SURXONDARYO KADASTR
1.52K subscribers
18.1K photos
2.2K videos
22 files
10.9K links
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..
Download Telegram
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan Manzilli targ‘ibot ishlari davom etmoqda.

🔰Kuni kecha Termiz shahrining "Alisher Navoiy" mahallasida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Surxondaryo viloyati boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo`limi xodimlari Sh.Maksumov, O‘.Xamraev, hamda Termiz shahar filiali xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkillashtirildi.

🔰Ushbu davra suhbatida Mahalla raislari va fuqarolarga aholi orasida Kadastr sohasida aholining saviyasini oshirish, uy joylarni rasmiylashishdagi korrupsiya holatlari bo‘lganda ishonch telefonimizga qo‘ng‘iroq qilishlari bo‘yicha tushunchalar berilib korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish kundalik hayot tarzimizga aylanishi shartliligi taʼkidlab o‘tildi.

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#bilasizmi #kadastr_xizmati
⚡️Кadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

🏢Ko‘p kvartirali uydagi kvartira uchun

🔹Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun - BHMning 1,15 foizi

🏠Yakka tartibdagi turarjoy uchun

🔹Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun - BHMning 1,15 foizi
❗️Hozirgi kunda bazaviy hisoblash miqdori 300 000 so‘m bo‘lsa, demak 1 kvadrat metr uchun 3 450 so‘m miqdorida to‘g‘ri keladi.

Kanalga ulanish:https://t.me/surxonkadastr
#kadastr_Infografika.
📊2023-yilning mart oyi holati bo‘yicha Surxondaryo viloyatida ko‘chmas mulk obyektlari bo'yicha ma'lumot Infografika ko'rinishida.
▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️
Davlat kadastrlari
palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#Kadastr #murojaat
AHOLI MUROJAATLARI DOIMO E’TIBORDA

Viloyatimiz aholisi hamda tadbirkorlari diqqatiga!

🔷 Agar Sizda kadastrga oid savol yoki masala bo‘lsa, u holda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining ☎️ (+99899) 445 91-91 (ichki 55 451 22-19) telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilish yoki 💻https://t.me/surxonkadastr_chat ga murojaat yoʻllash bilan mutaxassislardan javob olishingiz mumkin.

‼️ Muhim eslatma: Murojaatda ism-familiyangiz, yashash manzilingiz, telefon raqamingizni yozib qoldirishni unutmang.

⚜️ Shuningdek, bevosita Boshqarma binosiga kelib oʻzingizni qiziqtirgan savollar yuzasidan huquqiy ma’lumotga ega boʻlishingiz ham mumkin.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Boshqalarning obro‘siga dog‘ tushiradigan so‘zlardan saqlanaylik.

⚜️Kishi jamiyatda yashashi davomida yillar o‘tib o‘z o‘rnini topadi. So‘zi va o‘zi o‘tadigan maqomga chiqadi. Ana shu maqomning nomi obro‘dir. Obro‘ mansab ortidan emas, balki ilm, ish va xayr ortidan keladi.

⚜️Musulmonning obro‘sini to‘kish haromdir. Yashirin ayblarini ochish, tuhmat hamda haqorat bilan insonning obro‘siga tajovuz etmoq uning hayotiga, joniga tajovuz etmoq bilan barobar hisoblanadi.

⚜️Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar: “Kim bir musulmonni sharmanda qilsa, Alloh uni uyining ichida bo‘lsa ham sharmanda qilmaguncha jonini olmaydi”.

⚜️Odamlar bir-birlarining shaʼnini saqlashda eʼtiborli bo‘lishlari, obro‘siga dog‘ tushiradigan so‘zlardan saqlanishlari bu masalada eng to‘g‘ri yo‘ldir.

Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
◼️Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

📃 ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

🏠 ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

📑 kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan).

🕓 Ushbu hollarda kadastr pasporti uch ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram ▶️YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✍️ Bilishingiz muhim

📃 Tashkilotimizga taaluqli bo‘lmagan savollar bilan juda ko‘p murojaat qiluvchi yurtdoshlarimiz uchun mazkur loyihamiz foydali bo‘lmoqda.

🤝 Sizlarning sarsongarchiliklaringizga chek qo‘yish va huquqiy bilimingizni yanada oshirirsh maqsadida manzili noto‘g‘ri savollaringizga aniq javob berishda davom etamiz.

⁉️ Yerimni e-auksion platformasi orqali savdoga chiqarib bering degan savol bilan kadastrga murojaat qilishlari ko‘p uchramoqda.Murojaatga aniq javob videoda.👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2023 yil mart oyi davomida nechta ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani maʼlum bo‘ldi,

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi maʼlumotiga ko‘ra, hududda 2023 yil mart oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning 4 ming 154ta ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Shundan,

🤔 yakka tartibdagi turar joylar 2 ming 421 ta;

🤔 ko‘p qavatli turar-joylar (kvartiralar) 529 ta;

🤔 yer uchastkalar 533 ta;

🤔 bino inshootlar 671 ta;

📚Shu
jumladan, 4 154 ta buyurtmalardan 64 tasi DXM tomonidan bekor qilingan, 1 158 tasi rad etilgan, 140 tasi jarayonda, 592 tasi to‘lov kutilmoqda hamda 2 200 tasi belgilangan tartibda yakunlangan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram ▶️YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ёшлар сиёсати соҳасидаги ишлар натижадорлигини ошириш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по мерам повышения результативности работы, проводимой в области молодежной политики.

