Forwarded from Strategic Focus: Central Asia
Trampning ikkinchi prezidentlik davrida Turkiya-Amerika munosabatlari: istiqbollar va prognozlar
M.Imomov, mustaqil tadqiqotchi
Trampning ikkinchi prezidentlik muddatiga saylanishi dunyo siyosatidagi sezilarli o‘zgarishlarni aks etmoqda. Milliy suverenitet va sivilizatsion qarama-qarshilik siyosatiga o‘tish yangi voqelikni yaratmoqda, bunda Turkiya kabi asosiy o‘yinchilar yangi tahdidlarga moslashishga harakat qilmoqda. Erdog‘an rahbarligidagi Turkiya, bir tomondan, Tramp jamoasining anti-globalistik pozitsiyalarini quvvatlasa, boshqa tomondan, geosiyosiy manfaatlar va mafkuraviy qarashlarda ziddiyatlarga boryapti.
Tarixiy nuqtai nazardan zamonaviy bosqichdagi Turkiya-Amerikaning munosabatlari uch bosqichdan iborat bo’lib, 2002–2012-yillardagi “liberal oltin davr”dan 2013–2023-yillardagi revizionizm davrlarini o’z ichiga qamrab oladi. 2023-yilda esa G‘arb bilan pragmatik yaqinlashish va keskin revizionistik ambitsiyalardan voz kechish bosqichi boshlandi. Ammo Trampning prezidentlikka qaytishi bu aloqalarning dinamikasini yana o‘zgartirishi mumkin.
Tahlillarga asoslansak, Tramp va Erdog‘anning pozitsiyalarida bir qator o‘xshashliklarni va farqlarni ko’rishimiz mumkin:
O‘xshashliklar: a) ikkala tomonda ham milliy suverenitet siyosati va ichki nazoratni kuchaytirishga intilish mavjud; b) globalistik tendensiyalarga qarshilik ko‘rsatish va xalqaro siyosatda harbiy qudratni qo‘llashda o‘xshashlik bor; c) Turkiya va AQSh Eronni zaiflashtirish, Suriya urushini tugatish va Sharqiy O‘rta Yer dengizida pozitsiyalarni mustahkamlash kabi masalalarda hamkorlik qilishi mumkin.
Farqlar: a) Turkiya musulmon dunyosida o‘z ta’sirini kuchaytirishni davom ettirishi AQShning xristian millatchilik siyosatiga ziddir; b) AQShning Isroil va Gretsiyani qo‘llab-quvvatlashi Anqara bilan keskinlikni kuchaytirishi mumkin; c) Trampning “Amerika birinchi navbatda” mafkurasi va Erdo‘g‘anning islomiy millatchilik pozitsiyalari uzoq muddatli xatarlarni keltirib chiqaradi.
Strategic Focus: Central Asia

