©️SUDEX.UZ | RSEM | РЦСЭ
853 subscribers
5.17K photos
457 videos
9 files
1.62K links
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi

☎️ +99871-209-11-55
🌐 sudex.uz
📩 info@sudex.uz
📱 facebook.com/sudexuz
🎥youtube.com
🤖 @sudexuz_bot
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida Sud ekspertiza sohasi bo’yicha davra suhbati oʻtkazildi

Bugun, 26-dekabr kuni Adliya vazirligida sud, prokuratura, ichki ishlar organlari, davlat sud-ekspertiza muassasalarining mas’ul mutaxassislari, advokatlar va boshqa tegishli tashkilotlarning vakillari ishtirokida “Sud ekspertiza sohasida 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va kelgusidagi vazifalar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Mazkur davra suhbatida Adliya vazirligi boshqarma boshlig’i J.Nuritdinov so‘zga chiqib, bugungi kunda jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini kafolatli himoya qilinishida, jinoyatchilikning oldini olish va uni fosh etishda sud ekspertiza tadqiqotlari natijalari muhim ahamiyatga ega ekanligini, shuningdek ushbu sohani takomillashtirishga oid amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar, muammolar va kamchiliklar hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar haqida ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, tadbir mobaynida X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi, Ichki ishlar vazirligining Ekspert-kriminalistika bosh markazi, Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan xorijiy davlatlarning tajribalari asosida fikr va mulohazalar bildirildi.

Shu bilan birga, davra suhbatida sud ekspertiza sohasida kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan eng muhim va dolzarb ustuvor vazifalar batafsil muhokama qilindi va mazkur tadbir natijasi yuzasidan sohani yanada takomillashtirish hamda mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️ OAV biz haqimizda!!!

Ekspertiza imkoniyatlari

📽 X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Xorazm viloyati bo‘limi faoliyati haqida videolavha.

Batafsil ma`lumot👇🏻
☎️ 71-209-11-55
📩 info@sudex.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ OAV biz haqimizda!!!

2024-yil faoliyati sarhisobi

📽 «Sud ekspertiza sohasida 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar» mavzusida davra suhbati tafsilotlari.

Batafsil ma`lumot👇🏻
☎️ 71-209-11-55
📩 info@sudex.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️ OAV biz haqimizda!!!

📽 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2024-yil 18-dekabrdagi 849-son qarori tafsilotlari.

Batafsil ma`lumot👇🏻
☎️ 71-209-11-55
📩 info@sudex.uz
Aziz yurtdoshlar!

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi barchangizni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

2025-yil “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” barchamiz uchun qutlug‘ va barakali kelib, ezgu orzu niyatlarimizni ro‘yobga chiqarishda, kelajagimiz uchun zamin hozirlashda beqiyos imkoniyatlar yili bo‘lsin!

Istiqlolimiz mangu, yurtimiz tinch, hayotimiz farovon bo‘lsin!

Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy hotirjamlik va yil davomida yaxshi kayfiyat hamroh bo‘lishini tilaymiz.
Kirib kelayotgan yil barchaga omadli va barakali yil bo‘lsin!

Hurmat bilan, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi jamoasi.
❗️Diqqat e’lon!

⚡️X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining 11 ta bo‘sh (vakant) ish o‘rinlariga tanlov e’lon qiladi.

👇Bo’sh ish o’rinlari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

https://vakansiya.adliya.uz/vacancy/1471#

👇Bo‘sh ish o‘rinlariga o'tkazilayotgan tanlovning suhbat bosqichida tushadigan taxminiy savollar ro'yxati bilan X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining rasmiy veb sayti orqali quyidagi havola bilan tanishish mumkin:

https://sudex.uz/?page_id=356

Batafsil ma`lumot👇🏻
☎️ 71-209-11-55
(ichki raqam 120,157)
📩 info@sudex.uz

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram|🌐 sudex.uz|🆘@sudexuz_bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Бу ерда суяклар ҳам гапиради: Суд экспертиза маркази фаолияти»

Х. Сулаймонова номидаги Суд экспертиза марказида қандай далиллар очилади? «Юридик локация»да сизни ҳайратланарли жавоблар ва реал воқеа тафсилотлари кутмоқда.

Тез кунда Hudud24.uz’да томоша қилинг!

Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
❗️Idoralararo ilmiy-uslubiy Kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

⚡️Joriy yilning 10-yanvar kuni Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti Idoralararo ilmiy-uslubiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi o'tkazildi.

Ushbu tadbirda:
🔹Deepfake texnologiyalarini qo‘llanganlik faktlarini aniqlash bo‘yicha tayyorlangan tahliliy ma’lumot;
🔹Raqamli sud ekspertiza” va “Raqamli kriminalistika” nomli uslubiy tavsiyalar;
🔹Sud-xatshunoslik ekspertizasi” nomli uslubiy qo‘llanma va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Kengashning 2025-yilga mo‘ljallangan Ish rejasi tasdiqlandi.

Tadbir yakunida 2024-yilda mavjud 93 ta uslubiyotlarni tanqidiy ko‘rib chiqishda faol ishtirok etgan ishchi guruh a’zolari tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
#Ekspert

Raqamlashgan XXI asrda barcha tizimlar rivojlanib, elektronlashib borganidek jinoyat turlari ham zamonga moslashmoqda.

“Ekspert” loyihasining bu galgi sonini tomosha qilib, sunʼiy intellekt yordamida oʻzgartirilgan ovozlar va bu orqali sodir etilgan jinoyatlar haqida bilib olasiz.

📹 https://www.youtube.com/watch?v=Cjyyh9w-_SU

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktori Xalilov Akram Utamurodovich “Ichki ishlar organlariga koʻmagi uchun” koʻkrak nishoni bilan mukofotlandi!

⚡️ Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish ishlariga qoʻshgan munosib hissasi, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va profilaktikasida ichki ishlar organlari bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyganligi uchun hamda 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktori Xalilov Akram Utamurodovich Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Ichki ishlar organlariga koʻmagi uchun” koʻkrak nishoni bilan mukofotlandi.

Markaz jamoasi Xalilov Akram Utamurodovichga yurtimiz ravnaqi, sud ekspertiza sohasining rivoji hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish yo‘lidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qoladi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlarini qayta tayyorlash kurslariga qabul boshlandi.

⚡️
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlarini qayta tayyorlash kursiga 2025-o‘quv yili uchun hujjatlarni qabul qilishni 2025-yilning yanvar oyidan boshlaganligini e’lon qiladi.

Talabgorlar quyidagi hujjatlarni:

🔹Markaz direktori (komissiya raisi) nomiga ariza (arizada talabgorning qaysi tilda ta’lim olish istagi ko‘rsatiladi);
🔹pasport nusxasi;
🔹ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
🔹3,5×4,5 hajmdagi ikki dona fotosurat;
🔹nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti nomidan tavsiyanoma (agar talabgor yuridik shaxs xodimi bo‘lsa);

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markaziga kelib yoki pochta yoxud info@sudex.uz elektron pochta orqali sifatli (ko‘rinarli, yaxshi o‘qiladigan) darajada taqdim qilishlari (suhbat jarayonida hujjatlarning asli ko‘rsatiladi) lozim.

Qabul komissiyasi tomonidan (o‘zbek yoki rus tilida) suhbat 2025-yil mart oyining birinchi o‘n kunligida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi binosi (Toshkent shahri, Mirobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi 46-uy) da o‘tkaziladi.

O‘qish muddati olti oydan (24 hafta) kam bo‘lmagan muddatda tashkil etiladi.

O‘qish uchun to‘lov miqdori o‘quv jarayoni an’anaviy ta’lim shaklida tashkil etilganda, amaldagi bazaviy hisoblash miqdorining 45 (qirq besh) baravari miqdorida, masofaviy ta’lim shaklida tashkil etilganda esa, bazaviy hisoblash miqdorining 40 (qirq) baravari miqdorida amalga oshiriladi.

❗️Hujjatlar 2025-yil 1-mart kuniga qadar qabul qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon:
71-209-11-55, (ichki
: 214)
Markaz veb-sayti:
https://sudex.uz/
Elektron manzil:
info@sudex.uz
❗️Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlar diqqatiga!

⚡️
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori talablariga muvofiq oliy ta’limdan keyingi ta’limning shakllaridan biri mustaqil izlanuvchilikka Yagona elektron tizim — daraja.ilmiy.uz orqali hujjatlarni onlayn topshirish boshlandi.

Hujjatlar joriy yilning 15-fevral kuniga qadar qabul qilinadi.


📌Mustaqil izlanuvchilik(PhD)ga til sertifikati talab etilmaydi
.

Batafsil: 👇👇👇
https://sudex.uz/?p=7875