SURXONDARYO KADASTR
1.51K subscribers
18.1K photos
2.2K videos
22 files
10.9K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
28-Mart, Fonagraflar va grammofonlar ixtro qilingan kun

♻️1877-yil 28-mart
kunida Tomas Edison eng mashhur kashfiyotlardan biri - fonografni yaratdi. Bu apparat ovozni yozib olar va qanday yozgan bo'lsa, shunday qaytarib berar edi.

♻️Avvaliga fonografni ajoyib o‘yinchoq sifatida sotishdi, keyin esa Edison va boshqa ixtirochilar uni takomillashtirishdi. Natijada musiqani yozish imkoni tug'ildi. Oradan o‘n yil o'tgach grammofon yaratildi.

♻️U grekchasiga «yozilgan ovoz» ma’nosini anglatadi. Grammofon fonografga o'xshab ovozni valikka emas, alohida materialdan yasalgan spiral izli yassi disklarga yozardi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
KUN HIKMATI

♻️ Odamdagi asosiy narsa aql emas, balki uni boshqaradigan narsalar: xarakter, yurak va yaxshi his-tuyg‘ulardir.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi
Axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹“O‘zbekiston24” radiosida matbuot anjumani haqida🔹

🔷 O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarma tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etgan “O‘zbekiston24” radiokanali jurnalisti jarayonning o‘zidan jonli efirga chiqib ma’lumot taqdim etdi.

🎙Bundan tashqari, anjumanning to‘liq mazmunini keng yoritib, radioeshshitirish orqali tinglovchilarga ko‘chmas mulk obyektlarining daxlsizligiga befarq bo‘lmagan holda joriy yilning
30-aprel sanasida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha xalq saylovi — referendumda faol ishtirok etishga chaqiraman " deydi Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi boshlig'i Sobir Shaymardanov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 21-moddasiga asosan, “Har bir inson oʻz shaxsini erkin kamol toptirish huquqiga ega”.

🔷Oʻz shaxsini erkin kamol toptirish huquqi inson salohiyatining yangi qirralarini namoyon qilish, barcha imkoniyatlarni roʻyobga chiqarishning bosh omili hisoblanadi. Shaxslarning har tomonlama kamol topishiga koʻmaklashish esa har bir davlatning eng muhim vazifalaridan biridir.

🔷Oʻz shaxsini erkin kamol toptirish huquqi – bu insonning oʻz shaxsini erkin rivojlantirish, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday harakatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlishidir.

🔷Ushbu huquq insonning ijod qilishga boʻlgan huquqlari asosida oʻziga kerakli boʻlgan bilim va koʻnikmalarni egallash huquqini ham anglatadi. Mazkur huquqning belgilanishi insonni oʻzini-oʻzi kashf etishi va rivojlantirishi uchun konstitutsiyaviy huquqiy asos boʻlib xizmat qiladi.
Сурхондарё вилоятида 64та Қишлоқ хўжалиги ерларини 30 йилга ижарага олинг

🔸
Олтинсой туманидан 33 та (кўриш)
🔸 Қумқўрғон туманидан 3 та (кўриш)
🔸 Шеробод туманидан 28 та (кўриш)

Савдоларда қатнашиш учун қўлланма 👉 (кўриш)

"E-AUKSION" мобил иловасини юклаб олинг!

ЮКЛАБ ОЛИНГ.
⬇️App Store ⬇️Google Play

👇Xabardor boʼlish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
KUN HIKMATI
♻️ Hayotdagi yagona baxt- bu doim olg‘a intilishdir!
Yaxshisiga intiling, o‘zgaring, o‘sing, nimadan qo‘rqsangiz shuni qiling, shundagina siz xayot taʼmini sezasiz.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda quyidagi maʼlumotlarni tekshiradi:

🔹arizani va ushbu ko‘chmas mulk obyektiga kadastr hujjatlarini o‘rganadi, ularni Reyestrda mavjud axborot bilan taqqoslaydi

🔹ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos mavjudligini, uning yuridik yoki jismoniy shaxsga o‘tkazilishining qonuniyligini aniqlaydi

