Tahrirchi | Tilmoch
10.3K subscribers
126 photos
17 videos
1 file
104 links
Tilmoch rus yoki ingliz tilidan o‘zbekchaga sifatli tarjima qilib beradi.

Tahrirchi imloviy, grammatik va tinish belgilariga oid xatolarni topib, to‘g‘rilab beradi.

Veb-sayt: https://tilmoch.ai
Bot: @tahrirchi_uzbot
Yordam: @tahrirchi_yordam
Download Telegram
Tahrirchi - o‘zbek tilida to‘g‘ri yozishga birinchi qadam!

🤨 O‘zbek tilida yozishga qiynalyapsizmi? Tahrirchi klaviaturasi sizga imloviy ko‘makdosh bo‘ladi.

💚 Tahrirchi noto‘g‘ri so‘zlarni adabiy tilga moslab to‘g‘rilash, so‘zlarni oxirigacha tugatib qo‘yish va keyingi so‘zni oldindan aytib berish masalalarida sizga hamroh bo‘ladi!

😉 Bundan tashqari, u berilgan matnni yoki kirillchaga yoki lotinchaga ham o‘girib beradi.

📝 Tahrirchi o‘zbek tiliga moslanib yaratilgan texnologiyaga asoslangan bo‘lib, u bizning tilimizdagi deyarli barcha so‘zlarni taniy oladi.

😇 Ayni paytda bizning dasturimiz beta-versiyada, bu degani ko‘rinmagan va yechilmagan muammolar talaygina. Ilova qotib qolishi ham mumkin - hozirda biz buning ustida juda ko‘p ishlayapmiz.

Afzalliklari:

Imlo xatoliklarni to‘g‘rilash
Sheva xatoliklarni to‘g‘rilash (hozirda faqat Toshkent shevasi)
So‘zni keyingi qo‘shimchagacha tugallatib berish
Keyingi so‘zni oldindan aytib berish
Lotindan kirillga va teskarisiga o‘girishni klaviaturadan chiqmasdan turib amalga oshirish

⚠️ Xavfsizlik

Bizning klaviatura sizning hech qanday shaxsiy ma’lumotingizni ishlatmaydi.
Uzbek_Linguist.pdf
38.2 KB
O'zbek tili tilshunosi

Ish haqida
Biz Tahrirchining imlo tekshiruviga hissa qo'shishga tayyor bo'lgan o'zbek tili tilshunosini qidiryapmiz.

Mas'uliyatlar
- Vazifa talablari va tavsifini o'qish va amal qilish
- Lug'atni morfologik tahlil qoidalari va teglari bo‘yicha tasniflash. Faylda keltirilgan namunaga qarang.
- O‘zbek tilidagi korpus yaratish uchun morfologik analizator yordamida namunali gaplar korpusini teglashni bajarish.

Talablar
- Tilshunoslik yoki boshqa tegishli sohada bakalavr darajasi
- O‘zbek tili va o‘zbek grammatikasini mukammal bilish
- Microsoft Office mahsulotlarida ishlash qobiliyati

Bonus
- Data Science'ga oid bilimlar
- Tilshunoslik bo'yicha magistr darajasi

Maosh
Kelishligan tartibda

Bog'lanish
@saidov
Forwarded from IT Park Uzbekistan
#mGovAward #event

mGovAward tanlovining 7 nafar finalisti aniqlandi 🥳

mGovAward - bu davlat xizmatlari doirasida mobil ilovalarni ishlab chiqish bo'yicha yirik tanlov. Tanlovning mukofot jamg'armasi $100 000 ni tashkil etadi va quyidagicha taqsimlanadi:

1️⃣-o‘rin – $50 000
2️⃣-o'rin - $30 000
3️⃣-o‘rin – $20 000

Tanlovning final bosqichida BAA va O‘zbekiston ekspertlar kengashining baholash natijalariga ko‘ra, eng yaxshi finalchilar TOP-7 taligiga quyidagi jamoalar kirishdi:

🔘 Math Task - TATU
🔘 Braille Recognition - TATU Farg'ona filiali
🔘 Robocontest.uz - TATU
🔘 Lalu - Toshkent shahridagi INHA universiteti
🔘 Tahrirchi - Toshkent shahridagi INHA universiteti
🔘 Eco Portal - Toshkent shahridagi INHA universiteti
🔘 Don't Waste - Toshkent shahridagi INHA universiteti

