Forwarded from Hilal Edu | Turk tili markazi
Istanbul tarixidan qisqacha....
Bugun 29-may - Turkiyaning Istanbul shahri Usmonlilar imperiyasi davomchisi Sulton Fotih Mehmed II tomonidan zabt etilgan kun.
1453-yil 29-may kuni 21-yoshli Sulton Mehmed II askarlari bilan dunyoning kuchli davlatlaridan biri hisoblangan Vizantiya imperiyasi poytaxti Konstantinopolni qo'lga kiritadi va shu bilan Vizantiya imperiyasi qulaydi.
Shahar zabt etilgandan so'ng, Mehmed II Fotih Usmonlilar imperiyasi poytaxtini Edirnedan Konstantinopolga ko'chiradi va shaharni Istanbul deb nomlaydi.
Yevropa va Osiyoni bog'lab turadigan Konstantinopolning qo'lga olinishi Usmonlilarga Yevropaga yanada samarali bostirib kirishga imkon berdi va oxir oqibat Bolqon yarim orolining katta qismini Usmonlilar zabt etdilar.
Istanbul fathining 569-yilligi munosabati bilan bugun Marmaray yo'lovchilarga bepul xizmat ko'rsatmoqda 😊

Ayasofiya Jome'si 532-537-yillarda Vizantiya imperatori Yustinian tomonidan cherkov sifatida bino etilgan. 1453-yilda Istanbulni Usmoniylar zabt etgandan keyin Fatih Sulton Mehmet tomonidan Jome'ga aylantirilgan.
"Ayasofiya" so'zi "aya" - "muqaddas", "sofiya" - "bilim, donolik" , ya'ni eski Yunon tilidan "Muqaddas donishmandlik" deb tarjima qilinadi. Ushbu ta'rif Iso alayhissalomga nisbatan berilgan.
1934-yilda Otaturkning farmoni bilan jome' muzeyga aylantiriladi. Lekin 2020-yil Turkiya prezidenti Rejeb Tayyib Erdog'an muzey maqomini bekor qilib, Jome' maqomini berdi.
Ayasofiya gumbazli bazilika shaklida qurilgan bo'lib, yonlari 2 qatlamli, gumbazi yarim aylanasimondir. Ayasofiyaning tomi ulkan gumbaz bilan qoplangan. Markaziy gumbazi baland va ko'rkamligi bilan ko'rganlarni hayratga soladi. Gumbazi va devorlariga o'rnatilgan qandillar atrofda chiroyli manzara hosil qiladi. Jome' qayta qurilishida me'mor Sinonning ham xizmati bor.
Istanbulga yo'lingiz tushib qolsa, Ayasofiyani albatta ziyorat qiling 😊

"Hilol Edu" o'quvchilari Turkiya universitetlari talabalari qatoridan joy olishda davom etishmoqda!!!
Quyidagi o'quvchilarimiz Turkiyaning nufuzli universitetlaridan biri bo'lgan Anadolu Universiteti talabasi bo'lish baxtiga muyassar bo'ldilar!
TABRIKLAYMİZ 👏👏👏
👨🎓 BEKMIRZAYEV ABDULAZIZ - SIYOSIY BILIMLAR
👩🎓 BABADJANOVA GULSHODA - BIZNES BOSHQARUVI
👨🎓 KOZIMOV BOBIRJON - SOTSIOLOGİYA
👩🎓 G'AFFOROVA MUSLIMA - TARIX
👨🎓 MAHKAMBOYEV ABDUFATTOH - IQTISOD

Assalomu alaykum hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari!
Turkiya universitetlari bakalavr bosqichiga qabullar davom etmoqda!!!

Zonguldak Bülent Ecevit universiteti Turkiyaning Zonguldak shahrida joylashgan davlat universiteti hisoblanadi. Universitet 1992-yilda tashkil topgan.
Zonguldak Bülent Ecevit universiteti - Kavkaz universitetlar birligi a'zosi hisoblanadi.
Universitet nomi 2012-yilda Turkiya Bosh Vaziri - Bülent Ecevit sharafiga qo'yilgan.
Fakultetlar:
* Tibbiyot
* Stomatologiya
* Farmatsevtika
* Muhandislik
* Ta'lim
* San'at
* Iqtisodiyot
* Aloqa
Kontrakt narxi $400 dan boshlanadi.

Kırklareli universiteti 2007-yilda Turkiyaning Kırklareli shahrida bino etilgan davlat universitetidir.
2007-yil 29-mayda Turkiyaning 10-prezidenti Ahmet Nejdet Sezer tomonidan ma'qullangan 17 universitetning biridir.
Fakultetlar:
* Tibbiyot
* Huquq
* Me'morchilik
* Iqtisodiyot
* Muhandislik
* Fan-adabiyot
* Texnologiya
* Islomshunoslik
* Uchuvchilik
* Turizm
Kontrakt narxi $300 dan boshlanadi.

Pamukkale universiteti - Turkiyaning Pamukkale shahrida joylashgan davlat universiteti.
Universitet 1957-yilda tashkil topgan.
Hozirgi kunda universitetning 45.000 o'quvchisi bor.
Fakultetlar:
* Ta'lim
* San'at
* Iqtisodiyot
* Muhandislik
* Tibbiyot
* Arxitektura va dizayn
* Teologiya
Kontrakt narxi $300 dan boshlanadi.
Universitet 1957-yilda tashkil topgan.
Hozirgi kunda universitetning 45.000 o'quvchisi bor.
Fakultetlar:
* Ta'lim
* San'at
* Iqtisodiyot
* Muhandislik
* Tibbiyot
* Arxitektura va dizayn
* Teologiya
Kontrakt narxi $300 dan boshlanadi.
Ankara Hacettepe universiteti - Ankaradagi davlat universitetlari orasida yetakchi o'rinda turadi.
1967-yil 8-iyulda tashkil topgan.
2019-yilda Turkiyadagi eng yaxshi universitetlar qatoridan 1-o'rinni egallagan.
Ayniqsa, Tibbiyot yo'nalishi mamlakat bo'yicha ilg'or hisoblanadi.
Fakultetlar:
* Tibbiyot
* Stomatologiya
* Iqtisodiyot
* Ta'lim
* Xorijiy tillar
* Muhandislik
* San'at
* Huquqshunoslik
* Tarjimonlik
Kontrakt narxi $4000 dan boshlanadi.

Topkapı sarayı
1460-yilda Fatih Sultan Mehmet buyrug'i bilan qurilishni boshlagan Topkapı saroyi 1478-yilda bitiriladi. Bu saroy Istanbulning eski tarixiy yerlaridan biri bo'lgan Marmara dengizi, Istanbul bo'g'ozi, va Halich orasidagi Istanbul yarimorolida joylashgan.
Topkapı saroyi Fatih Sultan Mehmetdan boshlab, 31-podshoh Sulton Adulmajid hukmronligiga qadar qariyb 400 yil davomida imperatorlarning idora, ta'lim va san'at ishlari markazi; podshohlarning esa istiqomat yeri vazifasini bajarib kelgan.
XIX asr o'rtalaridan boshlab Sultonlarning Dolmabahche saroyiga ko'chib o'tishiga qaramasdan, Topkapı saroyi o'z tarixiy ahamiyatini saqlab qolgan.
Turkiya mustaqillikka erishganidan so'ng, 1924-yil 3-aprelda muzeylashtirilgan Topkapı saroyi, Mustaqillikdan keyingi ilk muzeydir.
Bugungi kunda qariyb 300.000 m2 joyni egallagan Topkapı saroyi inshoati, me'morchiligi, kolleksiyalari va 300.000 ga yaqin arxiv hujjatlari bilan dunyoning eng buyuk saroy-muzeylaridan biri hisoblanadi.

10.06.2022 kuni "Hilol Edu" yangi binosi ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda Turkiyadan kelgan mehmonlar ham qatnashishdi.
O'zbekiston va Turkiya munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda o'quvchilarni Turk tilini mukammal darajada o'rganib, o'zlari istagan soha bo'yicha Turkiya universitetlarida ta'lim olishlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib berishni maqsad qilgan "Hilol Edu" o'quv markazi o'z faoliyatini kengaytirdi.
Zamonaviy ko'rinishda jihozlangan yangi binoda o'quvchilar malakali ustozlardan tahsil olib, butun dunyo ta'lim standartlariga asoslangan Turkiyaning oliy o'quv yurtlarida o'qish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
"Hilol Edu" o''quvchilarini chet elda egallagan bilim va malakalari bilan kelajakda yetuk kadr bo'lib yetishishlari va Vatanimiz ravnaqiga o'z hissalarini qo'shib, butun dunyo faxrlanadigan yoshlar qatoridan o'rin egallashlari uchun astoydil xizmat qiladi!
"Hilol Edu" oilasi qatoridan joy olishni istagan barcha uchun eshiklarimiz ochiq!
Manzil: Novza metro
Aloqa raqamlari: +𝟗𝟗𝟖𝟗𝟗𝟏𝟒𝟐𝟎𝟕𝟕𝟖
+𝟗𝟗𝟖𝟑𝟑𝟐𝟖𝟕𝟖𝟖𝟖𝟖

GÜNLÜK FAALİYETLERİMİZ - KUNDALIK YUMUSHLARIMIZ
(Şimdiki zaman fiilinde - Hozirgi (davomli) zamon fe'lida)
Uyanıyorum - Uyg'onaman
Yatağımı yapıyorum - Yotog'imni tartibga keltiryapman
Yıkanıyorum - Yuvinyapman
Kahvaltı yapıyorum - Nonushta qilyapman
Dişimi fırçalıyorum - Tishlarimni tozalayapman
Saçımı tarıyorum - Sochimni tarayapman
Okula gidiyorum - Maktabga ketyapman
Öğlen yemeği yiyorum - Tushlik qilyapman
Ödev yapıyorum - Uyga vazifalarimni bajaryapman
Ev işi yapıyorum - Uy ishlarini qilyapman
Oyun oynuyorum - O'yin o'ynayapman
Akşam yemeği yiyorum - Kechki ovqatimni yeyapman
Televizyon izliyorum - Televizor ko'ryapman
Kitap okuyorum - Kitob o'qiyapman
Uyuyorum - Uxlayapman

Assalomu alaykum hurmatli kanalimiz obunachilari!
16-17 iyun kunlari Toshkent shahrida "Kavkaz Universitetlar Birligi" ta'lim ko'rgazmasi tashkillashtirilmoqda.
Ko'rgazmada:
* Bandırma 17 Eylül Universiteti
* Fatih Sultan Mehmet Vaqf
Universiteti
* Girne Amerika Universiteti
* Janubiy Rostov Universiteti
* Izmir Demokratik Universiteti
* Kirshehir Ahi Evran Universiteti
* Nig'de Ömer Halis Demir
Universiteti
* Texas Sog'liq bilimlari Universiteti
* Yalova Universiteti dan vakillar tashrif buyurishadi.
Siz ushbu vakillardan Chet elda ta'lim sohasi bo'yicha o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.
Ko'rgazmada ishtirok etishni istagan barchani kutib qolamiz!
Manzil: Radisson Blu Mehmonxonasi, Amir Temur ko'chasi, 88