng yaxshi universitetlardan biri. Xalqaro talabalar uchun bir qator imkoniyatlar mavjud. Ulardan ba'zilari bir martalik to'lovni ta'minlaydi, boshqalari esa o'qish uchun to'lov, xona va ovqat uchun to'lovni to'liq to'lashni ta'minlaydi.

Tugash muddati: sentyabr, aniq sana dasturga bog'liq.

📌Institute of Ideas and Imagination Fellowship
— Grantning maqsadi - rassomlar va san'atkorlar odatdagidan tashqariga chiqadigan asarlar yaratish uchun birlashtirish. Buning uchun ularga Parijdagi ofis, tadqiqotni qo‘llab-quvvatlash va yiliga $75 000 to‘lovlar taqdim etiladi.

Kimlar ishtirok etishi mumkin: Ijodkorlar - dunyoning istalgan nuqtasidan kino ijodkorlari, rassomlar, yozuvchilar, bastakorlar, shoirlar, universitet professorlari va fan nomzodlari.

Ariza topshirish uchun sizga hujjatlar to'plami kerak bo'ladi: shaxsiy hujjatlar, rezyume, loyiha tavsifi, ish namunalari va tavsiyanoma.

Tugash muddati: 27 oktyabr.

📌Professional Development Grants for Environmental Journalism
— Ekologiya va atrof-muhit sohasidagi tadqiqotlar bilan shug'ullanadigan jurnalistlar uchun grant. Faqat tashkilotlar va ro'yxatdan o'tgan yuridik shaxslar murojaat qilishlari mumkin.

Loyiha uchun ajratilgan umumiy miqdor 85 000 € ni tashkil qiladi. U tadqiqot, malaka oshirish, kurslarni o'rganish uchun ishlatilishi mumkin.

Tugash muddati: 12 oktyabr.

📌Nottingham Research and Anne McLaren Fellowships
— Tadqiqotchilar uchun stipendiya dasturi. Nottingem universiteti 53,353 funt sterlinggacha bo'lgan ish haqini uch yilgacha taklif qiladi. Bundan tashqari, 75,000 funt sterlinggacha bo'lgan tadqiqot xarajatlari qoplanadi.

Nomzodlar PhD darajasiga ega bo‘lishi, jahon nashrlarida nashrlari va yaxshi obro‘ga ega bo‘lishi kerak.

Tugash muddati: 6 oktyabr.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🔥32❤‍🔥2🕊1
👀1-kurslar uchun talabalar turar joyi tarqatish bo‘yicha ayrim tushuntirishlar:

1️⃣-rasm: 30-avgustgacha kelib tushgan arizalar o‘rtasida dastlabki taqsimot o‘tkaziladi. Dastlabki taqsimotga taxminan 50% o‘rin ajratiladi. Yaʼni shu sanagacha nechta ariza kelib tushgan bo‘lsa, ular orasidan avval ehtiyojmand va birinchi navbatda berilishi kerak bo‘lgan talabalarga, shundan so‘ng boshqalarga beriladi. Keyingi taqsimot ehtiyojga qarab, sentyabr oyida o‘tkazilishi mumkin. Siz birinchi taqsimotga ilinishingiz uchun 30-avgustgacha onlayn ariza yuboring;

2️⃣-rasm: ayrim toifadagi abituriyentlar uchun OTM tanlash imkoniyati ochilmayapti. Faqat “Tanlang” degani chiqyapti-yu, undan nariga o’tmayapti. Bunday holat quyidagilarda kuzatilmoqda:

➡️Imtiyozli asosda to’g’ridan-to’g’ri o’qishga kirganlar (ularning masalasi tez orada hal bo’ladi, biroz sabr qilishi kerak);
➡️sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim shakliga kirganlar. Ularga yotoqxonadan joy berish hozircha ko’zda tutilmagan. Eng avvalo kunduzgi ta’limdagilarga beriladi, shuning uchun ularda OTM tanlash va ariza yuborish imkoniyati yo’q;

3️⃣-rasm: agar siz Yagona portalda ro‘yxatdan o‘ta olmayotgan bo‘lsangiz, yaʼni "bunday pasport maʼlumoti bilan avval ro‘yxatdan o‘tilgan' deyilayotgan bo‘lsa, unda Kirish sahifasidan parolni tiklashni bosing. Agar mabodo parolni tiklash uchun avvalgi telefon raqamingiz hozir mavjud bo‘lmasa yoki begona telefon raqamga biriktirilgan bo’lsa, unda siz istalgan o‘zingizga yaqin Davlat xizmatlari markaziga shaxsan borishingiz kerak bo‘ladi. Shunda sizning maʼlumotlaringizga hozirgi ishlab turgan telefon raqamni bog‘lash mumkin bo‘ladi;

