Suhrob Abduaxatov | Marketing | Sotuv | Onlayn kurslar
201 subscribers
71 photos
12 videos
19 links
🎯 Onlayn Kurslar | Marketing | Sotuv | Dasturlash haqida gaplashamiz

💰 400.000$ ga yaqin sotuvlarni amalga oshirganman

"Fulfil MCH" va @rizqimuz loyihalari rahbariman

❗️Muvaffaqiyatsiz loyihalarim soni: 8 ta

Bog'lanish: @Abdivaliyevich
Download Telegram
Yandex chaqirdim haydovchida reyting 5.0 ekan.

Biroz turib moshina keldi.
- Mashinaga o’tirishimdan oldin menga oldi o’rindiqni moslab berdi
- Sovqotib qolmadizmi, yaxshimisiz deb so’radi
- Yo’lda gaplashib keldi
- Tushishimdan oldin o’zizni asrang charchamang deganga o’xshash manoda gapirib xayrlashdi

Nega Reytingi 5.0 ekanligini tushindingizmi? Servisga gap yo’q.

Hamma joyda yaxshi servis ko’rsata oladiganlar doim yaxshi daromad qilishadi

@suhrobabduaxatov
👍216
❗️Sotuv jamoamiz uchun Sotuv operatori qidiryapmiz!

Sotuvlar orqali pul topishga qiziqishi kerak: Ishlamoqchi bo'lganlar @Abdivaliyevich o'zimga aloqaga chiqing

Ishni o'zimiz o'rgatamiz, kuchli mutaxassislar videokurslarida o'qitamiz. Ish bilan taminlab oylik maosh beramiz

Ish vaqti: 09:00 - 18:00 gacha. Offlayn Toshkent shahri, Yunusobod tumani
Ha aytgancha 1 kishiga bepul «zapusk»lar bo'yicha konsultatsiya o'tib bermoqchiman.

Aynan onlayn kurslar sotuvi «zapusklar» bilan shug'illanib yurganlar bo'lsa izohda "+" qoldiring qiziquvchilar yetarlicha bo'lsa bir kishini tanlab olib konsultatsiya o'tib beraman.
🔥 Rekordlar yangilandi.

Bilasiz Fulfilda «Zapusk» lar bilan shug'ullanamiz.

Kecha 26-yanvar jamoamiz bilan o'zimizning shaxsiy rekordlarimizni yangiladik.


Webinarga kirishlar soni: 2700 ga yaqin
Webinarga kirish konversiyasi: 17% ga yaqin
Sotuv vaqtida: 2000+ inson sotuvlarni kuzatdi

Nima deb o'ylaysiz? Nechta kurs sotuv qildik va qancha lid oldik?😎

@suhrobabduaxatov
4
Jamoa uchun ofisni kengaytirmasak bo'maydi shekilli😊

Jamoa azolarimiz ko'paygan sari ofisga tiqilib qolyapmiz.

Qisqa qilib aytganda bu holatda yangi ofis izlash yaxshi tashvish hisoblanadi

@suhrobabduaxatov
🔥7
Sizga yuqori natija olib keladigan qobiliyatlar

1. Sotuv — Siz sotuv qobiliyati orqali yuqori daromad olib kelish hattoki tejab qolishingiz mumkin.

2. Muzokaralar olib borish — Uchrashuvlarda insonlarni ko'ndira olish, fikrlarni o'tkazish va ularni o'z g'oyalaringizga ishontira olish bu juda katta mahorat hisoblanadi.

Muzokoralar ham bir bilim va qobiliyat (Unda nima deb gapirishdan tortib, qanday kiyinish, qayerda uchrashish, qaysi restoranga borish barchasi muhim)

3. Yozish(Kopirayting) — Sotuv xatlari yozish, insonlarni rozi qila oladigan xabarlar yoza olish bularni barchasi sizga katta imkoniyat ocha oladi.

4. Jamoani boshqarish — Liderlik qobiliyati, jamoani boshqarish va o'z fikrlarini yetkiza olish orqali kuchli jamoa tuza olasiz.

5. Muammolardan qochmaslik — Qancha bulardan qochsangiz kattalashib ketaveradi, doimo muammolarda qarshi insonlarga to'g'ri tushuntiring va muammolarni navbatma-navbat eng kattalaridan boshlab hal qiling.

6. Risk — Yuqoridagi barchasi sizda bo'lsayu, lekin risk qilolmasangiz sizda yuqori natijalar bo'lmaydi.

Bularni barchasini o'zimda sinab ishlatib ko'rganman va bular juda muhim

@suhrobabduaxatov
4👍1
Aslida sizga singib ketgan qadriyatlar oila, ota-onangiz, ustozlar, muhitdan sizga o'tadi

Masalan:
- Dadam yaxshi muzokorachi, menam yaxshi muzokaralar olib boraman
- Ayam yaxshi sotuvchi, menam yomon sotuvchi emasman
Va ko'plab eng muhim bir qancha menga singib ketgan ko'nikmalarni ota-onamdan o'rganganman.

O'zimni yanada chuqurroq analiz qildim menda yaqin yillarda shakllangan bor muhim ko'nikma va prinsiplarni ustozlar va atrofimdagi muhitdan olayotganimni tushundim.

Tanishimdan: Prinsiplarni o'rgandim

Bir ustozimdan: Jamoani boshqarish, Muammolarni tez hal qilish, Risk qilishni o'rganganman

Boshqa bir ustozimdan: Insonlarni qadrlash, hurmat, ijobiylik va boshqalar

Va ko'plab yaqin yillarda menda shakllangan bazi ko'nikmalar va bilimlar (Ustozlarimdan va atrof muhitdan kelgan)

❗️Nima demoqchiman? Gap sizni qanchalik bilimli va juda ko'p harakat qilishingizga bog'liq emas

Asl haqiqat siz o'zingizni to'g'ri vaqtda to'g'ri joyda bo'lishingizni taminlash va o'sha to'g'ri joylarni, va to'g'ri odamlarni izlash bilan band bo'lishingizda.

Men bu yil yanada yangi ko'nikmalar va bilimlarni egallash uchun yangi muhitlarga va yangi ustozlarga bir necha ming $ lar to'lashga tayyorman...

Chunki bu karrali ravishda o'zini oqlaydigan investitsiya

@suhrobabduaxatov
6👍3
Nega ko’rinmayapman?

Chunki vaqt kam, ishlar ko'p. Oxirgi ‘’zapusk’’ sotuvlarimiz 3-4 kun ichida tugaydi.

U tugallanishi bilan boshqa ''zapusk'' boshlanadi.

Jamoamiz o'syapti qariyb 3-4 oyda bir necha baroborga o'sdik. Ofisga sig'may qolyapmiz.

Meni eng xursand qiladigani, bu jamoadagi muhit. Bir birini qo'llab quvvatlaydigan va quvnoq jamoa.

Men doim 1 bo'lganlarni olib kelishni emas, 0 bo'lganlarni 1 ga olib chiqishni yaxshi ko'raman va bu men uchun qadrliroq.

Yil oxirigacha yana bir necha barobar o'sishimiz kerak. Bu uchun yanada yangi jamoa a'zolari va shogirdlar kerak.

Yaqin oylarda Zapusklar yo'nalishida jamoa yig'ish uchunam shogirdlar olishim mumkin xabardor bo'lib turing.

0 dan 1 ga chiqish navbati siznikidir)

@suhrobabduaxatov
👍31
Bir kuni menga yaxshi pul topyapsan a deb qolishdi

Yaxshi pul topish nisbiy tushuncha men hali o'zimni yo'lni boshidaman deb o'ylayman va natijalar menga qiziqroq.

Endi yaxshi pul topishga kelsak, bundagi asosiy omillardan biri bu MA'SULIYAT va RISK!

Odatda, O'zbekistondagi o'rtacha maoshdan bir necha o'nlab barobar daromad qilishingiz uchun siz o'nlab ma'suliyatlarni o'z bo'yningizga olishingiz kerak.

Masalan, jamoaingizda 15 kishi bor.

Bu 15 kishini ma'suliyati sizni bo'yningizda va siz ularga javobgarsiz, ularni muammolari sizni muammolaringiz. Ularni qiyinchiliklari sizniki ham.

Ularni o'sishi haqida ko'proq siz o'ylashingiz va ularni moddiy va manaviy ma'suliyatini taminlashga sababchi bo'lishingiz kerak.

O'z o'zida bu oson emas, shu sababli ham ma'suliyat olganlar ma'suliyati yo'q bo'lganlardan ancha ko'p daromad qiladi.

Siz ham ishlayotgan ish joyingizda ma'suliyat olish uchun izlaning o'rganing va o'z zimmangizga oling shunda yanada ko'proq o'sasiz va ishlab topolasiz.