Ro'yxat tasodifiy tartibda tuzildi

Taqdirlash marosimi iyul oyida boʻlib o'tadi va unda mGovAward Respublika tanlovi g'oliblari eʼlon qilinadi 💪
Tahrirchi | Tilmoch
#mGovAward #event mGovAward tanlovining 7 nafar finalisti aniqlandi 🥳 mGovAward - bu davlat xizmatlari doirasida mobil ilovalarni ishlab chiqish bo'yicha yirik tanlov. Tanlovning mukofot jamg'armasi $100 000 ni tashkil etadi va quyidagicha taqsimlanadi:…
Assalomu alaykum! Nihoyat biz g’olib bo’ldik, 50k$ grantni qo’lga kiritdik! Tanlov tashkilotchi va tashabbuschilariga katta minnatdorchiligimizni bildirmoqchimiz.

Asosiy rejalarimizning biri bu ilovamizdagi O’zbek tili modelini takomillashtirib kliyentimizni boshqa platformalarga dasturlab chiqish. Keyin esa buni davlat idoralariga, ayniqsa hujjat aylanish tizimlariga keng ko’lamli ravishda integratsiyalashtirishni boshlash.

Yaqin orada esa Tahrirchining veb-sayti chiqadi. U “Freemium” obuna tizimida ishlaydi: asosiy imlo tekshiruvchi funksiyalar tekin, qolgan yangi qilingan funksiyalar, hozirda bu punktuatsiya va stilistika, obuna orqali ishlaydi.

Bizni qo’llab-quvvatlab kelayotgan va tilga befarq bo’lmagan odamlarga katta rahmat.

#MakeUzbekGreatAgain
Tahrirchi jamoasi barchangizni 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni bilan tabriklaydi! Tilga e’tibor — elga e’tibor deb bejiz aytishmaydi. Mana, oxirgi bir yil biz ham davlat tilining rivojiga ozgina hissamizni qo‘shishga harakat qilyapmiz.

Loyihamizga qaytsak, hozirda biz Tahrirchining veb-dasturi va brauzerlarga kengaytma ustida astoydil ishlayapmiz. Veb-dasturimiz beta-versiyada: u yerda imlo, transliteratsiya va punktuatsiyaga (test-rejimida) tekshirishingiz mumkin.

Saytimiz https://tahrirchi.uz manzilida joy olgan (hozircha kompyuterdan kirish kerak). Qandaydir takliflar va shikoyatlar bo‘lsa, bemalol bizga yozishingiz mumkin. Bizni kuzatib kelayotganingiz uchun katta rahmat!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tahrirchining brauzerlar uchun kengaytmasi

Tasavvur qiling, endi har qanday veb-saytda to‘g‘ridan-to‘g‘ri Tahrirchi imkoniyatlaridan foydalanolishingiz mumkin!

Ushbu kengaytma siz yozmoqchi bo‘lgan matnningizni qayerdaligini aniqlab, uni avtomatik ravishda tahrirlaydi. Barcha saytlarda Tahrirchi siz bilan birga bo‘lib, matnlaringizni bexato bo‘lishini nazorat qiladi.

Unga transliteratsiya funksiyasini ham qo‘shish rejamizda bor.

Kengaytma tez orada beta-versiyada ishga tushadi.
Assalomu alaykum!

Qandaydir dasturiy yechim yaratishdan avval muammoning mavjudligi va dolzarbligi muhim rol o‘ynaydi. Shu sabab biz bir kichik so‘rovnoma tuzdik. Maqsadimiz biz o‘ylagan mahsulot bozor talabi bilan yonma-yon bo‘lishini tasdiqlashdir. Qo‘llab-quvvatlaysizlar deb umiddaman.

https://forms.gle/wQ2XNQh1dCcphSL3A
Tahrirchidan Yangi yilingiz bilan!

Yangi yilga kirar ekanmiz, biz “Tahrirchi” jamoasida innovatsion imlo to‘g‘rilash dasturlarimiz orqali o‘zbek tilida yozma muloqot sifatini oshirish burchimizni davom ettirishdan xursandmiz. Tilshunoslar va til ixlosmandlari sifatida biz jamiyatlarni shakllantirish va mustahkamlashda tilning ahamiyatini yaxshi tushunamiz.

Kelgusi yilda biz o‘zbek tili uchun maxsus ishlab chiqilgan bir qator uzoq kutilgan innovatsion yechimlarni, jumladan, aqlli transliteratsiya, kengaytirilgan imlo va grammatika tekshiruvini ommaga taqdim etishni rejalashtirmoqdamiz. Shuningdek, biz o‘zbek tili uchun turli xil datasetʼlar va korpuslarni ochiq manba loyihalar safiga qo‘shib, tilshunoslik sohasiga hissa qo‘shishga bel bog‘laganmiz.