4️⃣-rasm: Yotoqxona olish uchun bir marta ariza yuborish yetadi. Qayta-qayta ariza yuborishdan foyda yo‘q, baribir takroran yuborgan arizalaringiz rad etiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32😁63🤔3🥱2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👏«Men sen bilan faxrlanaman» – Shavkat Mirziyoyev Garvard universitetiga $100 000 grant asosida o‘qishga kirgan talabaga minnatdorchilik bildirdi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍335🔥5🏆1
⚡️Aloqa xati qachon beriladi?

‼️O'qishni ko'chirish imtihonlarida yetarli ball to'plagan talabgorlar endilikda o'qishlari ko'chirishga tavsiya etilgan oliygoh telegram kanalini kuzatib borishlari tavsiya etiladi.

Sababi oliygohlar qachondan boshlab aloqa xati berishlarini rasmiy sahifalarida e'lon qilishadi va o'sha sanadan boshlab aloqa xatini olish uchun oliygohga borishingiz lozim bo'ladi.

🗣️Aloqa xatini olganidan so'ng, talabgor talab qilingan hujjatlarni to'liq holatda o'z vaqtida o'qishini ko'chirgan oliygohga taqdim eta olmasa, uning "perevodi" rad etiladi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17😱51
ℹ️Mustaqillik bayramida quyidagi 3 kun dam olish kuni bo’ladi:

1-sentyabr, juma – bayram (ishlanmaydigan) kuni;

2-sentyabr, shanba:

✔️ 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun Farmonga muvofiq qo‘shimcha dam olish kuni;
✔️ 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun odatdagi dam olish kuni;

3-sentyabr, yakshanba – barcha uchun odatdagi dam olish kuni.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16🔥3🤣21
☝️Yaponiyaning turizm kompaniyasi O‘zbekistonlik talabalarni amaliyotga jalb qilmoqchi

🇯🇵Yaponiyaning sayyohlik kompaniyasi o‘zbekistonlik talabalarni amaliyotga jalb qilmoqchi. Bu haqda “Dunyo” nashri xabar berdi.

Bu bo‘yicha O‘zbekiston elchixonasi xodimlari bilan Yaponiyaning “H.I.S. Co. Ltd” sayyohlik kompaniyasi menejerlari o‘rtasida o‘tkazilgan onlayn uchrashuvda muhokama qilindi.

🗣️Shu bilan birga, mamlakatdan sayyohlar oqimini oshirish, hamkorlikda yangi turizm kontentlari sifatida ekoturizm, gastronomik, ekstrim turizm yo‘nalishlari bo‘yicha turpaketlar ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

👉Yakunda tomonlar o‘rtasida kelishuv amalga oshirildi. Bu O‘zbekiston OTMlarining turizm yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarni “H.I.S” kompaniyasida qisqa muddatli amaliyot o‘tash masalasini o‘z ichiga oladi.

Avvalroq Yaponiyaning “Muroo” kompaniyasi yapon tilini o‘rgatishga ixtisoslashgan O‘zbekiston OTMlarida bakalavriatning oxirgi bosqichlarida o‘qiyotgan talabalarni o‘qishni bitirgungacha tayyorlab, “yuqori malakali ishchi” toifasida mamlakatda ishga qabul qilishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.

‼️Bu borada yapon kompaniyasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va OTM o‘rtasida uch tomonlama shartnoma asosida ishlarni tashkil etishga tayyor ekani ta’kidlangan. Natijada, yiliga 100 ga yaqin o‘zbekistonliklar Yaponiyada ish bilan ta’minlanadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😂Talabalar yotoqxonasi oldida tarvuz sotishning oqibati...

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣88😁12👍103
🥸 Endi o‘qituvchilar tanlov asosida ishga olinadi — prezident

Bundan buyon o‘qituvchilikka qabul qilish tanlov asosida bo‘ladi.

✔️Ilk bor qabul qilingan nomzodlar 1 yil o‘qituvchi-stajyor bo‘lib ishlaydi va yil yakuni bilan kasbiy sertifikat olishi lozim bo‘ladi.

Kelgusida bu tizim barcha o‘qituvchilar uchun bosqichma-bosqich joriy qilinadi.

@talimationuz — TAʼLIM DOIMO MUHIM!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24🤔7