Surxondaryo IIB | Rasmiy kanal
40.8K subscribers
46K photos
8.9K videos
8 files
20.7K links
Surxondaryo viloyati IIB Axborot Xizmati

Facebookdagi manzili:
fb.com/SurxondaryoIIB
Web sahifa:
https://surviib.uz
Instagramdagi manzil:
instagram.com/SurxondaryoIIB
Youtube manzili:
https://www.youtube.com/cha
Murojaat telefon:
+998762220400
Download Telegram
Forwarded from POSTDA|Rasmiy kanal
Кинологлар имтиҳондан ўтди

Сурхондарё вилоят ЖХХ ЖТСБ Кинология бўлинмаси ходимлари махсус малака тоифасига эга бўлиш учун ўзларига бириктирилган хизмат итлари билан бирга синов имтиҳонларини топширишди. Унда асосан кинологлар хизмат итлари ёрдамида умумий ва махсус курс йўналишлари бўйича синовдан ўтказилди. Хусусан, хизмат итларининг буйруқларни бажариш, из олиш, гиёҳвандлик воситалари, қурол-аслаҳа ва портловчи моддаларни қидириб топиш кўникмалари баҳоланди.

Шерзод РАҲИМОВ,
капитан.

👉 @postdarasmiy
Forwarded from POSTDA|Rasmiy kanal
Qadim maskanlarga sayohat

IIV Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilari uchun tarixiy yodgorliklarimizga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida o‘quvchilar Muzrabod tumanidagi “Kampirtepa” yodgorligi, Termiz tumanidagi “Qoratepa” budda g‘or ibodatxonalari majmuasi va “Fayoztepa” yodgorligiga tashrif buyurib, qadimiy tariximiz va xalqimizning boy madaniy merosi haqida ma’lumot oldilar.
Shuningdek, buyuk mutafakkir, hadisshunos olim Al-Hakim at-Termiziy yodgorlik majmuasini ziyorat qilishdi.

Feruza RAHMONQULOVA,
o‘z muxbirimiz.
Surxondaryo viloyati.

👉 @postdarasmiy
Adaptiv sport turlari bo‘yicha kadr tayyorlash va malakasini oshirish tizimi ham o‘zgaradi. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent filiali inklyuziv sport bo‘yicha tayanch oliygohga aylanadi.

Sport vaziri A.Ikramov, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Sh.Mirziyoyeva, Paralimpiya qo‘mitasi raisi M.Tashxojayevga tegishli qaror loyihasini kiritish topshirildi.

Prezidentimiz bugun para sportchilarimiz erishayotgan natijalarda ularga tun-u kun hamrohlik qilayotgan fidoyi insonlarning hissasi katta ekanini ta‘kidladi.

Endilikda o‘quv-yig‘in mashg‘uloti, respublika va xalqaro musobaqalarda para sportchiga hamrohlik qilganlarga transport va yashash xarajatlari qoplab beriladi. Ularga har oyda sport maktablari trenerlari oyligiga teng miqdorda maosh to‘lanadi.

Facebook|
Instagram|X
Yaqinda imzolangan Prezident qarori bilan sportga homiylik qilaman degan tadbirkorlar uchun manfaatli sharoitlar yaratildi. Endilikda federatsiya bir yillik xarajatining 20 foizi miqdorida homiylik qilgan tadbirkor boshqaruv a’zolari tarkibiga kiradi. Professional futbol klubining yillik 20 foiz xarajatini qoplagan tadbirkor klubni ishonchli boshqaruvga olishi mumkin bo‘ladi.

“Umuman, O‘zbekistonda sport inson salomatligi va yuqori natijalar garovi bo‘lish bilan birga daromad keltiradigan sohaga ham aylanishi zarur”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Misol uchun, futbol bo‘yicha milliy chempionat o‘yinlari ba’zida ish vaqtida o‘tkazilayotgani, shu bois, muxlislar tashrifi kutilganidek bo‘lmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Agar o‘yin vaqti dam olish kuni yoki ish kunlari kechki soat 19:00 dan keyin belgilansa, stadionlar atrofida aholiga qiziqarli qo‘shimcha xizmatlar, musiqiy va ko‘ngilochar tadbirlar tashkil qilinsa, o‘yin kunlari muxlislar uchun qulay transport qatnovi yo‘lga qo‘yilsa, raqib jamoa muxlislariga arzon futbol turpaketlari taklif qilinsa, klublar uchun 2-3 karra ko‘p tushum, muxlislar uchun mazmunli hordiq, tadbirkorlarga qo‘shimcha daromad bo‘ladi.

Mutasaddilarga mana shu ishlar orqali stadionlarga muxlislar tashrifini keskin oshirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirildi.

Facebook|
Instagram|X
Yig‘ilishda joylarda 39 ta ochiq va yopiq sport inshooti ta’mirtalab bo‘lgani bois, to‘liq foydalanilmay turgani ko‘rsatib o‘tildi.

Mutasaddilarga bu joylarni zamonaviy sport majmualariga aylantirish uchun qulay shartlarda xususiy sheriklikka berish bo‘yicha qaror loyihasini ishlab chiqish topshirildi.

Bugun 100 mingdan ortiq yoshlar olimpiya o‘yiniga kirmagan sport turlari bilan doimiy shug‘ullanyapti. Ular dzyudo, sport kurashlari, taekvondo, qilichbozlik, og‘ir atletika kabi olimpiya sport turlari uchun tayyor zaxira ekani ta’kidlandi.

Sport vazirligi va hokimlarga sport maktablarida yoshlar qiziqadigan noolimpiya sport turlari bo‘yicha ham seksiyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston noolimpiya sport turlari konfederatsiyasini tashkil qilish taklifi ma’qullandi.

“Shu o‘rinda yana bir masalaga to‘xtalmoqchiman: o‘tgan hafta yangi qonunni qabul qilib, har bir vazir, federatsiya rahbari, hokimni jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mas’uliyati, majburiyati va javobgarligini aniq belgilab qo‘ydik. Bundan buyon ushbu rahbarlardan talab ham, so‘rov ham shunga yarasha bo‘ladi!,

– dedi Prezidentimiz.

Yig‘ilish davomida davlatimiz rahbari soha rahbarlari va hokimlarning hisobotlarini tingladi, tadbirkor va sportchilar bilan muloqot qildi.

Facebook|
Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yirik miqdordagi “Ajal ogʻusi” tarqalishining oldi olindi

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Mover‌‌
Termiz davlat pedagogika institutida sog‘lom va xavfsiz ta’lim muhiti — ustuvor vazifa!

Bugun Termiz davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-son Farmoni ijrosi doirasida giyohvandlikka qarshi navbatdagi muhim targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda nimalar muhokama qilindi?

🟠 Giyohvandlikning inson salomatligi va jamiyat hayotiga yetkazadigan zararli oqibatlari

🟠 Narkotik moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish yo‘llari

🟠 Mutaxassislar tomonidan ta’lim muassasalari, ota-onalar va jamoatchilik hamkorligidagi samarali profilaktika choralar

🎲 Uchrashuv davomida yoshlar uchun sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi videomateriallar namoyish etildi, huquqiy madaniyatni mustahkamlash borasida amaliy tavsiyalar berildi.


⭐️ TerDPI jamoasi giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettiradi.


Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Mover‌‌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Termiz shahrida buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan viloyatdagi barcha huquqtartibot organlari, kuch tuzilmalari harbiy xizmatchilari va yoshlar ishtirokida piyoda yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Mover‌‌