Koʻpincha odamlar adolatsizlik haqida faqat oʻzlari boshidan kechirganlaridagina o'ylashadi. Birovning haqi yeyilsa, birov ezilsa, birov jim boʻlishga majbur boʻlsa - bu ular uchun shunchaki yangilik, shunchaki navbatdagi voqea boʻlib qoladi. Lekin oʻsha og'riq ularning eshigini taqqillatgan kuni - birdan hammasi o'zgaradi. Endi ular adolatni xohlaydi, endi ular haqiqatni qidiradi, endi ular jim boʻlganlarning jimligidan ranjiydi.
Lekin haqiqat shuki, adolat faqat sen adolatsizlikni boshdan kechirganingda emas, uni boshqalar uchun ham his qilganingda tiriladi.
@susambil_lik

Susambillik
Koʻpincha odamlar adolatsizlik haqida faqat oʻzlari boshidan kechirganlaridagina o'ylashadi. Birovning haqi yeyilsa, birov ezilsa, birov jim boʻlishga majbur boʻlsa - bu ular uchun shunchaki yangilik, shunchaki navbatdagi voqea boʻlib qoladi. Lekin oʻsha og'riq…
Adolatni faqat o'z darding orqali izlama...
Shuni unutmaslik kerak: brendlar sizni emas, sizning xaridingizni yaxshi koʻradi. Ularga sizning haqiqiy ehtiyojlaringiz emas,balki ular uchun doimiy mijoz sifatida qolishingiz muhimdir.
Har bir xarid oldidan savol bering: bu menga haqiqatan kerakmi, yoki shunchaki ular meni bunga ishontirishdimi?

Har bir tun tongni kutmaydi
“Ehtimol, g‘amli bir tun hech qachon tong otmasligi ham mumkin.”
Avvaliga bu satr yurakni ezadi. Go‘yoki shunday deyayotgandek — bu og‘riq hech qachon tugamaydi, bu g‘am abadiy davom etadi. Tun — faqat tun bo‘lib qoladi.
Balki shoir bu so‘zlar bilan faqat umidsizlikni emas, chuqurroq haqiqatni aytmoqchi bo‘lgandir? Balki har bir qayg‘u “tong bilan yakunlanishi” shart emasdir. Balki o‘sha g‘amning o‘zida ham bir ne’mat, bir saboq bor.

Bora-bora chiroyli qolip soʻzlar yoqmay borayapti...
Oʻzgachalik soddalik va "direct" mulohazalarni yaxshi koʻraman.
@susambil_lik
Oʻzgachalik soddalik va "direct" mulohazalarni yaxshi koʻraman.
@susambil_lik
Susambillik pinned «Hissiyotli odam bo‘lish — o‘ziga xos yolg‘izlik. Suhbat paytida ohang qanday o‘zgarganini payqaysan. Xabarlar orasidagi sokin sukunatlarni ilg‘aysan — va bu jimliklar keragidan ortiq ma’no anglatadimi, deb o‘ylaysan. Aytilgan bir so‘zingni kechasi boshingda…»
Susambillik
Nima uchun Rosululloh sollallohu alayhi vasallam libosda g'usl qildirilganlar?
#Siyrat
Nega Rosululloh sollallohu alayhi vasallam "Vafotimdan keyin Meni liboslarim bilan g'usl qildiringlar, liboslarimni yechmanglar" deb vasiyat qilganlar.
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam vasiyati muqobilida bitta balo voqe' bo'lishi bor. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam "Mening kiyimimni yechib yalang'och qilmanglar" deb qaysi balodan ogohlantirganlar?

#Siyrat Nega Rosululloh sollallohu alayhi vasallam "Vafotimdan keyin Meni liboslarim bilan g'usl qildiringlar, liboslarimni yechmanglar" deb vasiyat qilganlar. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam vasiyati muqobilida bitta balo voqe' bo'lishi bor. Rosululloh…
Javob:
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qilganlar "Vafotimdan keyin Meni liboslarim bilan g'usl qildiringlar, liboslarimni yechmanglar. Aks holda, Mening avratimga tikilgan odamning ko'zlari oqib ketadi"
@susambil_lik
@susambil_lik
Men uchun bellashuv hech qachon boshqalar bilan emas.
Menga kimdir mendan yaxshiroq yashayaptimi, boyroqmi, mashhurrmi - bu muhim emas. Chunki men har kuni o'zimning kechagi holatimdan yaxshiroq boʻlishga harakat qilayapman.
Bu yo'l – men vs men.
Mening raqibim boshqalar emas, balki kechagi dangasa men. Kechagi qoʻrqoq men. Kechagi "ertaga qilaman" degan men.
Shu sabab, bugun bir qadam oldinga qoʻygan boʻlsam, men gʻolibman.

Kutish.. Inson kutishdan zavqlanishi mumkinmi zotan bu uning jismini yemirsa ham? @susambil_lik
Bugun ushbu niyatimning mini versiyasini amalga oshirdim.
Bu joydan Minor masjidigacha anhor bo‘yidan piyoda yurib bordim — yomg‘ir esa hamrohim.
Negadir bunday yolg‘iz sayrlar chog‘ida o‘ylash “funksiyam” maksimal tezlikda ishlay boshlaydi.
Endi missiyaga qaytsak: yomg‘ir jala bo‘lib yog‘madi, shuning uchun "orzu" qilganimdek shalabbo bo‘lmadim. Ammo maydalab yog‘ayotgan yomg‘ir ostida suv yuzasini kuzatib, oyoq qo‘yish uchun joy izlab yurish o‘zgacha bir holat edi.
Koʻzoynagimni qoplagan tomchilarga ham eʼtibor bermasdan yurishda davom etdim)
Bunday pallada kishi yengillik his qiladi.
Mana hozir masjid ichidaman. Hayollarim to‘zg‘ib ketmasidan yozib qo‘yish uchun telefonim klaviaturasini ehtiyotkorlik bilan bosib o‘tiribman.
Bundan yuqoridagi postda kutish haqida savol bergan edim.
Keling, kutish va uning tarkibiy qismlari haqida gaplashamiz.
Har bir kutish zamirida intiqlik va umid bor. Ammo kutish muddati cho‘zilar ekan, umidning dozasi kamayib boradi. Menimcha, muammo ham shunda — biz kutishning yakuniga o‘zimizni topshirib qo‘yganmiz, jarayonga emas.
Aslida esa jarayonda o‘zimizni qanday tutishimiz muhim.
Ya’ni — tunning yakuni doimo tong bo‘lishi shart emas.
Ehtimol, aynan o‘sha qorong‘u tunning o‘zi bizning manzilimizdir.

Telegram
Susambillik
In shaa Alloh, bir kun kelib, hech narsaga e’tibor bermay, yomg‘ir ostida ho‘l bo‘lib, zerikkunimcha yuraman.
Bu tuyg‘uni bilaman. Bolaligimizda bahor yoki yoz oylarida yomg‘ir ostida futbol o‘ynardik — sirpanchiq maysada koptok tepsak, suv sachragani, tuproqning…

