SURXONDARYO KADASTR
1.5K subscribers
17.4K photos
2.13K videos
20 files
10.5K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #yernazorati

O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarga nisbatan mulk huquqi berilmaydi

❗️ O‘zboshimchalik bilan egallangan yerga, unda qurilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

📃 Yerni o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish qilgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

🚫 O‘zboshimchalik bilan egallangan yerdagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv taʼminoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi

🔴Bugun ⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari tomonidan Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limida qo‘shma tadbir o‘tkazildi.

🔴Yig‘ilishda, eng asosiy masala Kadastr agentligi topshirig'i bilan hududlarda Dolzarb 40 kunlik loyihasida doirasida Yer nazorati tadbirlarini amalga oshirish va o'zboshimchalik bilan qurilgan qurilishlarga nisbatan keskin choralar ko'rib fuqarolarga tushintirish ishlari olib borish topshirig‘i berildi.

🔴 Har bir xodim bilan individual tarzda o‘tkazilgan suhbatda xodimlar o‘z vazifasiga vijdonan yondoshgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suiisteʼmol qilmasligi uqtirildi. O‘z moddiy manfaatlarini ko‘zlab bu illatga qo‘l urmasligi qolaversa har bir jinoyat uchun jazo muqarrarligi tushuntirildi.

🔴Suhbat so‘nggida binoga kirayotgan tashrif buyuruvchilarni doimiy ravishda qayd etib borilishi lozimligi hamda korrupsion holatlar asosan sobiq xodimlar tomonidan amalga oshirilayotganligini, tuman bo‘lim va filialidan ishdan bo‘shab ketgan sobiq xodimlarni binoga doimiy ravishda tashrif buyurishlarini hamda amaldagi xodimlar bilan ish vaqtida muloqot qilishini oldini olish choralarini ko‘rish lozimligi taʼkidlandi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
T A Y I N L O V

🇺🇿Jamayev Mustafo Mengboyevich
– Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Bandixon tuman filiali boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

◼️Mustafo Mengboyevich
– 1990-yilda Surxondaryo viloyati, Qumqo'rg'on tumanida tug‘ilgan. 2018-yilda Toshkent Irrigasiya va qishloq xo'jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutini tamomlagan.

◼️Tayinlovga qadar, Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Bandixon tuman filiali bosh muhandisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook Instagram YouTube
T A Y I N L O V

🇺🇿Shaymardanov Davron Musurmonqul o'g'li
– Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Muzrabot tuman filiali boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

◼️Shaymardanov Davron
– 1993-yilda Surxondaryo viloyati, Termiz tumanida tug‘ilgan. 2016-yilda Samarqand davlat Arxitektura va qurilish institutini tamomlagan.

◼️Tayinlovga qadar, Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Termiz tuman filialida Kadastr hisobi muhandisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook Instagram YouTube
😀😃😄😆😊

Turar joyning maydoni to‘g‘risida ma’lumotnoma
olish tartibi

📃 Ariza beruvchilar Davlat kadastrlari palatasining xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

🗂 Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi)
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
yashash manzili;
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
obyektning kadastr raqami.

📃Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa).

◼️Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bepul

📆 Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
3 ish kuni

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori

#DavKadastrPalata #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️15-may - "Butunjahon oila kuni"▪️

🔵Butun dunyoda 1994 yildan beri 15-may “Xalqaro oila kuni” sifatida nishonlanib kelmoqda. Ushbu kunning belgilanishidan maqsad oilaning ko‘plab muammolariga jamoatchilik eʼtiborini jalb qilishga qaratilgan.

👨‍👩‍👧‍👦 Inson o‘z umrini o‘tkazadigan,  orzu-umidlari, baxtu saodatini hamda tinchligini ta’minlaydigan maskan – oilaning mustahkam bo‘lishiga bog'liqdir.

🌀 Oilada Vatanga sadoqat, ota-onaga oqibat, oila a’zolari o‘rtasida o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat omillari o‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga singdiriladi. Oiladagi ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, ota-ona va farzandlarning jamiyat oldidagi mas’uliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.

💠Zero, yurtimizda, qolaversa, Sharq dunyosida oila qadimdan muqaddas dargoh sifatida qadrlangan. Oilada vatanga sadoqat, ota-onaga oqibat, oila aʼzolari o‘rtasida o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat omillari o‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga singdirilib, oiladagi maʼnaviy muhitni barqarorlashtirishga, ularning jamiyat oldidagi masʼuliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Davlat kadastrlari palatasi  Surxondaryo viloyat boshqarmasi
Axborot xizmati.
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #taqiq #kadastr_xizmati

⚡️Binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqining cheklanishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

➡️binolar va inshootlar xatlab qo‘yilgani to‘g‘risidagi xabarnoma;

➡️binolar va inshootlarning boshqa shaxsga o‘tkazilishini taqiqlash to‘g‘risidagi xabarnoma;

➡️binolar va inshootlar ipotekasi to‘g‘risidagi shartnoma.

➡️tasarruf etish huquqisiz berilgan davlat orderi;

❗️Huquqlarning cheklanishi binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi to‘g‘risidagi maʼlumotlar Reyestrga kiritish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

☝️Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sariosiyo tumanida yer va kadastr bo‘yicha monitoring ishlari davom etmoqda

Eslatma
❗️ Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, noqonuniy qurilmalar qurib olish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Kadastr agentligi tizimida yer nazorati ishlari kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda.

📍 Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Sariosiyo tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan tumanning “Bog‘iston” mahallasi hududidan fuqaro tomonidan davlat zahirasida bo'lgan yer maydonidan o‘zboshimchalik bilan 0.02 gektar yer maydonini egallab olib, 100.0 kv.metrdan iborat qurilish ishlari amalga oshirilganligi holati aniqlangan.

💬 Shundan so‘ng, yer qonun buzilishini sodir etgan shaxsga tushuntirish ishlari olib borildi hamda uning huquqiy oqibatlari tushuntirilib, noqonuniy qurilma fuqaro tomonidan joyning o‘zida bartaraf etildi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
.
Telegram Facebook Instagram YouTube