Сурхондарё инновация || Расмий канал
132 subscribers
2.83K photos
390 videos
16 files
1.2K links
Сўнги инновацион янгиликлар, Сурхондарёдаги инновацион лойиҳалар, Инновацион ривожланиш вазирлигининг ёшлар ва олимлар учун грандлари ва танловлари, олимларнинг ишланмалари ва тадкикодлари ёритиб борилади🌐🇺🇿

@Surxondaryoinnovatsiya
Download Telegram
Forwarded from OTFIV | Surxondaryo (Humoyun Nizomiddinov)
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” ko'rik-tanlovining Termiz shahar bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Bugun, 18-mart kuni Surxondaryo viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi hamda Termiz shahar hokimligi hamkorligida "Mirzo Ulug'bek vorislari" respublika ko'rik-tanlovining Termiz shahar bosqichi o‘tkazildi.

Mazkur tanlovda 16-25 yoshgacha boʼlgan 24 nafar oʼquvchi va talaba-yoshlar oʼz ixtirolari, gʼoya va ishlanmalari bilan ishtirok etdi. Eng yaxshi loyihalar taqdimotini oʼtkazgan 5 nafar isteʼdodli yigit-qiz viloyat bosqichiga yoʼllanmani qoʼlga kiritib, sertifikat hamda BHMning 5 barobari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi.

🌐 https://t.me/OTFI_Surxondaryo
Forwarded from OTFIV | Surxondaryo (Humoyun Nizomiddinov)
Surxondaryoda “ImkonLab” ijtimoiy tadbirkorlik laboratoriyasi loyihalari taqdimoti boʼlib oʼtdi

Termiz davlat universitetida Yoshlar ishlari agentligi, Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi va UNICEF xalqaro bolalar tashkiloti bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tadbirda 10 ta jamoa oʼz loyihalari bilan ishtirok etdi.

Taqdim etilgan ijtimoiy ahamiyatli va dolzarb innovatsion loyihalar UNICEFning yoshlar va innovatsiyalar bilan ishlash boʼyicha mutaxassisi Hyeri Hyun xonim, Termiz shahar hokimligi hamda boshqa hamkor tashkilotlar vakillari hakamligida yuqori baholandi.

Maʼlumot uchun, “ImkonLab” – ijtimoiy innovatsiya va tadbirkorlik dasturi boʼlib, ushbu dastur har bir yoshga oʼz tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun soha mutaxassislaridan maslahat olish, oʼz hududidagi muammolarni oʼrganish va ularga yechim topish va gʼoyalarini amalga oshirish uchun grant olish imkonini beradi.

🌐 https://t.me/OTFI_Surxondaryo
Forwarded from OTFIV | Surxondaryo (Humoyun Nizomiddinov)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚽️ Shavkat Mirziyoyev “Bunyodkor” stadionida!

Oʻzbekiston Prezidenti U-20 Osiyo kubogining Oʻzbekiston va Iroq terma jamoalari oʻrtasidagi final oʻyiniga bordi.

🌐 https://t.me/OTFI_Surxondaryo
Forwarded from OTFIV | Surxondaryo (Humoyun Nizomiddinov)
⚽️🏆 Futbol U-20. Oʻzbekiston terma jamoasi Iroq terma jamoasini 1:0 hisobida yengib, Osiyo chempionligini qoʻlga kiritdi.

🌐 https://t.me/OTFI_Surxondaryo
Forwarded from OTFIV | Surxondaryo (Humoyun Nizomiddinov)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev futbolchilar bilan bir jamoa bo‘lib, kubokni ko‘tardi

Davlat rahbarining maydonga tushib chempionlikni nishonlashi O‘zbekiston tarixida birinchi marta bo‘lmoqda.

Muxlislar tik oyoqda yigitlarni olqishlamoqda.

🌐 https://t.me/OTFI_Surxondaryo
Forwarded from OTFIV | Surxondaryo (Humoyun Nizomiddinov)
2 ta universitetimiz TOP-500 talik reytingdan oʻrin oldi

Quacquarelli Symonds
– QS World University Rankings xalqaro reyting agentligi 2023-yilgi dunyo universitetlarining “Fan sohalari reytingi” (Subject Rankings) natijalarini eʼlon qildi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston milliy universiteti va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari” Milliy tadqiqot universiteti 4 ta (zamonaviy tillar, matematika, fizika va astronomiya, atrof-muhit) fan boʻyicha TOP-500 oliy taʼlim muassasalari qatoridan oʻrin egalladi.

Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston milliy universiteti 2022-yilgi reytingda “Matematika” sohasida 451–500-oʻrinda ko‘rilgan bo‘lsa, bu yil shu yoʻnalish boʻyicha 100 pogʻona yuqoriga koʻtarildi.

👉Batafsil

🌐 https://t.me/OTFI_Surxondaryo
Forwarded from OTFIV | Surxondaryo (Humoyun Nizomiddinov)
#E’lon

Xizmat ko‘rsatish sohasiga oid startap loyihalar tanloviga start berildi

💡Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi iqtidorli yoshlarning ilmiy-innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tanlov e’lon qiladi.

Startap loyihalarni qabul qilishda qo‘yiladigan shartlar:

1 ta ishtirokchi 1 ta loyiha bilan qatnashadi;

loyihalar asosida dasturiy mahsulot, xizmatlar va ijtimoiy mahsulotlar yaratishning eng uzoq muddati 1 yildan oshmasligi lozim.

➡️Arizalarni ko‘rib chiqishda quyosh panellariga xizmat ko‘rsatishga qaratilgan startap loyihalarga ustuvorlik beriladi.

Batafsil: https://mininnovation.uz/oz/news/post-1172

🌐 https://t.me/OTFI_Surxondaryo
Forwarded from OTFIV | Surxondaryo (Humoyun Nizomiddinov)
#E’lon

Axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish va eksportga yo‘naltirish bo‘yicha startap loyihalar tanlovi

💡Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi iqtidorli yoshlarning ilmiy-innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tanlov e’lon qiladi.

Startap loyihalarni qabul qilishda qo‘yiladigan shartlar:

1 ta ishtirokchi 1 ta loyiha bilan qatnashadi;

loyihalar asosida tayyor mahsulot, dasturiy mahsulot, xizmatlar va texnologiyalar yaratishning hamda agentlik tomonidan moliyalashtirishning eng ko‘p muddati 1 yildan oshmasligi lozim.


Tanlov natijalariga ko‘ra moliyalashtirishga tavsiya etilgan startap loyihalarga 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ ajratiladi.

❗️Tanlovda ishtirok etuvchi “startap” loyiha tashabbuskorlari arizalari 2023 yil 16 martdan 16 aprelga qadar qabul qilinadi;

Batafsil: https://mininnovation.uz/oz/news/post-1171

🌐 https://t.me/OTFI_Surxondaryo
Сурхондарё инновация || Расмий канал pinned «📣 Сурхондарёда таълим, илм-фан ва инновациялар соҳасидаги янгиликлар, олий, ўрта махсус ва профессионал таълим муассасалари фаолиятига оид хабарлардан хабардор бўлиб боришни истайсизми? Унда Сурхондарё вилояти Олий таълим, фан ва инновациялар бошқармасининг…»
📣 Сурхондарёда таълим, илм-фан ва инновациялар соҳасидаги янгиликлар, олий, ўрта махсус ва профессионал таълим муассасалари фаолиятига оид хабарлардан хабардор бўлиб боришни истайсизми?

Унда Сурхондарё вилояти Олий таълим, фан ва инновациялар бошқармасининг расмий телеграм каналини қуйидаги ҳавола орқали кузатиб боринг:

👉
https://t.me/otfiv_surxondaryo