SysAdminX
3.16K subscribers
213 photos
50 videos
13 files
53 links
🛜 Tarmoq (NetAdmin) va Tizim (SysAdmin) administratorlari uchun, kundalik foydali postlar, keyslar va vakansiyalar!

Vakansiya joylash uchun: @sysadmin_x
Download Telegram
Prometheus + Grafana — tizim holatini kuzatishning zamonaviy usuli

Tizim administratorining eng muhim vazifasi — serverlar va tarmoqlarning barqaror ishlashini ta’minlash.
Buning uchun eng ishonchli juftlik — Prometheus va Grafana.

🔴Prometheus — bu monitoring serveri bo‘lib, u turli manbalardan (CPU, RAM, disk, tarmoq, xizmatlar, ilovalar) metrik ma’lumotlarni yig‘adi.
Masalan, node_exporter orqali Linux serverlardan, blackbox_exporter orqali veb-sayt yoki IP-manzillar holatini o‘lchash mumkin.

🔴 Grafana esa shu ma’lumotlarni grafiklar, panellar va dashboardlar ko‘rinishida vizuallashtiradi.
Admin uchun qulay interfeys orqali siz bir qarashda butun infratuzilmaning sog‘lomligini ko‘ra olasiz.


🔵 Alertmanager - yordamida siz CPU haddan oshganda, RAM to‘lib qolganda yoki disk bo‘sh joyi kamayganda avtomatik ravishda Telegram, Email yoki Slack orqali ogohlantirish olasiz.

Misol:
Tizim yuklamasi oshsa yoki veb-xizmat sekin ishlasa, Grafana panelida darhol qizil ogohlantirish paydo bo‘ladi — bu sizga muammoni erta aniqlab, tizim ishdan chiqmasidan avval chora ko‘rish imkonini beradi.


📡 @sysadmin_x - obuna bo'ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥41
Vakansiya: Tizim administrator (Windows/Linux)

💰 Maosh: 8 000 000 + so‘m
🏢 Kompaniya: "ATLAS BUSINES TOWER" MCHJ
📍 Hudud: Toshkent shahar,
🗓 Ish vaqti: 9:00 – 18:00, shanba 10:00-16:00
📨 Telegram: @Elbek6668

🔺 Majburiyatlar:
• Windows/Linux server tizimlarini boshqarish (Windows Server 2022, Ubuntu);
• Virtualizatsiya muhitlarini sozlash va yuritish (VMware ESXi );
• Active Directory, DNS, DHCP, Group Policy infratuzilmasi bilan ishlash;
• Zaxira nusxa olish va tiklash tizimlarini boshqarish (Veeam Backup va boshqa);
• Tarmoq infratuzilmasini sozlash va xavfsizligini ta’minlash (VPN, Firewall, VLAN, NAT);
• Email tizimlarini boshqarish (Iredmail va boshqalar);
• Texnik muammolarni aniqlash va samarali hal etish;
• Farewell (Kerio control, Fortinet )
• 1C ustanobka va sozlash


💎 @sysadmin_x - obuna bo’ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12😭54👏1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
VLAN (Virtual Local Area Network) — bu tarmoqni mantiqan bo‘lish texnologiyasi bo‘lib, bitta jismoniy tarmoq ichida bir nechta virtual tarmoqlar yaratish imkonini beradi.

💡 Asosiy maqsadi: xavfsizlikni oshirish, tarmoqni boshqarishni soddalashtirish va trafikni optimallashtirish.


💎 @sysadmin_x - obuna bo’ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍521🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tarmoq va tizim adminstratorligi — kiberxavfsizlikning asosi


Kiberxavfsizlik faqat antivirus emas.
U — tarmoqni tushunish, tizimni boshqarish va zaifliklarni oldindan aniqlash madaniyatidir.

🔵
Tarmoqni
bilmasdan — himoya yo‘q.
🔴
Tizimni
tushunmasdan — xavfsizlik yo‘q.


Kuchli xavfsizlik — kuchli bilimdan boshlanadi.

📡 @sysadmin_x - obuna bo'ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥51👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kompyuter tarmog‘i hamda videokuzatuv tizimi uchun past tok shkafining to‘ldirilishi va obvyazkasi quyidagi ishlarni o‘z ichiga oladi:

1. Uskunalarni joylashtirish
– Switch (kommutator)
– Patch-panel
– NVR/DVR (videoregistrator)
– Router (marshrutizator)
– PoE-injektorlar yoki PoE-switch
– Zaxira quvvat manbai (UPS)

2. Kabel yotqizish va tartibga solish
– UTP/FTP kabel uchlarini krimpovka qilish
– Patch-panelga va switchlarga to‘g‘ri ulash
– Kabellarni bir tekisda tartibga solish (stяжka, cable manager yordamida)


3. O‘rnatish va ulanish ishlari
– Videokameralar liniyalarini NVR/DVRga ulash
– Tarmoq segmentlarini tashkil qilish
– PoE quvvatini taqsimlash

4. Tizimni ishga tushirish va sozlash
– Switch va router konfiguratsiyasi
– NVR/DVR dastlabki sozlamalari
– Uskunalar o‘rtasidagi o‘zaro ishlashni tekshirish
– Tarmoq va videokuzatuv tizimining barqarorligini sinash



📡 @sysadmin_x - obuna bo’ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥13👍52🎃1
Freddie Figgers hikoyasi

Freddie tug‘ilganda yo‘l chetiga tashlab ketilgan bola edi. Uni mehribon juftlik asrab oldi. Maktabda esa uni “tashlab ketilgan bola” deb mazax qilishardi. Ammo u hech qachon bu gaplarga ishonmadi.

9 yoshida buzilgan kompyuterni radio qismlaridan foydalanib tuzatdi. Bu kichik g‘alaba uning hayotini butunlay o‘zgartirdi. “Men ham qila olaman,” degan ishonch unda o‘shanda paydo bo‘ldi.

U o‘zi mustaqil dasturlashni o‘rgandi. 14 yoshida shahar ma’muriyatiga IT xizmat ko‘rsatishni boshladi. Keyin otasini kuzatish uchun GPS va aloqa tizimiga ega maxsus qurilma yaratdi — aynan shu ixtiro uni biznes yo‘liga olib kirdi.


🎯 Bugun Freddie Figgers — Figgers Communication kompaniyasining asoschisi.
Bu kompaniya:
• mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatadi,
• smart qurilmalar ishlab chiqadi,
• AQShdagi bir nechta hududlarga o‘z tarmog‘ini tarqatgan,
• millionlab dollarlik aylanmaga ega.


Oddiy bola, qiyin boshlanish, lekin ulkan natija.

Saboq: Qayerdan boshlanganing muhim emas. Muhimi — o‘zingga bo‘lgan ishonch, sabr va qat’iyat. Ular seni ham yuqoriga olib chiqadi.


📡 @sysadmin_x - obuna bo'ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10🔥5👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📡Nega SSH hujumga uchrashi deyarli imkonsiz?

SSH ulanishlari kuchli kriptografiya bilan himoyalangan. U assimetrik shifrlash (masalan, RSA)dan foydalanadi. RSA da ochiq kalit katta son n = p × q asosida yaratiladi. Bu sonni yana p va q ga ajratish — ya’ni faktorizatsiya — juda murakkab matematik masala bo‘lib, superkompyuterlar uchun ham amalda imkonsiz.


Shuningdek, SSH har bir ulanishda yangi seans kalitlari yaratadi va ular tarmoq orqali uzatilmaydi.

Shu sababli SSH trafikni yoki kalitlarni “buzib olish” deyarli imkonsiz.

@sysadmin_x - obuna bo’ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥4👏3🎃1🤝1
O'zbekistonda tizim (System Admin) va tarmoq (Network Admin) administratorlarining o'rtacha maoshi

📊 O'rtacha maoshlar shkalasi

Umumiy hisobda, O'zbekiston bozorida (asosan Toshkent shahrida) oylik maoshlar quyidagicha taqsimlangan:

Junior (Boshlang'ich) 4 mln - 8 mln so'm~$300 - $600

Middle (O'rta) 9 mln - 18 mln so'm~$700 - $1,400

Senior (Yuqori) 20 mln - 40 mln+ so'm~$1,500 - $3,000+



🖼️ @sysadmin_x - obuna bo’ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣21👍124🔥2👏2
Monitoring tizimiga misol bo‘lgan dastur qaysi?
Anonymous Quiz
9%
Ansible
64%
Zabbix
16%
Docker
11%
Gitlab
👍6🤝4🔥21
Vakansiya: Kiberxavfsizlik Mutaxassisi

💰 Maosh: 15 000 000 so'm +
🏢 Kompaniya: Madad Invest Bank (mybank)
📍 Hudud: Toshkent shahar
📨 Telegram: +998 976275656

Talablar:
1. Tarmoq Bilimlari: TCP/IP, OSI, tarmoq segmentlash va VLAN'larni mukammal tushunish.

