SURXONDARYO KADASTR
1.48K subscribers
17.8K photos
2.16K videos
20 files
10.7K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
⚜️ Bugun, 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni mamlakatimizda ham alohida tantana qilib nishonlanishi an’anaga aylangan.

🇺🇿 Yangi O‘zbekistonimizning yangicha dunyoqarashga ega, zukko, bilimli kelajak avlodlari boshlagan ishlarimizning davomchilaridir. Ular ishonchimiz, ertangi kunimizning porloq quyoshlaridir. Farzandlarimiz bilan oilalarimiz obod, qalblarimiz quvonchga to‘la.

👫 Mamlakatimizda yoshlarimizga, bolajonlarimizga bolaliklari baxtli o‘tishi uchun, o‘qib bilimli bo‘lib ulg‘ayishlarida jamiki sharoitlar yaratilgan. Quvonchdan porlagan ko‘zlari, quvnoq hayqiriqlari uchun dunyolarni berguvchi biz kattalarning baxtiga doimo sog‘ omon ulg‘aying. Mustaqil davlatning baxtli bolajonlari – bayramingiz muborak bo‘lsin!

Davlat kadastrlari palatasi
Markaziy apparati

#DavKadastrPalata #bolalar_kuni

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalq_fikri #Ijtimoiy_sorovnoma
🔹Termiz shahri aholisining kadastr sohasidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida ular o‘rtasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi.
▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
Telegram Instagram YouTube Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👭Bolalik – beg‘uborlik🎈

👨‍👦Kuni kecha o‘tkazilgan uchrashuvda Davlat kadastrlari palatasida an’anaga ko‘ra mutasaddi xodimlar emas, balki ularning bolajonlari qatnashishdi.

👭1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan o‘tkazilgan “Bolalik-beg‘uborlik” bayram dasturida 100dan oshiq tizim xodimlarining farzandlari ishtirok etishdi.Bu kunda barcha xodimlar bolajonlarning xizmatida bo‘lishdi.

🎈 Ularning kunlari quvonchli o‘tishi uchun ertak qaxramonlari, musiqali chiqishlar tashkillashtirildi. Zukko bolajonlar uchun esa qiziqarli savollar, shaxmat-shashka o‘yinlari hamda estafeta musobaqalari o‘tkazildi.

📹 Xullas, quvnoq kun haqida batafsil mazkur videorolikimizda...

#DavKadastrPalata #xalqaro_bolalar_kuni

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️Auksion savdolariga taqdim etilgan yer uchastkalarining haftalik hisoboti▫️

💠 Respublikamizning barcha hududlari bo‘yicha 24-31 - may kunlari auksion savdolariga taqdim etilgan yer uchastkalarining statistik ma’lumotlari bilan tanishing.

💠 Davlat kadastrlari palatasi taqdim etgan ma'limotlar asosida e-auksion.uz da qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
⚡️"KORRUPSIYA – JAMIYAT KUSHANDASI"
🔰 Kuni kecha Kadastr agentligi Oltinsoy tumani bo‘lim va filiali barcha xodimlari ishtirokida "KORRUPSIYA – JAMIYAT KUSHANDASI" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
🔹Davra suhbati davomida Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Oltinsoy tuman filial boshlig`i G`.Ibragimov tomonidan xodimlarga jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish jarayonida tamagirlik, poraxo‘rlik, mansab vakolatini suisteʼmol qilish kabi korrupsiya holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ichki ijro-intizomiga rioya qilishlari, ish joyiga ogoxlantirishsiz kech kelmaslik, ish unumdorligini oshirish, “Kasb odobnomasi”ga va “Odob axloq” qoidalariga zid ravishda ish olib bormaslik kabi masalalarga alohida e'tibor qaratildi.
▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati Axborot xizmati.
02-Iyun, Avstraliya shahriga asos solingan kun.

🔰 Avstraliyaga asos solingan kun Shtat yozgi va qishki vaqtlarga o’tmasligi bilan mashhur. Rasmiy ravishda asos kuni shu yerda 2 iyunda nishonlanadi.
Garbiy Avstraliya aholisi o’zining tarixiga juda ham jiddiy qarashadi. Va o’z ildizlarini juda yaxshi bilishadi. Shuning uchunki, ularda asos kuni bor.

