SURXONDARYO KADASTR
1.48K subscribers
17.8K photos
2.16K videos
20 files
10.7K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
Sayyor dars tashkil etildi....

🔰Termiz agrotexnologiyalar va innojvatsion rivojlanish instituti Matematika, tabiiy va gumanitar fanlar kafedrasi assistenti X. Norqobilov ikkinchi bosqich 218-guruh Manzarali bog'dorchilik va ko'kalamzorlashtirish ta'lim yo'nalishi talabalariga Muhandislik geodeziyasi va topografik chizmachilik fanidan olayotgan bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida Termiz shahridagi Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasida sayyor dars tashkil qilindi.
🔰Sayyor dars davomida talabalar nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo'llab ko'rishdi. Sayyor darsni Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Matbuot kotibi B.Safarov hamda soha faollari bilan birgalikda Kadastr sohasiga oid ma`lumotlar berilib talabalarning Kadastr sohasiga oid nazariy bilimlari mustahkamklandi. Talabalarning fanga bo'lgan qiziqishi yanada ortdi desak mubolag'a bo'lmaydi.
▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati Axborot xizmati.
Surxondaryo viloyati #Kadastr agentligi #Komplayens_nazorati #korrupsiyaga_qarshi_kurash
❇️Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig`i S.Shaymardanov hamda Kompleans nazorati bosh mutaxassisi A. Ravshanov tomonidan muntazam ravishda «Korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik va uning oldini olish» bo‘yicha yig`ilish bo`lib o`tdi.

♻️Jumladan, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining Angor tuman bo‘lim va filiallarida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar ishtirokida ochiq va o‘zaro suhbat asosida o‘tkazilgan tadbirda soha xodimlarining o‘z vazifasiga sidqidildan yondashib, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymasligi keng tushuntirildi.

♻️Bunday profilaktik tadbirlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – sohada firibgarlik va tamagirlik omillarni kamaytirish, har bir xodimda korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish
hisoblanadi.
#onlayn_xizmatlar #kadastr #2022

🏠🏢📝 Ko'chmas mulk obyektlariga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishga ariza yuborish bo'yicha my.gov.uz portali orqali may oyida kelib tushgan arizalar bo'yicha umumiy statistika

💻 Yagona portal orqali- 4 989 ta
🏢 Davlat xizmatlari markazi orqali- 20 731 ta
Tugatilganlar - 12 819 ta
Rad etilganlar - 4 759
ta

Siz ham xizmatdan onlayn foydalanishingiz mumkin.
👇👇👇👇👇👇👇👇

Ko'chmas mulk obyektlariga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishga ariza yuborish

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Мактабларни битирувчи ўғил-қизларга табрик

Поздравление всем выпускникам школ

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
25-May,So‘nggi qo‘ng‘iroq kuni

🔔So‘ngi qo‘ng‘iroq - maktabni bitirayotgan o‘quvchilar ananasi, bayram. O‘zbekiston va boshqa MDX mamlakatlarida 25 may kuni nishonlanadi. Bayram o‘quv yili tugaganida, lekin bitirish imtixonlaridan avval o‘tkaziladi. So‘ngi qo‘ng‘iroqda bitiruvchilar o‘qtuvchilar va ota - onalar ishtirok etishadi.

🔔⚡️Tadbirda mehmonlar, maktab direktori, ilk o‘qtuvchilari, ota - onalar, birinchi snif o‘qtuvchilari tabrik aytishadi. 9 snifni yakunlayotgan bitiruvchilar oq yo‘l va muvaffaqiyat tilab nutq so‘zlashadi. So‘ngi qo‘ng‘iroq tadbirida bitiruvchilar maktab formasini kiyib kelishadi. Tadbir davomida ramziy so‘ngi qo‘ng‘iroq chalinadi.

🔔Odatda biror bitiruvchi yelkasida qo‘lida maktab qo‘ng‘irog‘ini ushlab olgan birinchi snif o‘quvchisini o‘tkazib, davrani aylanib chiqadi. Ba'zan bitiruvchilar havoga havo sharlarini uchirishadi va valsga tushishadi. Bitiruvchilar maktab bilan xayrashib turli xil qo‘shiqlar ham ijro
etishadi.
#murojaatlar #statistika #tahlil
HAFTALIK MUROJAATLAR TAHLILI

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlar palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmalariga 2022 yil 14-20 may kunlari oralig‘ida kelib tushgan murojaatlar tahlili
✉️Jami kelib tushgan murojaatlar soni –250 ta

🔺Yer maydoni ajratish bo‘yicha 59 ta
🔺Kadastr hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha 59 ta
🔺Mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha 6 ta
🔺Nizoli holatlar bo‘yicha 42 ta
🔺So‘rovnomalar 83 ta

📚Shu jumladan, murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha jami 250 ta murojaatdan 189 ta ijobiy hal qilingan, 250 ta murojaat muddatida yopilgan.
▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati Axborot xizmati.
Dehqon xo'jaligi yerlarini e-auksion.uz orqali ijraga oling!

🖥Endilikda sizda auksion orqali Surxondaryo viloyati hududidagi dehqon xo‘jaligi yerlarini 10 yil muddatga ijaraga olish imkoniyati mavjud.

▪️Oltinsoy tumanida 221 ta (Ko'rish)
▪️Angor tumanida 87 ta (
Ko'rish)
▪️Bandixon tumanida 200 ta (
Ko'rish)
▪️Boysun tumanida 5 ta (
Ko'rish)
▪️Muzrabot tumanida 1 332 ta (
Ko'rish)
▪️Denov tumanida 240 ta (
Ko'rish)
▪️Jarqo`rg`on tumanida 215 ta (
Ko'rish)
▪️Qumqo`rg`on tumanida 133 ta (
Ko'rish)
▪️Sariosiyo tumanida 1 145 ta (
Ko'rish)
▪️Termiz tumanida 1 ta (
Ko'rish)
▪️Uzun tumanida 56 ta (
Ko'rish)
▪️Sherobod tumanida 315 ta (
Ko'rish)
▪️Qiziriq tumanida 417 ta (
Ko'rish)

❗️
“Yoshlar”, “Ayollar” va “Temir” daftarga kiritilganlarga ustunliklar berilishi taʼminlanadi.
▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
Telegram Instagram YouTube Facebook
​​🔰So‘nggi yillarda respublikada ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, eskirgan, zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni takomillashtirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligini inobatga olib, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyundagi 395-son qaroriga muvofiq Kadastr agentligining «Geodeznazorat» axborot tizimi ishlab chiqildi.

💠Mazkur axborot tizimini ishlab chiqishdan asosiy maqsad geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarni texnik loyiha va texnik hisobotlarni ekspertizadan o‘tkazish uchun arizalarni «Geodeznazorat» axborot tizimidan yuborilishini yo‘lga qo‘yishdan iborat.

💠Bu bilan ortiqcha ovoragarchiliklar, buyrakratik to‘siqlar bo‘lmasligi taʼminlanib, murojaatlarning muddatlari buzilishlari oldi olinadi. Shu bilan birgalikda texnik loyiha va texnik hisobotlarning elektron reyestri yuritilib boriladi.

🔹Bugungi kunda ushbu axborot tizimi test rejimida ishlab kelmoqda, test rejimidan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng barcha geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar tomonidan yuboriladigan arizalarni tizim orqali yuborilishini taʼminlash ko‘zda tutilgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
▫️Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi tashkil etiladi▫️

◻️ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi («O‘zbekkosmos») tizimida Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi tashkil etilishi haqida agentlik ma’lum qildi.

◻️ Markaz quyidagi yo‘nalishlarda o‘z faoliyatini olib boradi:

▪️sun’iy yo‘ldosh apparatlari orqali Yerni masofadan zondlash, uning ma’lumotlarini qabul qilish, saqlash,
▪️qayta ishlash va uzatish;
▪️kosmik sohaga oid xizmatlarni ko‘rsatish;
▪️kosmik sohaga ilmiy va innovatsion texnologiyalarni keng jalb etish maqsadida mazkur sohadagi ilmiy va innovatsion ishlarni amalga oshirish;
▪️kosmik va geoaxborot texnologiyalari, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida iqtisodiyot tarmoqlari, mudofaa va xavfsizlik sohalari hamda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirishga ko‘maklashish.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |