Surxondaryo viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi
2.54K subscribers
7.08K photos
1.04K videos
18 files
3.07K links
Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining rasmiy Telegram-kanali

https://surxondaryo.mehnat.uz
http://www.youtube.com/@SurxondaryoviloyatiKQVBb-ut7ot
https://t.me/surxonvakansiya
Download Telegram
Mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

Bugun Angor tumanining Madaniyat mahallasida joylashgan “Ishga marhamat” monomarkazida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur mehnat yarmarkasida Angor tumaniga biriktirilgan Respublika ishchi guruh rahbari Farrux Umirov ishtirok etdi.

Yarmarkada 20 taga yaqin korxona va tashkilotlar 164 ta  bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Kayran va Sharq guli mahallalarida yashovch 84 nafar fuqarolar yarmarkada ishtirok etdi.

Yarmarka davomida korxona va tashkilotlarga 9 nafar fuqaro ishga qabul qilindi. 8 nafar fuqaroga kasb-hunar o‘rganishi uchun yo‘llanma berildi. Shuningdek, 67 nafar fuqaroga  Mehnat qonunchiligi bo‘yicha maslahatlar berildi.

🔷Bizni kuzatishda davom  eting.

https://t.me/surxonbandlik
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Respublika Ishchi guruhi sayyor qabulining birinchi kuni

Respublika Ishchi guruhi bugun Angor, Termiz, Muzrabot, Jarqo‘rg‘on tumanlari va Termiz shahri aholisi uchun Termiz shahridagi San’at saroyida sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabul ertaga – 5 fevral kuni Sho‘rchi, Qiziriq, Qumqo‘rg‘on va Bandixon tumanlari aholisi uchun Qumqo‘rg‘on tumanining “Yangi shahar” MFY hududida joylashgan 11-son bolalar musiqa va san’at maktabi binosida davom etadi.‌‌

t.me/surxonbandlik
Qumqo’rg’on tumani || Aholi murojaatlari yechim topmoqda

Fuqarolar murojaatini tinglash, ularning muammolarini hal etish bugungi kunda har bir rahbar xodimning mas’uliyatli vazifasi hisoblanadi.

Qumqo’rg’on tumanida fuqarolar murojaatlari bilan tizimli ishlash borasida keng ko’lamli amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, bugun tumandagi 11-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi binosida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.

Jarayonda Respublika ishchi guruhi Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “O‘zsuvta’minoti” AJ, shuningdek, hududiy sektorlar, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolar atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Mutasaddi idoralarga murojaatlarni tezkor va samarali hal etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Minnatdorchilik_rukni
#inspeksiya_faoliyatidan

Asossiz ishdan bo‘shatilgan 4 nafar xodimga 180 million undirib berildi


Yagona buyurtmachi xizmati davlat unitar korxonasining 4 nafar xodimlari Termiz shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limining davlat mehnat inspeksiyasiga ishga tiklanish va ish xaqini undirish masalasida murojaat qilgan.

Ushbu fuqarolarning 2 nafari ayol va 2 nafari erkak ishchi xodimlar bo‘lib, ularning murojaati qanoatlantirilib, fuqarolar ishga tiklangan va bekor yurgan kunlari uchun har biriga 40 million so‘mdan ish xaqi va 10 million so‘mdan ma’naviy zarar undirib berildi.

🔷Bizni kuzatishda davom  eting.

https://t.me/surxonbandlik
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Божхона институтига ўқишга киришни истайсизми?

❗️Унутманг: ўқишга кириш учун аризалар 2025 йилнинг 1 апрелига қадар давом этади!

Мурожаат қилиш учун ҳудудий божхона бошқармалари манзиллари ушбу ҳаволада.

🔷Bizni kuzatishda davom  eting.

https://t.me/surxonbandlik
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

📌Oliy ta’limda o‘qish va harbiy xizmat davrlari ish stajiga qo‘shiladimi?

🔷Bizni kuzatishda davom  eting.

https://t.me/surxonbandlik
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_yordamchisi_bilan_suhbat

10 gektar yerdan 2 milliard so‘m daromad


Denov tumanidagi "Cho‘ntosh" mahallasi hokim yordamchisi Sherzod Bo‘ronovning "Bir kontur-bir mahsulot" tamoyili asosida yangi tajribasiga ko‘ra, yiliga bir marta yerdan hosil olishning samarali usulini qo‘llab, 10 gektar yerdan 2 milliard so‘m sof daromad olishni rejalashtirgan.


🔷Bizni kuzatishda davom  eting.


https://t.me/surxonbandlik