👍6
Forwarded from Strategic Focus: Central Asia
Trampning ikkinchi prezidentlik davrida Turkiya-Amerika munosabatlari: istiqbollar va prognozlar - davomi
Yuqoridagilardan kelib chiqsak quyidagi ijobiy va salbiy taxminlarni ilgari surish mumkin:
Birinchidan, yaqinlashish imkoniyatlari. Tramp ma’muriyati Turkiyani Ukraina mojarosini hal qilish, Yaqin Sharqdagi nizolarni murosaga keltirish va Markaziy Osiyoga kirish uchun asosiy sherik sifatida ko‘rib chiqishi mumkin.
Ikkinchidan, iqtisodiy hamkorlik. Turkiyaning iqtisodiy siyosatiga ishonch tiklanar ekan, Anqara sanoat va mudofaa texnologiyalari sohasida Amerika investitsiyalarini jalb qilishga harakat qiladi. Turkiya, shuningdek, sanksiyalarni bekor qilish va F-35 dasturiga qaytishni rejalashtirmoqda.
Uchinchidan, Gretsiya va Kipr bilan nizolarning kuchayishi.
Tramp ma’muriyati Sharqiy O‘rta Yer dengizidagi dengiz chegaralari va energiya resurslari bo‘yicha Afinaning pozitsiyasini qo‘llashi mumkin, bu esa Anqara bilan keskinlikni kuchaytiradi.
To’rtinchidan, NATOdan bosim.
Turkiyaning Rossiyadan qurol xarid qilish siyosati AQShning yangi sanksiyalariga va G‘arbdagi tanqidlarga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, Anqara xavfsizlik masalalarida G‘arb va Rossiya o‘rtasida balans saqlash siyosatini davom ettirsa, Vashingtonda ishonchsizlik yuzaga keladi.
Uzoq muddatli prognozlar orasida ham bir qator trendlar mavjud:
1. Munosabatlarning polaryazatsiyasi. Agar Tramp ma’muriyati millatchilik kursini kuchaytirsa, Turkiya bilan aloqalar barqaror bo‘lmaydi. Turkiya o‘z mintaqaviy manfaatlarini himoya qilish uchun yangi sheriklarni izlashga majbur bo‘ladi.
2. Manfaatlar to‘qnashuvi ehtimoli. Turkiyaning musulmon dunyosidagi ta’sirini kuchaytirishi, jumladan, Falastin suverenitetini qo‘llab-quvvatlashi, AQShning Isroil bilan munosabatlari kontekstida salbiy reaksiyaga sabab bo‘lishi mumkin.
3. Turkiyaning yangi statusga o‘tishi. Anqara o‘z mustaqil tashqi siyosatini kuchaytirishni davom ettiradi, bu esa uni mintaqaviy o‘yinchi sifatida mustahkamlaydi, ammo an’anaviy ittifoqchilar bilan aloqalarni murakkablashtiradi.
💬 Fikr va munosabatingizni izohlarda qoldiring.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤1
Damashqdagi yangi rasmiylar Suriyani Arab Ligasiga qaytarmoqchi.
Damashqdagi yangi muvaqqat hukumat Suriya xalqining irodasini qo‘llab-quvvatlashi va Suriyaning mintaqaviy tashkilotdagi o‘z o‘rniga qaytishi uchun Arab Davlatlari Ligasidan umid qilmoqda.
@erontahlili

👍19👎1
HAMAS har hafta juma kuni ozod etilishi kerak bo‘lganlar ro‘yxatini taqdim etadi, shanba kunlari esa ularni Isroilga topshiradi — Isroil OAV.
@erontahlili
@erontahlili
👍7
Forwarded from Strategic Focus: Central Asia
Batafsil: https://londonpost.news/uzbekistans-rise-to-middle-power-prominence/?amp=1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
The London Post
Uzbekistan's rise to middle power prominence | London Post
by Vazira Bazarova (Journalism and Mass Communications University of Uzbekistan)
Netanyahu antiterroristik operatsiya boshlangani haqida e’lon qildi. Nega?
Kamran Gasanov, siyosiy ekspert
Netanyahuning so‘zlariga ko‘ra, operatsiya “Temir devor” nomi ostida Iordaniya daryosining G‘arbiy sohilida amalga oshiriladi. Netanyahu bu operatsiyaning maqsadini “xavfsizlikni mustahkamlash” deb atadi.
Nega u operatsiyani boshladi? Asosiy sabab - Hamas bilan kelishuvdan so‘ng uch nafar vazir, jumladan radikal Ben-Gvir, iste’foga chiqdi. Moliya vaziri (u ham o’ta radikal) Smotrich “davlat to‘ntarishi” bilan tahdid qilmoqda, Ben-Gvir esa uni ham iste’foga chiqishga ko‘ndirmoqda. Ular sulh bitimini falokat va milliy xavfsizlikka tahdid deb hisoblashmoqda. Ular nafaqat G‘azodan qo‘shinlarni olib chiqishga, balki Netsarim va Filadelfiya yo‘laklaridan ham qarshilar.
Ularning partiyalari – “Diniy sionistlar” (Smotrich) va “Otsma Yehudit” (Ben-Gvir) – hukmron koalitsiyaning 120 o‘rinli Knessetdagi 68 ovozidan 13 tasiga ega. Agar hukumat qulab tushsa, muddatidan oldin saylovlar e’lon qilinadi va Netanyahu mag‘lubiyatga uchrasa, uni sud kutadi. Shu sababli sionistlarga g‘azabini chiqarish imkonini berish kerak edi. Mana shuning uchun G‘azodan farqli ravishda Netanyahu ularning g‘azabini “tishsiz” (Hamas nazoratidagi G‘azodan farqli ravishda) Iordaniya daryosining G‘arbiy sohiliga yo‘naltirdi. G‘azodan qo‘shinlarni olib chiqish masalasi G‘arbiy sohilda davom etayotgan okkupatsiya bilan yopilishi kutilmoqda.

