Surxondaryo viloyat AKM
2.87K subscribers
2.52K photos
433 videos
20 files
1.52K links
Surxondaryo Viloyat Axborot-kutubxona markazi
📚Xush kelibsiz📚
👉termiz.natlib.uz
👉t.me/Termiziy_kitobxonlar_klubi
👉t.me/bibliografiy
Download Telegram
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni!

Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi.

❇️Qadr – insonni yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag‘ishlaydi.

Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash – odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.
#Xotira

Xalqimizga xos bo‘lgan mehr-oqibat, muruvvat va himmat barcha bayramlarimiz singari “Xotira va qadrlash kuni” misolida ham yorqin namoyon bo‘ladi.

Inson – hayot gultoji. Uning qadri, hurmati har doim e’zozga loyiq. Xalqimizga xos xislatlar haqida aytadigan bo‘lsak, albatta, qadr-qimmat, mehr-oqibat kabi fazilatlar tilga olinadi. Keksalarni ardoqlash, ko‘makka muhtojlarning hurmatini joyiga qo‘yish qon-qonimizga singib ketgan fazilat. Ayniqsa, o‘tganlarni xotirlash, aziz otaxon-u onaxonlarning duosini olmoqlik saodati o‘zgacha.

Xotira shunday ruhiy-ma’naviy qudratki, u insonning insonligini anglatuvchi, uni o‘tmish va istiqbol bilan bog‘lab turuvchi buyuk qadriyat, ilohiy qudratdir. Xotirlash – xalq manfaati uchun kurashgan, el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan kishilarni eslashdir. U olamdan o‘tgan ajdodlarni eslashgina emas, asrlar mobaynida Vatan uchun kurashda halok bo‘lganlar xotirasini hurmatlash hamdir.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Qo‘rqma” – 70 nafar o‘zbek talabaning ayanchli tarixi!
Ҳозирда ҳаёт бўлган сурхондарёлик иккинчи жаҳон уруши қатнашчилари:

⬇️ Бойсун тумани
1. Ҳамроев Шоҳимардон, 103 ёш, “Темир дарвоза” маҳалласи.

⬇️ Қумқўрғон тумани
2. Мусаев Ҳайит, 101 ёш, “Мунчоқтепа” маҳалласи.

⬇️ Шўрчи тумани
3. Мирзараҳимов Рахмонберди, 98 ёш, “Оқтумшуқ” маҳалласи.

Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
Хотира – абадий, қадр – муқаддас!

📍Тошкентда:
Президент Шавкат Мирзиёев Ғалаба боғига ташриф буюриб, “Матонат мадҳияси” ёдгорлиги пойига гулчамбар қўйди. Мудофаа вазирлигининг Марказий ҳарбий клиник госпиталига бориб, Иккинчи жаҳон уруши қатнашчилари ҳолидан хабар олди;

📍Сурхондарёда:
Вилоят ҳокими Улуғбек Қосимов бошчилигидаги вилоят секторлари, мудофаа тизими ҳамда жамоатчилик вакиллари иккинчи жаҳон уруши қатнашчиларига Президент табриги, 20 миллион сўмдан пул мукофоти ва байрам совғаларини топширди.

📌Маълумот учун, Иккинчи жаҳон урушига Сурхондарё вилоятидан 53 минг 365 нафар эр йигит сафарбар этилган. Бугун улардан 3 нафаригина ҳаёт.

Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Сурхондарё вилояти Ахборот ва оммавий коммуникациялар бошқармаси 9 май –Хотира ва қадрлаш куни муносабати билан барча ҳамюртларимизни самимий табриклайди.

Мустақиллик ва тинчлик йўлида курашган ҳар бир шахс, ҳар бир ҳаракат авлодлар қалбида мангу қадр топади.

Тинчлик бузилган, ҳаловат йўқолган, тотувлик қўлдан кетган жойдан барака қочади.

Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati axborot-kutubxona markazi 9 may –Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan samimiy tabriklaymiz.
Umuman kitob oʻqimaydigan mehnatkashdan ko‘ra, kitob o‘qiydigan dangasa bilan ishlagan yaxshiroq. Chunki u doim qiyin topshiriqlarga oson yechim topa oladi.
🗄Bill Geyts
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forum doirasida qator hamkorlik shartnomalarini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi

♻️ Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va Rossiya Davlat kutubxonasi; Xorazm viloyati Mahmud az-Zamaxshariy nomidagi axborot-kutubxona markazi va Vladimir Vladimirovich Mayakovskiy nomidagi Markaziy shahar jamoat kutubxonasi; Surxondaryo viloyati Adib Sobir Termiziy nomidagi axborot-kutubxona markazi va Tojikiston Milliy Fanlar akademiyasi Indira Gandi nomidagi Markaziy ilmiy kutubxonasi o‘rtasida hamkorlik shartnomalarini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

♻️ BATAFSIL

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt