SURXONDARYO KADASTR
1.52K subscribers
18.1K photos
2.2K videos
22 files
10.9K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
🔸Uy-joy uchun yosh yetakchilarga subsidiya beriladi🔸

🔶Yoshlar yetakchisiga ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joy uchun subsidiya beriladi.

🔶Prezidentning joriy yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq joriy etilayotgan Yoshlar yetakchisi lavozimiga yoshlar bilan ishlash tajribasiga ega, yoshlarni ergashtira oladigan, shaxsiy fazilatlari bilan namuna ko‘rsatgan, fidoyi, sadoqatli va vatanparvar nomzodlar ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilinadi.

🔶Boshqa hududlardan kelib o‘z faoliyatini olib borayotgan Yetakchi uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravarigacha bo‘lgan miqdorda turar joy ijara to‘lovi qoplab beriladi va ipoteka krediti asosida sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 50 foizi miqdorida subsidiya beriladi.

#DavKadastrPalata #yoshlar #subsidiya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Channel photo removed
Channel photo updated
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида давлат мулки объектларини хусусийлаштириш борасида 2022 йилда амалга ошириладиган устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по приоритетным задачам на 2022 год в сфере приватизации объектов государственной собственности.
"Жойларда ерларни аукционга чиқариш орқали жорий йилда бор-йўғи 400 миллиард сўм тушумни таъминлаш режаси мутлақо қониқарсиз.

Биргина мисол: Тошкент вилоятида 14 гектар ер участкаси 3,5 миллион долларга ноқонуний йўллар билан сотилгани ҳамма раҳбарларни ўйлантириши керак. Нимага бу пуллар давлатга эмас, кимларнингдир чўнтагига тушмоқда?

Тасаввур қилинг, давлат қанчадан-қанча пулларни йўқотмоқда! Бу пулга қанча мактаб, қанча боғча ва йўл қуриш мумкин эди. Нега шуни ҳокимлар ўйламайди?

Ваҳоланки, ушбу вилоятда ўтган йил давомида ер участкаларини сотишдан атиги 18 миллиард сўм маблағ тушган. Бу бозор нархида нари борса 5-10 гектар ернинг нархи", деди давлатимиз раҳбари йиғилишда.
KUN HIKMATI

Odamlarni emas, g'oyalarni muhokama qiladigan jamiyatning ertasi bor.
🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati
#Surxondaryo #kadastr #yer_nazorati

♻️Kadastr agentligi Denov tuman bo`limi yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan tumanning G`alaba massivi hududida joylashgan Denov Oltin yerlari fermer xo'jaligiga qarashli bo`lgan qishloq xo'jalik xaritasining 478-dala konturidagi 0.05 gektar suvli yer maydoni Paxtakurash mahallasida yashovchi T.Ernazarov tomonidan o`zboshimchalik bilan egallab olinib tomorqa sifatida foydalanib kelayotganligi holati aniqlandi.

📝 Ushbu holat bo'yicha Kadastr agentligi Denov tuman bo'limi yer nazorati inspektorlari tomonidan fuqaroga 15 kunlik muddatda ushbu holatni o`z ixtiyori bilan bartaraf etishi ushbu belgilangan muddatda ixtiyoriy bartaraf etilmasa tegishli tartibda ma'muriy javobgarlikka tortilishi yuzasidan rasmiy ogohlantirish xati berilib, tushuntirish ishlari olib borildi.

Ayni payt ushbu holat fuqaro tomonidan bartaraf etildi.

🇺🇿Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati
Давлат мулкини хусусийлаштириш бўйича жорий йилда амалга ошириладиган ишлар юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.
Соҳадаги ишлар аҳволи ва келгуси режалар танқидий муҳокама қилинди. Бу борада сусткашликка йўл қўйган раҳбарларга интизомий чоралар кўрилиши белгиланди, айримлари эгаллаб турган лавозимидан озод этилди.
Жорий йилда соҳадаги ишларни фаоллаштириб, натижадорликни икки баробар ошириш зарурлиги таъкидланди.

Состоялось видеоселекторное совещание, посвященное предстоящей в текущем году работе в сфере приватизации государственных активов.
Критически рассмотрено состояние дел в этой сфере и планы на перспективу. В отношении должностных лиц, допустивших недостатки в этом направлении, поручено принять дисциплинарные меры, некоторые освобождены от занимаемой должности.
Указано на необходимость активизировать и вдвое увеличить результативность работы в текущем году.

#Mirziyoyev #videoselektor #xususiylashtirish #davlataktivlari

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
▫️Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda monitoring▫️

❇️ Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda monitoring ishlarini amalga oshirish, yerlarni muxofaza qilish va yer tuzish faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy xujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.01.2022 yildagi 22-qarori bo‘yicha ma’lumot.


#DavKadastrPalata #huquqiy_asos #yerlarda_monitoring

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
#Navbatdagi _siyosiy-maʼrifat# soat
🇺🇿Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmalari xodimlari "Siyosiy-maʼrifat soati"da faol qatnashmoqda. Zero siyosiy jarayonlarga befarq bo‘lmaslik jamiyat rivojiga hissa qo‘shishda faol bo‘lishni taʼminlaydi.

🌀Mazkur "Siyosiy - maʼrifiy soat" haftaning har juma kunida tashkil etilmoqda.i.

🏢Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati axborot xizmati.