Ilohiy sunnatlar
97 subscribers
4 photos
1 video
Alloh subhanahu va taolo o'zining xolqidagi sunnatlarini (qonunlarini) kimgaki tushuntirsa, ana o'sha odam Robbisi tomonidan tavfiq berilgan va eng baxtli odamdir...

💡Asl hikmat yashab qolishing emas, diningda sobit turib iymonda o'lishingdir!
Download Telegram
#foydali_ilm

Ibn Rajab rohimahulloh aytadi:

"Foydali ilm belgilaridan biri - u o'z sohibini dunyodan qochishga yo'llashligidir"


* bugun bizni ilmimiz nimaga yo'llayapti?

(tortishish, ujub, boshqalarni past sanashlikga emasmi?...)

shunday bo'lsa bu ilm emas!

⌛️@sunanlar
👍31🔥1
Bismillah

Alloh taolo insonlarni yaxshiliklar bilan sinashligi haqida...⬇️
3
📌Insonlar nazarida nima yaxshilik hisoblanadi?

• Mol-mulk va bola-chaqa (oila).

Alloh taolo aytadi:

ٱلۡمَالُ وَٱلۡبَنُونَ زِینَةُ ٱلۡحَیَوٰةِ ٱلدُّنۡیَاۖ

Mol-mulk va bola chaqalar hayoti dunyo ziynatidir.



* insonlardan kimgaki, boylik va ko'plab o'g'il qizlar berilsa mana bu baxt va yaxshilik hisoblanadi. (bizning nazarimizda)
Alloh taolo oyatda: boylik va bola-chaqalarni dunyo ziynati deb ham ta'kidladi.


Demak Alloh taolo mol mulk va bola-chala berib sinashligi haqida gaplashamiz in shaa Alloh...

Davomi bor...

⌛️@sunanlar
2👍2
Bizning nazarimizda boylik va bolalar yaxshilik ekan. Aslidachi?

Alloh taolo Munofiqlar surasida boshidan boshlab 8 ta oyatda munofiqlar haqida gapirdi. Ularning kirdikorlarini oshkor qildi ogohlantirdi. Uning ortidan esa:

یَـٰۤأَیُّهَا ٱلَّذِینَ ءَامَنُوا۟ لَا تُلۡهِكُمۡ أَمۡوَ ٰ⁠لُكُمۡ وَلَاۤ أَوۡلَـٰدُكُمۡ عَن ذِكۡرِ ٱللَّهِۚ وَمَن یَفۡعَلۡ ذَ ٰ⁠لِكَ فَأُو۟لَـٰۤىِٕكَ هُمُ ٱلۡخَـٰسِرُونَ

"Ey iymon keltirganlar! Mollaringiz va bolalaringiz sizlarni Allohning zikridan chalg'itmasin. Kim shunday qilsa, bas, ana o'shalar yutkazuvchilardir (ziyon ko'ruvchilardir)" dedi.

( Munofiqlar-9 )

Yana bir oyatda esa:

یَـٰۤأَیُّهَا ٱلَّذِینَ ءَامَنُوۤا۟ إِنَّ مِنۡ أَزۡوَ ٰ⁠جِكُمۡ وَأَوۡلَـٰدِكُمۡ عَدُوࣰّا لَّكُمۡ فَٱحۡذَرُوهُمۡۚ


"Ey iymon keltirganlar! Albatta juftlaringizdan va bolalaringizdan sizga dushman bor, bas, ulardan hazir bo'ling"

إِنَّمَاۤ أَمۡوَ ٰ⁠لُكُمۡ وَأَوۡلَـٰدُكُمۡ فِتۡنَةࣱۚ وَٱللَّهُ عِندَهُۥۤ أَجۡرٌ عَظِیمࣱ

"Albatta mol-mulklaringiz va farzandlaringiz sinovdan boshqa narsa emas. Va Allohning huzurida ulug' ajr bor" dedi.


* demak, biz yaxshilik deb hisoblagan narsalarimiz, aslida bizlar uchun sinov balki ba'zilari dushman ham ekan.

Davomi bor....

⌛️@sunanlar
👍61
Mo'min uchun eng kerakli narsa bu Allohning zikri. Shayton esa insonlarni undan Allohning zikridan burishni istaydi.

U (shayton) avvaliga mo‘minlarga zikrni unuttiradi. Insonlar bora bora Allohning zikridan uzoqlashib boradi. Zikrsiz insonlar qalblari qorayib, hatto mo‘min kishining qalbi kofirnikidek bo'lib qoladi.

Bunga sabab esa ular Allohni unutib, mol dunyo va bola-chaqalari (oila) orqasidan quvib ketishlaridir.


* xalqimizda ba'zi gaplar bor. Nima qilsam ham shu oilam, bolalarim uchun qildim. Butun umr ishlab, pul yig‘ib uy solishadi va to'y qilishadi. Ibodat qilmaysizmi desa ishlarim ko'p qizlarimni uzatishim, o'g'illarimga uy-joy qilishim kerak deyishadi. Shunday qilib qisqa umr Allohning zikrisiz o'tib ketadi. Kishiga o'lim kelgach esa na umr bo‘yi topilgan mol dunyo va na bola chaqalar foyda berolmaydi. Mollarini bo‘lishib olishadi. O'zi esa qabrda yolg'iz butun umrini nimaga sarflagani haqida savol javob qilinadi...

Bilingki oilangiz, bolalaringiz, mol-mulkingiz sizga sinov holos. Agar ular sizni Allohga ibodat qilishingizdan chalg'itsa, ular sizga faqatgina dushmanlik qilayotgan bo'ladi.


📌Ertaga o'lasiz va amallaringizga yolg'iz o'zingiz javob berasiz. "Buni oilam uchun qildim. Yolg‘onni bolam uchun gapirdim. Ayolimni rozi qilish uchun xaromdan pul topdim. Uy solish uchun namozlarimni tashlab qo‘ydim..." bunday bahonalar ketmaydi....

Oxirat kunida esa savol javob yanada qattiqroq va shiddatliroq bo'ladi.

Bilingki inson qiyomat kuni namozlariga javob bermagunicha bir qadam ham siljiy olmaydi. Endi boshqa tark qilgan amallarichi?

⌛️@sunanlar
👍4😢31🔥1🌚1
Hamma ham "men Allohni yaxshi ko'raman, unga bo'ysunaman" deyishi mumkin. Ammo bu da'vosida sodiqmi yo'qmi?

Mana buni bandalariga ko'rsatishlik uchun Alloh taolo ularga sinovlar yuboradi.

Allohni yaxshi ko'raman, lekin nega bu musibatni berdi?
Allohga bo'ysunaman, lekin shu masala menga og'irroqda...
Nega shuncha ishlab topgan pulimdan zakot berishim kerak ahir?
Nima uchun musiqa eshtmasligim kerak, nega istagan ayolim bilan gaplasholmayman…
Ayollar esa: nega issiqda ham hijob o'rashim kerak...

Haa, Allohni yaxshi ko'raman, lekin...

* mana shu "lekin" insonning toyilishiga sabab. Kishi Allohni yaxshi ko‘raman desa-yu unga bo'ysunmasa, bu qanday muhabbat ekan?

⌛️@sunanlar
4👍2
Alloh taolo insonni musibatlar bilan sinaydi: unda sabrni ko‘rishlik uchun.

Alloh taolo insonni yaxshiliklar berib sinaydi: unda shukur qilishligini ko‘rishlik uchun.



* Musibat kelganda nima qilishni yuqorida aytib o‘tgan edik. Endi esa ne'mat berilganda qanday qilib shukur qilinishi haqida gaplashamiz.

In shaa Alloh...


⌛️@sunanlar
2👍2
Faqat "alhamdulillah" deb aytish bilan shukur komil bo'ladimi?

Aytamizki: yo'q!


Shukur komil bo'lishi uch narsa bilan bo'ladi:

1. Ne'matni qalbdan his qilishlik. (Buni menga Alloh ne'mat qilib bergan deb bilishlik)

2. Til bilan e'tirof etishlik. ( Allohni ne'matlarini gapirishlik, Allohga shukur, va hamd aytishlik. Alhamdulillah va shukrulillah kabi...)

3. Ne'matni buyurilgan o'rinlarga sarflashlik. ( Fisq-fasod uchun emas faqat yaxshilik yo'lida, Alloh yo'lida sarflashlik)


* misol uchun #vaqt. Vaqt bu kishi uchun ulkan ne'mat. Uni his qilib, bizga bugun yana fursat bergani uchun Allohga hamd aytib, vaqtimizni Alloh buyurgan ishlar bilan mashg'ul bo'lib o'tkazsak, mana bu Vaqt ne'mati uchun qilingan shukur hisoblanadi.

Masalan: Farzlarni to'liq ado qilish, Islomni ta'lim olishlik, ilm majlislarida qatnashishlik, qu'ron o'qishlik-yodlashlik. Tadabbur qilishlik va hokazo....


⌛️@sunanlar
👍82
Abdulloh ibn Shavzab aytadilar:

"Allohning yigit kishiga bergan ne'matlaridan biri, unga sunnatga ergashadigan odamni do'st qilib qo'yishligidir."

* ya'ni sunnatga ergashadigan odam birodarini ham doimo sunnatga targ‘ib qilib yuradi.

Kimga Alloh taolo mana shunday do‘st bergan bo‘lsa, bilsinki bu Allohning ne'mati ekan.

⌛️
@sunanlar
👍81
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Biz bugun nimalarni g'am qilib yuripmiz?

⌛️@sunanlar
2👍2
• Shukur haqida •

Davom etamiz... in shaa Alloh
8
Ne'matni ko‘ra bilmagan, uni ne'mat deb his qilmagan odam hech qachon shukur qilolmaydi.


• Eng katta boylik bu qanoat boyligidir.

* qanoat - insonning ko'ngli va nazari to'qligidir. Nazari och odam hech qachon to'ymaydi va shukur qilolmaydi.

⌛️@sunanlar
👍62
#hadis

Rosululloh solallohu alayhi vasallam Abu Hurayra roziyallohu anhuga aytdilar:

" Ey Abu Hurayra, Sen taqvodor bo'lgin, odamlarning eng obidi bo‘lasan.

Va qanoat qiluvchi bo'lgin, odamlarning eng shukr qiluvchisi bo‘lasan.

O'zinga yaxshi ko‘rgan narsani odamlarga ham yaxshi ko'rgin, mo‘min bo‘lasan.
(Bu iymon)

Va qo‘shninga yaxshilik qilgin shunda musulmon bo'lasan.

Va ko‘p kulmagin."


* haddan tashqari ko'p kulishlik oxiratni unutishlik va g‘aflatda qolish alomatidir.


Hadisning mavzumizga ta'luqli joyi: Va qanoat qiluvchi bo'lgin, odamlarning eng shukr qiluvchisi bo‘lasan.

Demak qanoat (nazari to'qlik) insonni shukr qilishga olib boruvchi yo‘llardan biri ekan.

⌛️@sunanlar
5👍2
Ilohiy sunnatlar
#hadis Rosululloh solallohu alayhi vasallam Abu Hurayra roziyallohu anhuga aytdilar: " Ey Abu Hurayra, Sen taqvodor bo'lgin, odamlarning eng obidi bo‘lasan. Va qanoat qiluvchi bo'lgin, odamlarning eng shukr qiluvchisi bo‘lasan. O'zinga yaxshi ko‘rgan…
Bu yerda umuman kulishdan emas haddan tashqari ko'p kulishdan qaytariq bor.

Ya'ni: kulgu odamni yoshartiradi, kim ko‘p kulsa umri uzoq bo‘ladi, bir martta kulgan odam 7 ta toshbaqa tuxumini yegandek bo‘ladi... degan gaplar mana bu hadisga butunlay teskari gaplardir.
👍62
Nima deb o‘ylaysiz banda uchun ne'matga shukur qilish qiyinmi yoki musibatga sabr qilish qiyinmi?
Anonymous Poll
74%
Shukur qilish qiyin
26%
Sabr qilish qiyin
👍103
Shukur qilish uchun yordam beradigan narsa bu - Taqvodir.

Alloh taolo aytadi:

وَلَقَدۡ نَصَرَكُمُ ٱللَّهُ بِبَدۡرࣲ وَأَنتُمۡ أَذِلَّةࣱۖ فَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ لَعَلَّكُمۡ تَشۡكُرُونَ

Bataxqiq, Badrda oz bo‘lsangizlar ham Alloh sizlarga nusrat berdi. Bas, Allohga taqvo qiling! Shoyadki shukur qilsangiz.

⌛️@sunanlar
👍8🔥2👏1
Zilzila

Shu yilni oʻzida baʼzi yerlarda ikkinchi yoki uchinchi marta zilzila boʻldi.

Umar roziyallohu anhuning davrlarida yer qimirladi, shunda u zot aytdilar: “Bu sizlarni qilgan gunohlaring tufayli. Agar yana qaytarilsa, sizlar bilan turmayman“. Umar ibn Abdulaziz rohimahulloh aytadilar: “Balo gunohlar tufayli tushadi va tavba bilan koʻtariladi“.

- Bu zilzila zolimlarga va xoyinlarga eslatma;

- Bu zilzila iffatsiz ayollarga va gunohkor qariyalarga eslatma;

- Bu zilzila qalbida musulmonlarga nisbatan hiqd va hasadi borlarga eslatma;

- Bu zilzila kofirlar tarafidan musulmonlar orasiga josuslik qiluvchilarga eslatma;

- Bu zilzila musulmonlarni qamayotgan, qamalishiga sabab boʻlayotgan togʻut va uni safdoshlariga eslatma;

“Ey qavmim, Robbingizdan magʻfirat soʻran, soʻng Unga tavba-tazarru qiling, shunda U zot ustingizga osmondan yomgʻir quydirar va kuch-quvvatlaringizga yana kuch-quvvat qoʻshar. Jinoyatkor-gunohkor boʻlgan holingizda (mening daʼvatimdan) yuz oʻgirib ketmanglar!” (Hud: 52).

Barchalaringiz Allohga tavba qilinglar, ey moʻminlar! Shoyadki (shunda) najot topsangizlar (Nur: 31).

Ey iymon keltirganlar! Allohga xolis tavba qilinglar! Shoyadki Robbingiz gunohlaringizni yuvsa va sizni daraxtlari ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritsa (Tahrim: 8).
👍4
Alloh subhanahu va taolo o'zining xolqidagi sunnatlarini (qonunlarini) kimgaki tushuntirsa, ana o'sha odam Robbisi tomonidan tavfiq berilgan va eng baxtli odamdir...



Davom etamizmi...?
👍22🤯1
بسم الله الرحمن الرحيم
1👍1
Shukur qilish uch narsa bilan komil bo‘ladi:

1. Qalbdan ne'matni his qilishlik.

وَمَا بِكُم مِّن نِّعۡمَةࣲ فَمِنَ ٱللَّه

"Sizlarda qaysiki ne'mat bo'lsa, barchasi Allohdandir"

2. Til bilan shukr qilishlik.

Bu tilda zikr qilishlikdir (alhamdulillah, Allohga shukrlar bo'lsin kabi)

3. Badan, a'zolar bilan shukr qilishlik. Yana bir nomi Shukrni amal qilishlik ham deyiladi.

Amal bilan shukr qilishlik bu Alloh bergan ne'matlarni Alloh rozi bo‘ladigan joylarga sarflashlikdir.

⌛️@sunanlar
👍1