Turkiyada ta'lim
984 subscribers
536 photos
65 videos
7 files
530 links
Turkiyada oliy ta'lim olish istagida bo'lganlar uchun


+998332878888

Instagram sahifamiz 👇

https://instagram.com/turkiyada.talim?igshid=YmMyMTA2M2Y=https://www.instagram.com/reel/CexnVhwD0eq/?igshid=YmMyMTA2M2Y=
Download Telegram
#ttyesi #xalqaro_hamkorlik

📌Xalqaro hamkorlik doirasida keng ko'lamli islohotlar.

📃Turkiya davlati bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida joriy yilning 6-oktabr kuni institutimizga Turkiyaning kuchli mingtalikdan joy olgan "Ozyegin" universiteti Xalqaro aloqalar bo'lim boshlig'i Sertaç Aşaroğlu va "Hilol edu Turk tili" markazi rahbari hamda Toshkent sharqshunoslik universiteti Turk tili o'qituvchisi G'.Sobirov tashrif buyurdilar.

Mehmonlarni Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti rektor maslahatchisi D.R.Shayxutdinova, ilmiy tadqiqot ishlari bo'yicha professor tehnika fanlari doktori A.E.Gulomov hamda "O'zbek va xorijiy tillar"kafedrasi o'qituvchisi Sh.Nurbekovalar samimiy kutib olib, davra suhbati tashkil etdilar.

Suhbatda kelgusida Turkiya universiteti bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, turk tilini o'qitish markazini tashkil etish kabi bir qancha masalalar yuzasidan manfaatli kelishuvlarga erishdilar.

🔗Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
👍1
"Hilol Edu" o'quv markazining yana bir malakali ustozlaridan biri -

ULUG'BERDI PARDAYEV

📋 Ma'lumoti - Oliy - TURK TILI VA ADABIYOTI

🏢 BAKALAVR - TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI 🇺🇿

🎓MAGISTRATURA - ONDOKUZ MAYIS UNIVERSITETI/TURKIYA 🇹🇷

@hiloledu_uz
Assalomu alaykum hurmatli sahifamiz kuzatuvchilari!

Turk tilidan yangi guruhga qabullarimiz ochildi.

A2
B1
B2
C1 guruhlarimizda ham o'qishingiz mumkin.

Bu guruhda o'qish istagida bo'lganlardan imtihon olinadi.
@hiloledu_uz
Turkiy tillar — hozirgi va qadimgi turkiy ellar va elatlarning tillari. Asosan, Oʻzbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, XXR, Afgʻoniston, Eron, Tojikistonda, shuningdek, Bulgʻariya, Ruminiya, Ukraina, Germaniya, Kipr, Shimoliy Makedoniya, Albaniya, AQSh, Saudiya Arabistoni va boshqa bir kancha mamlakatlarda tarqalgan. Oʻtgan asr oxiridagi maʼlumotlarga koʻra, Turkiy tillarda soʻzlashuvchilarning umumiy soni 130 million kishidan ortiq.

Turkiyada koʻpchilik bilan turkiy tillar oʻrniga turk lahjalari atamasi qabul qilinadi. Turkiya, Ozarbayjon, Oʻzbek va shuningdek hammasi turk tilining lahjalari hisob qilinadi. Turk tili deganda Turkiya turkchasi emas, butun lahjalarni qamraydigan til sifatida tushuniladi. Universitetlarda Çağdaş Türk Lehçeleri ve Edebiyatları nomidagi kafedralarda turkiy tillar va ularning adabiyotlari oʻrgatiladi.

@gulomjonsobirov
Turk tilini chet elliklarga o'rgatish qachondan boshlangan?

Bu sizga qiziqmi?

Qiziq bo'lsa qisqa vaqtda bu bilan bog'liq maqolamizni e'lon qilamiz.

Kanalimizga obuna bo'ling va Turk tili bilan bog'liq ma'lumotlarga ega bo'lib boring.

@gulomjonsobirov
Bilimingizni sinab ko'ring 👨‍🏫
Buzdolabında elma mı var, armut ...?
Anonymous Quiz
21%
9%
mi
65%
mu
6%
Sokak.... ne var? - Market var
Anonymous Quiz
35%
-da
15%
-de
48%
-ta
2%
-te
Bizning Instagram sahifamizni kuzatib boring yaqin kunlarda yangi loyihamiz boshlanadi.

Balki siz ham kameralarimizga tushib qolishingiz mumkin😍

👇👇👇👇
Instagram
Nega aynan "Hilol Edu" o'quv markazi?

Chunki:

- Bizning o'quv markazimizda Turk tilini yuqori saviyada o'zlashtirgan o'qituvchilar dars berishadi;

- Markazimizda Turk millatiga mansub ustozlarimiz ham bor;


- Darslar sizning istagingizga ko'ra, guruh yoki individual holda o'tiladi;

- Darslarimiz haftada 3 kun 2 soatdan bo'lib o'tadi, har yakshanba kuni esa Speaking ya'ni Konuşma darslari bo'ladi;

- Darslar offline va online tarzda olib boriladi;

- O'quv markazimiz sizni TÖMER, TYS va CEFR imtihonlariga tayyorlab beradi;

- Bundan tashqari, Turkiya universitetlarida o'qish niyatida bo'lganlar uchun YÖS imtihonlariga tayyorlov kursimiz mavjud;

- "Hilol Edu" o'quvchilari uchun Turkiya universitetlariga hech qanday to'lovlarsiz hujjat topshirib beriladi;

- O'z o'quvchilarimizga universitetlar haqida bepul konsultatsiya xizmatlari ko'rsatiladi;

- Bu yerda siz Turk tilini faqatgina imtihon topshirish yoki universitetga kirish uchun emas, balki kasbingizga aloqador yo'nalishda ham Turk tilini o'rgana olasiz;

- "Hilol Edu" o'quv markazi sizga Turk tilida o'tkaziladigan uchrashuv va konferensiyalarda qatnashish imkonini ham beradi;

- Hozirda o'quv markazimizda Rus va Ingliz tillari ham mavjud.

Muloqot uchun quyidagi raqamga bog'lanishingiz mumkin:

📞+998332878888

📍Manzil: Novza metro, Asaxiy kitob do'koni, 4-qavat

@hiloledu_uz
Turkiyada ta'lim pinned «Nega aynan "Hilol Edu" o'quv markazi? Chunki: - Bizning o'quv markazimizda Turk tilini yuqori saviyada o'zlashtirgan o'qituvchilar dars berishadi; - Markazimizda Turk millatiga mansub ustozlarimiz ham bor; - Darslar sizning istagingizga ko'ra, guruh yoki…»
Turk tilining tarixiy bosqichlari.

Turk tili uzoq asrli yozma adabiy til an’anasiga ega. Hozirgi ko‘rinishiga erishgunga qadar u juda katta tarixiy takomil bosqichini bosib o‘tgan.

Turk tili tarixini quyidagi davrlarga bo‘lib o‘rganish mumkin:

1. Eng qadimgi turkiy til (En eski Türkçe)

Bu bosqich eng qadimgi davrlardan to milodning V yuzyilliklariga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrdan yozma yodgorliklar saqlanib qolmagan. Lekin keyingi asrlardan qolgan yozma obidalar tiliga asoslaniladigan bo‘lsa, ular uzoq tarixiy taraqqiyot natijasida shakllanganligining guvohi bo‘lamiz.

2. Qadimgi turkiy adabiy til (En eski Türk Yazı Dili)

Bu bosqich VI-X asrlarni o‘z ichiga oladi. VI-VIII asrlarda tarix sahnasiga kelgan Birinchi va Ikkinchi turk (ko‘k turk) xoqonliklari davridagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot turkiy xalqlar adabiyoti va tilining yangi bir bosqichga ko‘tarilishi uchun zamin hozirladi. Yozuv madaniyati gurkirab rivojlandi, Yozma adabiyotning ilk namunalari ham ayni kezlar yaratildi. Yozma adabiy til, matn tuzish an’anasi shakllanib, butun bir saltanatga yoyildi. Ko‘k turk, uyg‘ur xoqonliklari davrida yaratilgan yozma obidalar qadimgi turkiy adabiy tilning manbalaridir. Ular ko‘k turk (o'rxun-enasoy), uyg‘ur, moniy, brahma, sug‘d, suryoniy yozuvlarida bitilgan. Muhimi, bulardan brahma xatidan boshqa barchasi alifbo tizimiga ega bo‘lgan fonetik yozuvlar bo‘lib, ularning imlo prinsiplari puxta ishlangan va qadimgi turkiy tilning fonetik-fonologik xususiyatlariga yaxshigina moslashgan edi.

3. Eski turkiy adabiy til (Eski Türk Yazı Dili)

Bu bosqich XI asrdan XIII yuzyillikning o‘rtalarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘at-it-turk” asarida keltirilgan turkiy parchalar, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibat-ul-haqoyiq” dostonlari, “O‘g‘uznoma” dostoni, Turkiy tafsir shu davrlarga oiddir. Muhimi shundaki, bu davrlarda yaratilgan asarlar hozirgi turkiy tillarning barchasi uchun mushtarak yodgorliklar bo‘lib, ular til tarixini o‘rganishda muhim manbalar sanaladi.

4. Eski Anadolu turkchasi (Eski Anadolu Türkçesi)

Bu yozma adabiy til XIII asr o‘rtalari va XV asrlarni o‘z ichiga oladi. Ulug‘ ijodkor Yunus Emrening asarlari bu davr tilining ajoyib namunalaridandir.

5. Usmonli turkchasi (Osmanlı Türkçesi)

Turk tilining ushbu tarixiy bosqichi XVI asrdan XX asr boshlariga qadar bo‘lgan davrni qamraydi. Bu davr yozma adabiy tilining lug‘at tarkibida arab va fors tillaridan o‘zlashgan so‘zlar miqdori nihoyatda ko‘p. Usmonli turkchasi usmonlilar saltanatining oxiriga qadar saltanatning yozma adabiy tili sifatida amal qilgan.

6. Hozirgi zamon turk adabiy tili (Çağdaş Türk Yazı Dili)

XX asrning 10- yillaridan turk adabiy tilining yangi (hozirgi zamon) davri boshlanadi.

@hiloledu_uz
Assalomu alaykum hurmatlı sahifamiz kuzatuvchilari.

Magistraturaga kirish istagida bo'lganlar uchun ajoyib yangilik 😍
TÖMER va CEFR imtihonlari uchun ertalabki tezlashtirilgan guruhlarimiz ochilmoqda .🤩

Shoshiling joylar soni chegaralangan 😊

Kursimiz 👉narxi 👈
21-oktabr "O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!"

@hiloledu_uz
Turk tili bo'yicha CEFR va TYS imtihonlariga ham oz qolmoqda, ammo siz hali ham tayyor emasmisiz? 🤔

Biz sizga Turk tilini tez va oson o'rgatadigan til markazini tavsiya qilamiz! 🤗

"Hilol Edu" tillar akademiyasida siz nafaqat Turk tilini, balki Rus va Ingliz tillarini ham o'rganishingiz mumkin! Muhimi tajribali ustozlardan 👨‍🏫👩‍🏫

Yanada to'liq ma'lumot olish uchun quyidagi raqamga bog'lanishingiz mumkin 👉 +998332878888

Biz sizni kutib qolamiz 😊

Shoshiling joylar soni cheklangan!

@hiloledu_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Hilol Edu" da darslar davom etmoqda 😍
Imtihonlarga ham oz vaqt qoldi, o'quvchilarimiz esa astoydil Turk tilini o'rganishmoqda 😊

Bizning o'quv markazimizda sizlarni mana shunday qiziqarli darslar va ajoyib jamoa kutmoqda!

Shoshiling joylar soni chegaralangan!

Manzilimiz: Novza metro

Malumot uchun +998332878888
@Turkiyada_talim_1

@hiloledu_uz