Surxondaryo IIB | Rasmiy kanal
41.2K subscribers
47.9K photos
9.2K videos
8 files
21.4K links
Surxondaryo viloyati IIB Axborot Xizmati

Facebookdagi manzili:
fb.com/SurxondaryoIIB
Web sahifa:
https://surviib.uz
Instagramdagi manzil:
instagram.com/SurxondaryoIIB
Youtube manzili:
https://www.youtube.com/cha
Murojaat telefon:
+998762220400
Download Telegram
📢 Hurmatli vohamiz aholisi va mehmonlari diqqatiga!

Qurbon hayiti munosabati bilan aholiga qulaylik yaratish, fuqarolarning bayram namoziga jamoat transporti orqali o‘z vaqtida va xavfsiz yetib borishini ta’minlash, shuningdek, yo‘llarda tirbandliklarning oldini olish maqsadida 27-may kuni Termiz shahri bo‘ylab jamoat transport vositalari harakati ertalab soat 04:30 dan boshlanadi...👇🏻davomi

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Mover‌‌
Bayram tadbirlari davomida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, masjidlar atrofida harakat ishtirokchilari uchun qulay sharoitlar yaratish va noxush holatlarning oldini olish maqsadida bugun, 26-may kuni soat 00:00 dan ertaga, 27-may kuni soat 09:00 gacha quyidagi hududlarda transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi:
📍Termiz shahri:
“Hakim Termiziy” masjidi atrofi;
I.Karimov ko‘chasidagi "Manguzar" masjidi atrofidagi hududlar;
Iso At-Termiziy ko‘chasidagi “Murch bobo” masjidi atrofi.
📍Denov tumani:
"Sh.Rashidov", "Mustaqillik" va "N.Mirzayev" ko‘chalari yaqinidagi “Imom Al Buxoriy” jome masjidiga olib boruvchi yo‘llar.
⚠️ Zarurat tug‘ilganda viloyatimizdagi boshqa masjidlar atrofida ham avtotransport harakati vaqtincha cheklanishi mumkin.
Hurmatli yurtdoshlar, Qurbon hayiti kabi ulug‘ va muqaddas ayyomni tinch, tartibli va bayramona ruhda o‘tkazish uchun masjidlarga kelib-ketishda imkon qadar jamoat transportidan foydalanishni, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishni hamda tartibga soluvchi xodimlarning ko‘rsatmalariga amal qilishni so‘raymiz.

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Mover‌‌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hududlar tinchligi ortida tuni bedor o‘tayotgan fidoyi xodimlar bor.
 
Qo‘riqlash va patrul-post xizmati xodimlari tomonidan tungi xizmat davomida jamoat tartibi, fuqarolar xavfsizligi hamda obyekt va xonadonlar qo`riqlovi ta`minlanmoqda.

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Mover‌‌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar!

Ushbu “🛡QalqonBotSurxondaryo viloyati IIB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish Boshqarmasi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlarga kelayotgan zararli havolalar va virusli dasturlarni tozalashga (yo‘q qilishga) xizmat qiladi.

Mazkur “🛡QalqonBot” quyidagi tartibda ishga tushiriladi va amallarni bajaradi:

🔗 Zararli havolalarni aniqlaydi

🦠 Zararli fayllarni (APK, EXE, JAR) bloklaydi

Botni guruhga qo'shish uchun:
1. Quyidagi havolani https://t.me/tgqalqonbot bosing yoki ushbu QR-kodni skaner qiling

2. Guruhingizni tanlang

3. Botga "Admin" huquqini bering!


ushbu bot ishga tushishi orqali sizning guruhlaringiz himoya ostida bo'ladi!

Kiberjinoyat qurboni bo‘lib qolmang!

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Mover‌‌
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan joriy yilning 15 may kunidan 15 iyun kuniga qadar viloyat hududida “Xavfsiz oila” maxsus profilaktik tadbirlariga start berildi.
----
Сурхондарё вилояти Ички ишлар бошқармаси ташаббуси билан жорий йилнинг 15 май кунидан 15 июн кунига қадар вилоят ҳудудида “Хавфсиз оила” махсус профилактик тадбирларига старт берилди.

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Mover‌‌
O‘zbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigi

Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
‼️ДИҚҚАТ‼️

📢 Сурхондарё вилояти фуқаролари ва вилоятимизга ташриф буюрувчи меҳмонлар диққатига!


Жорий йилнинг 27-май куни юртимизнинг барча ҳудудлари каби Сурхондарёда ҳам Қурбон ҳайити муносабати билан, вилоятимиздаги айрим кўчаларда транспорт воситалари ҳаракати вақтинча чекланади.

Қурбон ҳайити намозини адо этиш учун масжидларга ташриф буюрган ҳамюртларимизнинг йўлларда хавфсизлигини таъминлаш, жамоат тартибини сақлаш, масжидлар атрофида ҳаракат иштирокчилари учун қулайликлар яратиш мақсадида, ҳамда кўнгилсиз ҳодисаларнинг олдини олиш учун 26 май куни тунги соат 23-00 дан 27 май куни соат 9-00 гача бўлган вақт оралиғида;

📍Термиз шаҳрида жойлашган “Ҳаким Термизий”, И.Каримов кўчасида жойлашган "Мангузар" ва Исо Ат-Термизий кўчасидаги “Мурч бобо ” масжидлари атрофи, ҳамда

📍Денов туманидаги "Ш.Рашидов", "Мустақиллик" ва "Н.Мирзаев" кўчалари яқинидаги "Имом Ал Бухорий"  жомъэ масжидларига олиб борувчи йўлларнинг айрим қисмларида транспорт воситаларининг ҳаракати вақтинча чекланади. (харитада белгиланган йўналишлар)

⚠️ Шу жумладан вилоят ҳудудидаги бошқа масжидлар яқинида ҳам зарурат туғилганда автомашиналар ҳаракати чекланиши мумкин.

🔹Сурхондарё вилояти ИИБ ЖХХ ЙҲХБ жамоаси барча юртдошларимиздан ҳайит намози ибодатларини амалга ошириш учун масжидларга келиб-кетиш вақтида ҳаракат хавфсизлигига ва тартибга солувчиларнинг ишораларига амал қилиб, имкон қадар жамоат транспортидан фойдаланишингизни тавсия этади.

©️Сурхондарё вилояти ИИБ ЖХХ ЙҲХБ Ахборот хизмати

📌
https://t.me/surxonypx
“Kelajakka ishonch va yangi imkoniyatlar sari qadam”

Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz oila” maxsus profilaktik tadbiri doirasida Surxondaryo viloyatida ishtirokchi voyaga yetmaganlar uchun ma’naviy-ma’rifiy va kasbiy yo‘naltiruvchi tadbirlar tashkil etildi...👉batafsil
————
“Келажакка ишонч ва янги имкониятлар сари қадам”

Республика миқёсида ўтказилаётган “Хавфсиз оила” махсус профилактик тадбири доирасида Сурхондарё вилоятида иштирокчи вояга етмаганлар учун маънавий-маърифий ва касбий йўналтирувчи тадбирлар ташкил этилди...👉батафсил

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Mover‌‌