@suhrobabduaxatov
5👍2
Kopirayterlar Diqqatiga!

Yaxshi postlar va sotuv matnalari kuchli auditoriya taxlilidan kelib chiqib yoziladi.

Yani JTBD intervyulari, CustDev kabi o'tkazilgan xulosalardan kelib chiqib sotuv matnlari yozsangiz mijozlar narxi arzonroq va sifatliroq tushadi. Shu sababli bularni o'rganishingizni tavsiya qilaman bularsiz bo'lmaydi axir)

Aytgancha bundan tashqari sotuv xatlari yoza olish ko'nikmasi ko'p bor takror takror yozishlar orqali rivojlanadi. Joyi kelsa bir necha yuzlab xatlar yozib ko'ring.

"Bizda eng yaxshi", "Bizda mamnun mijozlar", "Top xizmatlarimiz" "Sotib olsangiz afsuslanmaysiz" kabi o'tgan asrdan qolgan gaplardan to'la va gramatik to'g'ri imlo bilan yozilgan, belgilar ishlatilgan postlar bu kopirayting emas.

Menimcha O'zbekiston bozorida kopirayting bozori deyarli bo'sh yani haqiqiy kopirayting yo'nalishi. Shu bozorda siz o'z o'rningizga ega bo'lishingiz mumkin, bunga nima to'sqinlik qilyapti bosing endi....

@suhrobabduaxatov
👍3🔥1
🔥 Python, Backend zapuski yakunlandi.

O’zimiz uchun rekordlarni yangiladik.

Bir vaqtni o’zida 6 ta sotuv menejerlar ishlashdi.

Har bir zapusk yangi tajribalar hisoblanadi.

Eng yaxshi sotuvchimizga Tashakkurnoma va mukofot taqdim qildik. Konvertga solish esdan chiqibti)

Har bir zapuskda eng yaxshi sotuvchini taqdirlaydigan bo’ldik.

Zapusk bu - “Onlayn kurslarni ko’p hajmda sotish”

@suhrobabduaxatov
🔥6
🔥Yangi shaxsiy rekordlarni yangiladik

Rus tili yo’nalishida 21-22-fevral kunlari bepul vebinar o’tkazdik

Vebinarda 2 ta shaxsiy rekordni yangiladik
1. Faoliyatimizdagi eng ko’p trafikni olib keldik — 23.000 ga yaqin ( Oldingi rekord 19.000 ta edi)

2. Jonli efirda eng yuqori ko’rsatkichda kirishlar soni — 3294 tani tashkil qildi (Oldingi rekord 2670 ta edi)

Har bir vebinar yangi xatolar va muammolar bilan o’tadi har birida yangi instrumentlardan foydalanib ko’ryapmiz.

@suhrobabduaxatov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥31
Tungi ish boshlandi

Negadir tunda uyqim qochib yangi g’oyalar kelishni boshladi.

Uyda ishlash uchun hamma sharoitni tayyorlaganman)

@suhrobabduaxatov
6🔥4
1 oyda qo'shimcha 500$ gacha daromad topish yo'lini o'rgatmoqchiman

Bu kasb: Onlayn vebinarlar o'tkazib beruvchi Texnik xodim!

O'rganish uchun 1 hafta ham muddat ketmaydi! Balki 2-3 kunda ham o'rganib olishingiz mumkin!

BEPUL videolar orqali ham bu kasbni o'rganib olishingiz mumkin

Vazifangiz: Onlayn vebinar taqdimoti, vebinar o'tuvchi shaxs va shu kabilarni Youtubega jonli efirda obchiqish, efir to'xtab qolmasligi, qotib qolmasligini ta'minlash kabilardan iborat

Namuna: Rasmda keltirib o'tganman

Doimo efirlar kechki paytlarda o'tkaziladi, asosiy ishingizdan chiqib 3-4 soat vaqtingizni efirga sarflashiz yetarli. Bitta efirga o'rtacha 400-500ming so'm to'lashadi!

Bu degani kamida bir oyda 10-15 ta efirga chiqsangiz ham 500$ daromad topa olasiz!

Kim sinab ko'radi? O'zim zakaz topishda yordamlashvoraman, omad

@suhrobabduaxatov
🔥7
Eng MUHIM 7 ta xulosam

1-xulosa: Sizdan 10x ko'p natija qilayotganlar sizdan 10 barobor ko'p narsani biladi degani emas deyarli siz kabi bilimlarga ega faqat ularda yo'l ko'rsatib turadigan va shu muammolarni bosib o'tgan ustoz bor.

2-xulosa: Biror sohani mutaxassisi lekin 500-1000$ atrofida daromad qilayotgan insonlar bilan 5000$+ daromad qilayotganlar o'rtasida katta farq yo'q, va siz agar 1000$ atrofida daromad qilayotgan bo'lsangiz va 5000$ daromad chiqish imkonsiz deb o'ylasangiz adashasiz. 1000$dan 5000$ ga ko'tarilishingizga 1 oy ham vaqt ketmasligi mumkin, menda bu borasida aniq ishlaydigan keyslar bor )

3-xulosa: Ko'p insonlarda shunchaki amalga oshirishgina yetmaydi, eng zo'r g'oyalar fikrlarni o'ylashadi lekin yillar davomida amalga oshirmaydi va qolib ketaveradi. Just do it )

4-xulosa: Eng katta muammo fikrlashda, shu sababli fikrlashga bog'liq video va bilimlar olishga harakat qiling. Yoki muhitni almashtiring, atrofingizdagilarni o'rtachasi hisoblanasiz.

5-xulosa: Ichingizdagi menni yo'qota olib xatolaringizni tan olishni boshlang.

6-xulosa: Yangi bilimlar olishingizda eng katta to'siq bu sizni eski bilimlaringiz. Shu sababli ham ba'zida bizneslarda o'sishga xalaqit beradigan inson ba'zida biznes egasini o'zi bo'lib qoladi

7-xulosa: Daromadingiz o'smasligiga sabablardan biri bu sizda ma'suliyat yo'qligi va harakat qilishingiz, daromadingizni o'stirishga yetarlicha sabab yo'qligida. Katta o'sishlarimdan biri 80 mlndan ortiq qarzga kirganimda bo'lgan.

@suhrobabduaxatov
👍13
Aytgancha ertaga biroz vaqtim bor!

Toshkent shahrida bo'lsangiz BEPUL konsultatsiya o'tkazmoqchiman. Bu g'oya hozir kelib qoldi.

Bu konsultatsiya sizga to'g'ri keladi agar
- Kichik bizneslar marketing va sotuvi
- Onlayn kurslar marketingi zapusklari
- Sotuv va sotuv jamoasini qurish
- Jamoa boshqaruvi mavzularida muammolaringiz bo'lsa bu sizga foydasi tegishi mumkin chunki konsultatsiyada muammolaringizni to'liq analiz qilib o'sish nuqtalarini aniqlab "A dan Z gacha qadamlarni birga tuzib chiqamiz".

Aytgancha nega aynan bu mavzuda konsultatsiya beryapman, chunki bundan bir qancha oy oldin o'zimdagi o'sish nuqtalarni aniqlab aniq plan asosida xarakat qilib boshlaganimdan so'ng 2 oyda daromadim 3x o'sgan.

* Faqat 1 kun ertaga cheklangan miqdorda va muammolardan kelib chiqib tanlab olib konsultatsiya beraman

👉 BEPUL Konsultatsiya uchun ariza qoldirish

O'zingizda natijalar qanday desangiz Fulfil group va rizqim.uz loyihalarni yuritaman so'ngi 4 oyda 800 ga yaqin o'quvchilar onlayn kurslarimizda o'qishishni boshlashdi va jamoamda hozir 22 kishi bor (Bu raqamlarda ustozlar kiritilmagan).

@suhrobabduaxatov
👍2
Kopirayter bo'lsangiz kichkina yordamingiz kerak!

Qo'llanma tayyorlaganman. Shuni ichidagi jumlalar joylashuvi va imloviy xatolarni ko'rib tahlil qilib berishga yordam kerak.

Aytgancha yordam yoki portfolio ko'rinishida pul to'lanmaydi. Ko'p vaqtingizni olmaydi 30 daqiqani olishi mumkin menimcha.

Agar yordam berolsangiz: Hammaga rahmat topildi
⚡️Mart oyining eng yaxshi sotuvchisi

Sotuv jamoamiz uchun Mart oyini eng yaxshi sotuvchisi aniqlandi.

Mart oyi uchun sotuv jamoamiz a'zosi Nasiba Temirova eng yaxshi sotuvchi bo'ldi.

@suhrobabduaxatov
👍6