💩17👍3
Yangi Suriya: ichki islohotlar va tashqi siyosiy muammolar o‘rtasidagi muvozanat
Anvar Qodirov, mustaqil tadqiqotchi
Bashar Asad rejimining ag‘darilishi va Ahmad ash-Sharaa boshchiligidagi vaqtinchalik hukumat hokimiyatga kelganidan so‘ng, Suriya ichki va tashqi siyosiy maydonlarda katta rejalarni namoyon qilmoqda. Biroq, taklif etilgan islohotlar mamlakat kelajagini belgilaydigan jiddiy qiyinchiliklar bilan birga kelmoqda.
Ichki ustuvorliklar: islohotlar va yarashuv
HTSh yetakchisi sifatida tanilgan Ahmad ash-Sharaa Yangi Suriyaning barqarorlikka intilishini ta’kidladi. Mamlakat endilikda terroristik tashkilotlari, jumladan «Al-Qoida» va «Islom davlati» uchun boshpana bo‘lmaydi. Buning o‘rniga davlat qurilishi, infratuzilmani tiklash va islohotlarga e’tibor qaratiladi. Misol uchun, maxsus agentlik bedarak yo‘qolganlarni qidirish, o‘lim haqidagi guvohnomalar berish va Asad rejimi qurbonlari oilalariga yordam berish bilan shug‘ullanmoqda.
Avvalgi rejimning, jumladan Sednaya qamoqxonalaridagi shafqatsizliklarni o‘rganish milliy yarashuv yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Ash-Sharaa asosiy vazifa qasos emas, balki adolatli sud jarayonini ta’minlash ekanini qayd etdi, bu esa boshqaruvning yangi yondashuvini aks ettiradi.
Ayni vaqtda Yangi Suriya yagona bojxona tariflarini joriy qilib, iqtisodiyotni tartibga solishga intilmoqda. Biroq, Turkiyadan olib kiriladigan tovarlarga bojning 300% ga oshirilishi savdoning keskin pasayishiga olib keldi, avval $2 mlrdga teng bo‘lgan Turkiya eksporti deyarli to‘xtab qoldi. Bu qarama-qarshilik iqtisodiyotni tiklash rejalari oldida to‘siq bo‘lmoqda.
Tashqi siyosat: yangi ittifoqlar shakllanishi va eski aloqalardan voz kechish
1. Erondan uzoqlashish
Suriya eronlik jangarilar va instruktorlarni olib chiqib ketishni yakunladi, bu esa suverenitetni tiklashda muhim qadam bo‘ldi. Ash-Sharaa mazkur qadam “Shia yarim oyi” loyihasini o‘nlab yillar ortga qaytarib, Fors ko‘rfazi mintaqasida barqarorlikni ta’minlaganini ta’kidladi.
2. Turkiya bilan hamkorlik
Anqara Suriya qurolli kuchlarini mustahkamlash va terrorchilik tashkilotlariga qarshi kurashda yordam taklif qildi. Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan hamkorlikka tayyorligini ta’kidlab, infratuzilmani tiklashda yordam berishini aytdi. Biroq, bojxona tariflari va Suriya Demokratik Kuchlari bilan bog‘liq tortishuvlar tufayli to‘liq tiklanish jarayoni sekin kechmoqda.
3. Xalqaro tahdidlar
Suriya va Turkiya o‘rtasida dengiz qonunchiligiga oid bitim imzolash rejasi Gretsiya va Kiprning keskin munosabatiga sabab bo‘ldi.
Ekspertlar aytishicha, Ash-Sharaa tomonidan qilingan siyosiy bayonotlar islohotlar va milliy qurilish yo‘nalishidagi muhim o‘zgarishni anglatadi.
Biroq:
• Ichki islohotlar uzoq yillik urushlar sabab bo‘lgan iqtisodiy zaiflik va Suriya Demokratik Kuchlari kabi mintaqaviy guruhlar bilan ziddiyatlar tufayli qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
• Tashqi siyosatda Suriya suverenitetni tiklash va Turkiya kabi asosiy mintaqaviy o‘yinchilarni qo‘llab-quvvatlashni saqlab qolish o‘rtasida muvozanat saqlashi kerak.
Bu kontekstda eng muhimi shuki, islohotlarning katta qismi xalqaro yordamga bog‘liq bo’ladi. Turkiya TIV rahbari Fidan Anqaraning Suriyaga qarshi xalqaro sanksiyalarni bekor qilishga chaqirganini ochiq aytib, bu iqtisodiy o‘zgarishlarni yengillashtirishi mumkinligini ta’kidladi.
Savol: Yangi ma’muriyat bu qiyinchiliklarni yengib o‘tib, arab dunyosida barqarorlik namunasiga aylana oladimi? Islohotlar ichki va tashqi qarama-qarshiliklar qurboniga aylanadimi yoki amalga oshadimi?

👍2❤1🔥1
⚡️HAMAS va Isroil o‘rtasidagi sulh kelishuvining ikkinchi bosqichi G‘azoni qayta tiklashni o‘z ichiga oladi, — Qatar Tashqi ishlar vaziri Muhammad ibn Abdul Rahmon Ol Tani.
@erontahlili
@erontahlili
❤16👍7
🇫🇷Fransiya Bashar Asadni hibsga olish uchun order berdi.
Fransiyadagi tergov sudyalari Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asadni 2017-yilda Arab Respublikasidagi tinch aholi manzillarini bombardimon qilishda ishtirok etganlikda ayblab, hibsga olish uchun navbatdagi orderni berdi.

👍12👏2
🇸🇾🇷🇺Suriya hukumati Moskva bilan mamlakat hududidagi Rossiya bazalarining kelajagi haqida muzokaralar olib bormoqda, biroq hozircha bu masalaga yechim topilmadi, — Suriya Mudofaa vazirligi.
@erontahlili
@erontahlili
👍5
🇸🇾🇮🇱Isroil Suriyadagi noqonuniy xatti-harakatlarini to‘xtatishi kerak — Suriya Mudofaa vaziri Murhaf Abu Kasra.
@erontahlili
@erontahlili
🔥12
🇸🇾🇷🇺Suriya hukumati Rossiya kompaniyasi bilan Tartus portini boshqarish shartnomasini bekor qildi.
Suriya muvaqqat hukumati rasmiylari 2019-yilda Rossiya kompaniyasi bilan tuzilgan ushbu mamlakatning Tartus portining sarmoyaviy va boshqaruv shartnomasini bekor qilganliklarini ma’lum qildi.

👏18👍5🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇸🇾🇹🇷Turkish Airlines aviakompaniyasi 13 yildan so‘ng Damashqqa ilk parvozini amalga oshirdi.
Turkiya va Suriya o‘rtasidagi aviaqatnovlar 2012-yilda to‘xtatilgandi. Eron va Isroil fuqarolariga Suriyaga kirish taqiqlangan.

👍17🤣1
🇱🇧🇫🇷🇮🇱 Bloomberg: “Hizbulloh” harakati va Isroil o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv muddati uzaytirilishi mumkin
Livan, Isroil va Fransiya rasmiylariga ko‘ra, “Hizbulloh” va Isroil sulh shartlarini to‘liq amalga oshirish uchun ko‘proq vaqtga muhtoj va harbiy harakatlarni qayta boshlash niyati emas.
Isroillik yuqori martabali diplomatning aytishicha, tomonlar 27 yanvar kuni yakunlanadigan sulhni uzaytirish masalasini muhokama qilmoqda, chunki ular mojaroning qayta boshlanishini oldini olishni istayapti. Isroil va Livan o‘rtasida diplomatik munosabatlar mavjud bo‘lmagani sababli, ular bevosita muzokaralar o‘tkaza olmaydi. Shu sababli muzokaralarga Fransiya vakillari vositachilik qilmoqda.
Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida imzolangan va 2024 yil 27 noyabrda kuchga kirgan kelishuvda Livan armiyasi mamlakatning janubiy chegarasiga BMT tinchlikparvar kuchlari ko‘magida joylashtirilishi va “Hizbulloh” qurolli guruhlarining Litani daryosi ortiga chekinishi ko‘zda tutilgan edi.
Isroil bunga javoban Livan janubida olib borayotgan qurolli operatsiyasini to‘xtatib, o‘z qo‘shinlarini 60 kun ichida mamlakatdan olib chiqishi kerak edi. 2025 yil 21 yanvar kuni Livan prezidenti Jozef Aun ushbu kelishuvga binoan Isroil armiyasi 27 yanvargacha Livan janubiy hududlarini tark etishi lozimligini eslatib o‘tdi.

🔥4👍2
⚡️HAMAS 25 yanvar kuni ozod qilishni rejalashtirayotgan garovga olinganlar ro‘yxatini juma kuni Isroilga topshiradi — HAMASning G‘arbiy Sohildagi bo‘limi rahbari Zahir Jabarin.
@erontahlili
@erontahlili
👍8🔥1
🇪🇺🇸🇾Yevropa ittifoqining 27 ta davlati TIV rahbarlari Suriyaga qarshi qator sanksiyalarni olib tashlash bo‘yicha 27-yanvar kuni qaror qabul qilishi kutilmoqda.
@erontahlili
@erontahlili
👍16
Jo‘loniy yaqin vaqt ichida ilk xorijiy tashrifini qo‘shni Turkiyaga qiladi.
Suriya yetakchisi Ahmad Al-Shara birinchi xorijiy safari Turkiya yoki Saudiya Arabistoniga bo‘lishini ma’lum qildi.

👍29👎6🤣1
Suriya ijtimoiy tarmoqlarida, xususan alaviylar va Asad tarafdorlaro orasida kechadan boshlab Maher Asadning (Bashar Asadning ukasi) Rossiyaning Xmeymim bazasiga kelgani va “nimadir tayyorlanayotgani” haqida xabarlar tarqalmoqda.
Qizig’i, bu ma’lumot hukumatning sohil bo’ylaridan qurolli kuchlari va xavfsizlik xizmatlarini olib chiqayotgani haqidagi mish-mishlar bilan mos keldi. O’sha vaqtda ko’plab bo’linmalar haqiqattan ham kazarmalarga qaytarildi va blok postlardan olib tashlangandi.
Ekspertlar aytishicha, yuqoridagilardan ko’zlangan maqsad - bir tomondan alaviylarning ommaviy chiqishlarini qo’zg’atish bo’lsa, ikkinchi tomondan esa muvaqqat hukumatga bo’ysunmaydigan radikal jangarilarni Rossiya bazalariga hujum qilishga undash.

Turk xalqlarini bo‘lish uchun rus siyosiy texnologlari qozoqlarga tarixan hech qanday asosga ega bo‘lmagan sartlarga (ya’ni, o‘zbeklarga) nisbatan yomon munosabatni singdirishdi va go‘yoki qozoqlar so‘nggi 600 yil davomida musulmon emas, balki “tangrichilar” bo‘lgan degan tushunchani yoyishdi. Qirg‘izlarga esa ularning “qadimiyligi” orqali barcha turklardan ustunlik kompleksi singdirildi. No‘g‘aylarga faqat ular Ulug‘ Ulus va Qrim xonligining merosxo‘rlari ekanligi uqtirildi. Tatarlar va boshqirdlarga esa qozoqlar va o‘zbeklar o‘rtasidagi kabi o‘zaro yomon munosabatni shakllantirishdi va hokazo.
Turk xalqlarini bo‘lib tashlash ularni ko‘p sonli, katta armiyaga va atom quroliga ega Rossiya va Xitoyga qarshi yolg‘iz qoldirish oson bo‘lishi uchun kerak. Shunda qozoqlardan foydali qazilmalarni arzon narxda sotib olish mumkin; qirg‘izlar va o‘zbeklar Rossiyada arzon ishchi kuchi bo‘ladi; uyg‘urlar va qozoqlar kontslagerlarda saqlanishi kerak; tatarlar, boshqirdlar, no‘g‘aylar, tuvlar, saha-yoqutlar va boshqalar Moskvaning bosqinchilik urushlarida “go‘sht” bo‘lib xizmat qilishi lozim.
Barcha turklar Afrosiyobning farzandlari, barcha tengdir: qirg‘iz qozoqdan, qozoq sart-o‘zbekdan, boshqird tatardan, turk saha-yoqutdan yaxshiroq emas va hokazo. Aksini da’vo qilganlar – turklarga va o‘z xalqiga dushmandir.
Aynan shu sabab, 250 million turk Rossiya, Xitoy, AQSh va Yevropa bilan teng huquqli muloqot qilishi uchun - Turon kerak.
Nurlan Saltayev, tarixchi mutaxassis

💯66👏14👍10👎7🔥3❤1⚡1😢1
HAMAS asirligidan ozod etilgan garovdagilar Isroil armiyasiga topshirildi.
To‘rt nafar ayol evaziga Isroil 200 nafar falastinlik mahbusni ozod etadi. Ular orasida umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan 30 kishi ham bor.

👏18👍10