©️SUDEX.UZ | RSEM | РЦСЭ
853 subscribers
5.17K photos
457 videos
9 files
1.62K links
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi

☎️ +99871-209-11-55
🌐 sudex.uz
📩 info@sudex.uz
📱 facebook.com/sudexuz
🎥youtube.com
🤖 @sudexuz_bot
Download Telegram
❗️Markazda uslubiy tavsiya va qo‘llanmalarning muhokamasi bo‘lib o‘tdi!

⚡️Joriy yilning 3-dekabr kuni X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida yil davomida olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining muhokamasiga bag‘ishlangan Ilmiy kengash majlisi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda “Giyohvand vositalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish samaradorligini oshirishda sintetik giyohvand vositalarni tadqiq qilish”, “Mahalliy va chet elda ishlab chiqarilgan transport vositalarining tashqi yoritish hamda yorug‘lik-signal armaturalari to‘plamini tuzish”, “Respublika hududida muomalada bo‘lgan milliy va xorijiy davlatlar pul birliklarining himoya vositalari va ularni qalbakilashtirish usullarini tadqiq qilish” nomli yangidan ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar muhokama qildindi.

Shuningdek, Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti Idoralararo ilmiy-uslubiy kengashi qaroriga asosan “Sud-tuproqshunoslik ekspertizasi” nomli uslubiy qo‘llanmaning yangilangan tahriri muhokama qilinib, tasdiqlandi.
❗️Bugun, 5-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Toshkent shahrida “Konstitutsiya ko‘chasi” tashkil etildi.

⚡️Tadbirda X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi ham faol ishtirok etdi.

Xususan, tadbirda Markaz faoliyatiga oid burchaklar tashkil etilib, tashrif buyuruvchilarga Markazda o’tkaziladigan ekspertiza turlari, laboratoriyalarda foydalaniladigan asbob uskunalar yaqindan tanishtirildi.

Shuningdek, Markaz muzeyi, Sud ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti, Xalqaro hamkorlik bo’limi va boshqa laboratoriyalar faoliyati va Sud ekspertiza sohasida amalga oshirilgan islohotlar haqida ham batafsil ma’lumotlar berildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️OAV biz haqimizda!!!

📽 X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Buxoro viloyati bo‘limi tomonidan Buxoro viloyat sudida tashkil etilgan seminar haqida videolavha.

Batafsil ma`lumot👇🏻
☎️ 71-209-11-55
📩 info@sudex.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️OAV biz haqimizda!!!

📽 X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Navoiy viloyati bo‘limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudida tashkil etilgan seminar haqida videolavha.

Batafsil ma`lumot👇🏻
☎️ 71-209-11-55
📩 info@sudex.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi ishtirok etgan 8 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Toshkent shahrida tashkil etilgan “Konstitutsiya ko‘chasi”dan videolavxa.
#Adliya_xabari

“Adliya aʼlochi”lari taqdirlandi

8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan adliya sohasida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar eʼtirof etildi.

Ular adliya vaziri buyrugʻi bilan taʼsis etilgan “Adliya aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Hamkasblarimizni ushbu mukofot bilan tabriklaymiz hamda kelgusi ishlarida rivoj va omadlar tilaymiz!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Diqqat e’lon!

⚡️X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining 20 ta bo‘sh (vakant) ish o‘rinlariga tanlov e’lon qiladi.

👇Bo’sh ish o’rinlari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

https://vakansiya.adliya.uz/vacancy/1452#

👇Bo‘sh ish o‘rinlariga o'tkazilayotgan tanlovning suhbat bosqichida tushadigan taxminiy savollar ro'yxati bilan X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining rasmiy Veb sayti orqali quyidagi havola bilan tanishish mumkin:

https://sudex.uz/?page_id=356

Batafsil ma`lumot👇🏻
☎️ 71-209-11-55
(ichki raqam 120,157)
📩 info@sudex.uz

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram|🌐 sudex.uz|🆘@sudexuz_bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi barcha yurtdoshlarimizni 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan tabriklaydi !
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_tarixi

🗓 10-dekabr (1992-yil)

O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risidagi Qonun qabul qilingan.

Qonunga ko‘ra, Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasida seminar o‘tkazildi.

⚡️Joriy yilning 7-dekabr kuni X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi mudiri A.Saburov va bo‘lim eksperti U.Rustamovalar tomonidan Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi binosida Ichki ishlar xodimlari va Xorazm viloyati prokuraturasi xodimlariga “Sud lingvistika va sud filologiya ekspertizasini o‘tkazish tartibi” va “Matemаtik hisoblar bilan bajariladigan ekspertizani o‘tkazish tartibi” mavzularida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Tadbirda xodimlar uchun sud ekspertizalarini o‘tkazishga zarur bo‘lgan tadqiqot obyektlarini yig‘ish, saqlash va taqdim etish usullari, shuningdek, Sud lingvistika va sud filologiya ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarning mavzu bo‘yicha savollariga batafsil javoblar berildi.