Turkiyada ta'lim
984 subscribers
536 photos
65 videos
7 files
530 links
Turkiyada oliy ta'lim olish istagida bo'lganlar uchun


+998332878888

Instagram sahifamiz 👇

https://instagram.com/turkiyada.talim?igshid=YmMyMTA2M2Y=https://www.instagram.com/reel/CexnVhwD0eq/?igshid=YmMyMTA2M2Y=
Download Telegram
Turkiy tillar — hozirgi va qadimgi turkiy ellar va elatlarning tillari. Asosan, Oʻzbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, XXR, Afgʻoniston, Eron, Tojikistonda, shuningdek, Bulgʻariya, Ruminiya, Ukraina, Germaniya, Kipr, Shimoliy Makedoniya, Albaniya, AQSh, Saudiya Arabistoni va boshqa bir kancha mamlakatlarda tarqalgan. Oʻtgan asr oxiridagi maʼlumotlarga koʻra, Turkiy tillarda soʻzlashuvchilarning umumiy soni 130 million kishidan ortiq.

Turkiyada koʻpchilik bilan turkiy tillar oʻrniga turk lahjalari atamasi qabul qilinadi. Turkiya, Ozarbayjon, Oʻzbek va shuningdek hammasi turk tilining lahjalari hisob qilinadi. Turk tili deganda Turkiya turkchasi emas, butun lahjalarni qamraydigan til sifatida tushuniladi. Universitetlarda Çağdaş Türk Lehçeleri ve Edebiyatları nomidagi kafedralarda turkiy tillar va ularning adabiyotlari oʻrgatiladi.

@gulomjonsobirov
Turk tilini chet elliklarga o'rgatish qachondan boshlangan?

Bu sizga qiziqmi?

Qiziq bo'lsa qisqa vaqtda bu bilan bog'liq maqolamizni e'lon qilamiz.

Kanalimizga obuna bo'ling va Turk tili bilan bog'liq ma'lumotlarga ega bo'lib boring.

@gulomjonsobirov
Bilimingizni sinab ko'ring 👨‍🏫
Buzdolabında elma mı var, armut ...?
Anonymous Quiz
21%
9%
mi
65%
mu
6%
Sokak.... ne var? - Market var
Anonymous Quiz
35%
-da
15%
-de
48%
-ta
2%
-te
Bizning Instagram sahifamizni kuzatib boring yaqin kunlarda yangi loyihamiz boshlanadi.

Balki siz ham kameralarimizga tushib qolishingiz mumkin😍

👇👇👇👇
Instagram
Nega aynan "Hilol Edu" o'quv markazi?

Chunki:

- Bizning o'quv markazimizda Turk tilini yuqori saviyada o'zlashtirgan o'qituvchilar dars berishadi;

- Markazimizda Turk millatiga mansub ustozlarimiz ham bor;


- Darslar sizning istagingizga ko'ra, guruh yoki individual holda o'tiladi;

- Darslarimiz haftada 3 kun 2 soatdan bo'lib o'tadi, har yakshanba kuni esa Speaking ya'ni Konuşma darslari bo'ladi;

- Darslar offline va online tarzda olib boriladi;

- O'quv markazimiz sizni TÖMER, TYS va CEFR imtihonlariga tayyorlab beradi;

- Bundan tashqari, Turkiya universitetlarida o'qish niyatida bo'lganlar uchun YÖS imtihonlariga tayyorlov kursimiz mavjud;

- "Hilol Edu" o'quvchilari uchun Turkiya universitetlariga hech qanday to'lovlarsiz hujjat topshirib beriladi;

- O'z o'quvchilarimizga universitetlar haqida bepul konsultatsiya xizmatlari ko'rsatiladi;

- Bu yerda siz Turk tilini faqatgina imtihon topshirish yoki universitetga kirish uchun emas, balki kasbingizga aloqador yo'nalishda ham Turk tilini o'rgana olasiz;

- "Hilol Edu" o'quv markazi sizga Turk tilida o'tkaziladigan uchrashuv va konferensiyalarda qatnashish imkonini ham beradi;

- Hozirda o'quv markazimizda Rus va Ingliz tillari ham mavjud.

Muloqot uchun quyidagi raqamga bog'lanishingiz mumkin:

📞+998332878888

📍Manzil: Novza metro, Asaxiy kitob do'koni, 4-qavat

@hiloledu_uz
Turkiyada ta'lim pinned «Nega aynan "Hilol Edu" o'quv markazi? Chunki: - Bizning o'quv markazimizda Turk tilini yuqori saviyada o'zlashtirgan o'qituvchilar dars berishadi; - Markazimizda Turk millatiga mansub ustozlarimiz ham bor; - Darslar sizning istagingizga ko'ra, guruh yoki…»
Turk tilining tarixiy bosqichlari.

Turk tili uzoq asrli yozma adabiy til an’anasiga ega. Hozirgi ko‘rinishiga erishgunga qadar u juda katta tarixiy takomil bosqichini bosib o‘tgan.

Turk tili tarixini quyidagi davrlarga bo‘lib o‘rganish mumkin:

1. Eng qadimgi turkiy til (En eski Türkçe)

Bu bosqich eng qadimgi davrlardan to milodning V yuzyilliklariga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrdan yozma yodgorliklar saqlanib qolmagan. Lekin keyingi asrlardan qolgan yozma obidalar tiliga asoslaniladigan bo‘lsa, ular uzoq tarixiy taraqqiyot natijasida shakllanganligining guvohi bo‘lamiz.

2. Qadimgi turkiy adabiy til (En eski Türk Yazı Dili)

Bu bosqich VI-X asrlarni o‘z ichiga oladi. VI-VIII asrlarda tarix sahnasiga kelgan Birinchi va Ikkinchi turk (ko‘k turk) xoqonliklari davridagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot turkiy xalqlar adabiyoti va tilining yangi bir bosqichga ko‘tarilishi uchun zamin hozirladi. Yozuv madaniyati gurkirab rivojlandi, Yozma adabiyotning ilk namunalari ham ayni kezlar yaratildi. Yozma adabiy til, matn tuzish an’anasi shakllanib, butun bir saltanatga yoyildi. Ko‘k turk, uyg‘ur xoqonliklari davrida yaratilgan yozma obidalar qadimgi turkiy adabiy tilning manbalaridir. Ular ko‘k turk (o'rxun-enasoy), uyg‘ur, moniy, brahma, sug‘d, suryoniy yozuvlarida bitilgan. Muhimi, bulardan brahma xatidan boshqa barchasi alifbo tizimiga ega bo‘lgan fonetik yozuvlar bo‘lib, ularning imlo prinsiplari puxta ishlangan va qadimgi turkiy tilning fonetik-fonologik xususiyatlariga yaxshigina moslashgan edi.

3. Eski turkiy adabiy til (Eski Türk Yazı Dili)

Bu bosqich XI asrdan XIII yuzyillikning o‘rtalarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘at-it-turk” asarida keltirilgan turkiy parchalar, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibat-ul-haqoyiq” dostonlari, “O‘g‘uznoma” dostoni, Turkiy tafsir shu davrlarga oiddir. Muhimi shundaki, bu davrlarda yaratilgan asarlar hozirgi turkiy tillarning barchasi uchun mushtarak yodgorliklar bo‘lib, ular til tarixini o‘rganishda muhim manbalar sanaladi.

4. Eski Anadolu turkchasi (Eski Anadolu Türkçesi)

Bu yozma adabiy til XIII asr o‘rtalari va XV asrlarni o‘z ichiga oladi. Ulug‘ ijodkor Yunus Emrening asarlari bu davr tilining ajoyib namunalaridandir.

5. Usmonli turkchasi (Osmanlı Türkçesi)

Turk tilining ushbu tarixiy bosqichi XVI asrdan XX asr boshlariga qadar bo‘lgan davrni qamraydi. Bu davr yozma adabiy tilining lug‘at tarkibida arab va fors tillaridan o‘zlashgan so‘zlar miqdori nihoyatda ko‘p. Usmonli turkchasi usmonlilar saltanatining oxiriga qadar saltanatning yozma adabiy tili sifatida amal qilgan.

6. Hozirgi zamon turk adabiy tili (Çağdaş Türk Yazı Dili)

XX asrning 10- yillaridan turk adabiy tilining yangi (hozirgi zamon) davri boshlanadi.

@hiloledu_uz
Assalomu alaykum hurmatlı sahifamiz kuzatuvchilari.

Magistraturaga kirish istagida bo'lganlar uchun ajoyib yangilik 😍
TÖMER va CEFR imtihonlari uchun ertalabki tezlashtirilgan guruhlarimiz ochilmoqda .🤩

Shoshiling joylar soni chegaralangan 😊

Kursimiz 👉narxi 👈
21-oktabr "O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!"

@hiloledu_uz
Turk tili bo'yicha CEFR va TYS imtihonlariga ham oz qolmoqda, ammo siz hali ham tayyor emasmisiz? 🤔

Biz sizga Turk tilini tez va oson o'rgatadigan til markazini tavsiya qilamiz! 🤗

"Hilol Edu" tillar akademiyasida siz nafaqat Turk tilini, balki Rus va Ingliz tillarini ham o'rganishingiz mumkin! Muhimi tajribali ustozlardan 👨‍🏫👩‍🏫

Yanada to'liq ma'lumot olish uchun quyidagi raqamga bog'lanishingiz mumkin 👉 +998332878888

Biz sizni kutib qolamiz 😊

Shoshiling joylar soni cheklangan!

@hiloledu_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Hilol Edu" da darslar davom etmoqda 😍
Imtihonlarga ham oz vaqt qoldi, o'quvchilarimiz esa astoydil Turk tilini o'rganishmoqda 😊

Bizning o'quv markazimizda sizlarni mana shunday qiziqarli darslar va ajoyib jamoa kutmoqda!

Shoshiling joylar soni chegaralangan!

Manzilimiz: Novza metro

Malumot uchun +998332878888
@Turkiyada_talim_1

@hiloledu_uz
Til o'rganish qachondan boshlangan?

Odamlar boshqa xalqlarning tillarini qachon va nima sababdan o'rganishni boshlashgani barchaga qiziq bo'lsa kerak. Bugun shu haqida ma'lumot berib o'tamiz.

Asrlar davomida odamlarning katta qismi rasmiy ma'lumotga, yaxshi sinfga, darsliklarga ega bo’lmay turib, chet tilini muvaffaqiyatli va oson o‘rganganlar.
Xalqlararo sayohat, savdo, mustamlakachilik, turmush qurish va boshqalar bilan muloqot qilish kabi sabablarga ko'ra, ular chet tilini tabiiy muhitda, ko'pincha ilmiy ta'limsiz o'rganishgan. Bu ma'lum bir faktdir.

Chet tillarni o'qitish tarixiga oid tadqiqotlar miloddan avvalgi 2225-yilda Akkadlar Shumer yurtini qo'lga kiritgan davrlarga borib taqaladi. Shumer xalqi ulardan ustun sivilizatsiyaga ega edilar va Akkadlar ulardan ko'p narsani o'rganishgan.
Til o'rgatish dastlab muloqot tilini o'rgatish uchun olib borilganligi sababli, o'tmishda odamlar yozma tildan ko'ra ko'proq og’zaki nutqni o’rganishgan.
Hozirga davrga kelib, boshqa bir tilni o'rganish insonlarga ko'plab imkoniyatlarni ochib bermoqda. Bekorga xalqimiz, "Til bilganga dunyo eshiklari ochiladi", "Bir tilni bilgan - bir inson, O'n tilni bilgan - o'n inson" deb aytishmaydi.

Shunday ekan, bugundan til o'rganishni boshlaylik 😊

@hiloledu_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Hilol Edu" markazimizda har yakshanba Konuşma (Speaking) darslarimiz bo'lib o'tadi.

Bu darslar nafaqat markazimiz o'quvchilari, balki Turk tilida og'zaki nutqini oshirmoqchi bo'lgan barcha uchun 🙂

Bu yerda siz CEFR, TÖMER imtihonlari va Turkiyada ta'lim olish haqidagi barcha qiziqtirgan savollaringizga javob olishingiz mumkin!

Murojaat uchun:
+998332868888
+998332878888
@Turkiyada_talim_1

@hiloledu_uz
🔥1
Assalomu alaykum hurmatli kanalimiz a'zolari!

Sizda Turk tilini 2 oyda o'rganish imkoni bor.🤩

"Hilol Edu" da noyabr oyidan tezlashtirilgan guruhlar ochilmoqda!
Agar siz TÖMER va CEFR imtihoniga kirishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, bu kursimiz aynan siz uchun.😊

🗓 Darslarimiz har kuni 2 soatdan bo'ladi.
Dars soatlari: 18:00 - 20:00

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun:
+998 332878888 +998332868888
🔥1
Bugun, 29-oktabr – Turkiya Respublika kunini nishonlamoqda!

Birinchi Jahon urushidan so‘ng, Antanta mamlakatlari 1918-yilning oktabrida Usmoniylar imperiyasining deyarli barcha hududini o‘zaro bo‘lishib olishga qaror qilishadi va bu Turk milliy harakatining paydo bo‘lishiga olib keladi.

1919-yilning may oyidan 1923-yilning oktabr oyiga qadar Mustafo Kamol Otaturk boshchiligida davom etgan mustaqillik uchun urushda turklar g‘alaba qozonadi. 1923-yilning iyul oyida Turkiya Lozan tinchlik bitimini imzolaydi. Shu tariqa, 1923-yilning 29-oktabrida Turkiya poytaxti - Anqarada respublika tuzilishi haqida rasman e'lon qilinadi. O‘shandan buyon 29-oktabr Turkiyada Respublika kuni sifatida nishonlanadi. Mustafo Kamol Otaturk uni eng muhim bayram deya e'tirof etgan.

Bu kunda hukumat muassasalari, o‘quv maskanlari va markaziy ko‘chalarda milliy bayroqlar osiladi hamda tantanali tadbirlar o‘tkaziladi.

@hiloledu_uz
🔥1