2. Firewall Ekspertizasi:
NGFW (Fortigate, Checkpoint, Cisco yoki boshqalar) bilan ishlash, sozlash va ma'muriylik qilish.
Routing, Policy, IPsec VPN va SSL VPN ni sozlash malakasi.

3. Afzallik: Active Directory (AD) va korporativ Antivirus tizimlari bo'yicha tajriba.
Bu sohada tajribangiz bormi va yuqori maoshli ish qidiryapsizmi? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun!

*ilm.uz IT Akademiyasi bitiruvchilari tanlovda alohida ustunlikga ega

@sysadmin_x - obuna bo’ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥20👌11👏4🤝2🫡2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2026 yilda

IT’dagi TOP-3 kasb

💽 @sysadmin_x
👍75🤩5🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mavzu: Hub vs Switch – Farqi nimada?

Ko‘pchilik bu ikki qurilmani adashtiradi, lekin farqi "yer bilan osmoncha"!

@sysadmin_x - obuna bo’ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14👏633
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
DHCP — tarmoqdagi avtomatik IP taqsimlovchi xizmat.
Qurilma Wi-Fi yoki kabelga ulanishi bilan unga darrov IP manzil, subnet mask, gateway va DNSni beradi.


Hech qanday qo‘lda sozlash shart emas — hammasi avtomatik ishlaydi.

@sysadmin_x - obuna bo’ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥111👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 SysAdmin Bootcamp 1.0 loyihasi haqida batafsil!

0
dan sysadminlikgacha 8 oyda!

100% ish bilan ta'minlash kafolati!

Kim uchun?
- SysAdminlikni tezroq va mukammalroq egallashni maqsad qilganlarga
- Kafolatlangan ishga ega bo'lishni istaganlarga
- Real qurilmalarda va real loyihalarda amaliyot asosida o'qish istagida bo'lganlar


15:00-17:00

Ro'yxatdan o'tish uchun havola:
https://forms.gle/PjzqDNnWohzEcY2y7

Batafsil:
+998783336600
+998951266600
+998951366600

@sysadminbootcamp1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏7👍31🔥1
📢SYSTEM ADMINISTRATOR kerak!
AIKO Mebel ishlab chiqaruvchi zavodga

💰 Maosh: 5 000 000 - 12 000 000 so'm gacha
tajribaga ko‘ra, suhbat asosida
📍 Manzil: Toshkent sh., Sergeli tumani
📌 Mo‘ljal: Indeks savdo markazi orqa tomoni

Talablar:
🔵Rus tilida kundalik darajada erkin muloqot
🔵Tarmoq infratuzilmasini kuzatib borish
🔵Windows Server bilan ishlash
🔵Videokuzatuv (kamera, NVR/DVR) tizimlarini boshqarish tajribasi

📞 Aloqa: +998 505037930
Qo‘ng‘iroq vaqti: 09:00 – 19:00

🚀@sysadmin_x - vakansiyalar uchun obuna bo'lishni unutmang!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥11👍6👨‍💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍18🤝85👏4😁2
💼VAKANSIYA

Axborot xavfsizligi administrator
i (IB mutaxassisi)
Korporativ infratuzilma va ma’lumotlar xavfsizligini kuchaytirish uchun tajribali IB mutaxassisi


🔵15 000 000 so'm + har chorak bonuslar
🔵OOO “KOSMIK MONITORING VA GEOAXBOROT TEXNOLOGIYALARI MARKAZI
🔵Markazda zamonaviy ofis, kuchli jamoa
🔵Ish grafigi: 5/2, 09:00–18:00

Vazifalar
🔵Ma’lumotlarning maxfiyligi, yaxlitligi va mavjudligini (CIA) ta’minlash
🔵Himoya vositalarini sozlash va boshqarish: antivirus, NGFW (firewall), VPN, PAM, SIEM, DLP, SOAR, XDR/EDR va boshqalar
🔵IB hodisalarini monitoring qilish va tezkor choralar ko‘rish
🔵Kirish huquqlarini boshqarish: foydalanuvchi akkauntlari, ruxsatlar, xavfsizlik siyosatlari (pochta, chat, task-manager, 1C va h.k.)
🔵Audit va hisobotlar: loglar yuritish, hisobot tayyorlash, tekshiruvlarda ishtirok etish
🔵Xodimlarga IB bo‘yicha instrukta j va xabardorlik treninglari o‘tkazish


