Suhrob Abduaxatov | Marketing | Sotuv | Onlayn kurslar
201 subscribers
71 photos
12 videos
19 links
🎯 Onlayn Kurslar | Marketing | Sotuv | Dasturlash haqida gaplashamiz

💰 400.000$ ga yaqin sotuvlarni amalga oshirganman

"Fulfil MCH" va @rizqimuz loyihalari rahbariman

❗️Muvaffaqiyatsiz loyihalarim soni: 8 ta

Bog'lanish: @Abdivaliyevich
Download Telegram
O'zbekistondagi o'z sohasini Top ekspertlari bizning jamoamizga trening qilib berishini yo'lga qo'ydik

Bir oyda o'rtacha 2 marta kuchli mutaxassislar jamoamiz o'sishi uchun katta treninglar qilib berishini tashkil qildik.

Hozirda Sotuv jamoamizda 9 kishi ishlashyapti, eng qizig'i shu 9 kishi murojaatlarga ulgurolmay qolyapti.

Yana kamida 2 ta sotuvchi olishimizga to'g'ri keladi⚡️

P. S: Agar siz bizning jamoaga qo'shilsangiz kuchli mutaxassislardan doimiy treninglar olib turasiz

@suhrobabduaxatov
🚀Aprel oyining eng yaxshi sotuvchisini taqdirladik.

Ishqilib, rasmdagi Aprel oyidagi eng yaxshi sotuvchimiz ismi Abdulla - 19 yosh

Yanvarda 0 dan ish boshlab Aprelda eng yaxshi sotuvchiga aylanyapti

Eng qizig'i Abdulla juda og'ir bosiq va insonlar bilan chiqishishda yopiq edi.

Shu uchun ham men doim takitlayman istalgan insonni kuchli sotuvchi qilib o'stirish mumkin, bu uchun muhit va yaxshi ustozlar bo'lsa yetarli

P. S: Rasmda konvert ko'rinyaptimi?

P. S. S: Aytgancha Abdulla Iyun oyi uchun ham eng yaxshi sotuvchi bo'lish uchun kurash olib boryapti)

@suhrobabduaxatov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚀May oyining eng yaxshi sotuvchisi

Rasmdagi sotuvchimiz Jahongir, biz bilan 3-4 oycha oldin ish boshlagan.

Aytgancha Jahongir biz bilan ishlashdan oldin qurilishda ishlagan.Bizga kelguncha sotuv bo'yicha hech qanday tajribasi bo'lmagan.

Yaxshi xohish, o'rganish va harakat sababli May oyi uchun eng yaxshi sotuvchiga aylandi.

Kengayyotganimiz tufayli yangi 2-sotuv bo'limi qurilyapti Jahongir ROP(Sotuv bo'limi boshlig'ilikni) topshirib ko'rsam bor kuchi bilan harakat qilishini va o'ziga ishonayotganini aytdi.

Nega yo'q? Men topshirdim hozirda "test" rejimida ish boshladi.

Ishqilib ashinaqa, bizda kelib 3 oy o'tmasda bir bo'limni boshqarish lavozimigacha chiqib ketishi mumkin.

Faqat o'zida kuchli xohish va katta mehnat bo'lsa yetarli.

@suhrobabduaxatov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥Iyun oyining eng yaxshi sotuvchisi uchun Iphone 12 qo'yishga qaror qildik

Ba'zi bir qo'yilgan talablarni birinchi bajarib bo'lgan 1 kishi Iphone 12 bilan taqdirlanadi.

Bu oylik + KPI lardan tashqari bizning loyiha tomonidan sovg'a.

Men ishonaman bu sovg'aga albatta qaysidir sotuvchimiz erisha oladi.

P. S: Menga ham qiziq kimga nasib qilarkan a?

@suhrobabduaxatov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Bilasizmi men, sotuv jamoamiz ofisga bir kunda 1 soat yoki 2 kunda bir marta boraman.

Nega ofisga juda kam boraman, sababi jamoa mensiz ham ishlay oladigan va kuchli o'sish tempiga chiqa olishi kerak.

Men ofisga bormagan vaqtimda nima qilaman? Albatta ishlayman, chunki loyihalarimiz kengayishi jamoaga shuningdek menga ham katta bosim beradi.

Maqsadim nima?
Maqsadim bir vaqtni o'zida bir nechta yo'nalishlarda onlayn kurslar tashkil qilish va onlayn maktablarni hosil qilish. Buni men "zapusk" texnologiyalari orqali amalga oshirish ustida ishlayapman.