Tahrirchi va o‘zbek tili uchun yangi yil omadli va barakali bo‘lsin!
Imlo va transliteratsiya

Hammaga salom! Tahrirchining boshlang’ich beta veb-versiyasi tahrirchi.uz ishlashni boshladi. Unda quyidagi imkoniyatlar mavjud:

1. Imlo tekshiruvchi
2. Qoidalarga asoslangan transliteratsiya. Xususan:
- ц, ь, ъ, йу, йо, йа istisnolari
- асҳоб => as’hob kabi so’zlar
- мўътабар => mo’tabar
- объект => obyekt
- Qo’shimchali istisnolar: баркка => bargga, теккан => teggan, боққа => bog’ga, тонгга => tongga, этимологга => etimologga (morfologik tahlil orqali amalga oshadi).
- Birikmali istisnolar: тўғридан-тўғри => to’g’ridan to’g’ri (chiziqcha lotinda qo’yilmaydi)
- -yu yuklamasi: туну кун => tun-u kun (chiziqcha lotinda bo’ladi)
- Sanalar: 1991 йил => 1991-yil, 3 март => 3-mart

Hozirda chiqib qolgan xatolarni har kuni to’g’rilayapmiz. Agar qandaydir xatoliklar topsangiz yoki takliflaringiz bo’lsa, biz bilan bemalol aloqaga chiqishingiz mumkin. Shu postning sharhlarida yoki botimiz orqali @tahrirchi_uzbot. E’tiboringiz uchun rahmat.
Keyingi bosqichda quyidagi xatoliklarni qo’shamiz (20.02-27.02):

1. Bosh harflar imlosi.
- Atoqli otlar va toponimlar: abdulloh => Abdulloh, toshkent => Toshkent
- Geografik birikmalar: hind okeani => Hind okeani
- Bayramlar, muhim sanalar: mustaqillik kuni => Mustaqillik kuni
- Davlatlar nomi, oliy mansablar: O’zbekiston respublikasi => O’zbekiston Respublikasi
- Unvonlar: O’zbekiston qahramoni => O’zbekiston Qahramoni
- Vazirliklar va tashkilotlar: Sog’liqni Saqlash Vazirligi => Sog’liqni saqlash vazirligi
Tahrirchi | Tilmoch pinned «Imlo va transliteratsiya Hammaga salom! Tahrirchining boshlang’ich beta veb-versiyasi tahrirchi.uz ishlashni boshladi. Unda quyidagi imkoniyatlar mavjud: 1. Imlo tekshiruvchi 2. Qoidalarga asoslangan transliteratsiya. Xususan: - ц, ь, ъ, йу, йо, йа istisnolari…»
Variantlar yanada aniqroq bo'ldi!

Imlo tekshiruvchilar nafaqat noto‘g‘ri so‘zlarni, balki ularga variantlarni ham taklif qilishi kerak. Lekin, o‘zbek tili kabi murakkab tillar uchun variantlar soni juda ko‘p. Natijada foydalanuvchi odatda juda ko‘p nazarda tutilmagan variantlarni ko‘radi.

Eski tizimimizda har ikkinchi noto‘g‘ri so‘zgagina biz kerakli varianti birinchi pog‘onaga chiqarib berardik. Yangilangan tizimda biz buni 24% ga ko‘tardik, ya’ni endi uchtadan to‘rtta xatoliklarga foydalanuvchilar ular istagan to‘g‘rilangan variantni birinchi bo‘lib ko‘radilar.
Paronim xatoliklar tekshiruvi endi Tahrirchida

Paronimlar lug‘atidan foydalanib va bir qancha o‘zbek tilidagi fonetik chalkashliklarni modellashtirib, kontekstga qarab paronimlarni tekshiradigan model qildik. Masalan, "xokim" so‘zi imloviy to‘g‘ri bo‘lsa-da, ko‘pincha "hokim" kontekstga to‘g‘ri keladi. Boshqa misol: surat va sur’at so‘zi. Tutuq belgisining o‘rni so‘zning ma’nosini tubdan o‘zgartirib yuboradi.
Taqqoslab ko‘ring: "Suratda tasvirlangan uy" va "Tez sur’atlarda rivojlangan davlat".

Urish va urush, x va h, tutuq belgisi, o va o‘ kabi fonetik chalkashliklarni endi Tahrirchi to‘g‘rilashga harakat qilib ko‘radi. Ushbu funksiya sinov tarzida ishlayapti va hozircha faqat lotinchada.
Tahrirchi V2.0

Endi Tahrirchi veb-sayt va Microsoft Word uchun kengaytma ko‘rinishida!

Bu degani siz veb-saytimizda hujjatlarni yaratish, saqlash va ularni tahrir qilishingiz mumkin.

Microsoft Word uchun kengaytmamizni esa o‘rnatib, o‘zingizga qulay ilovada hujjatlarni tahrir qilishingiz mumkin.

Tahrirchidan foydalanish — bepul.

Batafsil: https://tahrirchi.uz

Microsoft Word: https://tahrirchi.uz/word
Veb-tahrir ko‘rinishi

Veb-dasturimiz orqali siz hujjatlaringizni jonli tahrirlashingiz mumkin. Noto‘g‘ri so‘zlar xato turiga qarab tagiga chiziladi; xato ustiga bosilganda foydalanuvchiga to‘g‘ri variantlar taqdim etiladi. Yon panelda esa barcha xatolarni bitta ro‘yxat sifatida ko‘rishingiz mumkin.

Veb-tahrir va Microsoft Word kengaytmasi bepul.
Biz 500 tamiz!

Tahrirchining veb-versiyasi va Microsoft Word kengaytmasi foydalanuvchilar soni 500 taga yetdi. Bizni qo‘llab-quvvatlab kelayotganingiz uchun katta rahmat!

Kelayotgan yozda biz o‘zimizga bir nechta muhim maqsadlar qo‘yganmiz:

1. Grammatika va stilistika tekshiruvi. Bu jarayonda biz sun’iy intellekt kuchidan foydalanib, haqiqiy muharrirlar ish jarayonida qilgan tahrirlarda o‘rgatilgan modellarni yaratamiz.

2. Brauzerlar uchun kengaytma. Tahrirchini ommabop qilish maqsadida biz foydalanuvchilar uchun brauzerlar uchun maxsus kengaytma dasturlaymiz. Ushbu kengaytma xohlagan saytingizda matn terishingiz bilan ishlashni boshlaydi.

3. Dasturchilar uchun API. Sayt yoki dastur ichiga Tahrirchini integratsiya qilmoqchi bo‘lganlar uchun qulay funksiya. O‘zimizning veb-tahrirni alohida komponent qilib ham saytingizda qo‘shib qo‘ysangiz bo‘ladi.

Bu bilan birga Tahrirchi bepul bo‘lib qolaveradi. Imlo tekshiruvi va matnni o‘girish odamlar uchun bepul bo‘lishi kerak deb hisoblaymiz.

@tahrirchi_uz
Tahrirchi: как студенческая работа превратилась в стартап, который интегрирован с Microsoft

Уже больше двух лет команда Tahrirchi объединяет в своем проекте любовь к IT и узбекскому языку.

Сегодня стартап представляет из себя экосистему с несколькими продуктами — проверка орфографии, транслитерация из кириллицы в латиницу и наоборот. В планах среди прочего создание языковой модели, которая сможет генерировать текст на узбекском языке.

Основатель проекта Мухаммадсаид Мамасаидов рассказал Spot о победе в конкурсе mGovAward, про опыт работы с Microsoft, способах монетизации, планах по созданию языковой модели, способной генерировать текст на узбекском языке:

https://www.spot.uz/ru/2023/06/27/tahrirchi/

@spotuz
Hammaga salom!

Tahrirchi jamoasi hozirgina yangi funksiya qo‘shdi. Kim birinchi bo‘lib qanday funksiya qo‘shganimizni aytsa, uch oylik Premium obuna sovg‘a qilamiz! Qani, ketdik 🚀
Bugun biz aqlli transliteratsiya funksiyasini qo‘shdik!

Odatda matnni kirill imlosiga o‘girayotganda har xil brend nomlari kirillchada yozilishi ko‘plab noqulayliklarga olib keladi. Masalan, "Uzbekistan Airways" degan iborani hozirda mavjud lotin-kirill saytlarining aksari "Узбекистан Аирвайс" deb o‘giradi. Buni keyinchalik qo‘lda qaytadan to‘g‘rilab chiqish kerak.

Biz esa bunday so‘zlarni aniqlab, o‘zligicha qoldiradigan sun’iy intellektga asoslangan model qildik. Sinab ko‘ring!

@tahrirchi_uz