23.8K subscribers
116 photos
33 videos
15 files
197 links
Talabalarga oid eng soʻngi rasmiy xabarlar kanali.

Talab va takliflar uchun @frontendAdmin ga murojaat qiling.
Download Telegram
Bugun hamma xodimlar 1 soat vaqtli ketishi kerak!

Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.

Ertaga 8-dekabr — Konstitutsiya kuni, yaʼni ishlanmaydigan bayram.

Demak, bugun ishga chiqqan xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishga haqli.

👉🏼 @Talaba
O‘zbekistonda rus tili maktab darsligida onlayn kazino reklamasi chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda rus tili maktab darsligida kazino reklamasi chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova bunga munosabat bildirdi.

Unda aytilishicha, 2022-yilda chop etilgan 10-sinf rus tili darsligidagi QR kod havolasi shu paytga qadar to‘g‘ri bo‘lgan va dars topshiriqlariga yo‘naltirgan. Bugungi kunda QR kodga bog‘langan sayt buzib kirilgani mutaxassislar tomonidan tasdiqlandi.

Vazirlik tomonidan 10-sinf rus tili darsligidagi mashqlarni bajarish uchun QR kod orqali kirilganda paydo bo‘layotgan onlayn kazino havolasiga kirish imkoniyatini cheklash bo‘yicha tegishli soha tashkilotlariga murojaat qilindi.

👉🏼 @talaba 👈🏼
‼️Талабалар учун поездларга чегирмалар эълон қилинди

Олий таълим муассасаларида таҳсил олаётган талабаларга 2023 йилнинг 25 декабридан 2024 йилнинг 7 январига қадар маҳаллий йўналишдаги қатновлар учун 50 фоиз чегирмалар эълон қилинди.

Чегирмалар SV/VIP класс вагонлари ва юқори тезликда ҳаракатланувчи «Афросиёб» электропоездларига нисбатан қўлланилмайди.

👉🏼 @talaba 👈🏼
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'qish dabdala, lekin mendan hotirjam odam yo'q 😁

✈️ @talaba
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ayni kunlardagi holat haqida 😂

✈️ @talaba
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Endilikda bitiruvchi talaba yakuniy attestatsiyani qanday topshirishni o'zi tanlaydi

Amaldagi tartibga ko‘ra, yakuniy davlat attestatsiyasi quyidagilardan biri ko'rinishida topshirilishi mumkin.

1️⃣ Majburiy fanlardan (fanlararo) yakuniy davlat attestatsiya sinovi;

2️⃣ Diplom loyihasi himoyasi;

3️⃣ Bitiruv malakaviy ishi (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi
.

Bularning qay birini tanlash bitiruvchilarning iqtidori, xohishi va ta’lim xususiyatidan kelib chiqqan holda oliy ta’lim muassasasi Kengashi qarori bilan belgilanadi.

👉🏼 @talaba 👈🏼
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Guruhda kamida bitta shunaqasi bo'ladi 😁

👉🏼 @talaba 👈🏼
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Semestr davomida o'qituvchi bilan o'chakishgan talaba, yakuniy payti 😁

👉🏼 @talaba 👈🏼
#abituriyent_2024 #javoblar_varaqasi

⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2024/2025-o‘quv yili qabuli kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasi tasdiqlandi.

👉🏼 @talaba 👈🏼
e5047664-314f-2cb7-8563-d40156314214.pdf
369.7 KB
2024- yil javoblar varaqasi namunasi pdf formati

👉🏼 @talaba 👈🏼
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Rasman: maktab o'quvchilariga ikkinchi xorijiy til o'qitiladi

📄Bu haqida prezident qarori e'lon qilindi. Endi o'quvchilar koreys, xitoy, yapon tillarini ham o'rganishi mumkin.

2024-2025-o‘quv yilidan boshlab:

5–9-sinflarda xorijiy tilga o‘qitish intensivligini oshirish orqali o‘quvchilarda bazaviy bilim va nutqiy ko‘nikmalar shakllantiriladi;

10–11-sinflarda xorijiy tilni o‘qitishda asosiy e’tibor o‘quvchilarning akademik yozuv va so’zlashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratiladi;

“Fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish” yo‘nalishi doirasida xorijiy til fanini tanlagan o‘quvchilar 10–11-sinflarda ikkinchi xorijiy tilga o‘qitiladi.

🔹2024-yil 1-mayga qadar 11-sinfda ikkinchi xorijiy tilning kamida A2 darajada o‘zlashtirilishini nazarda tutuvchi xorijiy til fani bo‘yicha o‘quv reja va dasturlar takomillashtiriladi.

🔹2024-yil yakunigacha umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga xitoy, nemis, fransuz, koreys, ingliz va yapon tillari bo‘yicha malakali mutaxassislar jalb qilinadi.

👉🏼 @talaba 👈🏼
⚡️Bakalavriatda o‘nlab yo‘nalishlar mehnat bozori talablariga javob bermaydi

Ko‘p oliygohlar kredit-modulga o‘tdi, lekin talabaning qobiliyatini yuzaga chiqaradigan tizim yaratish zarur.

Joriy yilda 122 ta yangi yirik loyiha boshlanadi. Bu – yaqin yillarda murakkab texnologiyada ishlay oladigan 10 ming muhandis va texnolog kerak, degani.

Lekin, oliygohlarda bunday mutaxassislarni tayyorlash 20 foizdan oshmayapti.

Bu borada “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyatini ham faollashtirish lozim. Xorijga ketgan talabalarning bor-yo‘g‘i 9 foizi muhandislik yoki texnologiyalar yo‘nalishida ekani qayd etildi.

👉🏼 @talaba 👈🏼
🧑🏻‍💻Dasturlash sohasiga qiziquvchilar uchun bir kanal tavsiya qilmoqchimiz!

Bu kanalda siz:

🌐 Foydali resurslar
📚 Tushunishga qulay formatdagi ma'lumotlar
💼 Frontend vakansiyalar(ish e'lonlari)
Qiziqarli quizlar

Kabi ma'lumotlarni kuzatib borish imkoniyatingiz bor. Kanalga kirib ko'ring, sizga yoqsa albatta OBUNA bo'lishni unutmang!

Kanalga kirish: @frontend 👈🏼

Do'stlaringizga ham ulashib qo'ying 🚀
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'qish va imtihonlarda kerak bo'ladigan sun’iy intelekt

Talaba do'stlarimizga yuborib qo'yamiz🚀

👉🏼 @talaba 👈🏼
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️O‘zbekistondagi OTMlarda ta’lim olayotgan talabalar soni 1,3 mln nafardan oshdi

Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ma’lum qildi.


Bizni kuzatib boring:
👉🏼 @talaba 👈🏼
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Diplomi borlarga jo'natamiz 😎

👉🏼 @talaba 👈🏼
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Avval test ishlab, keyin qayerda o‘qish tanlanadi – 2024 yildan abituriyentlar qabuli o‘zgaradi

Keyingi yilgi qabuldan OTMga hujjat topshirgan abituriyentlar avval kirish imtihonlarida qatnashib, so‘ngra to‘plagan balliga qarab yo‘nalishlarni tanlashi mumkin bo‘ladi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi xodimi bu haqida Kun.uz ga intervyu berdi:

"Keyingi yildan yangi tartib ishga tushsa, ro‘yxatdan o‘tish 2 bosqichdan iborat bo‘ladi. Birinchi bosqichda abituriyentlar agentlik tizimiga o‘zining shaxsiy ma’lumotlari bilan birgalikda faqatgina test topshirish fanlari, test topshirish tili va joyini tanlaydi. Lekin OTMlar va yo‘nalishlarni tanlamaydi. Dastlabki ma’lumotlar abituriyentlarning test sinovida ishtirok etishi uchun yetarli bo‘ladi xolos. So‘ng abituriyentlar imtihonga kirib chiqadi. Mana shundan keyin abituriyentning qo‘lida o‘z to‘plagan balli bo‘ladi va u prognoz qila oladi.

Masalan, abituriyent imtihonda 120 ball to‘plagan va u tibbiyot oliygohlariga kontraktga o‘tish balli 150 dan kam bo‘lmasligini biladi. Tibbiyot yo‘nalishlarini tanlasa, kira olmasligi ehtimoli yuqori. Buni oldindan to‘la prognoz qilib bo‘lmasligi mumkin, biroq oldingi yillardagi o‘tish ballariga asoslanib, ancha aniq qaror qabul qilish mumkin. Shunda abituriyent balli pastroqligini hisobga olib, bir yil yo‘qotmaslik uchun biologiya yo‘nalishini tanlashi mumkin.
Yoki teskari holat ham bo‘lishi mumkin. O‘zim abituriyent bo‘lgan vaqtda bir kursdoshim poytaxtdagi OTMga grantga kira olmayman deb viloyatdagi OTMga hujjat topshirgan. Lekin u juda yuqori ball to‘plagandi va balli bemalol Toshkentdagi OTMlarga grantga yetardi.

Yangi tizimda abituriyent avval imtihon topshirib, keyin yo‘nalish tanlasa, bu kabi abituriyentlar to‘g‘ri tanlov qila olishi mumkin."


👨🏻‍🎓 Bizni kuzatib boring:
👉 @Talaba
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌙 Ramadan Mubarak
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM