Strategic Focus: Middle East and North Africa
4.44K subscribers
1.83K photos
1.65K videos
19 files
2.68K links
Yaqin Sharq va Mag’ribdagi yangiliklarni bizda kuzating.

@stratfocusca - Markaziy Osiyo

@stratfocusatlantic - AQSh va Yevropa

@xorijiyoav - yetakchi nashrlar
Download Telegram
⚡️HAMAS arab davlatlariga murojaat qildi.

“Barcha arab va islom davlatlarini, ayniqsa, Misr va Iordaniyani falastinliklarning o‘z yerlaridan majburan ko‘chirilishini rad etishdan iborat qat’iy pozitsiyasini yana bir bor bildirishga chaqiramiz”, deyiladi bayonotida.

HAMAS AQSHdan poytaxti Quddus bo‘lgan mustaqil davlat qurish boʻyicha falastinliklar huquqini amalga oshirish uchun ishlashni talab qildi.

@erontahlili
🔥30👍23
⚡️Isroil va Livan Isroil qoʻshinlarini olib chiqish boʻyicha kelishuv muddatini 18-fevralgacha uzaytirdi, — Oq uy.

@erontahlili
Kaspiy dengizi: Qozog‘iston Rossiya hukmronligiga qarshi chiqmoqda
 
Kaspiy dengizi uzoq vaqt davomida "Rossiyaning ko‘li" sifatida qabul qilinib kelgan bo‘lsa-da, hozirgi kunda harbiy-siyosiy muvozanatda fundamental o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Qozog‘iston Kaspiyda o‘z mavqeini keskin kuchaytirib, mintaqadagi geosiyosiy holatni tubdan o‘zgartirishi mumkin. Ushbu jarayon uchta asosiy omil bilan bog‘liq: Ukrainadagi urush sabab Rossiyaning ta’siri zaiflashgani, ekologik o‘zgarishlar natijasida katta tonnali kemalarning imkoniyatlari cheklangani va Qozog‘istonning Turkiya hamda BAA yordamida harbiy-dengiz kuchlarini faol rivojlantirayotgani.
 
Rossiya Kaspiyda avvalgi ta’sirini yo‘qotmoqda
 
Ilgari Rossiya Kaspiy mintaqasida o‘zining qudratli Kaspiy flotiliyasi orqali hukmron edi. Ammo hozirgi holat mutlaqo o‘zgacha. Rossiya kemalarining Ukrainadagi operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun Azov dengiziga ko‘chirilishi, Kaspiyda Rossiyaning harbiy-dengiz ishtirokini sezilarli darajada zaiflashtirdi. Bugungi kunda Qozog‘iston kemalar soni bo‘yicha ustunlikka ega, garchi ular qurol-yarog‘ jihatidan Rossiya flotidan ortda bo‘lsa ham. Ammo Rossiyaning mintaqadagi harbiy kuchi pasaygani sababli Qozog‘istonning ustunligi tobora yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
 
Chuqurlashayotgan ekologik inqiroz ham muhim rol o‘ynamoqda. Kaspiy dengizi sathi har yili 68 santimetrga pasayib, portlarning yopilib qolishiga va katta kemalarning harakat imkoniyatlari cheklanishiga olib kelmoqda. Bu Rossiyaning katta hajmdagi kemalaridan to‘liq foydalanish imkoniyatini xavf ostiga qo‘ymoqda, Qozog‘istondek yengil va manevrga ega flotlarga esa ustunlik bermoqda.
 
Qozog‘iston: harbiy-dengiz kuchlarini kuchaytirish yo‘lida
 
1991 yildan beri Qozog‘iston yengil kemalarga asoslangan flotni rivojlantirib kelmoqda, ular suvning sayoz qismida samarali harakat qila oladi. Shu bilan birga, mamlakat Rossiya dengiz chegaralari yaqinida muntazam mashg‘ulotlar o‘tkazib, o‘z mustaqilligini namoyish qilmoqda. Ushbu faollik nafaqat Qozog‘istonning harbiy-siyosiy ambitsiyalarini, balki uning mintaqaviy va Yaqin Sharq hamda boshqa global o‘yinchilarni (Xitoy) o‘ziga jalb qilish qobiliyatini ham ko‘rsatmoqda.
 
Mintaqaning transformatsiyasi: yangi ishtirokchilar maydonga chiqmoqda
 
Qozog‘iston Rossiyaning zaiflashuvidan foyda olishni rejalashtirayotgan yagona davlat emas. Ozarbayjon, Turkmaniston va Eron kabi boshqa Kaspiybo‘yi davlatlari ham o‘z harbiy-dengiz kuchlarini mustahkamlashlari mumkin. Shu bilan birga, Turkiya va Xitoy kabi davlatlar ham mintaqadagi o‘z iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida ittifoqchilarini qo‘llab-quvvatlash orqali yoki bevosita o‘z ishtirokini oshirishi mumkin.
 
Xulosa qilib aytganda, Rossiyaning Kaspiydagi ta’sirining susayishi va Qozog‘istonning harbiy-dengiz kuchlarini mustahkamlash harakatlari mintaqaning yangi davrga qadam qo‘yayotganidan dalolat bermoqda: Rossiyaning geosiyosiy hukmronligi endi kafolatlanmagan. Yaqin yillarda Qozog‘istonning yanada kuchayishi kutilmoqda, bu esa Kaspiy dengizi faqat Rossiyaga tegishli hudud sifatida qabul qilinishiga chek qo‘yadi. Xalqaro o‘yinchilar uchun ushbu o‘zgarishlarni hisobga olish va o‘z strategiyalarini qayta ko‘rib chiqish muhim ahamiyatga ega. Kaspiy endi "Rossiyaning ko‘li" bo‘lmay, yangi geosiyosiy o‘yinchilar uchun maydonga aylanmoqda.

Strategic Focus: Central Asia
👍16🔥21
Saudiya Arabistoni va Turkiya: Suriya inqirozi orqali yangi mintaqaviy arxitektura shakllanishidagi roli
 
Aybek Joldasov, mustaqil tahlilchi
 
2023-yilning 7-oktabrida boshlangan operatsiyasidan buyon Yaqin Sharq tezkor va keng ko‘lamli o‘zgarishlar bilan yuzlashmoqda. Bashar Asad rejimining qulashi bu o‘zgarishlarning eng muhim namunasidir. Ushbu hodisalar mintaqaning beqaror holatini va global hamda mintaqaviy o‘yinchilarning manfaatlar to‘qnashuvini ochib beradi. Suriya esa bir vaqtning o‘zida ham muammo, ham imkoniyat sifatida ko‘rilmoqda: bu mamlakat mintaqaviy xavfsizlikni tiklash maydoni bo‘lishi yoki yangi qarama-qarshilik va inqirozlar o‘chog‘iga aylanishi mumkin.

Ar-Riyod va Anqara manfaatlarining uyg‘unligi

Saudiya Arabistoni va Turkiya, o‘z ta’sir kuchiga ega bo‘lgan holda, Asad rejimi qulashi natijasida yuzaga kelgan vaziyatni barqarorlashtirish uchun noyob imkoniyatga ega. Ikkala davlatning ham umumiy manfaatlari bor: a) Suriya hududiy yaxlitligini saqlab qolish; b) tashqi aralashuvlarning oldini olish va c) mintaqaviy muvozanatni ta’minlash. Tarixiy aloqalar va strategik yondashuvlarning uyg‘unligi ular o‘rtasidagi hamkorlikni (iqtisodiyot, mudofaa va texnologiyalar sohasida) yanada mustahkamladi.

Iqtisodiy hamkorlik o‘zining samarasini ko‘rsatmoqda: 2023-yilda ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmi 25,4 milliard riyolga yetib, 15,5% o‘sishga erishdi. Ushbu hamkorlik Saudiya Arabistoni va Turkiya rahbarlarining pragmatik yondashuviga asoslangan bo‘lib, mintaqaviy mega-loyihalar uchun xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan.

Suriya inqirozi: tahdid va imkoniyatlar

Asad rejimi tugatilishi ortidan Saudiya Arabistoni va Turkiya Suriya kelajagini shakllantirishda asosiy o‘yinchilarga aylandi. Yangi Suriya hukumati birinchi xalqaro tashrifini Ar-Riyod va Anqaraga uyushtirdi, bu esa ushbu poytaxtlarning barqarorlik jarayonidagi muhim o‘rnini ko‘rsatadi. Ar-Riyod yangi Suriya hukumatining xalqaro maqomini mustahkamlash uchun faol harakat qilib, sanksiyalarni bekor qilish va ichki ishonchni oshirishda yordam bermoqda.

Suriya hududiy yaxlitligini saqlash ikkala davlat uchun ham ustuvor vazifadir. Turkiya uchun bu, ayniqsa, muhim, chunki kurdlarning mustaqillik harakatlari uning milliy xavfsizligiga tahdid soladi. Saudiya Arabistoni esa kurd fraksiyalarini muloqotga jalb qilish va eskalatsiyani oldini olish uchun zarur vositalarga ega.

Bundan tashqari, ikki davlat Suriyani qayta tiklashga alohida e’tibor qaratishmoqda. Turkiya Suriya bilan umumiy chegaraga ega bo‘lib, uning Idlib boshqaruvi tajribasi va sanoat imkoniyatlari qayta tiklash jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Saudiya Arabistoni esa moliyaviy resurslar va xalqaro hamkorlarni jalb etish salohiyatiga ega bo‘lib, tiklanish jarayonini jadallashtirishi mumkin.

Mintaqaviy va xalqaro muammolar

Saudiya Arabistoni va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollarga ega bo‘lsa-da, ular o‘rtasida raqobat mavjud. Saudiya Arabistoni Turkiyaning tarixiy mintaqaviy loyihalari va, ayniqsa, "Musulmon birodarlar" bilan bog‘liq aloqalariga ehtiyotkorlik bilan qaraydi. Bundan tashqari, ayrim mintaqaviy davlatlar ham ushbu ittifoqqa qo‘shilishdan bosh tortishi mumkin, chunki ular islomiy hukumatlar ta’siridan cho‘chimoqda.

Shuningdek, xalqaro o‘yinchilar tomonidan qarshilik kuzatilishi mumkin, chunki Saudiya Arabistoni va Turkiya tashqi manfaatlardan ko‘ra mintaqaviy manfaatlarni ustuvor qo‘ymoqda. Bu esa ayrim kuchlar tomonidan Suriyani zaiflashtirish yoki uni yangi mojarolarga tortishga qaratilgan sa’y-harakatlarni kuchaytirishi mumkin.

Xulosa qilib aytsak, mintaqaviy beqarorlik sharoitida Saudiya Arabistoni va Turkiya Suriya orqali yangi xavfsizlik yondashuvini shakllantirish imkoniyatini yaratdi. Suriya ikki davlat uchun barqarorlik va uzoq muddatli hamkorlikni ta’minlash uchun sinov maydoniga aylandi. Agar bu hamkorlik muvaffaqiyatli amalga oshsa, Iroq, Livan, Yaman va Liviya kabi boshqa mintaqalarda ham o‘xshash tashabbuslar ko‘rib chiqilishi mumkin.

@erontahlili
👍7🔥3👏2
Yangi sovuq urushi: tasavvurlardagi imperiya inqirozi

V.Putin bir tomondan, harbiy kampaniya va ichki inqirozlar o‘rtasida muvozanatni saqlashga urinmoqda, ikkinchi tomondan, o‘zining «buyuk Rossiya» haqidagi tasavvurini saqlab qolishga harakat qilmoqda. Biroq, imperiyani qayta tiklashga qaratilgan urush tobora Rossiyadagi tizimli muammolarni va cheklovlarini oshkor etmoqda.

Batafsil: https://t.me/westalliance/636
👍5
Tramp Eronning yadroviy obyektlariga harbiy zarba beradimi?

Eronning yadroviy dasturi oxirgi vaqtlarda Vashingtonda keng muhokama qilinayotgan mavzu bo’lib kelmoqda. Amerikaliklar fikricha, Eron bir necha oy ichida yadroviy qurolga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan bir paytda, harbiy choralarni kechiktirish o‘zini oqlamaydigan xavf bo’ladi.

Bu borada Tehron o‘z pozitsiyalarining zaiflashib borishini hisobga olib, yadroviy qurolni yaratish jarayonini tezlashtirish uchun barcha asoslarga ega. Isroilning Eronning asosiy havo mudofaasi tizimlarini va Hizbulloh hamda Hamas rahbariyatini yo‘q qilishi ushbu rejimning zaifligini ko‘rsatdi. Ushbu sharoitda yadroviy qurol Eron uchun bosim o‘tkazish va o‘z ta’sirini saqlab qolish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.

Shimoliy Koreya bilan olib borilgan muzokaralar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, avtoritar rejimlar bilan diplomatik muloqot ko‘pincha muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Bunday urinishlar yadroviy ishlab chiqarishni yakunlash uchun vaqtni boy berishga olib keladi va Eronni keyingi sanksiyalar yoki bosimlardan himoya qiladi.

Bu fonda tahlilchilar Tramp quyidagi sabablarga ko’ra Eron yadroviy infratuzilmasiga zarba berishi mumkinligni aytmoqdalar.

Birinchidan, global tahdidni kamaytirish. Yadroviy dastur neytrallashuvi xavfli materiallarning terroristik guruhlarga o‘tishining oldini oladi va xalqaro barqarorlikni himoya qiladi.