#Mirziyoyev #videoselektor #yoshlar #yangitizim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Xalqaro kosmonavtika kuni.

👨‍🚀12 aprel — kosmik eraga eshik ochgan sana Yuriy Gagarin nomini eshitmagan, uning kim ekanini bilmaydigan odam sayyoramizda juda kam bo‘lsa kerak. Ayrim manbalar birinchi fazogir parvozini hatto XX asrning eng muhim hodisasi deb ham hisoblaydi. Ha, shubhasiz, 1961-yilning 12-aprelida nafaqat XX asrning, balki butun insoniyat sivilizatsiyasi tarixining eng muhim voqealaridan biri sodir bo‘lgan edi. O‘sha kuni insoniyat Gagarin timsolida, tom ma’noda koinotga narvon qo‘ydi.

⭐️Oddiy duradgor usta va fermada sut sog‘uvchi bo‘lib ishlaydigan ayolning o‘g‘li bo‘lgan Yuriy Gagarin 1934-yilning 9-martida Gjatsk shahrida tug‘ilgan. Kosmonavtlar otryadiga qabul qilinguniga qadar harbiy uchuvchi bo‘lgan.

⭐️Birinchi kosmik parvoz loyihasining bosh konstruktori — akademik Korolyovning tavsiyasiga binoan ilk fazoviy parvozda uchish uchun nomzodlar aynan harbiy uchuvchilar ichidan saralangan edi. Gagarin avvaliga 20 nafar, keyin esa 6 nafar eng munosib, jismonan chiniqqan va ruhan barqaror harbiy uchuvchilar safida Boyqo‘ng‘irdagi startga tayyorlana boshlagan. O‘sha yakuniy 6 nafar nomzod ichidan hali kim eng birinchi bo‘lishi tanlanmagan paytda, startdan naq to‘qqiz oy ilgari Korolyov bo‘lajak kosmik kemada fazogir joylashadigan sharsimon kapsula bilan tanishish uchun ularni sinov maydonchasiga taklif qilgan.

⭐️Diametri ikki yarim metrcha keladigan bu metall kabinani ko‘zdan kechirishga kelganlar ichida ham, unga birinchi bo‘lib chiqib, o‘tirib joylashib ko‘rgan odam Gagarin bo‘lgan ekan. Balki, katta ehtimol bilan aynan shu narsa Korolyovning aynan uni tanlashi uchun asos bo‘lgandir.

⭐️Uning parvozigacha bo‘lgan shunday kemalar bilan o‘tkazilgan sinovlardan yettitasidan uchtasidagina parvoz muvaffaqiyatli chiqqani ham unga yaxshi ma’lum edi. Odam tanasi vaznsizlikka chiday oladimi, uning ruhiyatiga kosmos qanday ta’sir qiladi?

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati
Axborot xizmati
.
Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔤Davlat ro‘yxatidan o'tgan 🔤

👍 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2023 yil 5-11-aprel kunlari davomida ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi.

📁 Yuqorida ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📈 O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 6 818 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_Infografika.
📊2023 yil mart oyi davomida nechta ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo'yicha ma'lumot Infografika ko'rinishida.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13-Aprel, Steplerning ixtiro qilingan kuni

💠Stepler — universal buyum sanaladi, ayniqsa idora xodimlari uchun. Shuning uchun ham, ushbu buyum bizning ish stolimizga qayerdan kelgani va qaysi aqlli inson uni o'ylab topgani haqida gaplashmay, iloj yo'q. Insonga hayoti davomida doim nimadur kerak bo'ladi va ushbu “nimadur”lar ro'yxatidan bog'lash,ulash,biriktirish asbobi joy egalladi.

💠X asr boshlarida inson bir necha hujjatlarni bir-biriga ulashni rezinka tasma yordamida ulashni o'rgandi. Keyinchalik qog'ozlar mum va bog'ichlar yordamida birlashtirila boshladi. XVII asrda fransuz qiroli Lyudovik XV huzurida mexanik qurilma yordamida biriktirish — yangi g'oyasi muhokama qilindi. Lekin mexanizmning o'ziga xosligi shunda ediki, har bir temir halqachalar qo'lda yasalib, o'yma naqshda qirollik emblemasi tushirilgan edi.

💠Keyinchalik tarixchilar amerikalik Samyuel Slokumanni 1841 yil patentlagan stepleri — qog'ozga yopishtirilgan to'g'nog'ichlar bilan eslashdi. Foydalanishda qulay bo'lgan ilk stepler 1997 yil 13 aprelda Kristian Berger tomonidan ixtiro qilingan va 1999 yil patentlagan. Aytish joizki, bu vaqtgacha stepler rivojlanish bosqichlari ham bir qator bo'lgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM