Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qanday yoziladi?
Anonymous Quiz
61%
-dan qatʼiy nazar
5%
-dan qatiy nazar
4%
-dan qati nazar
30%
-dan qatʼi nazar
#toʻgʻri_yozaylik
Oʻzlashgan soʻzlar imlosini oʻzlashtiramiz
Turli xorijiy tillardan oʻzlashgan ayrim soʻzlar imlosida koʻpchilik xatoga yoʻl qoʻyadi. Bunday soʻzlarda "o" tovushi "a" kabi talaffuz qilinsa ham "o" tarzida yozilishini eslab qolish lozim. Masalan, "Model", "Kompyuter", "Mikrofon" va hokazo.
Xoʻsh, nega bu soʻzlardagi "o"lar "a" tarzida talaffuz qilinadi?
Ma'lumki, har qanday ikki yoki undan ortiq boʻgʻinli soʻzlarda boʻgʻinlarning biri qolganlaridan balandroq talaffuz qilinadi. Bu tilshunoslikda urgʻu deyiladi. Urgʻu bitta soʻzda faqatgina bir boʻgʻinga tushadi. Aynan ushbu urgʻu oʻzbek tilidan farqli ravishda rus tilida "koʻchmas" hisoblanadi, ya'ni rus tilidagi soʻzlarda urgʻu doim ma'lum bir boʻgʻinda bo'ladi.
Agar urgʻu "o" tovushi qatnashgan boʻgʻinga tushmasa, oʻsha boʻgʻindagi "o" "a" tarzida oʻqiladi yoki tushib qoladi. Masalan direktor (direktr) traktor (traktr). Bu qoida hattoki rus tiliga boshqa Yevropa tillaridan kirgan soʻzlarda ham amal qiladi.
Telegram | Instagram | Facebook

Bogʻga kiramizmi yoki boqqami?
Matn bilan ishlaydiganlar yaxshi tushunishadi, yozganlarimizni bir alifbodan ikkinchisiga oʻgirishga toʻgʻri keladigan holatlar koʻp uchraydi. Ayrim soʻzlar imlosi va qoʻshimchalar qoʻshish ikki alifboda ikki xil ekanligidan koʻpchilik xabardor emas, natijada esa imloviy xatoliklarga yoʻl qoʻyiladi.
Bu holat asosan gʻ+ga qoʻshimchalari bilan kuzatiladi:
Bogʻga/боққа
Togʻga/тоққа
Xullas, lotin alifbosida yozsangiz bogʻga kirasiz, kirillda esa "boqqa"😁
Shu oʻrinda qayd etib oʻtish kerakki, asosan oʻzlashma soʻzlardagi ts/ц tovushining yozilishi ham farq qiladi:
Франция / FransiyaFrantsiya
Конституция / KonstitutsiyaKonstitusiya
Oʻgirishga doir mana shu kabi muammolarni bemalol Tahrirchiga ishonishingiz mumkin. Uning konvertatsiya qismida bu kabi soʻzlar imlosi puxta oʻrgatilgan va xatolikka yoʻl qoʻymaydi.
Telegram | Instagram | Facebook
Matn bilan ishlaydiganlar yaxshi tushunishadi, yozganlarimizni bir alifbodan ikkinchisiga oʻgirishga toʻgʻri keladigan holatlar koʻp uchraydi. Ayrim soʻzlar imlosi va qoʻshimchalar qoʻshish ikki alifboda ikki xil ekanligidan koʻpchilik xabardor emas, natijada esa imloviy xatoliklarga yoʻl qoʻyiladi.
Bu holat asosan gʻ+ga qoʻshimchalari bilan kuzatiladi:
Bogʻga/боққа
Togʻga/тоққа
Xullas, lotin alifbosida yozsangiz bogʻga kirasiz, kirillda esa "boqqa"😁
Shu oʻrinda qayd etib oʻtish kerakki, asosan oʻzlashma soʻzlardagi ts/ц tovushining yozilishi ham farq qiladi:
Франция / Fransiya
Конституция / Konstitutsiya
Oʻgirishga doir mana shu kabi muammolarni bemalol Tahrirchiga ishonishingiz mumkin. Uning konvertatsiya qismida bu kabi soʻzlar imlosi puxta oʻrgatilgan va xatolikka yoʻl qoʻymaydi.
Telegram | Instagram | Facebook
Tahrirchi лойиҳасининг ҳурматли фойдаланувчилари! Бугун сизларга бир нечта янгиликларни эълон қилмоқчимиз:
1. Бундан буён Таҳрирчи фақат кирилл алифбосида фаолият юритади. Кирилл алифбоси анча қулай бўлгани учун шу қарорга келинди;
2. Таҳрирчига барча шевага оид сўзларни қўшворду, энди шевада ёзворселарам хато деб тагига чизмайди;
3. Афсуски, премиум фойдаланувчилари жадвали ўчиб кетди. Энди ҳамма яна оддий фойдаланувчига айланди;
4. Премиум нархи ҳам энди 100.000 сўмни ташкил этади.
(1-aprel sanasi munosabati bilan Tahrirchi foydalanuvchilari uchun qoʻrqinchli holatlarni toʻpladik)
1. Бундан буён Таҳрирчи фақат кирилл алифбосида фаолият юритади. Кирилл алифбоси анча қулай бўлгани учун шу қарорга келинди;
2. Таҳрирчига барча шевага оид сўзларни қўшворду, энди шевада ёзворселарам хато деб тагига чизмайди;
3. Афсуски, премиум фойдаланувчилари жадвали ўчиб кетди. Энди ҳамма яна оддий фойдаланувчига айланди;
4. Премиум нархи ҳам энди 100.000 сўмни ташкил этади.
#soʻrovnoma
"Hassangiz"ni eng koʻp qayerda yoʻqotasiz?
"Koʻr ham hassasini bir marta yoʻqotadi", degan maqol bor. Yaʼni kishi bir marta qilgan xatosini qayta takrorlamasligi kerak.
Lekin koʻpchilikda imlo boʻyicha doimiy qilinadigan xatolar boʻladi: kimdir x va h tovushlarini ajratolmasa, kimdir -yapdi, -yaptida adashadi. Kimdir paronimlarni ajratishda qiynaladi.
Xoʻsh, siz-chi? Qaysi imlo qoidalarida qiynalasiz va koʻp xatoga yoʻl qoʻyasiz? Izohlarda yozishingiz mumkin.