Bugun ushbu niyatimning mini versiyasini amalga oshirdim. Bu joydan Minor masjidigacha anhor bo‘yidan piyoda yurib bordim — yomg‘ir esa hamrohim. Negadir bunday yolg‘iz sayrlar chog‘ida o‘ylash “funksiyam” maksimal tezlikda ishlay boshlaydi. Endi missiyaga…
Ha rostdanam hissiyotli odam boʻlish qiyin) boʻlmasa menga zaril edimi yomgʻirda yoki umuman uzoq piyoda yurish.
Hissiyotli odam bo‘lish – ne’mat ham, sinov ham. Boshqalar befarq o‘tib ketadigan holatlar seni ichingda bir dunyo tuyg‘ular bilan to‘ldiradi. Shu bois yomg‘irda yurish, yolg‘iz sayr qilish, o‘z hayollaring bilan yolg‘iz qolish — bu oddiygina mashg‘ulotlar emas, balki o‘zingni eshitish, ichki tartibni tiklash, dardingni tinchlik bilan qabul qilish shaklidir.
“O‘zingni tushunish uchun birovga tushuntirish shart emas,” degan ibora bor — shunday paytlarda aynan shuni his qilasan.
Suhbatdosh izlash — ba’zida yupatadi, ba’zida esa yanada bo‘shliqqa uloqtiradi. Chunki har doim ham aytmoqchi bo‘lgan gaplaringni ko‘taradigan quloq bo‘lmaydi. Ammo yomg‘ir — u har doim "eshitadi", yurish esa har doim olib ketadi:)
Aynan shuning uchun oʻzimni "Pluviophile" "yomgʻirni yaxshi koʻruvchi, undan zavq oluvchi inson "ligimni aniq bilaman.
@susambil_lik
Hissiyotli odam bo‘lish – ne’mat ham, sinov ham. Boshqalar befarq o‘tib ketadigan holatlar seni ichingda bir dunyo tuyg‘ular bilan to‘ldiradi. Shu bois yomg‘irda yurish, yolg‘iz sayr qilish, o‘z hayollaring bilan yolg‘iz qolish — bu oddiygina mashg‘ulotlar emas, balki o‘zingni eshitish, ichki tartibni tiklash, dardingni tinchlik bilan qabul qilish shaklidir.
“O‘zingni tushunish uchun birovga tushuntirish shart emas,” degan ibora bor — shunday paytlarda aynan shuni his qilasan.
Suhbatdosh izlash — ba’zida yupatadi, ba’zida esa yanada bo‘shliqqa uloqtiradi. Chunki har doim ham aytmoqchi bo‘lgan gaplaringni ko‘taradigan quloq bo‘lmaydi. Ammo yomg‘ir — u har doim "eshitadi", yurish esa har doim olib ketadi:)
Aynan shuning uchun oʻzimni "Pluviophile" "
@susambil_lik
Susambillik pinned «"Misrdagi taksi haydovchisi" Azhar masjidi yaqinida do‘stim bilan uchrashgach, Qohiradagi kvartiramga qaytayotgandim. Uyga borish uchun mikroavtobusga chiqmoqchi edim – ular ancha arzon, lekin ko‘proq vaqt oladi. Ichimdagi bir narsa menga taksi tutishim kerakligini…»
Tilning kuchi
Agar psixologiya menga bitta muhim narsani o‘rgatgan bo‘lsa, u ham bo‘lsa shuki, biz ishlatadigan til, ayniqsa o‘zimiz haqimizdagi til — haqiqatimizni shakllantiradi.
Agar sen o‘zingni “sindim” deb o‘ylasang, bu haqiqatga aylanadi. O‘zingni “yutqazganman” deb bilsang, hayoting ham shunday kechadi. Buni kundalik so‘zlaringda ham seza boshlaysan. O‘zingni qanday tariflashingda, hattoki bilmagan holda ham.
Bu vaqt talab qiladi, ammo o‘zini anglaydigan va ehtiyotkor odam bo‘lsang, bu ichki hikoyani asta-sekin o‘zgartira olasan.
Masalan:
“Men haddan tashqari koʻp o‘ylovchi emasman, balki chuqur fikrlovchiman.”
“Men ortiqcha soʻzloʻvchi emasman, men jo‘shqin ifodali odamman.”
“Men ishonchsiz emasman, men o‘zimni anglash yo‘lida yuribman.”
“Men mag‘lub emasman, men hali o‘rganayotgan va rivojlanayotgan insonman.”
“Men xavotirli inson emasman, men juda sezgir va hushyor insonman.”
Shunaqa nozik so‘z o‘zgarishlari odamga ishonch beradi va o‘zini yemiradigan fikrlarni haydab chiqaradi. Bu uslubga kognitiv qayta talqin (Cognitive Reframing) deyiladi.
Linked thoughts.