Ikkinchidan, rejimning zaifligi. Eron hukumati iqtisodiy inqiroz va legitimligini yo‘qotishiga duch kelar ekan, o‘zining asosiy obyektlariga berilgan zarbaga bardosh berolmasligi mumkin. Bu rejimning ichki va xalqaro pozitsiyalarini susaytiradi.

Uchinchidan, hokimiyat almashinuvi ehtimoli. Harbiy mag‘lubiyat Eron rahbariyatining zaifligini namoyon qilishi va xalq isyonlariga turtki bo‘lishi mumkin, bu esa uzoq muddatda rejimning almashishiga olib keladi.

Shunday qilib, Tramp administratsiyasi nazarida
Eron yadroviy dasturi nafaqat mintaqaviy, balki global xavf bo‘lib, qat’iy choralarni talab qiladi. Genri Kissinjer ta’kidlaganidek, «dono rahbarlar inqirozlar halokatga aylanishidan oldin ularni bartaraf etishlari kerak». Eronning yadroviy obyektlariga harbiy zarba nafaqat yadroviy tahdiddan dunyoni himoya qilish, balki Yaqin Sharq barqarorligiga tahdid soluvchi avtoritar rejimni zaiflashtirish imkoniyati hamdir, deydi amerikalik ekspertlar.

Strategic Focus: Central Asia
👎3
🇸🇾Suriyada yangi hokimiyat tarafdorlari uch kunda kamida 35 kishini qatl etdi.

O‘ldirilganlarning aksariyati ag‘darilgan Bashar Asad hukumatining sobiq amaldorlari bo'lgan.

@erontahlili
👍22
❗️Isroil armiyasi HAMASning Tulkarmdagi dala qo‘mondoni Ahmad Abu Ativiyni havo zarbasi yordamida yo‘q qildi

Aniqlanishicha, u bilan birga yana bir qurolli shaxs ham o'ldirilgan.

@erontahlili
🤬20👎6
🇪🇺🇸🇾Yevropa ittifoqi Suriyaga qarshi sanksiyalarni yumshatadi.

Hokimiyatga kelgan “Hay’at Tahrir ash-Shom”ni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish masalasi BMT Xavfsizlik kengashi darajasida hal qilinishi kutilmoqda.

Yevrokengash Suriya bo‘yicha muzokaralar uchun hujjat tayyorlagan, unda fuqarolik parvozlarini soddalashtirish uchun aviakompaniyalar, jumladan, Syrian Arab Airlines’ga nisbatan sanksiyalarni olib tashlash, shuningdek, neft-gaz texnologiyalarini eksport qilish taqiqini qayta ko‘rib chiqish taklif etilgan.

@erontahlili
👍7
❗️HAMAS asirlikda qolgan sakkiz nafar isroillik garovga olinganlar halok bo‘lganini ma'lum qildi.

Isroil bu ma’lumotni garovga olinganlar o‘limining yakuniy dalili sifatida qabul qilmaydi. Biroq, asirlarning qarindoshlariga ularning ahvoli haqida rasmiy shaxslar tomonidan ma’lumot berilgan, deyiladi xabarda.


@erontahlili
👍4
🇮🇷🇷🇺Eron Rossiyaning Su-35 qiruvchi samolyotlarini sotib olganini tasdiqladi.

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi qo‘mondoni Ali Shadmaniy Eron Rossiyada ishlab chiqarilgan Su-35 qiruvchi samolyotlarini sotib olganini aytdi.

Eron rasmiylari ushbu ilg‘or jangovar samolyotlar sotib olinganini birinchi marta tasdiqladi va bu G‘arbda Eron va Rossiya o‘rtasidagi harbiy hamkorlik o‘sib borayotganidan xavotir uyg‘otdi.

@erontahlili
👍6🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Isroil falastinliklarga G‘azo sektorining shimoliga qaytishga ruxsat berdi, — Associated Press.

"Nesarim yo‘lagidagi nazorat punktlari 27 yanvar kuni ertalab ochildi. Bir necha kun davom etgan kutishdan so‘ng minglab falastinliklar anklav shimoliga yo‘l oldi", deyiladi agentlik xabarida.

Isroil va HAMAS o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, SAXAL kuchlari G‘azo sektoridagi chegara bo‘ylab bufer hududga chekinishi, shuningdek, G‘azo sektorini ikkiga ajratib turuvchi Nesarim yo‘lagi va Misr bilan chegara bo‘ylab joylashgan Filadelfiya yo‘lagining katta qismini tark etishi kerak edi. Bu jarayon HAMAS va Isroil o‘rtasidagi garovga olinganlarni ozod qilish tartibiga oid nizolar sabab ikki kunga kechiktirildi.

Tel-Aviv garovga olingan tinch aholi vakili Arbel Yehudning ozod qilinishi talabida qat'iy turib oldi. Isroil HAMASni birinchi bosqichda ozod qilinishi kerak bo‘lgan qolgan garovdagilar haqida ma'lumot bermaganlikda aybladi. HAMAS esa, o‘z navbatida, Isroilni nazorat punktlarini ochish bo‘yicha kelishuvni buzganlikda aybladi.

Qatar vositachiligida o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida HAMAS Arbel Yehud va yana ikki nafar garovdagi isroillikni juma kunigacha topshirishga rozi bo‘ldi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning tasdiqlashicha, ular 30 yanvar kuni ozod qilinadi. Bundan tashqari, 1 fevral kuni yana uch nafar garovdagi isroillik ozod qilinishi kutilmoqda.

Isroil HAMASga qarshi harbiy operatsiyaning dastlabki kunlaridayoq G‘azo sektorining shimolini to‘liq evakuasiya qilishni buyurgan va hududga o‘z qo‘shinlarini kiritgan edi. Shu sababli, 2023 yil oktyabr oyida bir millionga yaqin odam sektor janubiga qochishga majbur bo‘lgandi. Yuz minglab odamlar esa G‘azo shimolida qolgan edi. Aynan G‘azo shimolida urush davomida katta miqdorda qurbonlar vayronagarchiliklar qayd etilgan.

@erontahlili
👍3
🇹🇷 Turkiyaning 2025-yildagi tashqi siyosati: manfaatlar muvozanati va strategik mustaqillik

2025-yilda Turkiya strategik mustaqillikni mustahkamlashga e’tibor qaratadi, deb aytilmoqda SETA tahliliy markazi hisobotida. Anqara AQSh, Rossiya va YI bilan hamkorlikni davom ettiradi, shu bilan birga qaror qabul qilishda mustaqilligini saqlab qoladi.

Ustuvor yo’nalishlar qatoriga quyidagilar keltirilgan:

Xavfsizlik: mudofaa texnologiyalari, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik va dron tizimlarini rivojlantirish.

Suriya: kurd guruhlaridan keladigan tahdidlarni bartaraf etish va mintaqani barqarorlashtirish.

Iqtisodiyot: Afrika va Markaziy Osiyo bilan savdo aloqalarini kengaytirish.

Turkiya mintaqaviy barqarorlashtiruvchi rolini davom ettiradi, jumladan, Rossiya-Ukraina mojarosida vositachilik qilish va tinchlik tashabbuslarida faol ishtirok etadi, deydi tahlilchilar.

Batafsil: https://t.me/xorijiyoav/5098

@erontahlili
👍8🔥5
Markaziy Osiyodagi yangi tendensiya: Turkmaniston militarizatsiyasi

Uzoq vaqt davomida Turkmaniston xalqaro e’tibor chetida qolgan, hatto Markaziy Osiyo davlatlari orasida ham. Uning avtoritar rejimi va betaraflikka sodiqligi mamlakatni global maydondan izolyatsiya qilgan. Biroq, so‘nggi 10 yillikda, ayniqsa so‘nggi 3-4 yil ichida Ashxobod xalqaro aloqalarini sezilarli darajada faollashtirdi. Tashqi siyosiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va ichki hamda tashqi tahdidlardan himoya qilishga qaratilgan harbiy qudratni mustahkamlash siyosati ushbu faollikning muhim elementi bo‘ldi.
 
Turkmaniston harbiy qudrati jihatidan Qozog‘iston va O‘zbekistondan ortda qolgan bo‘lsa-da, mintaqada eng ko‘p tankga ega va harbiy texnikasini faol modernizatsiya qilmoqda. Bu Ashxobodga Rossiya va Xitoyga mudofaa sohasida bo‘lgan qaramlikni kamaytirish hamda Afg‘oniston va Eron bilan chegara hududlarida o‘z mavqeini mustahkamlash imkonini berdi, deydi tahlilchilar.
 
Yangi geosiyosiy davr boshlanishi bilan Turkmaniston o‘zining geosiyosiy afzalliklarini anglab, tashqi dunyo bilan faolroq hamkorlik qila boshladi. Biroq, bu ochiqlik, ayniqsa Afg‘onistondagi toliblar tahdidi fonida, mudofaa salohiyatini sezilarli darajada kuchaytirishni talab qiladi. Harbiy sharoitlarning yaxshilanishi va Kaspiy dengizida flotni modernizatsiya qilish Ashxobodning ustuvor yo‘nalishlari bo‘ldi.
 
Hozirda Turkmaniston qurolli kuchlari soni taxminan 40 000 kishini tashkil etadi, ularning 90% quruqlik qo‘shinlarida xizmat qiladi. 1 milliard dollarlik harbiy budjetga ega bo‘lgan mamlakat 654 tank bilan mintaqadagi barcha davlatdan ko‘proq harbiy texnikaga ega. Bunday ko‘rsatkichlar Turkmanistonga jahon harbiy qudrat reytingida 77-o‘rinni egallashga imkon berdi va u Qirg‘iziston va Tojikistondan sezilarli darajada oldinda bormoqda.
 
Ashxobod o‘zining neft-gaz platformalarini himoya qilish va Ozarbayjon bilan hamkorlik qilish uchun dengiz kuchlarini faol rivojlantirmoqda. Aktiv militarizatsiya, shuningdek, Kaspiy mintaqasida Eronning harbiy faolligini tiyib turishga qaratilgan.
 
Harbiy qudratni mustahkamlash bo‘yicha harakatlarga qaramay, Turkmaniston qurolli kuchlarining asosiy vazifasi rejimni ichki tahdidlardan himoya qilish va xalqaro faollik sharoitida barqarorlikni saqlashdir. Shu bilan birga, Turkmanistan neytrallikni saqlashga va Rossiya yoki Xitoy kabi yirik davlatlarga bevosita bog‘liqlikdan qochishga intilmoqda.
 
Shunday qilib, Turkmaniston asta-sekin izolyatsiyalangan davlatdan mintaqaviy o‘yinchiga aylanib bormoqda. Uning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, betaraflik faqat ideologiya bilan emas, balki real harbiy qudrat bilan ham mustahkamlanishi mumkin. Turkmaniston Mazkur evolyutsiya Turkmaniston tashqi va mudofaa siyosatiga ko‘proq e’tibor qaratishni talab qiladi va bu boshqa mintaqa davlatlariga xalqaro maydonda avtonom bo‘lish va mustaqillikka intilishlarida namuna bo‘lishi mumkin.

Strategic Focus: Central Asia
👍3🔥2
Foreign Affairs: Isroil G‘azo sektorida Hamasning harbiy salohiyatini yo‘q qila olmadi

Isroil Bosh vaziri Netanyaxu Hamasni yo‘q qilish va’dasini bajara olmadi hamda Isroil operatsiyasining maqsadlariga erishilmadi, deb yozadi Foreign Affairs. Nashrga ko‘ra, Hamas ulkan talafotlarga – jangarilar va tinch aholi orasidagi katta qurbonlarga qaramay, harbiy va siyosiy salohiyatini saqlab qoldi.

Bundan tashqari, Isroil jamiyatida Netanyaxu siyosatidan norozilik ortib bormoqda. 19-yanvarda kuchga kirgan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv Hamasning omon qolishiga va kelajakda G‘azo sektori ustidan nazoratni tezda tiklashiga imkon berishi mumkin degan xavotirlar mavjud.

Xorijiy OAV - chet tillardagi yetakchi nashrlar kanali.

@erontahlili
👍4🔥3
Tolibon va HTSh: noqonuniy rejimlar o‘rtasidagi farq nimada?

A.Knyazev, sharqshunos olim

Noqonuniy yo‘l bilan hokimiyatga kelgan ikki radikal harakat misolida ularning strategiyalaridagi qiziqarli farqlarni kuzatish mumkin. Afg‘oniston Tolibon va Suriyaning “Hay’at Tahrir ash-Shom” (HTSh) harakati terroristik tashkilot sifatida baholanayotgan bo‘lsa ham, ularning boshqaruv uslubi mutlaqo boshqacha.

Ideologiya vs pragmatizm

Tolibon o‘z ideologik tamoyillariga sodiq qolmoqda. Xalqaro bosimga qaramay, ular diniy doktrinalarini ham, rejimning tashqi ko‘rinishini ham o‘zgartirmayapti. Ular o’zlarining siyosatiga (islomiy qonunlarga) xalqaro maydondagi mavqeiga salbiy ta’sir qilsa ham qat’iy sodiq bo‘lib qolishmoqda.

HTSh esa butunlay boshqacha yondashuvni tanladi — ular o‘zlarini mutlaqo yangi, dunyoviy davlat qurayotgan kuch sifatida ko‘rsatishga harakat qilmoqda. Harakat yetakchisi Abu Muhammad al-Juloniy endilikda kostyum va galstukda ko‘rinish berib, radikal o‘tmishidan uzoqlashayotganini namoyish qilmoqda. Ularning asosiy maqsadi – hokimiyatni saqlab qolish va xalqaro hamjamiyat tomonidan qabul qilinish, hatto buning uchun barcha eski atributlardan voz kechish kerak bo‘lsa ham.

Tan olish: huquqiy jarayon yoki siyosiy vosita?

Yana bir muhim farq – xalqaro hamjamiyatning ushbu rejimlarga bo‘lgan munosabati. Tolibon hukumati tan olinishi haqida global darajada bahs ketayotgan bo‘lsa, HTSh haqida bunday savol umuman ko‘tarilmadi. Bu esa xalqaro tan olish – huquqiy me’yor emas, balki siyosiy manfaatlarga bog‘liq bo‘lgan instrument ekanligini ko‘rsatadi.

Rasmiy jihatdan, noqonuniy yo‘l bilan kelgan hukumatlarni tan olish masalasini tartibga soluvchi yagona hujjat – 1933-yilgi Montevideo Konvensiyasi. Ammo bu konvensiya faqat tavsiyaviy xususiyatga ega bo‘lib, uni asosan Lotin Amerikasi davlatlaridan iborat 19 mamlakat imzolagan. Amalda esa yangi rejimlarning tan olinishi faqat ayrim davlatlarning geosiyosiy manfaatlariga bog‘liq. Masalan, Qirg‘izistonda 2005, 2010 va 2020-yillardagi to‘ntarishlar ortidan yangi hukumatlarning tan olinishi hech kim uchun muammo bo‘lmagan – jarayon avtomatik tarzda kechgan.

Demak, xalqaro maydonda noqonuniy rejimlarni tan olish masalasi aslida huquqiy jarayon emas, balki global o‘yinchilarning manfaatlariga bog‘liq bo‘lgan siyosiy vositadir. Ushbu rejimlarning o‘zini tutishi esa ularning motivatsiyasini ochib beradi: kimdir hokimiyatini mafkuraga asoslanib quradi, kimdir esa pragmatizm orqali saqlab qolishga harakat qiladi.

@erontahlili
👍62
Asadsiz Suriyaga Falastin rasmiylarining ham qadami yetdi.

Falastin hukumati Bosh vaziri Mustafo Muhammad boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Damashqqa keldi.

Mustafoning ta’kidlashicha, bu tashrif Falastin ma’muriyatining “Suriya rahbariyati va xalqini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, hamkorlikni mustahkamlash, siyosiy va iqtisodiy muvofiqlashtirishni kuchaytirish maqsadida” pozitsiyasining ifodasidir.

@erontahlili
👍20👎2
Eron isroilliklarni Grenlandiyaga ko‘chirishni taklif qildi.

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi shu tariqa Trampning G‘azoni “tozalash” uchun falastinliklarni ko‘chirish taklifiga munosabat bildirdi.

“Falastinliklar o‘rniga isroilliklarni haydashga harakat qiling, ularni Grenlandiyaga olib boring, shunda bir o‘q bilan ikkita quyonni o‘ldirasiz”, dedi vazir.


@erontahlili
👍45😁18
Tramp 2.0 va Yaqin Sharq: xavotirli kelajak
 
D.Trampning ikkinchi prezidentlik muddati boshlanishi Yaqin Sharqqa emas, balki ichki siyosiy masalalarga qaratilgan qator farmonlar bilan boshlandi. Bu farmonlar immigratsiya, ijtimoiy siyosat va davlat boshqaruvi tizimidagi o‘zgarishlarga urg‘u berdi. Ammo Trampning 2020-yilgi saylov natijalarini bekor qilishga uringan 1 500 dan ortiq shaxsga avf berishi xalqaro maydonda AQShning qonun ustuvorligi va siyosiy tizimining mustahkamligi borasida xavotirlarni kuchaytirdi.

Ekspertlar aytishicha, hozircha Tramp ma’muriyatining Yaqin Sharq bo‘yicha aniq strategiyasi yo‘q. Biroq uchta asosiy yo‘nalish bo‘yicha dastlabki signallar paydo bo‘ldi:

 
1. Arab-Isroil masalasi
 
Tramp ma’muriyati Yaqin Sharq bo‘yicha muhim lavozimlarga tezkor tayinlovlarni amalga oshirdi. Ular orasida S.Uitkof (Steve Witkoff, Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakil), M.Hakabi (Mike Huckabee, AQShning Isroildagi elchisi) va M.Bulos (Massad Boulos, Arab va Yaqin Sharq masalalari bo‘yicha maslahatchi) bor.
 
