SURXONDARYO KADASTR
1.5K subscribers
17.4K photos
2.13K videos
20 files
10.5K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Россия Федерацияси Президенти Владимир Путин давлат ташрифи билан мамлакатимизга келди. Олий мартабали меҳмонни давлатимиз раҳбари кутиб олди.

По приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева Президент Российской Федерации Владимир Путин прибыл в нашу страну с государственным визитом. Высокого гостя встретил глава нашего государства.

#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев давлат ташрифи билан юртимизга келган Россия Президенти Владимир Путинни самимий кутиб олди

Президент Шавкат Мирзиёев тепло встретил Президента России Владимира Путина, прибывшего в нашу страну с государственным визитом

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#bilasizmi #qonun
⚡️Umumiy mulk tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari

🔹Ikki yoki undan ortiq shaxsning egaligida bo‘lgan mol-mulk ularga umumiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘ladi.

🔹Mol-mulk mulkdorlardan har birining mulk huquqidagi ulushi aniqlab qo‘yilgan (ulushli mulk) yoki bunday ulushlar aniqlab qo‘yilmagan (birgalikdagi mulk) holda umumiy mulk bo‘lishi mumkin.

🔹Umumiy mulk bo‘lgan mol-mulk ulushlarga bo‘linadi, qonunda bu mol-mulkning birgalikdagi mulkni tashkil etishi nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

🔹Umumiy birgalikdagi mulk o‘z vazifasini o‘zgartirmagan holda taqsimlanishi mumkin bo‘lmagan (bo‘linmaydigan ashyolar) yoki qonunga ko‘ra taqsimlanishi mumkin bo‘lmagan mol-mulk ikki yoki undan ortiq shaxs mulkiga o‘tgan paytda vujudga keladi.

🔹Birgalikdagi mulk ishtirokchilarining kelishuviga muvofiq, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa — sudning qaroriga muvofiq umumiy mol-mulk bu shaxslarning ulushli mulki qilib belgilab qo‘yilishi mumkin.

Telegram I Facebook
😀😃😄😆😊

Bilishingiz
muhim

🌟Kadastr raqami qanday ma'nolarni anglatadi?

🫥 Kadastr raqami quyidagi tuzilmaga ega:
АА : ВВ : СС : DD : EE : FFFF : GGGG : HHH bunda:

◼️ АА - viloyat raqami;
◼️ ВВ – tuman yoki shahar kod raqami;
◼️ СС - kadastr zonasi raqami;
◼️ DD - kadastr massivi raqami;
◼️ ЕЕ - kadastr mavzesi raqami;
◼️ FFFF - yer uchastkasi raqami;
◼️ GGGG - bino, inshoot raqami;
◼️ ННН - bino, inshootlar bir qismi raqami.

Eslatma

❗️Yer uchastkasiga, bino, inshootga egalik qilish huquqlarining boshqa qonuniy huquq egasiga o‘tishi va (yoki) huquq turining o‘zgarishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida mazkur yer uchastkasi, bino, inshootning kadastr raqami o‘zgartirilmaydi.

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏠Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdagi vositachilar kimlar ?

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdagi vositachilar quyidagilardan iborat:

davlat xizmatlari markazlari;
notarial idoralar, notariuslar;
rieltorlik tashkilotlari;
tijorat banklari;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida boshqa yuridik va jismoniy shaxslar ham vositachilar sifatida belgilanishi mumkin.

Vositachilar jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan elektron axborot almashish orqali ko‘rsatadi.

Asos: O'zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-noyabrdagi "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida"gi 803-sonli qonuniga ko'ra
DIQQAT E’LON!

▶️ Hurmatli Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

◼️Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Abdiraxmanov hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘ i Sh.Suvonov ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🗓 Sayyor qabul kuni: 2024-yil, 28-may, soat 10:00 da

📍 Manzil:
Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumani, Do‘stlik mahallasi, O‘zbekiston ko‘chasi, Madaniyat saroyi binosi.

📃 Qabulga yozilish uchun +998 99 445 91 91 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Facebook Instagram YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

🌍 YER NAZORATDA

👨‍💻 Loyihaning to'rtinchi sonida:
📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda 📍Toshkent shaharlarida amalga oshirilgan yer nazorati tadbirlari bilan tanishing.

#Kadastr_agentligi #yer_nazorati #yer_nazoratda_loyihasi #4_son

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali
#Kadastr

▶️ Ko‘chmas mulkka egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi haqida bilasizmi?

Ko‘chmas mulkka nisbatan tegishli huquq paydo bo‘lgach 1 oy ichida ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

❗️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3,4 mln so‘m), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (5,1 mln so‘m) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Telegram Facebook Instagram YouTube
#manzilli _targ‘ibot_kadastr
Manzilli targ‘ibot ishlari davom etmoqda.

♻️ Termiz shahridagi «Bog‘zor» MFY idorasida, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha bosh mutaxassislari tominidan mahalla faollari bilan uchrashuv tashkil etildi.
🔴 Uchrashuvda kadastr xodimlari tomonidan, mahalla faollariga so‘ngi yillarda sohaga oid qabul qilingan qonunlar va qonunosti hujjatlarining mazmun mohiyati tushuntirildi.
🔴Tadbirda asosiy e’tibor xalq orasida muhokamalarga sabab bo‘layotgan va “yangi aksiya” deb atalayotgan qonun loyihasining mazmun mohiyatini noto‘g‘ri talqin qilinishing oldini olishga qaratildi. Shuningdek, aholi noroziligiga sabab bo‘layotgan holatlarni atroflicha muhokama qilish, noqonuniy qurilishlarning oldini olish borasida mahallalar bilan hamkorlikda olib borilayotgan targ‘ibot ishlari, sohada yuzaga kelishi mumkin bo’lgan korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga qaratilgan choralar muhokama qilindi.
#Yer_nazorati

Termiz tumanida Yer nazorati tadbirlari

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasining Termiz tuman bo'limi inspektorlari tomonidan, tumanning "Sabzipoya" mahallasi hududida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

📑 Nazorat tadbiri davomida fuqaro tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz Davlat o'rmon xo'jaligiga tegishli bo'lgan 0.20 gektar yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab olib, 1668.0 kv.metrdan iborat qurilish ishlari amalga oshirilganligi holati aniqlandi.

📝Holat yuzasidan tuman inspektorlar tomonidan fuqarolarga tegishli tartibda maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ogohlantirish xatlari berildi.

Shu o‘rinda eslatma! Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, noqonuniy qurilmalar qurib olish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati
.
Telegram Facebook Instagram YouTube
#bilasizmi

⚡️Sug‘oriladigan yerni qonunga xilof ravishda sotish javobgarlikka sabab bo‘ladi.


Qonunchilikka koʻra, sugʻoriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga boʻlgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda oʻzga shaxsga berish:

🔹BHMning 400 baravaridan 500 baravarigacha (136 mln soʻmdan 170 mln soʻmgacha) miqdorda jarima;

🔹muayyan huquqdan mahrum qilib, 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;

🔹5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish: https://t.me/surxonkadastr