SURXONDARYO KADASTR
1.36K subscribers
16.9K photos
2.06K videos
20 files
10.2K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
Korrupsiya - jamiyat kushandasi

🔹 Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Surxondaryo viloyati boshqarmalari Sherobod tumani boʼlimi va filiali xodimlari uchun “Korrupsiya - jamiyat kushandasi” mavzusida davra suhbati oʼtkazildi.

🔹 Unda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Surxondaryo viloyati boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish xodimlari Sh.Maksumov va O‘.Xamraevlar, tuman boʼlimi va filiali rahbarlari, kadastr muhandislari, yer va kadastr nazorati inspektorlari ishtirok etdilar.

🔹 Tadbirda Sh.Maksumov
yigʼilganlarga korrupsiyaga qarshi kurash boʼyicha Kadastr tizimida olib borilayotgan ishlar samaradorligi haqida maʼlumot berib oʼtdi. Xodimlar tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirishda, xizmat koʼrsatish madaniyatida hamda fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlari bilan ishlashda bir qator muammolar borligini taʼkidladi.

🔹 Ishtirokchilarning diqqat eʼtiborini mamlаkatimizda yaqinlashib kelayotgan siyosiy jarayon - Oʼzbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasiga doir Referendum 2023-yilning 30-aprel – yakshanba kuni oʼtkazilishi belgilanganligi, unda har bir davlat xizmatchisi albatta ishtirok etishi va oʼzining fuqarolik munosabatini bildirishi lozimligi tushuntirildi. Mazkur siyosiy jarayon kunlarida har qachongidan ham hushyor boʼlishlikka chaqirdi.

🔹 Yigʼilishda O‘.Xamraev korrupsiyaga qarshi kurashishda Milliy qonunchilikdagi yangiliklar va korrupsiyaga qarshi kurash tizimi haqida axborot berdi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-5177 – sonli qarorini mazmun mohiyatini yigʼilganlarga batafsil tushuntirdi. Kadastr agentligining 2022-yil 1-iyuldagi 158-19-sonli buyrugʼi bilan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar berish yoki boshqa tarzda koʼmaklashgan xodimlarni ragʼbatlantirish tartibi toʼgʼrisidagi nizom tasdiqlangani va uning mazmun mohiyatini bilan tanishtirildi.

🔹 Shuningdek filialda korrupsiya illatiga yoʼl qoʼymaslik, xizmat va kiyinish madaniyatiga hamda avtomobillardan foydalanishda yoʼl qoidalariga qatʼiy amal qilish kabi masalalariga ahamiyatni kuchaytirish lozimligi haqida gapirdi. U oʼz soʼzida bugungi tezkor tashkil qilingan yigʼilishdan koʼzlangan asosiy maqsad, sohaning barcha xodimlarini korrupsiyaning har qanday koʼrinishiga murosasiz boʼlishga, unga yoʼl qoʼymaslikka chaqirishdan iborat ekanligiga urgʼu berdi.

🔹 Qayerda tartib – intizom boʼlar ekan, u yerda inson qadri eʼzozlanadi, byurokratiyaga, korrupsiyaga yoʼl qoʼyilmaydi, har bir fuqaroga tez, sifatli va madaniyatli xizmat koʼrsatiladi.

🔹 Maqsadimiz kadastr idoralarini korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish va xalqimizni kadastr xizmatidan rozi qilishdir.

Matbuot xizmati.
https://t.me/surxonkadastr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Referendumda muddatidan oldin ovoz berish jarayoni 19-26 aprelda bo‘lib o‘tadi

📃 “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy Qonuni loyihasi bo‘yicha 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasining referendumi 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkaziladi.

📌 Referendum kuni o‘z turar joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolar muddatidan oldin ovoz berishi mumkin.

Кanalga ulanish: https://t.me/surxonkadastr
⚜️ Davlat rahbari qarori bilan xususiylashtirish dasturi tasdiqlandi. Unda uchta yo‘nalishda – aksiya, ko‘chmas mulk va IPO bo‘yicha xususiylashtirish rejalari belgilangan.

◾️Birinchidan, 1 mingta korxonadagi davlat aksiya paketlari sotuvga chiqariladi.

◾️Ikkinchidan, 1 mingta ko‘chmas mulk obyektlari ommaviy savdolarga qo‘yiladi. Ularda 600 gektar yer va 1 million kvadrat metrli bino-inshootlar mavjud. Eng muhimi, infratuzilma bilan ta’minlangan va aholi punktlariga yaqin.
Ushbu obyektlarni sotishni tezlashtirish uchun mulklarni sotishga tayyorlash muddati hozirgi 80 kundan 48 kunga qisqartiriladi. 2 ming kvadrat metrgacha bo‘lgan obyektlarni tadbirkorlarning murojaati asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdoga chiqarishga ruxsat beriladi.

👉 Batafsil: https://uzdkp.uz/uz/prezident-shavkat-mirziyoev-24-mart-kuni-davlat-mulkini-xususiylashtirish-ishlarining-ijrosi-va-bu-borada-joriy-yilgi-rejalar-muhokamasi-yuzasidan-yigilish-otkazdi/

#DavKadastrPalata #Prezident_qarori

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Matbuot anjumanidan▪️

◼️Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmalari tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2023-yilda bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar to'g'risida"gi matbuot anjumani.

🗣 Savol: Uy-joyni oldi-sotdi qilmoqchiman. Rieltor tashkilotlari orqali sotsam bo‘ladimi yoki faqat notarial tartibdami?

👔Javobni Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i Sobir Shaymardanov bergan.

#DavKadastrPalata #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️DKP hafta ichida▪️

👔 Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarida bayram shukuhi.

👔 Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida Navro'z ayyomi "Yoshlar", "Toshkent" va "Mahalla" telekanallari dasturlarida yoritildi.