Aytgancha, "zapuskni" tushunadiganlar biladi tizimli "zapusk"ni ishga tushirishni o'zi qiyin jarayon yani bu degani - sizda har oy katta mashtabda onlayn kursingiz sotuvi bo'lishi kerak.

Men esa hozirda tizimli zapusk emas, parallel tizimli zapusklar tashkil qilish ustida bosh qotiryapman va ishlayapman.

Iyun oyi uchun 2 ta zapuskimiz ketyapti.

Keyinchalik bu 1 oyda 3 ta zapuskga chiqishini rejalaganman.

Bu jarayonlarni hammasi jamoa va mendan katta kuch talab qiladi

@suhrobabduaxatov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Odatda bir kunda kamida 12 soat vaqtim ish va rivojlanish, uchrashuvlar uchun ketadi.

Bunday tempda ishlay olishingiz uchun sizni oilangizda barcha, qo'llab-quvvatlashi va oilangizdan ko'nglingiz to'q bo'lishi kerak.

Meni esa Allohga shukr doimo ota-onam, turmush o'rtog'im, oilam barcha to'g'ri tushunib qo'llab-quvvatlab turadi bu esa menga kuch beradi.

@suhrobabduaxatov
🎯 Yetqizganiga shukr

Yangi moshinali bo’ldim, Alloh yetkazdi. Bu ota-onam, oilam va albatta jamoamdagilarni natijasi.

Shuni tushundimki, katta orzu va maqsadlar qilib harakat qilishdan to’xtamasangiz hammasiga yetishasiz.

Oddiy chekka bir qishloqdan chiqgan
- O’qishga kirganida 1 mln 500 ming so’mlik telefonni olishga puli yetmagan, 200 ming so’mlik telefon sotib olgan
- Kursdoshlari yaxshi kafeda yig’ilganda 100 ming pul tejash uchun, kafega borolmagan
- Onasi deyarli yarim yillik oyligini noutbook sotib olishi uchun yig’ib bergan
- Otasi ikkita farzandi ham kontrakt o’qishga kirib qolishini bilib va o’qitishga qiynalishini bilsada farzandlari kelajagi uchun eng yaxshi unversitetlardan biriga kirishiga ruxsat bergan

Bu men, va men unversitetni tugatyapman Diplom olish arafasidaman

Allohni fazli bilan bu vaqt oralig’ida
- 25+ jamoa azolariga ega 2 ta loyihani qurdim
- O’zim yig’gan pulga uylandim
- Uy qurdik
- Moshina oldik
- Iphone, Macbook
- Kontraktlar va 1000$+ lik kurslar
- Siz bilmagan muvaffaqiyatlar

Ambitsiyali bo’ling o’zingizni qiynashga, o’sishga tayyor bo’ling.

Shunchaki harakat qiling ota-onangizni duosini olib natijani Allohdan kuting⚡️

P. S: Tabriklarni izohda kutaman :)

@suhrobabduaxatov
🔥41
Nimaga shoshyapsizlar, shoshmang.

Sohamdan kelib chiqib ko'p mutaxassislar bilan ishlashimga to'g'ri keladi.

Ko'pchiligi biror sohani o'rganib 2-3 oy o'tmasdan 1000$+ topaman deb o'ylaydi va o'z xizmatlari, ishiga ko'pincha qimmat narx berishni boshlashadi.

Yoki har oy oyligi ko'tarilishini o'ylaydi. Biroz shoshmang, kamroq oylik berishsa ham o'z ustingizda ishlashga tayyor bo'ling boshlaganingizda hech qachon 2 oyda, 3 oyda, yoki 6 oyda daromadingiz 5-10x oshib ketmaydi.

Misol tariqasida men sohaga kirganimga qariyb 4 yil bo'lyapti oxirgi 1 yilda karrasiga o'sishlarni sezyapman.

Oxirgi 1 yilda tinimsiz yangi takliflar kelishni boshlagan, oxirgi 1 yilda men tanlab ishlashni boshlaganman. Tushunyapsizmi? Shu holatga kelish uchun back'da orqada 3 yil turibti.

Bu 3 yil orasida
- Qancha kitob o'qidim
- Nechta podkast, intervyu, darslar ko'rdim
- Qancha kurslarga qatnashdim
- Shaxsiyat, fikrlash o'sishi uchun nechta odamlar bilan suhbatlashdim

Buni hisobga olishingiz kerak, tez bo'lishini xohlamang tez bo'lmaslik ehtimoli katta, sekin tizimli o'sishga yetmaydi.

@suhrobabduaxatov
🔥6
O'sganingiz sari sokinlashib qolarkansiz

Kuni kecha kuchli tadbirkorlar yig'ilgan va 1 oyda 2 marta bo'lib o'tadigan mastermindga qo'shildim.

U yerda bir bolada 2-3 yil oldingi o'zimni ko'rdim. Mastermindni 1-uchrashuv bo'lgani sababli filtr qo'yilmagan va endi o'sayotgan 1-2ta insonlar ham kelib qolishgan.

Shularni orasidan bittasida juda ko'p fikrlarga qo'shilish, tasdiqlatish ba'zida asossiz savollar berish bor ekan, bu aslida zo'r.

Nega bilasizmi? O'zidan yuqori darajadagi insonlar orasiga tushib qoldi.
- Lekin qo'rqmayapti, savollarini ishonch bilan beryapti
- Gaplarga qo'shilyapti, ba'zida kimlarnidir gapirini bo'lvoryapti
- U o'rganyapti, u eng muhimi shu mastermind clubini o'ziga ravo ko'rib menam kelishga arziyman deb mag'rur turibti.

Ishoning shu bola 2-3 yildan keyin zo'r darajaga erishish ehtimoli bor.

Endi mavzuga qaytsak, men esa 2-3 yil o'tib ancha sokinlashib qolganman. Asossiz gapirmaydigan, argumentsiz fikr bermaydigan, jim turadigan bo'lib qolganman.

O'sganingiz sari sokinlashasiz

@suhrobabduaxatov
🔥7👍21
Soat 00:21 ro'paramda bir inson ishlab o'tiribti

Bundan 2 yil oldingi holat esimga tushdi, sevgan kasbni emas bazida kasbni sevishga to'g'ri keladi.

Aynan bizni holatda bozori bor rivojlanadigan kasbni tanlashimiz va unda o'zimizga yoqadigan sevadigan qismlarni topishimiz kerak.

Chunki, ro'paramda ishlab o'tirgan yaqin insonim bundan 2 yil oldin 5 yil o'qigan va borini bergan, sevgan sanat sohasini to'xtatib marketing + sotuvlar sohasiga o'tgandi.

Bugun uning kursdoshlari universitetni bitiryapti, lekin u hozirda marketing + sotuvlar yo'nalishida loyihalar olib $$$$ ishlab topyapti.

P. S: Ba'zida sevgan ishni emas, bozori bor o'sadigan, daromadli sohalardan sevimlisini topib hard work qilish muhim)

@suhrobabduaxatov
🔥6
Qiziq holat

Bir loyiha uchun sotuv menejeri qidirdik va kattakon qilib faqat ayol, qizlar uchun deb yozilgan.

Lekin, vakansiyaga ariza qoldirganlarni yarmi o'g'il bolalar.

Hech qachon faqat qiz, ayollar kerak degan e'lonlarga ko'rib turib qiz, ayol bo'lmasangiz ariza qoldirmang.

@suhrobabduaxatov
👍5
Bugun jamoamiz a'zolari Fulfil group loyihamizda ishlashidan qanchalik mamnun ekanligi haqida gaplashamiz.

@suhrobabduaxatov
🔥6👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Video Fulfil jamoasi sotuv menejeri Nasiba Temirova tomonidan tayyorlangan.

Aynan jamoamiz, va jamoadagi muhit haqida batafsil gapirib berishga harakat qilgan)

P. S: Videoni albatta ko'rishingizni tavsiya qilaman)

@suhrobabduaxatov
🔥43👍2
Forwarded from Jahongir
Doim ham hamma narsa borib pulga taqalavermaydi, ba’zi narsalar borki million hatto milliard pul bilan ham sotib olish qiyin.

Bu hurmat va e’tibor. Bugun yana bir bor shunga amin bo’ldim.

Fulfil jamoasida ishlayotganimdan hursandman, u yerdagi har bir inson o’z oila a’zolarimdek bo’lib ulgurishgan. Fulfil jamoasi men uchun 2-oilam deb bemalol ayta olaman.
Hammalaringiz men uchun qadrlisizlar.

Hurmat bilan Olimxojayev Jahongir.

Sana: 2024-yil 15-iyun.
4🔥3👍1
Forwarded from Noila Abdurashidovna
Men ham shu jamoaga qoʻshilganimdan keyin bildim, haqiqiy hamjihat, quvnoq, bir birini qoʻllab quvvatlaydigan jamoa qanday boʻlishini. Judayam xursandman sizdek insonlar bilan ishlayotganimdan. Haqiqiy samimiy, chin dildan bir biriga yordam beradigan insonlarsiz. E'tibor uchun katta rahmat...
🔥32👍1
Aytgancha bu fikrlarni jamoamizdagilarni o'zlari qoldirishgan, yana majburlab yozdirilgan yoki portfolio uchun qilingan deb o'ylamangizlar😃)

Rostini aytsam, shunaqa fikrlar kelganidan o'zimam xursand bo'ldim sizlarga ham ulashishga qaror qildim

@suhrobabduaxatov
6👍2🔥2
Masalliqni siri nimada? Siri, topgan "oltinlarim"ni yashirmasdan boshqalarga ham ravo ko'rishimda

Men bilan ishlaydigan frilans mutaxassislar boshqalarga nisbatan menga ancha yaxshi narxda va VIP tarzda xizmatlarini berishadi.

Nega unaqa? Sababi men ularni hamma uchrashuvlarda, turli joylarda chin yurakdan yashirmasdan boricha tavsiya qilaman va natijalarini, menga berayotgan qiymatlarini mamnun bo'lib gapirib beraman.

Bu esa men topgan "oltinlar"ga yanada xaridor ko'payishiga olib keladi. Lekin doimo bu frilans kuchli mutaxassislar menga narxlarni ko'tarmasdan va VIP mijoz sifatida xizmatlarini taqdim qilishadi.

Chunki chin yurakdan manfaat ko'zlamasdan boshqalarga tavsiya qilishimni ular yaxshi sezadi va bu hislatimni qattiq hurmat qilishadi.

Tavsiya!
- Baxil bo'lmang o'zizga ravo ko'rganingizni va o'zingiz topganingizni boshqalarga berishdan tortinmang, olganimiz emas faqat-faqat berganimiz bizniki)

@suhrobabduaxatov
3
24 kundan buyon blogda ko'rinmadim, o'zi nimalar qildim?

- Bu orada HR bo'yicha kurs tugatdim va HR bo'yicha treningda qatnashdim jamoamiz kengaygani sari jamoaga yangi qoidalar, prinsiplar, qadriyatlar kiritishga to'g'ri kelyapti va shuni ustida ishlayapman.

- Yangi yo'nalish Buxgalteriya bo'yicha zapusk o'tkazib ko'rdik va kutuvlarimizdek o'tdi deyolmayman lekin doim sinab ko'rish, qilib ko'rish bajarish menga qiziq.

- Rus tili yo'nalishida eng katta webinarlarimizdan birini o'tkazdik efirda bir vaqtni o'zida 2600 dan ortiq odamlar o'tirishdi va o'zimiz kutgan sotuvlarni amalga oshira oldik, kursga qiziqib ro'yxatdan o'tganlar soni 650 dan oshib ketdi va sotuv jamoamiz ulgurmayapti.

- Yangi yo'nalishda ekspert bilan shartnoma qildik Pediatr bozoriga kiryapmiz, 27 yillik tajribaga ega odamlar orasida anchagina nomi chiqgan ekspert bilan ish boshladik. Avgust oyida webinarlarini o'tkazamiz Nasib etsa.

- Hozirda jarayonda Dasturlash yo'nalishida zapuskimiz uchun "lid" kanalga trafik yig'ish bilan bandmiz.

- Sotuv bo'limini A dan Z gacha qurish bo'yicha 2 ta sotuv bo'limida sinovdan o'tkazib anchadan buyon tajriba qilib kelayotgan bilimlarimni notion ya'ni qo'llanma daftarimga kiritib chiqdim va endi bu bilimlar tayyor qo'llanma holatiga keldi, lekin ommaga ochiq emas.

@suhrobabduaxatov
👍3
Eng to'g'rida o'tirvolib gapirayotgan menman⚡️

Orada tanishim yangi sotuv bo'limi tashkil qilgan ekan ularni taklifiga ko'ra jamoasiga trening qildim.

Doim dars o'tish o'zimga yoqadi, shu sababli bu kabi takliflarni odatda qabul qilaman.

Sotuvchilari soni 6 ta ekan.

Barcha bilan muammolari ustida ishlashga harakat qildik va men asosan sotuv instrumentlari emas sotuv psixologiyasi haqida bilim berishga harakat qilaman.

Chunki instrumentlarni har qanday joydan o'rganish mumkin lekin shaxsiyatni to'g'rilab olish va to'g'ri fikrlash yaratish oson emas

@suhrobabduaxatov
👍2