Men hali sevgan insonga she'r bag'ishlay oladigan odam emasman. Shuning uchun hozircha o'zimni tabiatga murojaat qilish bilan ovutaman. Axir tabiatning o'zidan-da mehrliroq, goʻzalroq mahbuba bormi?
U - eng baland daraxtlarni tebratuvchi mayin nafas, Yerning bag'rini tutib turgan sobit tog',
Tunni yoritar oy nuri, yo'ldan adashganlarga mash'al. Yomg'iri - yerga tinchlik olib keladi,
uyqudagi urug'larni uyg'otadi.
U har jihatdan qudratli. Uning borligi bu dunyoni go'zallikka toʻldiradi. Shuning uchun hozircha oʻzimni unga - tabiatga yozish bilan ovutishim kerak.

Kecha men aqlli edim. O‘ylardimki, dunyoni o‘zgartirishim kerak. Odamlar boshqacha bo‘lishi kerak, jamiyat tuzalishi kerak, hamma adolatli bo‘lishi kerak. Barchasini o‘zgartirishni xohlardim — tashqaridan boshlab. Bugun esa men donomanman. Bilaman: asl o‘zgarish…
“Biz narsalarni qanday bo‘lsa, shunday ko‘rmaymiz. Biz ularni qanday bo‘lsak, shunday ko‘ramiz.”
– Anaïs Nin
Hayotda har birimiz bir xil voqeani boshqacha ko‘ramiz. Nega? Chunki har bir inson dunyoni o‘z ko‘ngli, tajribasi, og‘rig‘i, quvonchi va umidlari orqali idrok qiladi. Biz hech qachon toza va neytral ko‘z bilan qaray olmaymiz — har doim ichki dunyomizning soyasi tasvirga tushadi.
Kimdir yomg‘irni osoyishtalik deb his qiladi, boshqasi esa xafalik. Kimdir tanbehni o‘sish uchun imkoniyat deb qabul qiladi, boshqasi uni rad etish deb his qiladi. Xulosa esa bir: voqelik — bu qanday voqea bo‘lganidan ko‘ra, biz kim bo‘lganimizga bog‘liq.
Bu iqtibos bizga o‘zimizga ko‘z solishni, ichki dunyomizni tozalashni, ruhiy holatimizni anglashni o‘rgatadi. Chunki ko‘rganimizni o‘zgartirishdan oldin, ko‘rayotganimizni shakllantirayotgan ichimizdagi ko‘zoynakni tozalash kerak.
Har gal hayot sizga qiyin, adolatsiz yoki tushunarsiz ko‘rinsa — bu dunyo yomonlashgani uchun emas, balki siz ichingizda qandaydir og‘riq bilan qarayotganingiz uchundir.
Shuning uchun ham, haqiqiy o‘zgarish tashqaridan emas, ichkaridan boshlanadi. O‘zimizni anglab, tinchlantirib, tozalaganimizda, dunyo ham asta-sekin chiroyli tus ola boshlaydi.
Chunki dunyoni ko‘rayotgan ko‘z aslida — qalbingizdir.

Bilasizmi, kutilgan javobni olmaslik sizni nimaga olib keladi?
Bu sizga ayni paytda kimdan nimani kutish mumkinligini — yoki umuman hech narsa kutmaslik kerakligini — o‘rgatadi.
Avvallari bunday gaplarni faqat nazariy qabul qilardim, lekin endi ularni yuragim bilan his qila olyapman.
Boshlanishda sizga aziyatdek tuyulgan narsa zamirida aslida butunlay boshqa ma’no yotadi.
Har bir bizga yoqqan yoki yoqmagan voqea-hodisada albatta biror hikmat, biror hayr bordir.
Aynan shuni chiroyli tarzda ifodalagan “Jumali” asari menga juda ma’qul bo‘lgan edi.