Talablar

Oliy texnik/IT ma’lumot (plus — IB/kiberxavfsizlik yo‘nalishi)
IT yoki IB’da kamida 3 yil tajriba
Windows va Linux’ni administrator darajasida bilish
Tarmoq asoslari: TCP/IP, marshrutizatsiya, NAT, VLAN, DNS, DHCP
Kirish boshqaruvi: Active Directory, RBAC, GPO
Plus: Security+ / CEH / CISSP / ISO 27001 / Fortinet NSE / CCNA Security va boshqala



📩 Ariza/Resume: shaxsiy xabarga yuboring / HR kontaktini yozing (aloqa ma’lumotini qo‘shing)

+998 93 434 85 98
@nasiba_odinayeva

🚀@sysadmin_x - vakansiyalar uchun obuna bo'lishni unutmang!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥11👍94🤝2👏1
📌 Vakansiya:
Axborot xavfsizligi — Yetakchi inspektor

💸 Maosh: 5 000 000 - 15 000 000 so’m

Talablar:
• Virtual serverlar bilan ishlash
• Tarmoq xavfsizligi arxitekturasi
• Kerio Control, Active Directory
• WordPress asoslari
• CCNA bo‘yicha bilim (sertifikat — plus)
• Rus tili: Intermediate
• IELTS — ustunlik


Ko‘nikmalar:
• Axborot xavfsizligi siyosatlarini nazorat qilish
• Tahlil qilish va muammo yechimi
• Mas’uliyat va topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish

Qo‘shimcha bilimlar (plus):
DNS, OSPF, DHCP, VLAN, Port security, IP connectivity, ACL, Telnet, SSH, OSI, Linux/Windows Server, VMware, MikroTik, Nginx, Firewall, IDS/IPS, DLP, API security

🔥
ilm.uz IT Akademiyasi
bitiruvchilari uchun qabul imtiyozlari
mavjud


📱 @behruzed
+998 90 811 11 23

@sysadmin_x - obuna bo’ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥54👍3👏1🤝1
🔌 PoE texnologiyasi: Nega u bunchalik qulay?

PoE (Power over Ethernet) — bu qurilmaga bitta Ethernet kabeli orqali ham internet, ham quvvat beradigan texnologiya. Zamonaviy tarmoq infratuzilmasining ajralmas qismi hisoblanadi.

PoE texnologiyasining 3 ta asosiy ustunligi:


Alohida elektr rozetkasi shart emas
🔴Bitta kabel yetarli — ham quvvat, ham ma’lumot o‘tadi.
🔴Wi-Fi access pointlar, IP-kameralar va IP-telefonlar uchun juda qulay.

Markazlashtirilgan boshqaruv
🔵Barcha qurilmalar PoE switch orqali boshqariladi.
🔵Quvvat uzilganda UPS ulanib, butun tizim barqaror ishlashda davom etadi.

Moslashuvchan joylashtirish
🔴Rozetka bo‘lmagan joyga ham qurilmani qo‘yish mumkin.
🔴Eng yaxshi joylashuvni tanlash imkoniyati — qamrov, xavfsizlik va dizayn yaxshilanadi.


@sysadmin_x - obuna bo’ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍104🔥4💯2🤝1
📌 Vakansiya:
Texnik yordam bo'yicha muttaxassis

💸 Maosh: 7 000 000 - 10 000 000 so'm

Talablar:
-Windows operatsion tizimini o’rnatish va dasturiy ta’minotlarni o’rnatish.
-Tarmoq xavfsizligi arxitekturasi.
-Ichki va tashqi mijozlar bilan ishlash.
-Kiruvchi va chiquvchi qo’ng’iroqlarga javob berish.
-POS printerlar bilan ishlash.
-Rus va o’zbek tillarini bilish.


Ko‘nikmalar:
• local tarmoq tushunchadi
• Tahlil qilish va muammo yechimi
• Mas’uliyat va topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish

Qo‘shimcha bilimlar (plus):
-DNS, DHCP, TCP, UDP tushunchalari.
-Router sozlamalari.
IT company OPTIMO


📱 @makhmudj6n
+998 77 430 57 59

@sysadmin_x - obuna bo’ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥94👍4👏1