👔 "Kecha va bugun" - O‘zbekiston Respublikasi.

👔 "Matbuot tadbirlari" oyligining I bosqichi navbatdagi sonida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarma boshliqlari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

👔 Yer sotib olib uy qurish uchun amalga oshiriladigan harakatlar ketma-ketligi.

👔 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalarida sayyor qabullar o'tkazilmoqda.

👔 Hududiy boshqarmalarda kadastr sohasida korrupsion holatlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

#DavKadastrPalata #hafta_davomida #daydjest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
27-Mart,“Xalqaro teatr kuni”

♻️Inson ma’naviyatini tarbiyalashda teatr san’atining o’rni beqiyos. Zero san’at insonni ma’naviy jihatdan boyitadi, ijodiy qobilyatini rivojlantiradi, ezgulik sari yetaklaydi.

♻️27 mart- Xalqaro teatr kuni 1961 yili YUNESKO huzuridagi Xalqaro teatr instituti tomonidan Avstriyaning Vena shahrida bo`lib o`tgan IX kongressida ta`sis etilgan edi. Hozirgi kunda jahonning
100 dan ziyod mamlakatlarida 27 mart kuni teatr san`ati hodimlarining kasb bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

♻️Xo‘sh, teatr nima o‘zi? Bu tushunchaning ma’nosi keng. Teatr deganda, avvalambor san’atning kattakon bir turini tushunamiz.
Shu bilan birga teatr – bu tomosha – spektaklning o‘zi; tomosha ko‘rsatiladigan joy, spektakl qo‘yiladigan bino hamdir. Hech bir san’at teatr o‘rnini bosolmaydi. Chunki teatrda tomoshabin bir to‘p iste’dodli kishilar bilan birvarakayiga jonli muloqotda bo‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook | Instagram| YouTube
HAFTALIK MUROJAATLAR TAHLILI

Davlat kadastrlar palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmalariga
2023 yil 17-24
-mart kunlari oralig‘ida kelib tushgan murojaatlar tahlili

✉️Jami kelib tushgan murojaatlar soni –73 ta

🔺Yer maydoni ajratish bo‘yicha 11 ta
🔺Kadastr hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha 21 ta
🔺Nizoli holatlar bo‘yicha 11 ta
🔺So‘rovnomalar 18 ta
🔺
Boshqa masalalar bo`yicha 12 ta

📚Shu jumladan, murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha jami
73 ta murojaatdan 45 ta ijobiy hal qilingan, 57 ta murojaat muddatida yopilgan.
▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati Axborot xizmati.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #referendum #befarqemasman

Oldin davlat istalgan sabab bilan uy-joyni buzishi mumkin edi.

“Endi sud qarori bo‘lmasa, bunga yo‘l qo‘yilmaydi. Uyni mulk egasining roziligi bilan va to‘liq kompensatsiya bergandan so‘ng buzish mumkin” — yangilanayotgan Konstitutsiyaning 47-moddasi.

Кanalga ulanish: https://t.me/surxonkadastr
#kadastr_sohasida_atamalar #atama

Geoiddengiz sathini eng yaxshi tarzda ifodalovchi sathiy yuza, u har qanday nuqtada shovun chiziqqa perpendikulyar bo‘ladi.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
⚡️Har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega.

📘Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.
Davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantiradi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanadi.

🔖“Konstitutsiya erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir. Barchani joriy yilning 30-aprel sanasida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Konstitutsiyasini o‘zgartish bo‘yicha referendumda faol ishtirok etishga chaqiraman”.

SOBIR SHAYMARDANOV Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️OAV biz haqimizda▪️
Bugun barcha soha va tarmoqlarda axborot texnologiyalarning imkoniyatidan samarali foydalanishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu esa xizmatlar ko‘rsatish tezkorligini taʼminlashi barobarida aniq hisobotlarni yuritish imkonini ham beradi. Masalan, shu kunlarda sakkizta toifadagi yer maydonlarining bosqichma-bosqich UZKAD elektron platformasiga kiritilishi yuqorida sanab o‘tilgan imkoniyatlarni yuzaga keltirmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#kadastr #palata #matbuot_anjuman

⭕️⭕️⭕️

🌟KADASTR AGENTLIGINING 💫 DAVLAT KADASTRLARI PALATASINING MATBUOT ANJUMANI

🟢 29-mart kuni soat 15:00 da O‘zbekiston Milliy matbuot markazida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

🟢 Mavzu: "O'zbekiston Respublikasida yer hisobining yuritilishi hamda ko'chmas mulkka oid qonunchilikdagi yangiliklar”

🎤 Ushbu matbuot anjumaniga barcha ommaviy axborot vositalari xodimlari, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

📹 Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning YouTube va Facebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qilishingiz mumkin bo’ladi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

⚡️Mulkdor o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mol-mulkdan foydalanish atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak.

📍Konstitutsiya loyihasining 66-moddasi.

✏️“Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalarning kiritilishi asosiy qonunimizning har tomonlama mukammal bo‘lishiga xizmat qilib, davlatimizning asosiy qonuni sifatida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, demokratik islohotlar va yangilanishlarga mustahkam huquqiy zamin yaratadi. Shunday ekan, barchani joriy yilning 30-aprel sanasida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Konstitutsiyasini o‘zgartish bo‘yicha xalq saylovi — referendumda faol ishtirok etishga chaqiraman”.

M. ABDIRAXMONOV– Kadastr Agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
O‘zbekiston Milliy matbuot markazida matbuot anjumani o’tkazildi.

⭕️ Mavzuga doir to'liq ma'lumotlarni "Asrnew.uz" rasmiy telegram kanalida o'qishingiz mumkin.

📍BATAFSIL

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi
Axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube