SuperStar.UZ
3.75K subscribers
1.07K photos
642 videos
6 files
1.14K links
Mijozlarning muvaffaqiyati bizning ham muvaffaqiyatimiz!

▪️ Barcha turdagi uskunalar
▪️ Keng turdagi xizmatlar
▪️ Kafolat

👨🏻‍💻 Konsultant: @Abuabduraxmon

📞 Toshkent: 902235000
📞 Namangan: 999705000
Download Telegram
​​💁🏻‍♂️ Har bir biznes bir nechta qismlarga bo'linadi. Ularning orasida nisbatan kam foyda olib keladigan yoki umuman foyda olib kelmaydigan qismlar mavjud. Shunday qismlarni rivojlantirish va foyda olib keladigan qilish uchun puxta o'ylangan reja tuziladi. Aynan shu reja shakli blueprinting deyiladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

#SuperstarTermin

🇺🇿Telegram| Instagram| Facebook
​​Ishlab chiqarish sohasida tejamkorlik katta ahamiyatga ega. Lekin, tejamkorlik qilaman deb, chiqarilayotgan mahsulot sifatini buzib qo'yish ham hech gap emas. "Go'zallik qurbonlik talab qiladi" deganlaridek, sifat uchun ham saxiyroq bo'lish kerak. Sifatli mahsulot esa iste'molchiga rohat, ishlab chiqaruvchiga daromad olib keladi!

Bizni kuzatishda davom eting!

🇺🇿
Telegram | Instagram | Facebook
​​Biz oldin miyani to’ydiraylik, so’ngra u qorinni to'yg'azadi!

📚 Kitob o'qish - eng foydali mashg'ulotlardan biri ekanligi sir emas. Agar biz o'qiyotgan kitoblar bizning mutaxassisligimiz yoki biznesimiz haqida bo'lsa, nur ustiga a'lo nur boladi. Chunki, bunday kitoblarni o'qish orqali dunyoqarashimiz kengayishi barobarida, o'z faoliyatimizdagi muammolarni hal qilish yo'llarini o'rganishimiz mumkin bo'ladi.

"Like" biznes jamiyatining o'z faoliyatida yuqori cho'qqilarga erishgan a'zolari maslahatiga tayangan holda, biznes egalari uchun top darajadagi bestsellerlarning ro'yhatini tuzib chiqdik. Unga ko'ra, biznesmenlar uchun eng yaxshi 5 ta kitob:

1. Aleks Krol - "Kastlar va rollar nazariyasi";
2. Lourens Levi - "PIXAR. Qayta ishga tushirish"
3. Jeyson Frayd, Devid Xensson - "Rework"
4. Lyuk de Brabander, Alan Ini - "Boshqa formatda fikrlang"
5. Patrik Renvuaze, Kristof Moren - "Neyromarketing bo'yicha trening. "Sotib olish" tugmasi xaridoringiz ongining qayerida joylashgan?"

📖 Shu va shunga o'xshash kitoblarni mutolaa qilish orqali dunyoqarashingiz va biznesingizni yuqori cho'qqilarga yetaklang!

Bizni kuzatishda davom eting!

🇺🇿
Telegram| Instagram| Facebook
​​Xolding - ingliz tilidan tarjima qilinganda, "boshqarish" degan ma'noni bildiradi. Sodda qilib aytganda, Xolding - bir nechta kompaniyalarni markazlashgan tartibda boshqarish uchun tuziladigan boshqa kompaniya sanaladi.

Xoldinglar turli yo'nalishdagi va (yoki) bir yo'nalishda, ammo, bir-biridan uzoqda joylashgan kompaniyalarni o'z ichiga olishi mumkin. Asosiy vazifalari:
🔸 Iqtisodiy faoliyat strategiyasini ishlab chiqadi;
🔸 O'z tarkibidagi kompaniyalarning rivojlanishiga investitsiya qiladi;
🔸 Ular orasidagi aloqani tartibga soladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

#SuperstarTermin

🇺🇿Telegram| Instagram| Facebook
​​💪🏻 Muvaffaqiyatga erishishdagi eng katta to'siq - bu o'zingiz! Agar siz dangasalikka berilsangiz, o'zingizning qulay zonangizdan chiqishni istamasangiz, g'alabalar siz tomon harakatlanmaydi.

Albatta, maqsadga erishgan barcha insonlar avvaliga qiyinchiliklarga duch kelishgan. Ularning boshqalardan farqi - shu qiyinchiliklarni sabr va mehnat bilan yengganliklarida.

P.S. Ferrari mashinalari TV orqali reklama qilinmasligiga sabab: Ferrari sotib oladigan odamlar vaqtlarini televizor qarshisida zoye ketkazishmaydi!

Bizni kuzatishda davom eting!

🇺🇿
Telegram | Instagram | Facebook
​​Rasmni katta qilib beradi!

🖼 Hozir reklama berish, turli binolar ichki va tashqi qismlariga bezak berish kabi ishlarni banerlar orqali amalga oshirish urfga kirgan. Katta formatda ishlovchi printerlarga bo'lgan talab ham kunda-kunga ortib bormoqda. O'zining biznesini aynan shu yo'nalishda boshlashni istaganlar uchun taklif:

Kingjet KJ-1802 katta formatli printerini harid qiling va atrofni go'zal suratlar bilan bezashda bevosita ishtirok eting!

Ushbu uskuna bilan quyidagi link orqali yaqindan tanishishingiz mumkin: 👇
📠Katta formatli printer

Shuningdek, barcha uskunalarni ko'rish uchun:
📝Uskunalar ro'yxati

👨‍💻Menejer bilan bog'lanish

📲 +998999775554
📲 +998902235000

📍1-Manzil: Toshkent shahri, Izza avtobus shoh bekati

📍2-Manzil: Namangan shahar, Kosonsoy ko'cha, 16-uy

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
​​Reklama qilishni boshlang!

📢 Biznesda mahsulot sifatini yaxshilash va uni ommaga taqdim qilish bilan birga, to'g'ri sotishni ham bilish kerak. Biznesda sotuv ishlari bilan shug'ullanish - marketing deb nomlanadi.

⤴️ Marketingning asosiy vazifasi savdoni oshirish bo'lganidan so'ng, xaridorlar e'tiborini mahsulotimizga qaratishimiz kerak bo'ladi. Quyida marketing reklamalarida insonlar e'tiborini tortuvchi 10ta ibora va so'zlarni keltiramiz:

- yangilik;
- tejab qoling;
- bepul;
- ilk marta;
- kutilmagan;
- xabar beradi;
- hayratda qoldiruvchi;
- zudlik bilan;
- faqat shu yerda;
- sertifikatlangan.

👨🏻‍💻 Agar "magnit" so'zlar bilan tanishib olgan bo'lsangiz, mahsulotingizni o'zgacha uslubda reklama qilishni boshlang!

Bizni kuzatishda davom eting!

🇺🇿
Telegram| Instagram| Facebook
​​Talab qilinadigan mahsulot yetishmasligiga ikkita sabab bor:

1️⃣ Shu mahsulotni to'xtovsiz iste'mol qilinishi;
2️⃣ Resursning kamligi.

Bu yerda resurs keng ma'noni qamrab oladi:
- Xomashyo;
- Kapital (ishlab chiqarish uchun mablag');
- Ishchi kuchi;
- Tadbirkorning qobiliyatlari.


Bizni kuzatishda davom eting!

#SuperstarTermin

🇺🇿 Telegram| Instagram| Facebook
​​🤔 Bizning fikrlashimiz, dunyoqarashimiz - jamiyatdagi o'rnimiz va hayotdagi muvaffaqiyatlarimiz negizi hisoblanadi. Doimiy ravishda o'z ustida ishlash esa, o'zini hurmat qilgan har qanday inson uchun asosiy mashg'ulot bo'lmog'i darkor.

🦅 Siz ham o'zingizni rivojlantiring: kitoblar o'qing, sport bilan shug'ullaning, yangi hunarlar o'rganing, kurslarga yoziling, videodarslarni tomosha qiling, eng asosiysi, o'zingizdan bilimli insonlar bilan ko'proq suhbatlashing. Zero, burgut bo'lib uchmoqchi bo'lsangiz, o'rdaklar bilan suvda suzmang!

Bizni kuzatishda davom eting!

🇺🇿
Telegram | Instagram | Facebook
​​Aktual sohada biznes qiling!

🏘 Har bir xonadon egalari o'z uylarini turli xil jihozlaydilar. Ularning umumiy jihati - barcha uyga parda ilinadi. Pardaning vazifasi uyga ko'rk berish bo'lganidan keyin, uni hunuk qilib ilib qo'ya olmaymiz. Bizga maxsus karnizlar kerak bo'ladi.

👉 So'nggi urflarga qarasangiz, parda ilish uchun truba shaklidagi karnizlardan ko'p foydalanishyapti. Shu sababli, biz yosh va g'ayratli tadbirkorlarimiz uchun quyidagi ishab chiqarish liniyasini taklif qilmoqchimiz:

Pardaga truba ishlab chiqarish liniyasi. Liniya 4 ta asosiy funksiyani bajaruvchi qismlardan tarkib topgan:

🔸 Yuzani bukib, aylana shakliga keltirish;
🔸 Paykalash;
🔸 Polirovka qilish;
🔸 Kesish.

Ushbu liniya haqidagi to'liq ma'lumotni bu yerdan olasiz:
Pardaga truba ishlab chiqarish liniyasi

👨‍💻Menejer bilan bog'lanish

📲 +998999775554
📲 +998902235000

📍1-Manzil: Toshkent shahri, Izza avtobus shoh bekati

📍2-Manzil: Namangan shahar, Kosonsoy ko'cha, 16-uy

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
​​"Taym menejment" bo'yicha ba'zi tavsiyalar

💰 Inglizlarda ajoyib naql bor: "Time is money" ya'ni "Vaqt - bu pul". Ko'pchilik odamlar biror yumushni bajarishga vaqtlari yetmayotganidan noliydilar. Vaholanki har kuni bizga 24 soat vaqt beriladi.

🕰 Bu vaqtning o'rtacha 10 soatini ijtimoiy ehtiyojlarga (uyqu, ovqatlanish va hk.) ketkazsak, bizda 14 soat vaqt qoladi. Biroq 14 soat ishlash yaxshi emas. Chunki, o'zimizni rivojlantirish uchun, dam olish va bilimlar olish uchun ham vaqt qolishi kerak.

Eng to'g'ri qaror - vaqtni to'g'ri taqsimlash va samaradorlikni oshirish hisoblanadi. Quyida shu masaladagi maslahatlar bilan o'rtoqlashamiz:

🔸 Ko'p mas'uliyatni olmang
Barcha ishni o'zim bajaraman demang. Jamoa bilan ishlashga o'rganing. Bu siz uchun bo'sh vaqtlarni yaratib beradi
;

🔸 Reja tuzing
Har kuningizni ma'lum reja asosida olib borsangiz, vaqtingiz nimaga sarf bo'layotganini aniqlashingiz mumkin
;

🔸 Dolzarbligiga e'tibor bering
Qilinishi kerak bo'lgan ishlaringizni, eng avvalo, eng muhimlarini bajaring. O'rningizga boshqa sherigingiz qilishi mumkin bo'lgan ishlarni, yaxshisi unga topshiring. Siz esa eng asosiylari bilan mashg'ul bo'ling
;

🔸 Dam olish va har xillik
Kunlik rejalaringizda har xillikka e'tibor bering. Bir xil rejim sizni zeriktirishi, ishtiyoqingizni so'ndirishi, natijada samaradorligingizni tushirishi mumkin. Eng asosiysi, rejangizda dam olish uchun ham vaqt qolsin!

Bizni kuzatishda davom eting!

🇺🇿
Telegram| Instagram| Facebook
​​👥 Ishchilar sonini kamaytirib, kompaniyangiz iqtisodida tejamkorlik qilmoqchimisiz? Yoki sizga ish bermayotgan xodimlarni lavozimidan ozod qilishni rejalashtirayapsizmi? Agar shunday qilmoqchi bo'lsangiz, bu amaliyotning nomini ham bilib qo'ying!

P.S.: Bilib qo'ygan yaxshi-da! 😉

Bizni kuzatishda davom eting!

#SuperstarTermin

🇺🇿 Telegram| Instagram| Facebook
​​🙂 Barcha yaxshi narsalar hayotimizga bilim orqali kirib keladi. Bilimimiz bo'lgani uchun, shu narsalar yaxshi ekanini tushunamiz.

😶 Bilimsizlik esa o'zining orqasidan doim yomonlikni ergashtiradi. Qilayotgan ishlarimiz oxiri yomon ekanini bilganimizda, bizga yomonlik yaqinlasha olmas edi. Xatolardan xulosa chiqarish esa o'zimizga bog'liq.

❗️Bugungi aqlimiz bo'lganda, kecha xato qilma edik. Kecha xato qilmaganimizda, bugun aqlimiz kirmas edi!

Bizni kuzatishda davom eting!

🇺🇿
Telegram | Instagram | Facebook
​​Xaridorlar ham har xil bo'lar ekan!

Barcha biznesning mahsulot yoki xizmatlariga mijozlar kerak. Mijozlar bizning mahsulotimizga turli istak va vaziyat ustida xaridor bo'lishlari mumkin. Bugun siz bilan, xaridorlarning turlari haqida gaplashamiz:

▪️ Potensial xaridorlar - savdo nuqtalariga doimo tashrif buyurishadi, ammo, aynan sizdan narsa xarid qilish rejalari bo'lmaydi;

▪️ Yangi xaridorlar - birinchi bor do'koningizga kelgan mijoz. Bunda sotuvchining maqsadi biror narsa sotish emas, mijozda yaxshi taassurot uyg'otish bo'lishi lozim;

▪️ O'zgaruvchan xaridorlar - ular ma'lum brendga doimiy mijoz bo'lmaydilar. Yo'l-yo'lakay, do'stlari bilan birga (за компанию) xaridlarni amalga oshirishlari mumkin;

▪️ Doimiy xaridorlar - faqat sizning savdo nuqtangizda xarid qiluvchilar. Siz ularni uzoq muddat olib qolish uchun turli choralar ko'rganingiz yaxshi;

▪️ Sodiq xaridorlar - sizning eng asosiy mijozlaringiz. Ular sizdan mahsulot xarid qilish bilan birga, brendni tanish-bilishlari orasida reklama qiladilar va yangi mijozlar olib keladilar.

☑️ Har bir biznes egasi juda ko'plab sodiq xaridorlarga ega bo'lishini tilaymiz! Buning uchun o'z xizmatlarimiz va maslahatlarimiz bilan ko'mak beramiz!

Bizni kuzatishda davom eting!

🇺🇿
Telegram| Instagram| Facebook
​​🔁 Hedging (hedjing) amaliyotini sodda qilib, tushuntirsak: narx-navo o'zgarishi xavfini so'ndirish uchun, mahsulotni bir bozorga odatiy tarzda, boshqa bozorga esa qarama-qarshi tarzda qo'yish hisoblanadi.

⬇️ Bunda zarar ko'rish xavfi kamayishi barobarida, foyda miqdori ham pastlab ketishi mumkin.

Bizni kuzatishda davom eting!

#SuperstarTermin

🇺🇿 Telegram| Instagram| Facebook
SuperStar- Taqvim 2.png
792.5 KB
Aziz do'stlar!

Mana, muqaddas oy hisoblangan Ramazoni sharif kirib kelishiga ham sanoqli kunlar qolmoqda. Ramazonda barcha qalblar ezgulikka, pokizalik va yaxshilik qilishga oshufta bo'ladi.