Savodlilik = ishonchlilik
Zamonaviy dunyoda onlayn xarid yoki savdo qilish tabiiy holat, albatta. Lekin aldanib qolish ham hech gap emas, ayniqsa xaridda.
Xoʻsh, aldanmaslik uchun nima qilish kerak?
Birinchi navbatda sotuvchining yozganlari imlosiga eʼtibor qarating. Hamma ham shirin muomala qilishi mumkin, lekin savod professionallik belgisi. Oʻzini hurmat qilgan biznes savodli, imlo qoidalaridan xabardor sotuv menejerlarini ishga oladi. (Albatta doim ham emas, bu esa boshqa katta mavzu).
Koʻpchilik eng oddiy soʻzlar imlosida ham xatolikka yoʻl qoʻyadi va bunday savodli kishiga pul hamda vaqtni ishonib topshirish katta tavakkal. "Qulimda nalichi bor" deb, -oʻ va -u harflarining oʻrnini almashtirib yozadiganlardan qochsangiz ham, oʻzingizni ancha-muncha firibgarlikdan asrab qolgan boʻlasiz.
Xullas, "qul"likka qarshi boʻling, qoʻldan olishni esa oʻylab koʻrsa boʻladi😁 Agar oʻzingiz mana shu -o, -u, -oʻ kabi unlilar oʻrnini almashtirib qoʻysangiz, Tahrirchi yordamida tekshirib ishonch hosil qilishingiz mumkin.

Telegramda kanal yurituvchi dangasaroq adminlar, bormisiz?
Yaqinroq keling, sizlarga yangiligimiz bor 😌
Kanal ancha faollashganidan sezgandirsiz, Tahrirchi oʻziga matnchi oldi. Matnchi savodli boʻlsa-da, dangasa chiqib qoldi: har bir matnni Tahrirchida tekshirishga erindi va kanalda imloviy xatoliklar paydo boʻldi. Tahrirchining asoschisi esa dangasani tarbiyalashdan koʻra botni "tarbiyalash"ni osonroq deb bildi.
Xullas,

Tahrirchi | Tilmoch
Telegramda kanal yurituvchi dangasaroq adminlar, bormisiz? Yaqinroq keling, sizlarga yangiligimiz bor 😌 Kanal ancha faollashganidan sezgandirsiz, Tahrirchi oʻziga matnchi oldi. Matnchi savodli boʻlsa-da, dangasa chiqib qoldi: har bir matnni Tahrirchida tekshirishga…
Tahrirchi — kanal boshqaruvida sizga samarali koʻmakchi!
Tahrirchining telegram botiga kanal boshqaruvi imkoniyati qoʻshildi. Endilikda @Tahrirchi_uzbot botini kanalingizga admin qilib qoʻysangiz, bot postlaringizdagi imloviy xatoliklar haqida obunachilaringizdan oldinroq shikoyat qiladi va ruxsat bersangiz, oʻzi tahrirlaydi.
Bundan tashqari, bot ishingizni yengillashtirishi ham mumkin. Masalan, bugun 19:00 da post chiqarish uchun uni Telegram bulutiga yozib, Tahrirchida imlosini tekshirib, keyin kanalda rejalashtirib qoʻyishingiz shart emas. Shunchaki postni botga joʻnatib, kerakli buyruqlarni bering, soʻng bot oʻzi tahrirlab, aytgan paytingiz kanalingizda eʼlon qiladi.
Tahrirchi admin yordamida kanalingizni qulay va bexato boshqaring. Savol va takliflar uchun @Tahrirchi_yordam hisobiga murojaat qilishingiz mumkin.

Variantdosh (dublet) soʻzlar
Til rivojlanishi jarayonida ayrim so‘zlarning ikki xil shakli adabiy til doirasiga kirgan. Bunday so‘zlarga variantdosh so‘zlar yoki dublet soʻzlar deyiladi. Bunda so‘zning nutqda ifodalanishi yoki shevalardagi ko‘rinishi, chetdan kirgan soʻzlarning asl holati va oʻzgargan shakli dublet so‘zlar sifatida tavsiflanadi.
Masalan, nevara — nabira, birorta — bironta, baravar — barobar, masjid — machit, ajdaho — ajdarho, kaptar — kabutar kabi so‘zlar variantdosh so‘zlar hisoblanadi.
Agar shu kabi so‘zlarga duch kelib, ikkilanib qolsangiz, boshni qotirmasdan yoki tortishib o‘tirmasdan, Tahrirchiga murojaat qiling. Tahrirchi xato demadimi, demak, to‘g‘ri 😉