SysAdminX
3.16K subscribers
213 photos
50 videos
13 files
53 links
🛜 Tarmoq (NetAdmin) va Tizim (SysAdmin) administratorlari uchun, kundalik foydali postlar, keyslar va vakansiyalar!

Vakansiya joylash uchun: @sysadmin_x
Download Telegram
🤔2
Bootloader (butloader) — bu kichik dastur, kompyuter yoki qurilma yoqilganda birinchi bo‘lib ishga tushadi.

Asosiy vazifalari:

🔵Qurilmaning “temir qismlarini” ishga tayyorlash: protsessor, operativ xotira, qurilmalar.
🔵Operatsion tizimni (Windows, Linux, Android va boshqalar) topib, yuklash

Oddiy qilib aytganda:

🔵Bootloader — bu kompyuter yoki telefonning “start boshqaruvchisi”. Qaysi tizimni ishga tushirishni tanlaydi va unga boshqaruvni topshiradi.

Misollar:

Windows’da — Windows Boot Manager.
Linux’da — GRUB, LILO.
Android telefonlarda — ichki bootloader bo‘ladi, undan ko‘pincha yangi tizim (proshivka) o‘rnatishda foydalaniladi.



🔤 @sysadmin_х - obuna bo'ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥4🤝2
Network Bridge (tarmoq ko‘prigi) — bu tarmoq qurilmasi yoki dasturiy funksiyasi bo‘lib, bir nechta lokal tarmoq segmentlarini (LAN) bir-biriga ulab, ularni bitta umumiy tarmoq sifatida ishlashini ta’minlaydi.
🔵OSI 2-qavat (Data Link) qurilmasi/funksiyasi.
🔴Bir nechta L2 segmentlarni (masalan, ikki switch yoki portlar to‘plamini) bitta umumiy LAN/broadcast domenga birlashtiradi.
🔵MAC-manzillar bo‘yicha kadrlarni (frame) yo‘naltiradi; IP darajasiga chiqmaydi.


Qanday ishlaydi? (Transparent bridging)

MAC o‘rganish (learning): kelgan kadrning manba MAC’i qaysi portdan keldi — shu portga bog‘lab MAC-jadvalga yozadi.
Filtrlash/yo‘naltirish:
🔵Agar manzil MAC jadvalda bo‘lsa → kerakli portga unicast qilib uzatadi.
🔴Agar topilmasa → flooding (hamma portlarga, kirgan portdan tashqari) yuboradi.
Aging: MAC-jadvaldagi yozuvlar vaqt o‘tib o‘chadi (odatda bir necha daqiqada).


Looplar va STP

🔴Bir nechta yo‘l bo‘lsa, L2 loop paydo bo‘lishi mumkin (cheksiz flooding/broadcast storm).
🔵Buni oldini olish uchun STP/RSTP/MSTP ishlatiladi:
🔴BPDUs bilan “root bridge” tanlanadi.
🔵Ayrim portlar discarding/blocking holatida turadi.
🔴Edge portlar uchun PortFast, BPDU Guard, Root Guard, Storm Control tavsiya etiladi.
🔵Bridge turlari va amaliy misollar


🔤 @sysadmin_x - obuna bo'ling, bugun kechagidan ko'proq bilimga ega bo'ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏2🤝2
Bridge turlari va amaliy misollar
🔴Ko‘p portli Bridge = Switch. Zamonaviy switchlar — apparatli, tezkor multiport bridge.
🔵Wireless bridge (WDS/PTP): ikki bino orasini radio bilan L2 ko‘priklash.
🔴Virtual/Software bridge: Linux br0, Open vSwitch — VM/Containerlarni fizik NIC’ga ko‘priklash.
🔵Firewall “bridge mode”: L2’da “inline” qo‘yilib, IP’larni o‘zgartirmasdan trafikni filtrlash.


Bridge vs Switch vs Router ( taqqoslash)
🔴Bridge/Switch (L2): MAC bo‘yicha yo‘naltiradi, bir broadcast domen.
🔵Router (L3): IP bo‘yicha marshrutlaydi, broadcast domenlarni ajratadi, NAT, ACL va h.k.Qachon Bridge kerak?


VLAN’ni yoki L2 domenni uzaytirish kerak bo‘lsa (masalan, giper-vizorlar, SAN, klasterlash).
🔵IP manzillarni o‘zgartirmasdan qurilmalarni birlashtirish zarur bo‘lsa.
🔴Ikki joyni radio ko‘prik bilan bog‘lash (PTP) kerak bo‘lsa.


Afzalliklar / Cheklovlar
🔵+ Oddiy, IP re-addressing talab qilmaydi, protokollardan mustaqil.
🔴+ Past kechikish, switchlarda juda tez.
🔵– Broadcast domen kengayadi (storm xavfi, skeyl cheklovi).
🔴– L3 funksiyalar (routing/NAT) yo‘q.
🔵– Looplar bo‘lsa, tarmoq izdan chiqishi mumkin → STP shart.


Amaliy tavsiyalar

🔴Broadcast domenni haddan oshirmang; VLAN bilan segmentlang.
🔵RSTP yoqing, edge portlarda PortFast, BPDU Guard ishlating.
🔴Keraksiz portlarni shutdown qiling, storm control qo‘ying.
🔵L2 ko‘prikni faqat zarur bo‘lsa uzaytiring; katta tarmoqlarda L3 chegaralar qo‘ying.


🔤 @sysadmin_x - obuna bo'ling, bugun kechagidan ko'proq bilimga ega bo'ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🎉1🤝1
Hozirgi kunda “multiport bridge” sifatida qaysi qurilma ishlatiladi?
Anonymous Quiz
32%
A) Router
45%
B) Switch
14%
C) Hub
9%
D) Gateway
Bridge looplarni oldini olish uchun qaysi protokol ishlatiladi?
Anonymous Quiz
16%
A) RIP
22%
B) OSPF
43%
C) STP
19%
D) NAT
👍3👏2🔥1🤝1
👋 SysAdminX Community — bu shuchaki kanal emas, balki sizning professional o‘sishingiz uchun kundalik qadamlar.

Maqsadimiz — sizni
🪫boshlang'ichdan
🔋professional
System Administrator darajasiga olib chiqish.

🔤 @sysadmin_x - obuna bo'ling, bugun kechagidan ko'proq bilimga ega bo'ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍2👏1🤝1
Agar tarmoqda bir nechta yo‘l bo‘lsa va Bridge ishlatilsa, nima sodir bo‘lishi mumkin?
Anonymous Quiz
51%
A) Loop (broadcast storm)
14%
B) DNS xatosi
12%
C) NAT xatosi
23%
D) IP konflikt
👏2🤝1
🪟Windows vs 🍏Mac vs 🐧Linux

Windows foydalanuvchilari — sabrliligi bilan mashhur (yangilanish tugamaguncha kutishdan boshqa iloji yo‘q 😅).

💻Apple foydalanuvchilari — pulga ega (bir dona noutbuk narxiga butun laboratoriya yig‘ish mumkin 🤭).

🐧 Linux foydalanuvchilari — skillga ega (terminalni ochib, kod yozmasdan yashay olmaydi 🚀).


🐧 @sysadmin_x - mukammallik sari birgalikda!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁2
Cisco nomining kelib chiqishi
🔵Cisco Systems kompaniyasi 1984-yilda Kaliforniyada tashkil etilgan.
🔵Nomidagi “Cisco” so‘zi — San Francisco shahrining qisqartmasi.
🔵Hatto logotipidagi “ko‘prik” rasmi ham San-Francisco’dagi mashhur Golden Gate Bridge ni anglatadi.

Qiziqarli faktlar
🔴Birinchi router’ni ham kompaniya xodimlari o‘z ehtiyojlari uchun yasashgan (universitet kampusida turli tarmoqlarni ulash uchun).
🔴Cisco bugungi kunda tarmoq uskunalari bozorining eng yirik yetakchisi hisoblanadi (switch, router, firewall, VoIP, wireless va h.k.).


🐧 @sysadmin_x - obuna bo'ling, bugun kechagidan ko'proq bilimga ega bo'ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👎1🌭1
🐧 Debian — bu Linux’ning “otasi”: barqaror, og‘ir, lekin juda ishonchli.

🐧 Debian — “Qo‘shni Ubuntu’ni tug‘ib bergan Linux distributivi”.

🐧 Debian — “Sysadmin’larning sevimli qal’asi: o‘rnatib qo‘yasan va 5 yil hech nima qilmasang ham ishlayveradi”.

🐧 Debian — “Minimalizm + Barqarorlik = Sysadmin xotirjamligi”.


Sysadmin bo‘lish — bu doimiy o‘rganish.
Kecha ping, bugun traceroute, ertaga esa BGP…

@sysadmin_x Obuna bo‘l — sening ‘knowledge base’ hech qachon to‘xtab qolmasin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🌭2
👋 SysAdminX Community

3 ta Mikrotik MTCNA
Xalqaro sertifikati imtihoniga bepul “dostup” taqdim qiladi

🐧 @sysadmin_x - siz obuna bo'ling biz tez orada shartlarini ma'lum qilamiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17👏53🔥3👎1
🚩 Wi-Fi xavfsizligi: WEP, WPA2 va WPA3 farqlari


🚩 WEP (Wired Equivalent Privacy)
🔵Juda eski (1997) va deyarli xavfsiz emas.
🔴Kalit 64/128 bit, lekin oson buziladi (5 daqiqa ichida).
🔵Hozir ishlatish tavsiya etilmaydi.


🍽 WPA (Wi-Fi Protected Access)
WEP’dagi zaifliklarni yopish uchun chiqdi.
Ammo WPA ham hozirda zaif (dictionary va bruteforce orqali buziladi).


👍 WPA2
🔵2004-yildan asosiy standart.
🔴AES shifrlash bilan ancha ishonchli.
🔵Lekin zaif joylari bor (KRACK hujumi).


🍽 WPA3
🔵Eng yangi va xavfsiz standart.
🔴O‘rnatilgan SAE (Simultaneous Authentication of Equals) protokoli bilan kuchli himoya.
🔵Jamoat Wi-Fi’da ham yaxshiroq xavfsizlikni ta’minlaydi.


@sysadmin_x - obuna bo'ling, bugun kechagidan ko'proq bilimga ega bo'ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏3😍21🤝1
🎸 SysAdminlar uchun maslahatlar:

🔵Har doim WPA2 yoki WPA3 ishlat.

🔴Parolni 10+ belgidan iborat qiyinroq tanla.

🔵Router’ning default login/parolini albatta o‘zgartir.

🔴Mehmonlar uchun alohida Guest Wi-Fi tarmog‘i yarat.

🔵Firmware yangilanishini muntazam tekshir.


@sysadmin_x - obuna bo'ling, bugun kechagidan ko'proq bilimga ega bo'ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
WPA2 protokoli qaysi shifrlash algoritmini ishlatadi?
Anonymous Quiz
12%
A) DES
58%
B) AES
13%
C) RC4
16%
D) MD5
Jamoat joyida xavfsizroq ulanish uchun qaysi standart tavsiya qilinadi?
Anonymous Quiz
9%
A) WEP
11%
B) WPA
39%
C) WPA2
42%
D) WPA3