Biz ham, shu qatorda, qulaylik yaratish maqsadida, Ramazon taqvimini (saharlik va iftorlik vaqtlari) siz bilan baham ko'rishni istadik!

Taqvimni o'zingiz uchun saqlab qo'ying va do'stlaringizga ham ulashing!

P. S. Ro'za tutish sog'liq uchun foydali!

🇺🇿 Telegram| Instagram| Facebook
​​Yaxshi biznes!

🔸 Kundalik turmushda insonlarning do'stiga aylangan ko'zgular oddiy oynaga ishlov berish orqali yasalishini bilarmidingiz? Oddiy oynaning bir tarafiga alyuminiy bilan ishlov beriladi. Keyin esa oyna aks qaytaruvchi ko'zguga aylanadi.

🔸Albatta, ishlab chiqaruvchilar bu ishni maxsus uskunalar yordamida amalga oshiradilar. To'g'risiyam-da, texnologiyalar rivojlangan shu zamonda maxsus texnikalardan foydalanmay bo'ladimi?! Ko'zgu borasida esa biz sizga yangi uskunamizni taklif qilamiz:

Nomi: Ko'zgu tayyorlash uskunasi
Holati: Yangi
Model: CCZK-340-ML

👇Qolgan ma'lumotlarni ko'rish uchun bu yerga o'ting:
🧾 Uskuna bilan tanishish

👨‍💻Menejer bilan bog'lanish

📲 +998999775554
📲 +998902235000

📍1-Manzil: Toshkent shahri, Izza avtobus shoh bekati

📍2-Manzil: Namangan shahar, Kosonsoy ko'cha, 16-uy

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
​​Ramazon oyi kirib keldi

🌙 Super Star jamoasi siz va oilangizga uzoq umr, baxt-saodat, sihat-salomatlik tilaydi. Xonadoningizdan tinchlik-xotirjamlik, dasturxoningizdan qut-baraka arimasin. Muborak oyning go'zal kunlarida biznesingizning kamolini ko'rib yuring!

🕌 Qadrdon obunachilarimiz, kirib kelgan Ramazon oyi qutlug' bo'lsin!

🇺🇿 Telegram| Instagram| Facebook
​​Tosh kesadi, g'isht yasaydi!

🏡 Landshaft dizaynida "modadan qolmaydigan" element - marmar hisoblanadi. Undan tashqari, katta g'ishtlar (penoblok), keramika, granit kabilarga ishlov berish, kesish uskunalariga bo'lgan talab doim aktual bo'lib kelgan.

⚙️ SuperStar sizlarga taklif qiladigan navbatdagi texnika, aynan shu yo'nalishda ishlatilinuvchi QZQ modelidagi tosh kesish uskunasidir. Uskuna xarakteristikasini ko'rish uchun quyidagi havolaga o'ting:
Uskuna tasnifi

❗️ Eslatib o'tamiz: biror uskunaga buyurtma bersangiz, manzilingizga yetkazib, o'rnatib beramiz. Albatta, ishlatishni ham o'rgatamiz!

👨‍💻Menejer bilan bog'lanish

📲 +998999775554
📲 +998902235000

📍1-Manzil: Toshkent shahri, Izza avtobus shoh bekati

📍2-Manzil: Namangan shahar, Kosonsoy ko'cha, 16-uy

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
​​📈 Konversiya - marketing analitikasi uchun kerakli ma'lumot sanaladi. Konversiya bo'lishi uchun sizda internet-do'kon bo'lishi lozim. Uni hisoblash juda oson:

Aytaylik, sizning saytingizga bir kunda 650 ta foydalanuvchi tashrif buyurdi. Shu kuni sayt orqali 15 ta sotuv amaliyoti bo'lgan.

1565✖️100% = 2.3 %

📊 Demak, sizning internet do'koningizda konversiya miqdori 2.3 foizga teng ekan.

Bizni kuzatishda davom eting!

#SuperstarTermin

🇺🇿 Telegram| Instagram| Facebook