Uitkof Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh bitimini amalga oshirish jarayoniga bevosita jalb qilingan. Biroq Trampning o‘zi bu jarayonga shubha bilan qarayotganini bildirdi: “Bu bizning urushimiz emas, bu ularning urushi.” Ushbu pozitsiya AQShning vositachilik roli pasayishi mumkinligini ko‘rsatadi.
 
Bundan tashqari, Tramp radikal yahudiy ko‘chmanchi guruhlarga qarshi AQSh sanksiyalarini bekor qildi, bu esa G‘arbiy Sohilda keskinlikni kuchaytirishi mumkin. Shu bilan birga, Saudiya Arabistoni bilan Isroilni yaqinlashtirish va Trampning Nobel mukofotiga bo‘lgan orzusi amalda ikki davlat yechimiga bog‘liq. Hakabi bu yechimning yaqin kelajakda imkonsizligini bildirishi Saudiya bilan yaqinlashish imkoniyatlarni cheklaydi.
 
2. Eron va "qarshilik o‘qi"
 
Trampning ikkinchi ma’muriyati Eron bo‘yicha turli signallar bermoqda. Uning yangi jamoasi orasida qattiqqo‘l yondashuv tarafdorlari ham (Milliy xavfsizlik maslahatchisi Michael Waltz va Davlat kotibi Marco Rubio), nisbatan yumshoq pozitsiyadagi rasmiylar ham bor.
 
Trampning avvalgi ma’muriyatida Eron bo‘yicha maxsus vakil bo‘lgan B.Huk ishdan bo‘shatildi, bu esa yangi strategiya ishlab chiqilayotganidan dalolat beradi. Shu bilan birga, Uitkofga Eron bilan bog‘liq siyosatni ham nazorat qilish ishonib topshirilishi mumkin, bu esa AQShning Yaqin Sharq bo‘yicha siyosatini yanada integratsiyalashgan shaklda olib borishiga ishora qiladi.
 
Shu bilan birga, AQSh ilk kunlardanoq Yamandagi husiylarni terrorchilik tashkiloti sifatida qayta belgiladi. Husiylar so‘nggi yillarda global dengiz savdosiga tahdid solib kelmoqda va bu qaror Vashingtonning hududiy xavfsizlik masalalarida qat’iyroq pozitsiya egallashga harakat qilayotganini ko‘rsatadi.
 
3. Global iqtisodiy siyosat va Yaqin Sharq
 
Trampning yangi iqtisodiy siyosati Yaqin Sharqqa ham ta’sir qilishi mumkin. U Kanada, Meksika va Xitoy kabi savdo hamkorlariga qarshi tariflarni joriy etishni rejalashtirmoqda. Agar bu amalga oshsa, Saudiya Arabistoni va Turkiya kabi G-20 davlatlari bilan AQSh munosabatlariga ham ta’sir qilishi mumkin.

Saudiya Arabistoni Tramp bilan yaqinlashishga urinmoqda va AQShga 600 milliard dollarlik sarmoya kiritish rejasini e’lon qildi. Tramp esa Saudiya neft narxini tushirish va yana ko‘proq investitsiya kiritish talabi bilan chiqdi. Bu energiya siyosatini yana kun tartibiga olib chiqishi mumkin, chunki Trump yashil energetikadan voz kechish va an’anaviy yoqilg‘iga qaytish niyatida.

Xulosa qilib aytganda, Trampning Yaqin Sharq siyosati hali shakllanmagan. Arab-Isroil masalasi, Eron va global iqtisodiy siyosat kabi uch asosiy omil Trampning Yaqin Sharqdagi siyosatini belgilab beradi. Hozircha Tramp ma’muriyatining yondashuvi noaniq va barqaror strategiya hali ishlab chiqilmagan. Kelgusi oylarda Tramp 2.0 ma’muriyatining haqiqiy yondashuvi oydinlashishi kutilmoqda, ammo hozircha noaniqlik ustunlik qilmoqda.

G’arbiy alyans
👍7🔥4❤‍🔥11🌚1
⚡️Agar Isroil G‘azoga yordamni cheklashni davom ettirsa, HAMAS garovga olinganlarni ozod qilishdan bosh tortishi mumkin, — Asharq kanali.

@erontahlili
👍16
🇸🇾Ahmad ash-Sharo Suriyaning yangi prezidenti deb e’lon qilindi.

Suriya ma’muriyati rahbari Ahmad ash-Sharo (Abu Muhammad al-Jo‘loniy) mamlakatning o‘tish davridagi prezidenti deb e’lon qilindi.

@erontahlili
👍9❤‍🔥3😁1