📆 2025-yilda ishlanmaydigan bayram kunlari:
👉1-yanvar – Yangi yil;
👉8-mart – Xotin-qizlar kuni;
👉21-mart – Navro‘z bayrami;
👉31-mart – Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr);
👉9-may – Xotira va qadrlash kuni;
👉7-iyun – Qurbon hayit (Iyd al-Adha);
👉1-sentabr – Mustaqillik kuni;
👉1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
👉8-dekabr – Konstitutsiya kuni.
❗️Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayit (Iyd al-Adha) bayramlarining ko‘rsatilgan kunlari bir kunga o‘zgarishi mumkin.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Navbatdagi Siyosiy-ma’rifiy soati
Davlat xizmatchilari uchun muhim bo‘lgan siyosiy-ma’rifiy bilimlarni oshirib borish, O‘zbekiston va dunyoda ro‘y berayotgan voqea-xodisalardan xabardor qilish maqsadida o‘tkazib kelinayotgan siyosiy-ma’rifat soati onlayn o‘quv mashg‘ulotining navbatdagisi bo‘lib o‘tdi.
🔹Unda Oʼzbekiston va xorijdagi muhim yangiliklar haqida ma'lumot beruvchi o'quv soatida Surxondaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi xodimlari ishtirok etishdi.
Bugungi o‘quv soatida: O‘zbekiston va xorijdagi ahamiyatga molik muhim jarayonlar dayjesti, ma'naviy-ma'rifiy videolavhalar namoyish etildi.
▶️ Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi orqali hamda youtube tarmog'ining https://youtu.be/JA3lTMaMfus?si=Xmzb_tUwBgGZ6CUK havolasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.
❇️Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|facebook

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri "Manguzar" mahallasida joylashgan viloyat Hunarmandchilik markazi faoliyati bilan tanishib, yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi hamda ishsiz xotin-qizlarni hunarga o‘rgatish bo‘yicha to‘garaklar faoliyatini kengaytirish yuzasidan vazifalarni belgilab berdi.
Shundan so‘ng, shaharning "Guliston" mahallasida joylashgan mol bozorida "Zoom" platformasi orqali vohamizning barcha hududlaridagi bir kunlik mol bozorlarini zamonaviy ko‘rinishga keltirish loyihalari taqdimoti bilan tanishildi. Shuningdek, Qiziriq va Bandixon tumanlarida savdo komplekslari, bozor va savdo nuqtalari tashkil etish taqdimotlari ham ko‘rib chiqildi.
Keyingi manzilda "Sarvarbek Moxina" oilaviy korxonasining issiqxonada qulupnay yetishtirish faoliyati bilan tanishildi. Mazkur korxona tajribasini ommalashtirgan holda, "Bir kontur – bir mahsulot" tamoyili asosida 10 gektar maydonda tashkil etiladigan kooperatsiya loyihasi ko‘rib chiqildi. Doimiy 30 ta, mavsumiy 60 ta ish o‘rni yaratiladigan ushbu loyihani puxta amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Hududlarga tashrifini Termiz tumanida davom ettirgan viloyat rahbari "At-Termiziy" mahallasida 14 gektar maydonni kooperatsiya asosida yoshlarga bo‘lib berish tadbirida ishtirok etdi hamda "Yangi hayot" mahallasida joylashgan bo‘sh bino negizida "Gm avto zapchast service" xususiy korxonasi tomonidan plyonka va issiqxona materiallari tayyorlash sexi hamda xizmat ko‘rsatish nuqtalari tashkil etish loyihasi bilan tanishdi.
Tashrif so‘ngida tuman markazidagi "Uchqizil" mahallasining aholi gavjum nuqtasida turli xizmat ko‘rsatish nuqtalarini o‘z ichiga olgan majmua qurilishiga start berildi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bandlik_yangiliklari
Sho‘rchi tumanining “Joyilma” mahallasida yashovchi vohadoshlarimiz uchun qulupnaychilik mo‘may daromad manbaiga aylanib ulgurdi.
Batafsil 👆 videoda
Rasmiy sahifalarimiz⬇️
Telegram|web-sayt|facebook

Kambag‘al oilalar a'zolarini ishga olgan tadbirkorlik subyektlariga soliq imtiyozlari beriladi
Prezidentimizning 2024-yil 27-dekabrdagi PF-229-son Farmoniga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yo‘nalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan va quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning o‘zida javob beradigan tadbirkorlik subyektlari uchun foyda solig‘i va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari 1 foiz etib belgilandi:
👉 jami xodimlar sonining kamida 15 foizi Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning a’zolaridan tashkil topganda;
👉 har oyda har bir xodimga ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining ikki baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda;
👉soliq davrida tikuv-trikotaj, poyabzal yoki charm-attorlik mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumi jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadning kamida 90 foizini tashkil etganda.

Faol nuroniylarni kambagʻal oilalarga biriktirish tartibi belgilandi
✅ Hukumat qarori (892-son 27.12.2024 y.) bilan “Faol nuroniylarni kambagʻal oilalarga biriktirish hamda mahallada sogʻlom turmush tarzi va ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirishga jalb etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizom faol nuroniylarni kambagʻal oilalarga biriktirish hamda mahallada sogʻlom turmush tarzi va ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirishga jalb etish, shuningdek, kambagʻal oila farzandlariga taʼlim olishlari uchun oʻquv jihozlari va qurollari, sport kiyimlarini xarid qilish, keksa fuqarolarning sport tadbirlarida ishtirok etishi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibini belgilaydi.
📆 Belgilangan tartibda tanlab olingan uch nafardan faol nuroniylarga yashab turgan joyi boʻyicha 5 tadan kambagʻal oila olti oy muddatga biriktiriladi.
Faol nuroniylar biriktirilgan oilalar bilan ishlashda “mahalla yettiligi” bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
📝 “Nuroniy” jamgʻarmasi va tanlab olingan faol nuroniylar oʻrtasida faol nuroniylarni ragʻbatlantirish maqsadida fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar rasmiylashtiriladi.
💳 Tanlab olingan faol nuroniylar ularga yuklangan vazifalarni bajarishlari uchun “Nuroniy” jamgʻarmasi tomonidan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 50 foizi miqdorida ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar ularning roziligiga koʻra bank plastik kartalariga toʻlab beriladi.