Susambillik
588 subscribers
279 photos
215 videos
5 files
103 links
"Textrovert" - "Photogenic" - "Pluviophile"

Shaxsiy fikrlar.
Mulohazalarim.

Murojaat uchun:
@Paradigmaticc_bot
Download Telegram
Bilasizmi, kutilgan javobni olmaslik sizni nimaga olib keladi?

Bu sizga ayni paytda kimdan nimani kutish mumkinligini — yoki umuman hech narsa kutmaslik kerakligini — o‘rgatadi.

Avvallari bunday gaplarni faqat nazariy qabul qilardim, lekin endi ularni yuragim bilan his qila olyapman.

Boshlanishda sizga aziyatdek tuyulgan narsa zamirida aslida butunlay boshqa ma’no yotadi.
Har bir bizga yoqqan yoki yoqmagan voqea-hodisada albatta biror hikmat, biror hayr bordir.

Aynan shuni chiroyli tarzda ifodalagan “Jumali” asari menga juda ma’qul bo‘lgan edi.

@susambil_lik
Imom Ahmad Abdurrohman ibn Jubayr ibn Nufayzdan u esa otasidan rivoyat qiladi. U dedi:
Kunlarning birida Miqdod ibn Asvad huzurida o'tirgan edik, oldimizdan bir kishi o'tib qoldi va: Rasululloh sallallohu alayhi vasallamni ko'rgan mana shu ikki ko'zga havasim keladi. Biz ham siz ko'rgan holatni ko'rsak, siz guvoh bo'lgan narsaga guvoh bo'lsak edi, - dedi. Uning so'zlaridan Miqdodning achchig'i chiqdi, men esa bundan ajablanmadim, chunki u yomon gap gapirmadi. Miqdod haligi kishiga yuzlanib dedi:

Kishini Alloh uning bo‘lishini istamagan o‘rinda "Qaniydi, men ham bo‘lsam edi", deb orzu qilishga nima majbur qildi? Axir u o‘sha yerda bo‘lsa, holati qanday bo‘lishini bilmaydi-ku. Allohga qasamki, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam huzurlariga shunday bir qavmlar hozir bo‘ldiki, Alloh ularni yuzlari bilan jahannamga uloqtirdi.

Bu holat hammamizda bo‘lgan, to‘g‘rimi? “Falon davrda, falon joyda, saodat asrida yashaganimda edi”, deb orzulaganmiz yoki hech bo‘lmasa bunday so‘zlarni boshqalardan eshitganmiz. Albatta, bu so‘zlar muhabbatdan kelib chiqadi, lekin o‘ylamaymizmi?

Keling, hayotimizga yaqinroq misollar keltiray:
“Falon lavozimda bo‘lsam”, “faloncha boyligim bo‘lsa”, “ana undan keyin falon ishlarni, falon yaxshiliklarni qilaman”, deydi odam. Birodar, o‘sha o‘ringa chiqib, o‘sha niyat qilgan ishlarni qiling — tamom. Chunki sen qayerdan bilasan, o‘sha darajaga chiqqaningda, nafsing senga bu ishlarni qilishga yo‘l berarmikin? Axir bugungi amaldorlar, boylar ham bir paytlar hozirgi amallariga zid bo‘lgan niyatlarni qilgan bo‘lishlari mumkin-ku.

O‘zimdan misol keltiraman: bir necha bor o‘ylaganman — “Koshki, men G‘azoda bo‘lsam edi”, deb. Lekin keyin o‘yladim: ular sabr qilgan sinovlarga men sabr qila olarmidim? Shundan keyin tavba qildim.

Xulosa shuki, inson o‘zi egallamagan o‘rinlarni orzu qilib, hayol surib, vaqti va qalbini sarf etmasin. Chunki u bilmaydi — aynan o‘sha holatda uning holi qanday bo‘lardi.

@susambil_lik
Odamga eng alam qiladigan joyi nima bilasizmi?

Sen horijlik sayyohlarga turizm xizmatlarini tashkillashtirasan va u joylarga borib sen bormagan joylarni rasmini tashlaydi 😂)

@susambil_lik
Shovqin jimlikka aylanganda — xuddi sokin bir pichirlash,
Yuragim sog‘inchda — yolg‘iz va zimdan tinglovchi.

Tun oy nuri bilan meni bag‘riga oladi, yupatadi,
Orzularga g‘arq ongim sukutda tobora sokinlashadi.

Ko‘zlarimda sukunat — g‘amgin yurak belgisi,
Tanim g‘amda, ruhim — yanada ma’yus, yanada so‘nuk.

O‘choq qarshisida o‘tiraman — sokin, lekin hushyor,
G‘iyqillagan yog‘ochlar — yuragimga alladay ruhoh.

Shunda men topaman kuch, yupanch va eslatma:
Men kuzda so‘lg‘an bir gulman.
So‘lish — mening holatim,
Bahorimdan kelajak oziqni sabr bilan kutmoqdaman.

— Abdulrahman

@susambil_lik
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Koʻrinish jim, ichimda esa mingta ovoz. Qaysi birini tinglayapman - bilmayman. Lekin bir narsa aniq: jimlikning o'zi gapiryapti.

@susambil_lik
Odamlar butun boshli tuyg'ular olamini bitta so'zga qamab qoʻyishadi - masalan, tashvish, sogʻinch, alam.

Lekin bu hissiyotlar dushman emas.
Sogʻinch zaiflik belgisi emas.
Alam - magʻlublik emas.

Ular - yashaganing, sevganing, biror narsa sen uchun muhim boʻlganining isbotidir.

Ularga qarshi kurashma.
Ularni tingla. Ular oʻrgatadi.

@susambil_lik
Susambillik
Photo
Yana rasm tashlab berdi)
Qattiq azoblandim 🤣.

@susambil_lik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Allohim, go‘yoki Seni ko‘rib turgandek holda Sendan qo‘rqish (taqvo)ni menga nasib etgin.

Va qalbimni Senga itoat qilish (taqvo) bilan quvontirgin.
Meni gunoh qilib baxtsiz bo‘lishdan asragin.

Qazoingda men uchun eng yaxshisini tanlagin,
Va taqdiringda menga baraka ber.
Shunday bo‘lsinki, endi Sen kechiktirgan narsani tez bo‘lishini istamay,
Va Sen yaqin qilgan narsaning kechikishini ham xohlamayin.

@susambil_lik