Turkiyada ta'lim
977 subscribers
536 photos
65 videos
7 files
530 links
Turkiyada oliy ta'lim olish istagida bo'lganlar uchun


+998332878888

Instagram sahifamiz 👇

https://instagram.com/turkiyada.talim?igshid=YmMyMTA2M2Y=https://www.instagram.com/reel/CexnVhwD0eq/?igshid=YmMyMTA2M2Y=
Download Telegram
Zonguldak Bülent Ecevit universiteti Turkiyaning Zonguldak shahrida joylashgan davlat universiteti hisoblanadi. Universitet 1992-yilda tashkil topgan.

Zonguldak Bülent Ecevit universiteti - Kavkaz universitetlar birligi a'zosi hisoblanadi.

Universitet nomi 2012-yilda Turkiya Bosh Vaziri - Bülent Ecevit sharafiga qo'yilgan.

Fakultetlar:

* Tibbiyot
* Stomatologiya
* Farmatsevtika
* Muhandislik
* Ta'lim
* San'at
* Iqtisodiyot
* Aloqa


Kontrakt narxi $400 dan boshlanadi.
Kırklareli universiteti 2007-yilda Turkiyaning Kırklareli shahrida bino etilgan davlat universitetidir.

2007-yil 29-mayda Turkiyaning 10-prezidenti Ahmet Nejdet Sezer tomonidan ma'qullangan 17 universitetning biridir.

Fakultetlar:

* Tibbiyot
* Huquq
* Me'morchilik
* Iqtisodiyot
* Muhandislik
* Fan-adabiyot
* Texnologiya
* Islomshunoslik
* Uchuvchilik
* Turizm


Kontrakt narxi $300 dan boshlanadi.
Pamukkale universiteti - Turkiyaning Pamukkale shahrida joylashgan davlat universiteti.

Universitet 1957-yilda tashkil topgan.

Hozirgi kunda universitetning 45.000 o'quvchisi bor.

Fakultetlar:

* Ta'lim
* San'at
* Iqtisodiyot
* Muhandislik
* Tibbiyot
* Arxitektura va dizayn
* Teologiya


Kontrakt narxi $300 dan boshlanadi.
Ankara Hacettepe universiteti - Ankaradagi davlat universitetlari orasida yetakchi o'rinda turadi.

1967-yil 8-iyulda tashkil topgan.

2019-yilda Turkiyadagi eng yaxshi universitetlar qatoridan 1-o'rinni egallagan.
Ayniqsa, Tibbiyot yo'nalishi mamlakat bo'yicha ilg'or hisoblanadi.

Fakultetlar:

* Tibbiyot
* Stomatologiya
* Iqtisodiyot
* Ta'lim
* Xorijiy tillar
* Muhandislik
* San'at
* Huquqshunoslik
* Tarjimonlik


Kontrakt narxi $4000 dan boshlanadi.
Topkapı sarayı

1460-yilda Fatih Sultan Mehmet buyrug'i bilan qurilishni boshlagan Topkapı saroyi 1478-yilda bitiriladi. Bu saroy Istanbulning eski tarixiy yerlaridan biri bo'lgan Marmara dengizi, Istanbul bo'g'ozi, va Halich orasidagi Istanbul yarimorolida joylashgan.

Topkapı saroyi Fatih Sultan Mehmetdan boshlab, 31-podshoh Sulton Adulmajid hukmronligiga qadar qariyb 400 yil davomida imperatorlarning idora, ta'lim va san'at ishlari markazi; podshohlarning esa istiqomat yeri vazifasini bajarib kelgan.
XIX asr o'rtalaridan boshlab Sultonlarning Dolmabahche saroyiga ko'chib o'tishiga qaramasdan, Topkapı saroyi o'z tarixiy ahamiyatini saqlab qolgan.

Turkiya mustaqillikka erishganidan so'ng, 1924-yil 3-aprelda muzeylashtirilgan Topkapı saroyi, Mustaqillikdan keyingi ilk muzeydir.

Bugungi kunda qariyb 300.000 m2 joyni egallagan Topkapı saroyi inshoati, me'morchiligi, kolleksiyalari va 300.000 ga yaqin arxiv hujjatlari bilan dunyoning eng buyuk saroy-muzeylaridan biri hisoblanadi.
10.06.2022 kuni "Hilol Edu" yangi binosi ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda Turkiyadan kelgan mehmonlar ham qatnashishdi.

O'zbekiston va Turkiya munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda o'quvchilarni Turk tilini mukammal darajada o'rganib, o'zlari istagan soha bo'yicha Turkiya universitetlarida ta'lim olishlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib berishni maqsad qilgan "Hilol Edu" o'quv markazi o'z faoliyatini kengaytirdi.

Zamonaviy ko'rinishda jihozlangan yangi binoda o'quvchilar malakali ustozlardan tahsil olib, butun dunyo ta'lim standartlariga asoslangan Turkiyaning oliy o'quv yurtlarida o'qish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

"Hilol Edu" o''quvchilarini chet elda egallagan bilim va malakalari bilan kelajakda yetuk kadr bo'lib yetishishlari va Vatanimiz ravnaqiga o'z hissalarini qo'shib, butun dunyo faxrlanadigan yoshlar qatoridan o'rin egallashlari uchun astoydil xizmat qiladi!

"Hilol Edu" oilasi qatoridan joy olishni istagan barcha uchun eshiklarimiz ochiq!

Manzil: Novza metro
Aloqa raqamlari:
+𝟗𝟗𝟖𝟗𝟗𝟏𝟒𝟐𝟎𝟕𝟕𝟖
+𝟗𝟗𝟖𝟑𝟑𝟐𝟖𝟕𝟖𝟖𝟖𝟖
GÜNLÜK FAALİYETLERİMİZ - KUNDALIK YUMUSHLARIMIZ

(Şimdiki zaman fiilinde - Hozirgi (davomli) zamon fe'lida)

Uyanıyorum - Uyg'onaman

Yatağımı yapıyorum - Yotog'imni tartibga keltiryapman

Yıkanıyorum - Yuvinyapman

Kahvaltı yapıyorum - Nonushta qilyapman

Dişimi fırçalıyorum - Tishlarimni tozalayapman

Saçımı tarıyorum - Sochimni tarayapman

Okula gidiyorum - Maktabga ketyapman

Öğlen yemeği yiyorum - Tushlik qilyapman

Ödev yapıyorum - Uyga vazifalarimni bajaryapman

Ev işi yapıyorum - Uy ishlarini qilyapman

Oyun oynuyorum - O'yin o'ynayapman

Akşam yemeği yiyorum - Kechki ovqatimni yeyapman

Televizyon izliyorum - Televizor ko'ryapman

Kitap okuyorum - Kitob o'qiyapman

Uyuyorum - Uxlayapman
Assalomu alaykum hurmatli kanalimiz obunachilari!

16-17 iyun kunlari Toshkent shahrida "Kavkaz Universitetlar Birligi" ta'lim ko'rgazmasi tashkillashtirilmoqda.

Ko'rgazmada:

* Bandırma 17 Eylül Universiteti
* Fatih Sultan Mehmet Vaqf
Universiteti
* Girne Amerika Universiteti
* Janubiy Rostov Universiteti
* Izmir Demokratik Universiteti
* Kirshehir Ahi Evran Universiteti
* Nig'de Ömer Halis Demir
Universiteti
* Texas Sog'liq bilimlari Universiteti
* Yalova Universiteti
dan vakillar tashrif buyurishadi.

Siz ushbu vakillardan Chet elda ta'lim sohasi bo'yicha o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko'rgazmada ishtirok etishni istagan barchani kutib qolamiz!

Manzil: Radisson Blu Mehmonxonasi, Amir Temur ko'chasi, 88
"Hilol Edu" da yana bir quvonchli Xushxabar!!!

Quyidagi o'quvchilarimiz Turkiyaning nufuzli universitetlaridan biri bo'lgan Eskishehir Osmangazi Universitetiga hech qanday imtihonlarsiz, diplom baholari bilan qabul qilindilar!

TABRIKLAYMIZ 👏👏👏

👨🏻‍🎓 BOBIRJON KOZIMOV - ISLOMSHUNOSLIK

👨🏻‍🎓 ABDULHAFIZ RAHIMXUJAYEV - MOLIYA

👨🏻‍🎓 RAMZIDDIN XUDOYBERGANOV - TURK TILI VA ADABIYOTI

👨🏻‍🎓 ELBEK ABDUFATTOHOV - ISLOMSHUNOSLIK

👩🏻‍🎓 MUSLIMA GAFFOROVA - TARIH

👩🏻‍🎓 GULSHODA BABADJANOVA - MENEJMENT

👨🏻‍🎓 ABDULKARIM ABDULVAHHOBOV - IQTISOD

👨🏻‍🎓 JASURBEK TOSHPULATOV - TURIZM
QABUL!!!

"Hilol Edu" o'quv markazimizning yana ikki o'quvchisi Turkiyaning nufuzli universitetlaridan biri bo'lgan BURSA TEKNIK UNIVERSITETIga qabul qilindilar!!!


👨🏻‍🎓 ABDULVAHHOBOV ABDULKARIM - ME'MORCHILIK

👨🏻‍🎓 RAHIMXO'JAYEV ABDULHAFIZ - SOTSIOLOGIYA

🎉🎉🎉TABRIKLAYMIZ 🎉🎉🎉

@studyinturkeywithus
Nevşehir Hacı Bektaş Universiteti - go'zal Kapadokiya joylashgan Nevshehir shahrida barpo qilingan davlat universiteti.
Ushbu universitet 2007-yil 17-mayda ochilgan.

Universitetda 10 ta fakultet, 9 ta kasb-hunar kolleji, 1 ta litsey, 4 ta institut va 18 ta tadqiqot markazi faoliyat olib boradi.
Hozirda ushbu universitet Turkiyaning nufuzli universitetlari qatoridan joy olishda ilgarilab bormoqda.

Fakultetlar:

* Stomatologiya
* Ta'lim
* Fan-adabiyot
* Go'zal san'atlar
* Iqtisodiyot
* Islomshunoslik
* Muhandislik
* Turizm
* Sport bilimlari


Kontrakt narxi $400 dan boshlanadi.
@studyinturkeywithus
Aksaray Universiteti - Turkiyaning Markaziy Anadolu qismida joylashgan Aksaray shahrida 2006-yil 17-martda barpo qilingan.

Universitetda 7 ta fakultet, 2 ta institut, 2 ta kollej va 2 ta kasb-hunar kolleji mavjud.

Aksaray universiteti Kavkaz Universitetlar Birligi a'zosi hisoblanadi.

Fakultetlar:

* Tibbiyot
* Sog'liq bilimlari
* Muhandislik
* Ta'lim
* Fan-adabiyot
* Islomshunoslik
* Me'morchilik
* Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi
* Aloqa
* Turizm
* Sport
* Veterinarlik

Kontrakt narxi $300 dan boshlanadi.
@studyinturkeywithus
Türkçe deyimler 📚

"kapıdan kovsan bacadan girer"

Bu ibora ''eshikdan haydasang, teshikdan keladi'' degan ma'noni beradi.

Masalan: ''Kapıdan kovsan bacadan girerim, ben böyle insanım'' - ''Eshikdan haydasang, teshikdan kiraman, men shunday insonman''
Bandirma Onyedi Universiteti - Turkiyaning Balikesir shahrida, Bandirma tumanida joylashgan davlat universiteti.

Bandırma Onyedi universiteti 2015-yil 23-apreldan beri faoliyat olib boradi.

Universitet 9ta fakultet, 4 ta institut, 1 ta litsey, 8 ta kasb-hunar kolleji va 18 ta tadqiqot markazini o'z ichiga oladi.

Fakultetlar:

* Tibbiyot
* Dengizchilik
* Iqtisodiy va idoraviy bilimlar
* Jamiyatshunoslik
* Muhandislik
* Sog'liq bilimlari
* Sport
* San'at va me'morchilik
* Ziroat (qishloq xo'jaligi)


Kontrakt narxi $400 dan boshlanadi.