🔹umumiy ulushli mulk huquqi ishtirokchilarining sonini va tegishli hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ularning ulushlarini aniqlaydi

🔹 ko‘chmas mulk obyekti huquqning boshqa shaxslarga o‘tkazilishi uchun to‘sqinlik qiluvchi garovga qo‘yilganligi va huquqni cheklash borligini aniqlaydi

🔹boshqa shaxslardan aynan shu ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ariza bor yoki yo‘qligini Reyestrdan aniqlaydi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▪️Kelajagimga befarq emasman▪️

Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan organlar tomonidangina amalga oshiriladi.

📚Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o'zlashtirish, hokimiyat organlari faoliyatini to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.

Yangi qabul qilinayotgan Konstitutsiyaning 7-moddasi.

"Men bu ijobiy o‘zgarishlarga albatta befarq emasman.
Agar siz ham befarq bo‘lmasangiz joriy yilning 30-aprel kuni Konstitutsiya bo‘yicha referendumda, albatta, ishtirok eting”.

🔹 S. Shukurov – Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘ o`rinbosari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Servitut qanday maqsadlarda belgilanishi mumkin?

🔹o‘zganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda o‘tish;
🔹o‘zganing yer uchastkasida drenaj ishlari o‘tkazish;
🔹o‘zganing yer uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va quvurlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar o‘tkazish va ulardan foydalanish;
🔹o‘zganing yer uchastkasidan ekinzor va mollarni sug‘orish uchun suv olish;
🔹mollarni o‘zganing yer uchastkasi orqali haydab o‘tish;
🔹o‘zganing yer uchastkasidan qidiruv, tadqiqot va boshqa ishlarni bajarish uchun vaqtincha foydalanish;
🔹o‘zganing yer uchastkasida ihota daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa obyektlar barpo etish.
🔹Servitut boshqa maqsadlarda ham belgilanishi mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #referendum #befarqemasman

Yangi tahrirdagi Konstitusiyada malakali yuridik yordam olish huquqi aks ettirilmoqda

♻️Konstitusiyaviy qonun loyihasi bilan har kimga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanishi belgilanmoqda. Qonunda nazarda tutilgan hollarda, yuridik yordam davlat hisobidan ko‘rsatiladi.

♻️Huquqbuzarliklardan jabrlanganlar huquqlari qonun bilan muhofaza qilinadi. Davlat jabrlanganlarga himoyalanishni va odil sudlovdan foydalanishni ta’minlaydi, ularga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Men taqdirimga #befarq_emasman. Siz ham Konstitutsiyaviy islohotlarga siz ham e'tiborli bo'ling.

30-aprelda bo'lib o'tadigan referundumda ishtirok eting !

🔹Alijon Aliyev—Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yuridik byuro boshlig`i
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏠🏢 Uy-joyni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik ko‘plab muammoli vaziyatlar keltirib chiqarishi mumkin

🎬 Videoda shunday holatlarning biri misol qilingan.

‼️Sizda ham mana shunday holat bo‘lmasligi uchun ko‘chmas mulkingizni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazing.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#surxon_kadastr #davra_suhbati #korrupsiyasiz_hayot_sari

⚡️KORRUPSIYA– HALOKATGA YETAKLOVCHI YO‘L

🔹 Jamiyatda shunday illatlar borki, u ma'lum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘anoq bo‘ladi. Ana shunday illatlardan biri korrupsiya va poraxo‘rlikdir.

🔹 Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalarining Jarqo‘rg‘on tuman bo‘lim (filial) xodimlari uchun hududiy boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassislari Sh.Maksumov va O‘.Xamraevlar ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi.

🔹Davra suhbatida xodimlarga korrupsiyaning oldini olish, bunday huquqbuzarlik va jinoiy faoliyat uchun jazo muqarrarligi, har bir xodim o‘z vazifasiga vijdonan yondashgan holda faoliyat yuritishi, xizmat vazifasini suiiste'mol qilmasligi nafaqat tizim, balki o‘z oilasi uchun ham foydali ekanligini unutmasligi tushuntirildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube