Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi
2.54K subscribers
7.08K photos
1.04K videos
18 files
3.07K links
Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining rasmiy Telegram-kanali

https://surxondaryo.mehnat.uz
http://www.youtube.com/@SurxondaryoviloyatiKQVBb-ut7ot
https://t.me/surxonvakansiya
Download Telegram
Kambag‘allikdan farovonlik sari: 20 ta oilaga yirik shoxli qoramol berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi PF-143-sonli Farmoni ijrosi doirasida Surxondaryo viloyatida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Jarqo‘rg‘on tumanining "Yangi turmush", "Uzumzor", "Neftchilar" va "Xalqobod" mahallalarida og‘ir ijtimoiy ahvoldagi oilalar Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi mas’ullariga biriktirilgan. O‘rganish natijasida 44 ta oila kambag‘allik reestriga kiritilib, ularga yordam ko‘rsatish rejalashtirilgan.

Belgilangan rejaga muvofiq, bugun 20 ta oila kambag‘allik reestridan chiqarish maqsadida yirik shoxli qoramol bilan ta’minlandi. Shuningdek, kam ta’minlangan oilalar a’zolarini ishga joylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va tomorqadan samarali foydalanishga ko‘mak berilmoqda.

Mazkur chora-tadbirlar aholining bandligini ta’minlash va farovonligini oshirishga qaratilgan.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Mahallamga nihol ekaman!” aksiyasi tashkil etildi

Yashil makon inson hayotining muhim qismi boʼlib, ekologik barqarorlikni taʼminlashda katta ahamiyatga ega. Daraxtlar va oʼsimliklar nafaqat havoni tozalaydi, balki iqlim oʼzgarishini barqarorlashtirishda, tuproq eroziyasini kamaytirishda va bioxilma-xillikni saqlashda ham muhim rol oʼynaydi.

"Yashil makon" dasturi doirasida millionlab daraxtlar ekish loyihalari amalga oshirilmoqda. Bu nafaqat ekologik vaziyatni yaxshilaydi, balki yangi ish oʼrinlari yaratib, aholi turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Bugun Surxondaryo viloyati Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasiga biriktirilgan hududda Yashil makon umummilliy harakati doirasida 100 dan ortiq manzarali va mevali koʼchatlar ekildi.

Unda sohada faoliyat olib borayotgan ishchi xodimlar, yoshlar koʼchat va daraxtlarni ekish jarayonlarida ishtirok etishdi.


🔷Bizni kuzatishda davom  eting.
🌐https://t.me/surxonbandlik
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Самарқанд халқаро иқлим форумидаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на Самаркандском международном климатическом форуме

Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the Samarkand Climate Forum

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Самарқанд халқаро иқлим форумининг ялпи сессиясида нутқ сўзлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев выступил на пленарной сессии Самаркандского международного климатического форума.

#Mirziyoyev #forum #Samarqand #iqlim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X