🔰1829 yili 2 iyunda g’arbiy sohildagi birinchi kuchib kelganlar o’zlarining Britaniyadan Yashil kontinentga, Svan daryosidagi koloniyaga, sayohatlarini tugatishdi. Ular kapitan Jeyms Stirling boshkaruvidagi "Parmeliya" kemasida yetib kelishdi. Kuchli shamol bir qancha kun sayohatchilarni qirg’oqqa oyoq qo’yishga bermadi va ular o’zining yangi yerini suvdan turib o’rganishgan.

🔰Garchi ular qirg’oqqa rasmiy ravishda keyinroq tushgan bo’lsalarda, 2 iyun mamlakat g’arbiy qismi aholisi uchun asos solingan kun bo’ldi. G’arbiy Avstraliya bugun - bu 200 xil millat, 170 tilda gapiradigan va deyarli 100 xil dinga e’tiqod qiladigan 2 million
kishi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▫️O'simlik dunyosi obyektlari▫️

🌱 Davlat kadastrlari palatasi Milliy geoaxborot tizimidagi vakolatli organlarning davlat kadastrlariga oid maʼlumotlarini toʼliq shakllantirishi boʼyicha turkum maʼlumotlar!

🌱 Mazkur maʼlumotda siz, O'simlik dunyosi obyektlarining joriy yil yanvar-may holati boʼyicha maqsadli koʼrsatkichlari bilan tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #davlat_kadastrlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
Huquqiy_bilim
❇️ Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

🔹 ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;
🔹 ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;
🔹 kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda).
🔹 Ushbu hollarda kadastr pasporti 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi

ASOS: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 02.09.2020 yildagi 535-son
▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
Telegram Instagram YouTube Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹Davlat ro‘yxatidan o'tgan 🔹

🖥 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022 yil 25 - 31 may kunlaridagi ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi.

📊 Ushbu ma’lumotda siz, ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📝 O'tgan haftada Davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 9 873 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Сурхондарё вилояти бўйича 1088 та тадбиркорлик учун ер участкалари мулк ва ижара ҳуқуқи билан савдога чиқарилди

🔷 Олтинсой туманидан 32 та (кўриш)
🔷 Бандихон туманидан 75 та (кўриш)
🔷 Бойсун туманидан 37 та (кўриш)
🔷 Музработ туманидан 73 та (кўриш)
🔷 Денов туманидан 273 та (кўриш)
🔷 Жарқўрғон туманидан 98 та (кўриш)
🔷 Қумқўрғон туманидан 196 та (кўриш)
🔷 Қизириқ туманидан 26 та (кўриш)
🔷 Сариосиё туманидан 57 та (кўриш)
🔷 Термиз туманидан 56 та (кўриш)
🔷 Узун туманидан 78 та (кўриш)
🔷 Шеробод туманидан 66 та (кўриш)
🔷Шўрчи туманидан 22 та (кўриш)
🔷Термиз шаҳридан 34 та (кўриш)
▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️
Давлат кадастрлари палатаси Сурхондарё вилояти
Ахборот хизмати.
Telegram Instagram YouTube Facebook
#Surxondaryo_aerogeodeziya markazi
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida asosan Respublika aerogeodeziya markazi Surxondaryo hududlararo bo‘limi tomonidan 2022-yil 20-may kuniga qadar Surxondaryo viloyat Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlari bo‘yicha Oltinsoy tumanidagi 9 ta qishloq va 3 ta shaharchalarning ma’muriy-hududiy birliklar chegaralari chegaradosh hududlarning vakillari bilan birgalikda koordinatalar bo‘yicha o‘zgarmas nuqtalar bilan qotirilib, burilish nuqtalarining koordinatalar katalogi hamda 1:10000 miqyosdagi xaritalar tayyorlandi.

♻️Tumandagi 12 hududning umumiy maydoni 58502,5 gektar bo‘lib deshifrovka ishlari bajarildi, deshifrovka materiallari asosida tuman hududidagi 851 yerdan foydalanuvchilarning yer maydonlari va yer turlari yo‘qlamadan o‘tkazildi. Shuningdek elektron raqamli qishloq xo‘jalik xaritalari ham yangilandi.